cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

DTM so'nggi yangiliklar

Davlat test markazi yangiliklarini tez va sifatli yetkazuvchi norasmiy kanal Manba: www.dtm.uz 📝savol va shikoyatlar uchun Creator: @S_Abduvoxid9121 Reklama uchun : @S_Abduvoxid_9121

نمایش بیشتر
أوزبكستان92 177زبان مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
پست‌های تبلیغاتی
127
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
اطلاعاتی وجود ندارد7 روز
اطلاعاتی وجود ندارد30 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

video.mp47.57 MB
Show comments
⚡️ Akademik litseylarga kirish test sinovlari 📆 2021-2022-o‘quv yili uchun Akademik litseylarga kirish test sinovlari 2021-yil 30-avgust kuni 2 smenada o‘tkaziladi. Bunda test sinovlari: 1️⃣-smenada 08:00 dan 09:40 ga qadar; 2️⃣-smenada 18:00 dan 19:40 ga qadar bo‘lib o‘tadi. 📚 Test sinovlari ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fan va intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladi. ⏳ Bunda talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 60 ta test topshirig‘i va ularni bajarish uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 1 soat-u 40 daqiqa vaqt ajratiladi. 📌 Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 146 ball bo‘lib, ta’lim yo‘nalishiga mos fanlar bo‘yicha har bir tog‘ri javob uchun 3,1 balldan (jami 124 ball), intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha esa 1,1 balldan (jami 22 ball) beriladi. 🖥 Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga o‘quvchilarning intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlashda foydalaniladigan test spetsifikatsiyasi va namunaviy test topshiriqlari joylashtirilgan bo‘lib, talabgorlar https://dtm.uz/page/iq_test sahifasi orqali ular bilan tanishishi mumkin. 👨🏻‍💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani 29-avgust kuni 09:00 dan boshlab Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining litsey.edu.uz saytidan va Akademik litseylardan olishlari mumkin bo‘ladi. ❕ Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi. Davlat test markazining rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
نمایش همه...
Президентликка номзод Алишер Қодиров қандай ваъдалар берди? “Миллий тикланиш” етакчиси агар сайловда ғалаба қозонса, Олий таълим вазирлигини тугатиши, ислом ўқув юртларига квоталарни ошириши, Қуръон курсларини оммалаштириши, ислом молиясини жорий қилиши ва иқтисодиётда давлат иштирокини кескин камайтиришини айтди. 👉 @VODIY
نمایش همه...
videoplayback.mp419.74 MB
#Qabul2021 ⚡️ Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha uchinchi kun natijalari e’lon qilindi ✅ 2021-yil 25-avgust kuni talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi. 👨🏻‍💻 25-avgust kuni test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin: 1️⃣ transfer.dtm.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.dtm.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish-2021” bo‘limi orqali talabgorning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga talabgorning ID raqamini yuborgan holda (“O‘qishni ko‘chirish-2021” bo‘limidan): 👉 @mandat2021bot 👉 @mandat_2021_1_bot 👉 @mandat2021_2_bot 👉 @mandat2021_3_bot 👉 @mandat2021_4_bot Davlat test markazining rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
نمایش همه...
#Qabul2021 ⚡️ Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi ✅ 2021-yil 24-avgust kuni talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi. 👨🏻‍💻 24-avgust kuni test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin: 1️⃣ transfer.dtm.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.dtm.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish-2021” bo‘limi orqali talabgorning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga talabgorning ID raqamini yuborgan holda (“O‘qishni ko‘chirish-2021” bo‘limidan): 👉 @mandat2021bot 👉 @mandat_2021_1_bot 👉 @mandat2021_2_bot 👉 @mandat2021_3_bot 👉 @mandat2021_4_bot Davlat test markazining rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
نمایش همه...
Siz uchun test natijalarini bilishning qaysi usuli qulay?Anonymous voting
  • my.dtm.uz sayti orqali
  • mandat.dtm.uz sayti orqali
  • Telegram bot orqali
  • QR-kodni skaner qilish orqali
  • Barchasi qulay
0 votes
Коронавирус инфекцияси билан зарарланиб тест синовларида иштирок эта олмаганлар ва тест синовларига киришда тана ҳарорати 37С даражадан юқори бўлган абитуриентлар диққатига! 23 август куни бўлиб ўтадиган тест синовлари учун абитуриент рухсатномасини my.dtm.uz сайтидан юклаб олишингиз мумкин. Рухсатномада кўрсатилган вақтдан кечикмасдан келишингизни сўраймиз. @radjabovs
نمایش همه...
​​⚡️ Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 23-25-avgust kunlari o‘tkaziladi 📆 Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 23-24-25-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. ✅ Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ochiq maydonlarda tashkil etiladi va 23-avgust kuni 2-smenada boshlanib, 25-avgust kuni 1-smenada yakunlanadi. Bunda test sinovlari: 1️⃣-smenada 07:00 dan 10:00 ga qadar; 2️⃣-smenada 18:00 dan 21:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi. ⏳ Test sinovlari 2 ta mutaxassislik fani bo‘yicha o‘tkaziladi va talabgorlarga har bir mutaxassislik fanidan 30 tadan jami 60 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi. 📌 Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, birinchi mutaxassislik fani bo‘yicha har bir tog‘ri javob uchun 3,2 balldan (jami 96 ball), ikkinchi mutaxassislik fani bo‘yicha esa 3,1 balldan (jami 93 ball) beriladi. 👨🏻‍💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining transfer.dtm.uz saytidan olishlari mumkin. ❕ Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi. Izoh: Alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishini ko‘chirayotgan talabgorlar test sinovida ishtirok etmaydi va ularga Davlat test markazi tomonidan ruxsatnoma berilmaydi. Ular uchun oliy ta’lim muassasalari tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladi. Davlat test markazining rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
نمایش همه...

​​Xorijdan o‘qishni ko‘chirayotganlar uchun qulaylik 📌 Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha arizasi qabul qilingan va test sinovlarida ishtirok etadigan talabgorlar 87 486 nafarni tashkil etgan bo‘lib, ularning ma’lumotlari Davlat test markazining mandat.dtm.uz saytiga joylashtirildi. 👨🏻‍💻 Endilikda mandat.dtm.uz sayti orqali qaysi yo‘nalishga qancha talabgor o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza bilan murojaat etganligini va har bir ta’lim yo‘nalishi uchun o‘tish bali qanchani tashkil etishini ko‘rish mumkin. ❇️ Shuningdek, talabgorlar test sinovlari o‘tkazilgandan so‘ng mazkur sayt orqali o‘z natijalarini ham bilishlari mumkin bo‘ladi. ❕ Alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishini ko‘chirayotgan talabgorlar uchun oliy ta’lim muassasalari tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkazilishi va Davlat test markazi tomonidan test sinovlari o‘tkazilmasligi sababli mandat.dtm.uz saytiga ularning ma’lumotlari joylashtirilmagan. Davlat test markazining rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
نمایش همه...

#Qabul2021 #Ovozli_chat Test sinovlarining dastlabki yakunlari bo‘yicha ovozli chat 📆 Bugun, 21-avgust kuni soat 15:00 da Davlat test markazining telegramdagi rasmiy kanali (@dtmuzb) orqali oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining dastlabki yakunlari bo‘yicha ovozli chat o‘tkaziladi. 🎙 Ovozli chatda Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov ishtirok etadi. ✅ Unda quyidagi mavzular bo‘yicha barchani qiziqtirgan savollarga javob beriladi: 👉 test sinovlarining dastlabki yakunlari; 👉 koronavirusga chalinganlar uchun qo‘shimcha test sinovlari; 👉 test sinovlarining yakuniy natijalarini e’lon qilish; 👉 xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari. 🙋‍♂️ Ovozli chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin bo‘ladi. Davlat test markazining rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
نمایش همه...