cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

fazodasblog

What consumes your mind, controls your life. English page: @fazodateaches To contact me: @fazodasblog_bot If needed: 9860140101251316 *call me Eveline)

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
295
مشترکین
-224 ساعت
-77 روز
-230 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

​​Yoʻq, men koʻp narsada ilgʻor edim, yolgʻon gapirishda ham. Eng koʻp yolgʻonlarimni senga aytganman, bu uchun esa hech qachon afsus qilmayman. Insonlar nega mendan rost soʻzlashimni talab qilmasliklarini bildim, ular mening yolgʻonlarimni haqiqatdek qabul qilib kelishgan (ekan)! Aytgancha, bergan vaʼdamda tura olmadim, sen hadya qilgan musiqani qayta-qayta eshitdim bugun. Hatto hozir ham tinglayapman. Nihoyat, oʻqishni qachon boshlaganim esimda yoʻq bir kitobni tugatdim, yaqin soatlarda. Jarayonda men oʻquvchi emas, mahbus edim, va qoʻrqaman-ki, hayotimning qolgan qismini ham mahbus boʻlib yashayman... Ayni tobda esa, ana shu qolgan umrim Kafkaniki kabi boʻlishini qattiq istayman, bu xohishning kuchi suyak-suyaklarimgacha oʻtib, butun tanamni zirqiratyapti endi... Bilasanmi, nega uning asarlari meni bunchalik oʻziga ohangrabodek tortib kelgan? Chunki bunda tugallikni koʻrmaysan, uslub ham muhim emas, aniq bir nuqta ham yoʻq, hammasi yoʻlini yoʻqotgan, chalkashlikdan iborat tugunga oʻxshaydi. Uni tashkil qilgan zarrachalar aylanadi, aylanaveradi, lekin ularning na intihosi va na ibtidosi bor... Mabodo ishonch haqida gap ketadigan boʻlsa, bunda Frans bilan oʻxshash jihatlarimiz koʻp, u ham umidsizlik libosi-la tark etdi, bu dunyoni, va menda ham arafa davri yaqinlashmoqda. Har bir, ha, har bir hikoyasida oʻlgan umidni koʻrasan, bu umid nafaqat kelajakniki, va balki hozirniki ham edi... Xullas, azizim, senga meniki boʻlgan kitobni oʻqishni maslahat qilmayman, agar qoʻlingda Kafka bilan oldimga kelib, "men buni oʻqib chiqdim, endi seni yaxshiroq tushuna olaman" desang ham buni tan olmayman! Fazoda
نمایش همه...

Ayt, o'lim bormidi o'sha kunlar ham Dengizdek ko'pchigan ko'ksing sahnida Va yana bormidi mening hur umrim Tiriklikning oshiq, sarxush vahmida. Bormidi gullagan ko'cha jimligin Qoq bo'lib yugurgan ishqning husroni Yo tangri nafasin ko'ziga surtib Yo'lga chiqqan sharpa - İblis suroni? Men eslay boshladim bari barini, Xotiram g'ussadan hirqalar kiydi Va yana umrimning sahfalarini İsmingla yondirdim, Yodingla qiydim. Ko'zim vodiysida jon berdi ranglar, Ranglar mozoriga aylandi ko'zim. Yo'qligim bag'rida bor bo'ldi janglar, Yo'qligim bag'rida sob bo'ldi to'zim. Moviylikda kulrang sharpani ko'rdim, Dedingki, Ul manzil Yolg'izlar shahri. Men seni unutdim, Borimni bosdi Tiriklikning oshiq, sargashta vahmi. Ketdim, shamollarga topindim ming bor, Quyosh so'ndi yuzim qoralig'ida. Men seni, jonimni yo'llarga to'kdim İstanbul - Anqara oralig'ida. ... Endi bu so'zlardan topilmas ovunch, Topilmas qilingan gunohning afvi. Topilmas bir najot bu jahannamdan, Topilmas hayotda qolmoqlik havfi. Men barin pokladim, yuvdim, quritdim Vujudimda qolgan bo'sa izlarin Lek hamon achishib, qaqshab boradi Faqat senga cho'kkan qonvash tizlarim. Ayt, o'lim bormidi o'sha kunlar ham?.. Mirzohid @fazodasblog
نمایش همه...
Energiyaga boy qizning sahifasini sizlar bilan boʻlishmoqchiman. Hayotimizga shunday insonlar kerak: @mira_blogi
نمایش همه...
Bonum Factum'daman. Bugunimizni Van Gogga bagʻishlaymiz 🥂! Tunni esa uning sharafiga ishlangan kino bilan bezang: 🎞️ Loving Vincent (2017) Videoda ovozim eshitilmagan, bilaman) @fazodasblog
نمایش همه...
01:00
Video unavailableShow in Telegram
6.12 MB
Men bir insonni taniyman. Yoʻq, u men haqimda koʻproq biladi. Sizlar ana shu inson bilan tanish emasligingiz uchun rostdan afsusdaman. U haqida haligacha hech kimga gapirmaganman. Bu qizgʻonish emas, shunchaki buni istamayman. Qayerdandir eshitgandim, agar senga atalgan va tegishli boʻlganlar haqida soʻz yuritadigan boʻlsang, oʻzingga ishonching kamayadi; axir nihoyada sen bilan qoladigan faqatgina tanang boʻlmaydiku! Yes, qalbingizning toʻrida saqlaydigan va yashirib yuradigan bir insoningiz boʻlsin! Umringiz toʻliq u bilan oʻtishi, har bir daqiqangiz u bilan yashalishi shartmas, asosiysi, vaqt va makon qanday boʻlishidan qatʼiy nazar, uni, undagilarni Siz bilasiz, uning bir ogʻiz soʻzini deb endi siz koʻp narsaga erishgan, va yoki u tufayli hammasini yutqazgan boʻlishingiz mumkin. @fazodasblog
نمایش همه...
Muhammad Yusuf yozib ketgan ekan: Koʻklarda koʻk kaptar qushdaymiz, jonim, Qaygʻurma kel ko'ngil «xushlaymiz» jonim, Mening tanishim yoʻq narigi dunyoda Baribir «Jannatga tushmaymiz jonim»...
نمایش همه...
​​Tushimga kiribsan. Oʻzingni aldashga urinma, baribir meni oʻqiyapsan, har doim (senga atab) yozishimni intiq boʻlib kutasan. Buni bilganim uchun aytyapman. Wir sind groß bilanman. Koʻp eshitardim oʻshanda. Oʻqishdan qaytayotganimda, darsda esa partaga boshimni qoʻyib, koʻzlarimni yumib tinglardim, shu soʻzlarni... Taʼriflab boʻlmas vaziyatlarda koʻp boʻlganman, doimgi Fazoda meni shunchaki yoʻq boʻlib qolishimni xohlaydi, va ayni damda ham xuddi shunday. Shinamgina bir xonam boʻlishini, uy eshigi esa faqat men uchun ochilishini xohlayman, hozir. Umuman, xohishlarim seni qiziqtirganmi hech? Naridan beri, istar-istamas gapirarding doim, sen hech birimizni xushlamagansan. Sen uchun faqat oʻzing muhim eding, sen bilan bogʻliq hamma narsa qiyinligicha qoladi, ba'zi insonlarni eslasangiz, shirin va qaygʻuga botgan xotiralar ila tilga olasiz, yoki oddiygina chuqur xoʻrsinish qilasiz, lekin seni eslaganda hech nima, ha, hech bir vaqo qolmaganini his qilaman, na kularimni va na yigʻlashni bilaman, lekin... Lekin nima sababdan sen hech nimaga arzimas eding, deb ayta olmayman, buning uchun oʻzimni koyishim kerak... Butun bir vujuddagi yashayotgan qalb senga hadya qilingan edi, sovgʻa qilingan narsa hech qachon qaytib olinmaydi, shunchaki biz oʻzimizni baxtlidek koʻrsata olamiz, xolos... Endimi? Endi hammasidan qoʻrqaman. Gapirishdan, his qilishdan, eslashdan, yozishdan, va... Sevishdan ham... Fazoda.
نمایش همه...

​​Endi farqi yo'qdir, qishloq yo shahar, Barida yashamoq birday azobdir. Hayot ummoniga qancha sho'ng'imay, Baribir chiqadi biror tasodif Va yodga soladi kulgularingni, Yig'ilaringniyu, tuyg'ularingni, Mushukday muloyim uyqularingni, Arazing, nozlaring, erkaligingni, Meni uxlatmagan sergapligingni, Qahraton qishlarda sovuqni sezmay Birgalashib yurgan yo'llarimizni, Issiq yozlarda ham qo'yvorilmagan Birga terlab ketgan qo'llarimizni, Deraza yonida oyga termulib Yo'llardan ham uzun yozishganimiz, Suvning yoqasida belingdan quchib Titrab, es - hushlardan ozishganimiz, Eshik oldigacha kuzatib borib Keyin darrov qaytib chaqirganlarim, Keyin... har narsadan bahona topib Urushganlarimu, baqirganlarim, Tilingdan ko'nglimga sanchilgan tikan, Qo'limdan yuzingga tushgan tarsaki, Va'dalar, qasamlar buzilgan kunlar, Va bundan bu yog'i bari qalbaki, Soxta izhorlaru, soxta afsuslar, Yolg'onlar, aldovlar, o'yinlar turfa, O'ylab uyqulardan kechilgan tunlar, Mutlaq isbotlari topilgan shubha, Yorlikka tanlangan yangi odamlar, Xuddiki o'tmishda hech narsa yo’qday, Ikki yoqqa ketgan keskin qadamlar, Va bari tugadi, qo'yildi nuqta. Ulfatlar, ichkilik, sarhush kechalar, Yangi hamrohlarni ko'rdi ko'chalar, Kitoblar o'qildi necha - nechalab, Xayollar surildi yangi mavzuda, Qarorlar qilindi hayotga doir. O'rganib ham qoldi yurak qayg'uga, Tuyula boshladi barchasi oddiy. Bir kun o'tmay qolar bir qultum ham may, Yana o'tmish bilan qolaman yolg'iz, Hayot ummoniga qancha sho'ng'imay, Baribir chiqadi biror tasodif Va yodga soladi... Ilhom Salimov @fazodasblog

یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.