Mudofaa — LIVE
رفتن به کانال در Telegram
⚡️Foto, audio, video, qisqa va tezkor xabarlar. ⚡️"Mudofaa — LIVE" kanali Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamentiga tegishli bo‘lib, unda e'lon qilinayotgan materiallar rasmiydir. 📌 Yangiliklar: @mudofaavazirligi
نمایش بیشتر6 567
مشترکین
-824 ساعت
-347 روز
-16030 روز
در حال بارگیری داده...
کانالهای مشابه
هیچ دادهای
مشکلی وجود دارد؟ لطفاً صفحه را تازه کنید یا با مدیر پشتیبانی ما تماس بگیرید.
ابر برچسبها
هیچ دادهای
مشکلی وجود دارد؟ لطفاً صفحه را تازه کنید یا با مدیر پشتیبانی ما تماس بگیرید.
اشارات ورودی و خروجی
---
---
---
---
---
---
جذب مشترکین
سپتامبر '26
سپتامبر '26
+55
در 9 کانالها
اوت '26
+99
در 20 کانالها
Get PRO
ژوئیه '26
+81
در 23 کانالها
Get PRO
ژوئن '26
+319
در 11 کانالها
Get PRO
مه '26
+132
در 12 کانالها
Get PRO
آوریل '26
+113
در 71 کانالها
Get PRO
مارس '26
+199
در 73 کانالها
Get PRO
فوریه '26
+326
در 103 کانالها
Get PRO
ژانویه '26
+466
در 112 کانالها
Get PRO
دسامبر '25
+1 376
در 82 کانالها
Get PRO
نوامبر '25
+350
در 67 کانالها
Get PRO
اکتبر '25
+220
در 44 کانالها
Get PRO
سپتامبر '25
+122
در 49 کانالها
Get PRO
اوت '25
+92
در 59 کانالها
Get PRO
ژوئیه '25
+43
در 65 کانالها
Get PRO
ژوئن '25
+97
در 33 کانالها
Get PRO
مه '25
+104
در 65 کانالها
Get PRO
آوریل '25
+157
در 61 کانالها
Get PRO
مارس '25
+76
در 92 کانالها
Get PRO
فوریه '25
+38
در 52 کانالها
Get PRO
ژانویه '25
+3 776
در 69 کانالها
Get PRO
دسامبر '24
+335
در 52 کانالها
Get PRO
نوامبر '24
+300
در 43 کانالها
Get PRO
اکتبر '24
+483
در 37 کانالها
Get PRO
سپتامبر '24
+63
در 34 کانالها
Get PRO
اوت '24
+300
در 48 کانالها
Get PRO
ژوئیه '24
+261
در 55 کانالها
Get PRO
ژوئن '24
+306
در 42 کانالها
Get PRO
مه '24
+428
در 49 کانالها
Get PRO
آوریل '24
+811
در 71 کانالها
Get PRO
مارس '24
+1 137
در 77 کانالها
Get PRO
فوریه '24
+2 400
در 61 کانالها
Get PRO
ژانویه '24
+473
در 76 کانالها
Get PRO
دسامبر '23
+264
در 46 کانالها
Get PRO
نوامبر '23
+668
در 38 کانالها
Get PRO
اکتبر '23
+450
در 35 کانالها
Get PRO
سپتامبر '23
+906
در 0 کانالها
Get PRO
اوت '23
+1 024
در 0 کانالها
Get PRO
ژوئیه '23
+255
در 0 کانالها
Get PRO
ژوئن '23
+461
در 0 کانالها
Get PRO
مه '23
+215
در 0 کانالها
Get PRO
آوریل '23
+465
در 0 کانالها
Get PRO
مارس '23
+937
در 0 کانالها
Get PRO
فوریه '23
+784
در 0 کانالها
Get PRO
ژانویه '23
+877
در 0 کانالها
Get PRO
دسامبر '22
+367
در 0 کانالها
Get PRO
نوامبر '22
+364
در 0 کانالها
Get PRO
اکتبر '22
+1 840
در 0 کانالها
| تاریخ | رشد مشترکین | اشارات | کانالها | |
| 16 سپتامبر | +1 | |||
| 15 سپتامبر | +2 | |||
| 14 سپتامبر | +2 | |||
| 13 سپتامبر | +4 | |||
| 12 سپتامبر | +2 | |||
| 11 سپتامبر | +6 | |||
| 10 سپتامبر | +12 | |||
| 09 سپتامبر | +6 | |||
| 08 سپتامبر | +1 | |||
| 07 سپتامبر | +1 | |||
| 06 سپتامبر | +1 | |||
| 05 سپتامبر | +7 | |||
| 04 سپتامبر | +4 | |||
| 03 سپتامبر | +2 | |||
| 02 سپتامبر | +1 | |||
| 01 سپتامبر | +3 |
پستهای کانال
+3
⚡️⚡️⚡️Harbiy tibbiyot institutida ta’lim sifatini yanada oshirish va o‘quv jarayonini takomillashtirishga qaratilgan o‘quv-uslubiy yig‘in boshlandi.
Yig‘in doirasida o‘quv-uslubiy ishlarni samarali tashkil etish, zamonaviy ta’lim metodlarini amaliyotga joriy etish hamda o‘quv jarayonidagi dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda. Yig‘in yakunida ta’lim jarayonini takomillashtirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.👉@mudofaalive
| 2 | ⚡️⚡️⚡️Serjantlar tayyorlash oliy maktabida Psixologik ishlar kuni doirasida muddatli harbiy xizmatchilarning jamoaviy hamkorligi, o‘zaro ishonchi va samarali muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan “Orqama-orqa” mavzusida psixologik mashg‘ulot o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida harbiy xizmatchilarning jamoada hamjihatlik bilan harakat qilishi, bir-birini qo‘llab-quvvatlashi va hamkorlikda qaror qabul qilish qobiliyatlarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
Ishtirokchilar juftliklarda turli psixologik mashqlarni bajarib, o‘zaro ishonchni mustahkamlash, sherigining harakatlarini muvofiqlashtirish hamda jamoaviy vazifalarni birgalikda hal etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirdi.
👉@mudofaalive | 2 052 |
| 3 | ⚡️⚡️⚡️Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugning Nukus garnizonida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda san’atga bo‘lgan qiziqishini yuksaltirish maqsadida madaniy tadbir tashkil etildi.
Harbiy xizmatchilar Nukus shahridagi Berdaq nomidagi teatrda Qochqor Norqobilning “Daraxtlarning mungli qo‘shig‘i” dramasi asosida sahnalashtirilgan spektaklni tomosha qildi.
Spektaklda inson taqdiri, hayot sinovlari, ruhiy kechinmalar hamda insoniy qadriyatlar badiiy talqin etilgan. Aktyorlarning mahoratli ijrosi va sahna bezaklarining uyg‘unligi tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
Tadbir davomida harbiy xizmatchilar asar qahramonlarining hayoti va kechinmalari orqali mehr-oqibat, vijdon, mas’uliyat va insoniylik kabi yuksak fazilatlar haqida mushohada yuritdi.
👉@mudofaalive | 2 045 |
| 4 | ⚡️⚡️⚡️Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligiga qarashli Navoiy viloyatining Karmana tumanida joylashgan harbiy qismda harbiy xizmatchilarning ijtimoiy-psixologik holatini o‘rganish hamda ruhiy barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar o‘tkazildi.
Tadbirda Mudofaa vazirligining ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar yo‘nalishidagi mutaxassislari ishtirok etdi. Harbiy xizmatchilar bilan ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar, individual suhbatlar va psixologik treninglar tashkil etildi.
Mashg‘ulotlar davomida stressga chidamlilikni oshirish, hissiy barqarorlikni ta’minlash, jamoada o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash hamda sog‘lom psixologik muhitni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
👉@mudofaalive | 1 249 |
| 5 | ⚡️⚡️⚡️Chirchiq shahrida joylashgan Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy qismlardan birida "Nuroniylar jamg‘armasi"ning Chirchiq shahar bo‘limi hamkorligida "Bir nuroniy — o‘n yoshga mas’ul" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Chirchiq shahar hokimi, "Nuroniylar jamg‘armasi" Chirchiq shahar bo‘limi raisi, Chirchiq shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, Yoshlar ishlari agentligi Chirchiq shahar bo‘limi boshlig‘i hamda mahalla yoshlari ishtirok etdi.
Muloqot davomida nuroniylarning jamiyat hayotidagi o‘rni, yosh avlod tarbiyasidagi mas’uliyati, shuningdek, yoshlarni turli salbiy ta’sirlardan asrash va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yakunida yoshlar va nuroniylar o‘rtasida samimiy muloqot tashkil etilib, kelgusida ham bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni izchil davom ettirish yuzasidan fikr almashildi.
👉@mudofaalive | 2 197 |
| 6 | ⚡️⚡️⚡️Sirdaryo tumanidagi 6-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi negizida faoliyat yuritayotgan «Jasorat maktabi» o‘quvchilari ishtirokida «Yo‘lovchi» loyihasi doirasida navbatdagi targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi hamda Toshkent harbiy okrugiga qarashli harbiy qism hamkorligida tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga yo‘llarda xavfsiz harakatlanish, piyodalar o‘tish joylaridan to‘g‘ri foydalanish, svetofor ishoralariga amal qilish, jamoat transportida xavfsizlik va odob-axloq qoidalariga rioya etish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
Shuningdek, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida savol-javob hamda interaktiv muloqotlar tashkil etildi. Jarayonda yoshlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.
👉@mudofaalive | 4 052 |
| 7 | ⚡️⚡️⚡️O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida Sohibqiron Amir Temur xotirasiga bag‘ishlangan milliy kurash va tosh ko‘tarish sport turlari bo‘yicha “Mudofaa vaziri kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqada Yakkabog‘ tumanidagi sportsevar yoshlar hamda Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug harbiy xizmatchilari ishtirok etdi.
Bellashuvlar davomida ishtirokchilar kuch, chaqqonlik, jismoniy tayyorgarlik va matonat borasidagi mahoratlarini namoyon etdi.
Sport musobaqalari o‘zaro sog‘lom raqobat va do‘stona muhitda bo‘lib o‘tdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar diplom, medal, kubok hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
👉@mudofaalive | 1 270 |
| 8 | ⚡️⚡️⚡️Samarqand viloyati Ishtixon tumanidagi 13-sonli umumta’lim maktabida Vatanparvarlik festivali o‘tkazildi.
Tadbir Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligiga qarashli harbiy qism harbiy xizmatchilari hamda maktab jamoasi hamkorligida tashkil etildi.
Festival davomida o‘quvchilar uchun harbiy xizmatga oid ko‘rgazmali chiqishlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va uchrashuvlar tashkil etildi. Harbiy xizmatchilar yoshlar bilan suhbatlashib, Vatan himoyachisi bo‘lish sharafli va mas’uliyatli burch ekanini ta’kidladi.
Tadbir doirasida “Otamning harbiy qiziman” kitobining taqdimoti ham o‘tkazildi. Unda asarning mazmun-mohiyati, oilaviy qadriyatlar, avlodlar davomiyligi hamda yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati haqida fikr almashildi. O‘quvchilar harbiy hayot va harbiy xizmatchilar oilasiga oid savollariga javob oldi.
👉@mudofaalive | 2 704 |
| 9 | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi munosabati bilan mamlakatning nufuzli nashrlari – “Chosun Ilbo”ning ingliz tilidagi platformasi “The Chosun Daily” hamda “The Korea Herald” gazetasida davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston va Koreya Respublikasi: o‘zgarishlar davrida kelajak sari intilayotgan hamkorlik” maqolasi chop etildi.
Maqolada O‘zbekiston – Koreya do‘stligining tarixiy asoslari va yuksak ishonchga tayangan alohida strategik sheriklik istiqbollari yoritilgan. Mamlakatlarimiz nafaqat vaqt sinovidan o‘tgan hamkorlar, balki mushtarak qadriyatlar va insoniy rishtalar bog‘lab turgan yaqin do‘stlar ekani ta’kidlangan.
Koreya Respublikasining bir avlod davomida farovon, yuqori texnologiyali davlatga aylanishdek hayratlanarli taraqqiyot yo‘li alohida qayd etilgan. Seulning modernizatsiya va innovatsiyalar borasidagi boy tajribasi Yangi O‘zbekiston uchun muhim ahamiyatga ega.
So‘nggi yillarda o‘zaro savdo 5 barobar oshdi, Koreya investitsiyalari 8 milliard dollardan ortdi. 700 dan ziyod qo‘shma korxona va loyiha mavjud, KOICA, Koreya Eksimbanki va EDCF bilan dasturlar portfeli 3,5 milliard dollardan oshgan.
Yangi bosqichdagi hamkorlik sun’iy intellekt, yarim o‘tkazgichlar, robototexnika, elektr transporti, biofarmatsevtika, “aqlli” qishloq xo‘jaligi va “aqlli shaharlar”ni qamrab oladi.
“Hamkorligimizning yangi sahifasini ochishimiz – alohida sohalardagi muvaffaqiyatli aloqalardan umumiy ishlab chiqarish tizimlari, texnologik platformalar va yangi bozorlarni shakllantirishga o‘tishimiz mumkin”,
- deya ta’kidladi Prezidentimiz.
Maqolada 16-sentabr kuni Seulda o‘tadigan ilk “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammitiga alohida to‘xtalingan.
Davlatimiz rahbari sammitda O‘zbekiston siyosiy muloqotni chuqurlashtirish, amaliy hamkorlikni kengaytirish va sheriklikning yangi, samarali mexanizmlarini shakllantirishga qaratilgan qator dolzarb tashabbuslarni ilgari surish niyatida ekanini ta’kidladi. Ushbu takliflar “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” formatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, uni yanada tizimli, dinamik va uzoq muddatli mintaqaviy ustuvor vazifalarga yo‘naltirishga xizmat qiladi.
“Markaziy Osiyo va Koreya Respublikasi tinchlik, innovatsiyalar, o‘zaro ishonch va umumiy farovonlikka asoslangan hamkorlikning yangi makonini shakllantira olishiga chin dildan ishonaman”,
- deyiladi maqolada.
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com | 701 |
| 10 | ⚡️⚡️⚡️O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy aviatsiya institutida yoshlarning harbiy ta’limga qiziqishini oshirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda harbiy kasbning sharafli jihatlarini keng targ‘ib qilish maqsadida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar institutdagi ta’lim jarayoni, yaratilgan shart-sharoitlar, harbiy texnika va jihozlar, kursantlarning kundalik faoliyati hamda amaliy mashg‘ulotlar bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, yoshlarga harbiy ta’lim olish imkoniyatlari, institutdagi o‘quv jarayoni va harbiy kasbning o‘ziga xos jihatlari haqida ma’lumotlar berildi.
👉@mudofaalive | 1 744 |
| 11 | ⚡️⚡️⚡️Jizzax viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasida “Vatan tayanchi” harakati faollari, tuman (shahar) bo‘linmalari boshliqlari va mas’ul xodimlar ishtirokida o‘quv-uslubiy seminar o‘tkazildi.
Seminarda yangi o‘quv yilida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar, belgilangan topshiriqlar ijrosi hamda yoshlar o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir davomida har bir tashabbusni aniq va maqsadli yo‘naltirish, tadbirlarni samarali tashkil etish, yoshlar bilan ishlashda zamonaviy va kreativ yondashuvlardan foydalanish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.
Seminar yakunida yangi o‘quv yilida “Vatan tayanchi” harakati faoliyatini yanada takomillashtirish, yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar belgilandi.
👉@mudofaalive | 1 959 |
| 12 | ⚡️⚡️⚡️O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qo‘mondonining tegishli farmoyishlariga muvofiq, kuch tuzilmalarida haftaning har payshanba kuni “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va yoshlar kuni” sifatida belgilangan.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligiga qarashli, Qashqadaryo viloyatining Xonobod qo‘rg‘onida joylashgan harbiy qismda viloyatning huquqni muhofaza qiluvchi organlari vakillari ishtirokida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda harbiy xizmatchilar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, xizmat davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammoli masalalarni bartaraf etish, jarohatlanish hamda turli baxtsiz hodisalarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, shaxsiy tarkibning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, qonuniy manfaatlari hamda huquqlarini himoya qilish, qonun talablariga qat’iy rioya etishning ahamiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.
👉@mudofaalive | 2 179 |
| 13 | 💙💙💙❤️❤️❤️💙💙💙
#World #Military #Kurash #Challenge #Tashkent
⭐️Mardlik, kuch va matonat sinovdan o‘tgan “I Jahon harbiy chellenji” doirasidagi kurash musobaqasi o‘z yakuniga yetdi.
Har bir bellashuv — hayajonli lahzalar, unutilmas onlar va haqiqiy sport ruhini namoyon etdi.
➡️Yangiliklarni kuzatib boring:
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com | 826 |
| 14 | 💙💙💙❤️❤️❤️
#World #Military #Kurash #Challenge #Tashkent
🔉O'zbekiston terma jamoasi "1-Jahon harbiy chorlovi"da g'oliblikni qo'lga kiritdi
⭐️Joriy yilning 10-15-sentabr kunlari Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasining Yakkakurash sport turlari majmuasida Kurash sporti tarixida ilk bor Xalqaro harbiy sport kengashining “I Jahon harbiy chellenji” oʻtkazilayotganidan xabaringiz bor.
Musobaqaning erkaklar o'rtasida o'tkazilgan barcha vazn toifalaridagi bahslarda harbiy xizmatchilarimiz oltin medallarni qoʻlga kiritdi.
🥇60 kg: Baxtiyorov Kamoliddin
🥇66 kg: Baratov Dilshod
🥇73 kg: Bekmurodov Zamaxshariy
🥇81 kg: Ziyodullayev Ahror
🥇90 kg: Sadinov Samandar
🥇100 kg: Mamatrahimov Jahongir
🥇120 kg: Xurramov Muhammadkarim
🥇+120 kg: Oltiboyev Bekmurod
Ayollar o'rtasida oltin, kumush va bronza medaliga sazovor bo'lgan harbiy sportchilarimiz quyidagilar:
🥇52 kg: Elmurodova Sitora
🥇 57 kg: Ortiqboyeva Hilola
🥇70 kg: Turdiyeva Muxlisa
🥈+70 kg: Mohlaroyim To'xtamishova
🥉63 kg: Sevinch Isoqova
➡️Quvonarli jihati shundaki, erkaklar va ayollar o'rtasida ham harbiy sportchilarimiz mutloq g'oliblikni qo'lga kiritishdi.
🔗Shu tariqa yakuniy natijalarga ko'ra, umumjamoa hisobida faxrli 1-o'rinni O'zbekiston terma jamoasi vakillari egalladi. Ikkinchi o'rin Qozog'iston, uchinchi o'rin Eron harbiy kurashchilariga nasib etdi.
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com | 519 |
| 15 | 💙💙💙❤️❤️❤️
#World #Military #Kurash #Challenge #Tashkent
🔉 I Jahon harbiy chellenji: "ning ikkinchi kunida kechgan final bahslarida ham harbiy xizmatchilarimiz navbatdagi medallarni taqdim etishdi.
⭐️Musobaqaning navbatdagi kunida 9 ta vazn toifasidagi kechgan final bahslarida ham harbiy xizmatchilarimiz 6 ta oltin va 1 tadan kumush hamda bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Oltin medal:🥇
🔍90 kg: Samandar Sadinov
🔍100 kg: Jahongir Mamarahimov
🔍 120 kg: Muhammadkarim Hurramov
🔍 +120 kg: Bekmurod Oltiboyev
🔍 52 kg: Elmurodova Sitora
🔍 57 kg: Hilola Ortiqboyeva
Kumush medal:🥈
🔍 +70 kg: Mohlaroyim To'xtamishova
Bronza medal:🥉
🔍63 kg: Sevinch Isoqova
➡️Yangiliklarni kuzatib boring:
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com | 545 |
| 16 | 💙💙💙❤️❤️❤️
#World #Military #Kurash #Challenge #Tashkent
⭐️Bu — kuch, jasorat, iroda va matonat namoyishi!
"I Jahon harbiy chellenji"ning ikkinchi kunidagi bahslar ham qizg'in va murosasiz kechmoqda.
➡️Yangiliklarni kuzatib boring:
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com | 662 |
| 17 | 💙💙💙🔴🔴🔴
#World #Military #Kurash #Challenge #Tashkent
🔉"I Jahon harbiy chellenji"ning ikkinchi kunida ayollar o'rtasidagi -52 kg, -57 kg hamda -63 kg vazn toifasida kechayotgan bahslar ham hayajonli daqiqalarga boy o'tmoqda.
➡️Yangiliklarni kuzatib boring:
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com | 698 |
| 18 | 💙💙💙🔴🔴🔴
#World #Military #Kurash #Challenge #Tashkent
🔉"I Jahon harbiy chellenji"ning ikkinchi kunida og'ir vazn toifasidagi bahslar qizg'in va murosasiz kechmoqda.
➡️Yangiliklarni kuzatib boring:
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com | 791 |
| 19 | 💙💙💙
#World #Military #Kurash #Challenge #Tashkent
🔉O‘zbekistonda ilk bor harbiylar o‘rtasida o‘tkazilayotgan "I Jahon harbiy chellenji" ning og‘ir vazn toifasidagi bahslar boshlandi.
Musobaqalar jarayonlari to‘g‘ridan to‘g‘ri YouTube orqali tomosha qilishingiz mumkin.
📺https://www.youtube.com/live/aUDj5TED6ZQ?si=Zbyx5BPexfGToJqb
➡️Yangiliklarni kuzatib boring:
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com | 631 |
| 20 | 💙💙💙❤️❤️❤️
#World #Military #Kurash #Challenge #Tashkent
⭐️Poytaxtimizdagi Olimpiya shaharchasining Yakkakurash sport turlari majmuasida "I Jahon harbiy challenje"ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com | 640 |
