Gipsofila
رفتن به کانال در Telegram
Sen eshitganlaringni eng yaxshilarini yozib ol, yozib olganlaringni eng yaxshisini yod ol.
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدین و مذهبی134 731
613
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-27 روز
-1230 روز
آرشیو پست ها
613
Repost from N/a
faqat ko'p narsani qabul qilolmayapman. tushunmayapman. mantiqni topolmayapman. o'zimni jinnidek his qilayapman.
613
#shunchaki_yozgim_keldi
Onam haqida yozgim keldikii)
Onam barchaning onasidan o'zgacha, ishonuvring juda ham noyob xarakter sohibasi. Farzandlariga nisbatan juda ham mehribonlar, lekin bildirgilari kelmaydi. Shunday bo'lsada biron joyimiz og'risa yo sal xafa bo'lsak bizdanda qattiq siqiladilar, lekin bizga bildirmaydilar. Mahzun holatimni har doim bildirmaslikka harakat qilaman bilamanki mobodo sezib qolsalar mendan ko'ra ko'proq eziladilar, Lekin bildirgilari kelmaydi, juda ham g'ururlari balandda)
Ba'zan opalarim uyidagi biron muammoni dardi hol qilmoqchi bo'lsa, ularni qattiq urushib beradilar, umuman tinglamaydilar. Shunda ba'zan bemehrmikanlar degan fikrga boraman-u, hammasi opalarim ketgandan so'ng boshlanadi. O'zlarini qo'yarga joy topolmay ulardan ko'ra qattiqroq siqiladilar.
Uzoqdaligim sabab o'zlari qattiq sog'inadilar-u bildirgilari kelmaydi) bunda ham bizni o'ylab shundaydir. Qo'ng'iroq qilganimda "menku sog'inmayman, dadang senlarni erkalatgan" deydilar. Ammo bilamanki, eng ko'p onam sog'inadilar.
Biron joylari og'risa hech kimga bildirgilari kelmaydi💔
Xullas onamdanda mag'rur, onamdanda mehribon, onamdanda sirli, onamdanda jafolisi yo'q.
Uyga chaqirgilari kelsa ham sog'inganlarini emas uydagi ishlarbi aytadilar, vaholanki borganimda uyda ish bo'lmaydi^^
Meni esa parvoyim falak...
613
Allohim zolimlardan qilib qo'ymagin, birovning ko'zi yoshiga sabab qilmagin, boshqaning tunlarini mahv etadigan biri qilib qo'ymagin.
Qalb sindiruvchilardan qilmagin faqat💔
613
Og'ir botdi lekin)
Chunki deyarli til bilmayman.
Hozir ancha zamon rivojlangan va tekingina lug'at bor.
Turk tilida ham ingliz tilida ham deyarli ikkita gapni qo'shib chiroyli ona tilimizdek gapira olmayman. Har doim lug'at mening hamrohim bo'lgan)
613
G'uluv* haqida
Bugungi kundagi eng katta fojealarimizdan biri g'uluv bo'lsa ne ajab!
Har narsani bo'rttirish xursand yurishni hatto fosiqlikka chiqaradigan shaxslar bor afsuski. Nabiy sollallohu alayhi va sallam " Birodaring yuziga tabassum qilishing sadaqadir" deganlar.
Kitobda shunday tur insonlar aytiladi:
Uyida mo'tadilroq bo'lsa, otasining johillikda, onasini qoloqlikda, singillarini satrsizlikda, biroz haddidan oshgan g'uluvchi bo'lsa, mazkurlarni kufrda ayblayotganini ko'rasan. Ul janob barcha imkoniyatini ishga solib, o'zi tug'ilib o'sgan yurtini la'natlayotganini ko'rasan. Holbuki Rosululloh s.a.v "Mo'min unsu ulfat kishisidir deganlar"
613
Islom umuman yengillik ustiga barpo qilingandir.
Inson kabi yashashni xohlamaganlar uchun esa hamma insoniy takliflar qiyindir.
Kitobdan
Faqatgina kotobdan ozginasi haqida yozmoqchiman.
G'azab haqida.
Insonning fitratida nafs istaklari bo'lib, nafsning ham egasida haqqi bor. Ko'p duch keladiganimiz so'zlar, nafsingni o'ldir, g'azabni o'ldir va hokazo shu kabi yomon deb bilganimiz xislatlarni o'ldirish kabi.
Asl fitratan bor narsani o'ldirib bo'lmaydi. G'azab butunlay yo'q bo'ladigan bo'lsa inson hech narsadan himoyalanmay qo'yadi.
Hech narsaga g'azablanmay qo'yadi kufrni, shirkni nomaqbulchiliklar batchasini ko'rganda g'azablanmay qo'yadi. Bu zararli! Biz o'rta ummat qilib yaratildik va shu oltin oraliqni tuta bilish haq yo'ldir.
Birgina g'azabda emas har narsada vasatiya yo'lini tuta bilish fazilat va saodatdir.
Kitobni tavsiya qilaman.
Yuqorida faqatgina 2-3 betidangina olgan xulosam xolos)
613
Bir kunda o'qiy olmadim) tez tushunmay o'qigandan oz-oz hazm qilib o'qish yaxshiroqligini bu postni yozib bo'lgach his qildim.
613
Negadir ba'zan meni tosh deb o'ylaysizmi?
Yoki shunga o'zim qo'yib berganmanmi?
Yoki doim kulib turganimga shunday qilasizmi?
Yoki hatto xafa bo'lishni ham uddalay olmasligimmi sabab?
Yoki meni chindan xafa qilish maqsadingizmi? nega?
Yoki men ahmoqmanmi?
Yoki hamma narsada o'zimni ayblashimni bilib shunday qilasizmi?
Yoki yo'q deyishni eplay olmasligimdan foydalanasizmi?
Yoki g'azabimni faqat o'zimga sochishimmi?
Yoki rostan meni toshga aylantirishmi niyatingiz?
Ha hammasiga o'zim sababchi sizga meni unuttirgan men!
Yoki laqmaligimmi sabab?
Yoki...
Yoki...
Yoki...
Agar insonlarga bo'lgan ishonchimni yo'q qilish bo'lsa niyatingiz, bunday his allaqachon qulab bo'lgan!
Erishdingiz, endi yo'limdan qoching erkin yurmoqchiman, o'z fikrlarim meni tik tutib turgan umidim bilan yurmoqchiman.
613
Va do'stlarimning aytishiga ko'ra budilnigimni (o'zbekchasi nima bo'ladi?) Yorug'lik tezligida o'chirarkanman)
613
Yerda inson uchun juda ham ko'p biz sanay olmaydigan darajada sharoit ne'matlar mavjud. Kislorod bo'lmasa nafas ham ola olmaymiz? Har doim bor bo'lgani uchun unutganmiz ularni.
Lekin kislorod bo'lmasachi?
Yoki quyosh nuri?
Shamol?
...
O'ylaymizki shamol ma'lum bir sharoitda yaraladi, har doim esib turgani uchun ma'lum sabablarga ko'ra yaraladi deymiz.
"Sulaymonga shamolni qattiq qilib berdik. U (shamol)ni uning amri ila, Biz barakali qilgan yerga esadigan qilib qo'ydik. Barcha narsani bilguvchi bo'ldik.
(Anbiyo, 81)
Shamol ham Allohning izni ila esadi.
Olov. O'ylaymizki yog'ochga gugurt chaqilsa olov paydo bo'ladi.
"Ey olov, Ibrohimga salqin va salomat bo'l! dedik.
( Anbiyo, 69)
Olovga yondirish xususiyatini Alloh bergan. U istasagina yona oladi.
Mening bu postni yozishim, sizning o'qishingiz, boshqaning ulashishi, nafas olishimiz, yurishimiz, o'ylash barcha-barcha biz kichkina deb sanayotgan yoki barchasiga odatlanib qolgan narsalar Buyuk Zotning amriga ko'ra.
Tongingiz xayrli bo'lsin)
613
Biz tomondan ham quyosh chiqadi.
Unga yetish uchun har qanday hokatda to'xtamaslik va kuchli iroda kerak🙂
Shu iroda izlanmoqda...
613
Repost from YAQIN
#kuzatish
Imkonim yo'q", "vaqtim yo'q edi"...
Bizga yoqmaydigan so'zlar, shunday emasmi? Umuman, inson rad etilishni xushlamaydi. "Xo'p bo'ladi! ", "Nima dеsalar shu!"...
Xush yoquvchi so'zlar, aynan shunday, chunki inson ijobatlarni sеvadi.
Gohida biz yo'q dеyolmaganimiz uchungina xo'p dеymiz, boshqa yo'l qolmagani uchungina qabul qilamiz...
Lеkin shunisi ham bor: bir og'izgina "xo'p" dеyishimiz orqasidan qarshimizdagi inson umidlanadi, rеjalarini, vaqt taqsimotini bizga ko'ra qiladi. Buning zalvori og'ir.
Rad javobi bеrilganda esa, biroz ranjir, ammo qat'iy javobdan so'ng inson yo'nalishini o'zgartiradi, boshqa qaror oladi, yangi bir boshlang'ich uchun harakat qiladi.
Noqulay bo'lsa-da "yo'q" dеyishni o'rganishimiz kеrak. Ko'pincha, "yo'q" dеyishimizning zarari, "xo'p" dеb bajarilmay qolgan va'dalarning insonlarning vaqti, rеjalari va hissiyotlariga bеradigan zararidan aaaancha еngil bo'ladi.
Va'da bеrib bajarmasligimiz, bizning misolimizda butun toifamiz imijiga jiddiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Yana o'sha eski gap:
Va'da bеrdingmi, endi bajar.
Bajarolmasang, va'da bеrmagin edi.
13.09.2021
✍Robiyaxon Najmiddinova Facebook sahifasidan koʻchirildi
https://t.me/YaqinOzbek
613
Ishonch bu juddayam muhim judayam ta'sir doirasi kuchli bo'lgan, biri boshqasiga bera oladigan eng yaxshi hissiyot.
Masalan o'qituvchi vazifa qilib kelmagan o'quvchisiga ishonch o'laroq "Sendan kutmagandim," deyishi judayam ta'sirlida (Harholda menda shunaqa)
Yoki ota-onalar farzandlariga "senga ishonaman albatta uddalaysan"
Birodarlar "Sen uddalashingni bilgandim"
So'zlarning ruhi joni bor) u insonga yo jon baxsh etadi, yo tilka-pora qiladi.
Birovga berilgan ishonch qanchalik kuchga ega ekanligini tasavvur qilish mushkul. Siz bildirgan ikki-uchta so'z orqali qarshingizdagi inson buyuk marralarni zabt eta olishi mumkin, siz kutgandanda ko'proq natijaga erishishi mumkin. Birgina unga bildirilgan ishonch tufayli.
Bu bir hiski seni bir kunda o'zgartira oladigan, senga kuch bera oladigan, seni yuksaklarga ko'tara oladigan...
613
Fibonachchi raqamlari.
Hech bu raqamlar haqida eshitganmisiz? Yaqin kunlardan beri bu raqamlarga bo'lgan qiziqishim ortib bormoqda.
Bu raqamlar o'rta asrlarningoxirgi qismlarida Leonardo Pisa tomonidan ilk marotaba aniqlangan. U Fibonachchi nomi bilan mashhur shuning uchun ham raqamlarga uning nomi berilgan.
Fibonachi raqamlari nima?
Ketma-ketlikdagi ikkita raqam yig'indisi ulardan keyin turgan raqamni beradi. Misol uchun 1+1 2+3 va hokazo. Shunda raqamlar ketma-ketligi 1 1 2 3 5 8 13... vhk larda davom etadi. Har bir raqamning o'zidan keyingi raqamga nisbati tartib raqami o'sib borgani sari 0,618 ga intiladi. Har bir raqamning o'zidan oldingi raqamga nisbati esa 1,618 ga intiladi.
Borliqdagi butun mavjudot daraxt bargi, tana a'zolari, gallaktika, to'lqinlar... barcha-barchasi shu spiral shaklida harakatlanishi shu shakl asosida tashkil topgani fanda aniqlanib bormoqda vallohu a'lam.
"Golden ratio" degan atama bo'lib o'zbek tilida taxmina "oltin o'lchov yo nisbat" degan ma'nolarni anglatadi.
Fanning har qaysi sohasida shu oltin o'lchov qo'llaniladi, dizayn, arxitektura, san'at hamma-hammasi xullas.
Ajoyiba? Butun borliqni anglay bilishimizda bu raqamlarni bilish juda muhim deb o'ylayman.
Quyidagi video yana boshqa izlanishlar orqali fibonachchi sonlari haqida bilishingiz mumkin
https://youtu.be/7E_CeiwgrA8?si=-auG8cgNIVs3qBJJ
https://youtu.be/RHWHSx5IgQs?si=HhDW5Gksx6He0wuV
