Flutter Dev | Uzbekistan 🇺🇿
رفتن به کانال در Telegram
Flutter bu - hozirgi kundagi eng yetuk kross platformali dasturlash vositasidir! Bu kanal Flutterning o'zbek zabon vakillari uchun. Blog avtori: © Muhammad Aziz (@mamasodikoff) 🥛 Ayron olib bering: tirikchilik.uz/cosmos - Web sayt: flutterdev.uz
نمایش بیشتر384
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-37 روز
-230 روز
آرشیو پست ها
"FlutterMapp" tomonidan taqdim etilgan yo'l xaritasi [PDF]
#resources
@flutterblogs
Yuqoridagi widgetlardan eng yaxshilari: 70 ta!
(Timecode bilan shu yerda: https://youtu.be/G1LGOH424lo)
#widgets
@flutterblogs
Flutterdagi har bir widget: 215 ta!
Githubda: https://github.com/fluttermapp/flutte...
(Timecode bilan shu yerda: https://youtu.be/kj_tldMmu4w)
#widgets
@flutterblogs
Qisqa metrajli darslik 😅!
Foydali bo’ldi degan umiddamiz
@itwithakmaljon
Dasturlashdagi "Asinxron" va "Sinxron" tushunchasiga sodda ta'rif:
= Sinxron ijro
Mening xo'jayinim juda band odam. U menga kod yozishimni aytadi. Men esa unga aytdim:
- Yaxshi. Men boshladim, lekin u mening orqamda, yelkamdan turib, "qoziq" kabi meni kuzatmoqda.
Men "Do'stim, WTF: men ishni tugatgunimcha borib biror narsa qilmaysizmi?"
U: "Yo'q, siz tugatguningizcha men shu yerda kutaman". Bu sinxron.
= Asinxron ijro
Rahbar menga buni qilishimni aytadi va o'sha yerda mening ishimni kutishdan ko'ra ketadi va boshqa vazifalarni bajaradi. Ishimni tugatgandan so'ng, men xo'jayinimga hisobot beraman va: "Men tugatdim!" Bu asinxron ijro.
(Maslahatimni qabul qiling: HECH QACHON orqangizdagi xo'jayin bilan ishlamang.)
"Stackoverflow" dagi ushbu chiroyli javoblarni ham e'tiborsiz qoldira olmadim.
Jiddiyroq lekin zo'r tushuntirilgan javoblar ham bu yerda: https://stackoverflow.com/questions/748175/asynchronous-vs-synchronous-execution-what-is-the-difference
#async #await
@flutterblogs
⚙️ Flutter Interview [4]
📬 Interviewers:
Zayniddin Mamarasulov (TUNE Consulting)
Abdusamad Abdukarimov (Najot Ta'lim)
🔉Candidate:
Muzaffar Abduboqiyev
⭐️ Moderator:
Shamsiddin Komilov (DSR)
📌 Interviews - dasturchilar bilan ish beruvchi o'rtasidagi intervyular. Biz xohishi bor dasturchilarni intervyularga chorlaymiz. Bu bilan dasturchini qanday bilimga ega ekanligini ko'rsatib berish hamda intervyularda tushadigan savollarga oldindan tayyorlanish maqsad qilingan.
👉 🎞 TOMOSHA QILING
@mobilers_uz
Do'stingizga shunchaki QR kodni ko'rsating yoki kanal nomi ni ayting yoki birorta postni ulashing.
Jamiyatimiz rivojlanishiga hissa qo'shmoqchi bo'lsangiz, kanalni boshqalar bilan baham ko'ring!
Sizdan "3 sekund" vaqtingizga sarmoya, bizga soatlarni olib keladi :) Biz esa o'sha soatlarni sizga qaytarib beramiz!
@flutterblogs
⚙️ Flutter Dasturlash Interview Savol va Javoblari!
📬 Interviewers:
Abbos Bobomurodov(Moliya Vazirligi)
Zayniddin Mamarasulov (TUNE Consulting)
🔉Candidate:
Ulug'bek Axmedov
⭐️ Moderator:
Shamsiddin Komilov (DSR)
📌 Interviews - dasturchilar bilan ish beruvchi o'rtasidagi intervyular. Biz xohishi bor dasturchilarni intervyularga chorlaymiz. Bu bilan dasturchini qanday bilimga ega ekanligini ko'rsatib berish hamda intervyularda tushadigan savollarga oldindan tayyorlanish maqsad qilingan.
👉 🎞 TOMOSHA QILING
@mobilers_uz
Aytganimdek, ushbu kitobni ham "Codeco" dan sotib olishingiz mumkin. Quyidagilar esa kitoblarda foydalanilgan dastur manbalari:
1. Dart Apprentice: Fundamentals book
2. Dart Apprentice: Beyond the Basics book
3. The Flutter Apprentice book
4. The Real-World Flutter
#github #resources
@flutterblogs
Masalan, “ustoz developer” bo’lishni istarmidingiz? Ikkisidan biri: yo ta’lim olishni vaqtliroq boshlang, yo bo’lmasa bo’sh vaqtingizda ko’p ishlab, o’qib keyin esa amaliyot qilishga tayyor turing.
#5: Ba’zi dasturchilik odatlaringizga barham bering
Rostini aytadigan bo’lsak, biror ishni siz o’rganib qolgandan boshqacharoq hal etish uslubi bor, shunday emasmi? Har qanday “mutaxassis”ning ham gapiga ko’r-ko’rona quloq solavermang. Juda ko’p hollarda, ayniqsa obyektga yo’naltirilgan arxitekturalarda ushbu qusurlar uchrab turadi. Misol uchun, ko’pgina boshlovchi dasturchilar ushbu arxitektura haqida biron ma’lumot o’qib qolishadi, ularning oddiy dastur uchun yozgan sinfli(class) diagrammalari Eifel Minorasiga o’xshab qoladi.
#6: Bir nechta oliy dasturiy tushunchalarni chuqurroq o’rganib chiqing
Dasturiy pillapoyalardan yuqorilash uchun kodlash bilan bog’liq bir nechta tamoyillarni o’zlashtirish talab etiladi. Kimgadir, paralellik, muntazam taqdimotlar yoki dinamik tillarni qanday boshqarishlar yaxshi tanlov bo’ladi. O’zingizga mosini toping va ishga sho’ng’ing. Balki siz tanlagan rasmni qo’llash (manipulyasiya) yoki ma’lumotlar bazasi dizayni yoki boshqa biron nimadir? Hattoki kirituv darajasidagi developer bo’lsangiz ham, biron bo’lim mutaxasisi bo’lishga urining.
#7: O’z sohangizning asosiy nazariyalarini o’rganib chiqing
“Hello World”ni yozish bir narsa bo’lsa, yozganingiz monitorda qay alfozda chiqishini tasavvur etish umuman boshqa narsa. O’z ishingizni mayda chuydalarini o’rganib siz sohangiz “yulduz”iga aylanishingiz osonlashadi. Nega deysizmi? Chunki nega detallar muayyan turda ishlashi, nosozlik ro’y berganda nimalar ishdan chiqishi va shu kabilarni o’rganish zarar qilmaydi. O’z ishingizdan quyiroqda nimalar sodir bo’lishini o’rgana boshlasangiz, demak rivojlanish uchun qadam qo’ymoqdasiz.
Agar internet dasturchi (web developer) bo’lsangiz HTTP RFC yoki HTML ixtisosliklaridan ta’lim oling. Agar kod chiqaruvchi (code generator) bilan ishlasangiz, chiqayotgan har bir kodga chuqurroq nazar bilan boqing; agar ma’lumotlar bazasi sohangiz bo’lsa, u chiqarayotgan mos SQL diqqatingiz markazida bo’lsin va hokazo.
#8: Malakali dasturchilar kodlariga e’tibor qarating
O’z kasbingizda “ustasi farang”lari ishiga boqing, nega ular muayyan uslubda nega va qanday yozayotganligiga qiziqib ko’ring. Agar uddalasangiz manba loyihalarini ham tekshirib ko’rish lozim. Hattoki boshqa developerlar eng yuksak faoliyatlarga ega bo’lmasa ham, kod qanday yozilishi xususida talaygina bilib olasiz. Faqatgina o’rganish mobaynida noto’g’ri yozish odatlarini nusxalab olmang. Bu yerda maqsad boshqa dasturchilardan ko’r-ko’rona ko’chirib olish emas, balki nima ish berishiyu, qanday yozish mantiqiyligini bilib, o’zida sinab ko’rishdir.
#9: Kodlashning “yaxshi” uslublarini o’rganing
Kod yozuvchini noto’g’ri o’zgaruvchi, yomon odatlangan odatlari va boshqa shu kabilar tajriba kamligi belgisidir. Juda ko’p hollarda kod formatlash kabilarni o’rganmasdan dasturlash o’rganiladi va ishda bu yaqqol bilinadi. Shu kabi detallarni o’rganish kodlaringizni yoki sizni doim ham yuksaklarga olib chiqmasa ham, har qalay endi siz faqatgina “ma’lumot kirituvchi” darajadan yuqoriroqda bo’lasiz. Masalan, hattoki malakali developer yozgan o’zgaruvchilarga 97 xil nom berib qo’yishi yoki ularning vazifasi “nimadirBajar()” deb kiritilishi, keyin esa o’zlari nima qilayotganlarini tushunmay qolishadi, oqibatda ularning kodlari bilan ishlash amri mahol bo’lib qoladi.
#10: Qilgan ishingizdan maroqlaning
Karyera pog’onalarida qolib ketish niyatingiz bo’lsa – o’z kasbingizni yomon ko’ring. Ushbu sohada o’z ishingizda yuqorilash uchun uyga iloji boricha ko’p pul to’plash emas, balki kasbidan keladigan qoniqishdir. Agar kasbingiz yoqmasa va endigina dastur tuzayotgan bo’lsangiz, qandaydir ijobiy tuyg’ular sizda yuqoriroq darajaga yetganda paydo bo’ladi deb kim kafolat beradi? Boshqa tarafdan esa, agar qilayotgan ishingizni sevsangiz, unda hammasi soz! Balki o’z ustingizda ishlashni davom ettirsangiz, haqiqiy mutaxassis bo’lib ketarsiz.
#advices
@flutterblogs
Endigina dasturchilik dunyosiga qadam qo’yganlar uchun foyda beruvchi maslahatlarni e’tiboringizga havola etamiz.
#1: Boshqa tilni o’rganing
Qaysi tilni o’rganishingizning ahamiyati yo’q, boshqa tilni o’rganish (hozirda nechtasini bilishingizdan qat’iy nazar) yaxshiroq dasturchi bo’lishingizda yaxshi qadam bo’ladi. Agar iloji bo’lsa, hozirda muntazam ishlatayotganingizdan tubdan farq qiluvchisini toping. Boshqacha qilib aytganda, C# ishchisi bo’lsangiz, VB.NET yoki Javani o’rganishdan ko’ra, Ruby yoki Groovyni o’rganish afzalroq. (Kotlin dasturchisi bo'lsangiz Dartni 😉)
Albatta “tilni o’rganing” deganda, uni obdon o’rganishingizni nazarda tutilmoqda. Tilni o’rganish 3 sohali bilimni o’z ichiga oladi: sintaksis, ichki operatorlar va kutubxonalar, shuningdek “qanday qo’llash”. Birinchi ikkitasi osonroq; tajribali developer til turiga qarab 30 minutdan bir necha soatgacha bo’lgan vaqtda kod yuritish uchun tilning sintaksi(tartibi)ni o’rganib ola biladi. Operator va kutubxonalar shunchaki sekin asta tajriba to’plash va o’zingizga zarurini bilib olguncha spravichnik materiallarini tekshirib borishga tayyorligingizni talab etadi. Lekin uchinchi omil – “qanday qo’llash” – faqatgina tilda oylab ishlash orqaligina o’rganiladi va aynan shu yerda ajib ishlar yuz beradi. Biz muayyan tilga rosa mos loyihalarni va aynan o’sha til uslubida qilishni maslahat beramiz.
Tilni berilib o’rganing, va shunda dasturchilik qobiliyatlaringiz gullay boshlaydi.
#2: Murakkab qidiruv uslublari, taktika va strategiyalarini o’rganing. Davom etarkanmiz, yaxshi dasturchi bo’lish nafaqat o’z malakangizga ega bo’lish, balki ma’lumot topish ko’nikmangizga ham bog’liq. Oddiy qilib aytganda, zamonaviy tillar va dastur negizlari ularni hammasini eslab qolishga o’ta kattalik qiladi. Natijada, ishni bajarishlik qobiliyatingiz tadqiqot qila bilishligingiz bog’liq bo’ladi. Baxtga qarshi, to’laqonli va yuqori-sifatli ma’lumot topish shunchaki qidiruv sahifasiga bir-ikki so’zlarni kiritishdangina iborat emas.
“Uslub”, “taktika” va “strategiyalar” sinonimga o’xshashligi mumkin, lekin aslida aksincha. O’rganishingiz kerak bo’lgan uslublar – o’zingiz yoqtirgan qidiruv sahifasining murakkab qidiruv tizimlaridir. Misol uchun, Boolean operatorlar kabilarni, natijalar(manfiy kalit so’zlari, domen cheklovlari va b.)ni qanday filtrlash, so’z tartiblari nima rol o’ynashi va ko’plab boshqalar kiradi. Xullas qo’llanmalarni o’qishingizga to’g’ri keladi. Taktikalar xususida, biron muayyan qidiruvga qanday yondashish va aynan nimani qidirishni bilishni o’rganishlar kiradi. Xatolar esa oson-xato kodini qidiring, ko’p qidiruvlarda kalit so’zini tanlash ancha qiyinroq.
Strategiyalarga keladigan bo’lsak, siz qaysi qidiruv tizimlarini ishlatish kabilarni o’rganishingiz lozim bo’ladi: (maslahat: umumiy maqsadli qidiruv tizimlari doim ham to’g’ri tanlov bo’lavermaydi), umumiy maqsadli qidiruv tizimlariga kirishdan avval qaysi sahifalarga nazar tashlash lozimligi, va hatto yordam uchun qaysi xabarlar peshtaxtalariga murojaat etishni o’rganish maqsadga muvofiq.
#3: Boshqalarga yordam bering
Boshqalarni o’qitish – biron ko’nikmani o’rganishning eng zo’r yo’li. Dasturchilik sohasi uchun nisbatan boshlang’ich ekanligingizdan, hozircha ko’p taklifga ega bo’lmasangiz muammo emas. Doim esda tuting mavjud bilimingizni kim yoki qayerdandir olgansiz; shuning uchun ham boshqa birov uchun yaxshi manba bo’lishga intiling. Mutaxassisligingiz bo’yicha savollar bilan murojaat qilganlarga yordam bering. Boshqa o’rganuvchilar ham sizga bilimingiz oshishida sababchi bo’lishi mumkin.
#4: Sabrli bo’ling va amaliyotni davom ettiring
Tadqiqotlar ko’rsatishicha “yetuk mutaxassis” bo’lish uchun kop’lab soat doimiy amaliyot” talab etilar ekan. Bu albatta uzoq vaqt. Undan tashqari, mutaxassis degani albatta bir hil ishni yillab qaytarish degani emas, balki biron soha ichida turli hil vazifalarni doimiy qilib borishni anglatadi. Mutaxassis bo’lish ko’p vaqt va quvvat talab etishi turgan gap, shunchaki bir oz dasturchilik qilib yurishni kamlik qiladi.
Yangi Mobil dasturchi qanday qilib qisqa fursatda ish topishi mumkin?
Hozirda dasturlash ommabop va daromadli kasb deb hisoblanishi sir emas. Har kuni IT-kompaniyalari katta imkoniyatlar yaratadi va loyihalar uchun yaxshi ish haqini taklif qiladi. Ammo, agar siz endigina Mobil-dasturchilik kurslarini bitirgan bo’lsangiz va siz bu sohada kam tajribaga ega bo’lsangiz nima qilish kerak?
Afsuski, "Beginner" dasturchilarga bo’sh ish o’rinlari juda kam, axir barcha ish beruvchilar o’zlari kod yozishga qodir bo’lgan shaxsni ishga olishni xohlashadi. Shu bilan birga, dasturchilarga ehtiyoj katta.
Yangi dasturchi ishni qanday boshlashi mumkin?
Avvalo, tarjimai xolda aynan bir narsaga ixtisoslashganingizni yozing, masalan, Flutter. Rezyumeda siz barcha texnologiyalarni mukammal bilishingizni yozishingiz kerak emas. Agar siz bir nechta til ro’yxatini ko’rsangiz, ish beruvchi sizni hammasiga yuzaki yondoshgansiz deb o’ylaydi.
To’g’ri tilni tanlang.
Ekzotik tillarni izlashga hojat yo’q, Dart, Ruby, Kotlin, JavaScript, Python va boshqalar kabi mashhur va ommabop texnologiyalarni o’rganishga harakat qiling.
Shubhasiz, hech kim yangi Mobil-dasturchini kosmosga uchib ketishni kutmaydi. Ish beruvchingiz oʻz bilimingiz haqida gapirganda imkon qadar halol bo’lishingizni istaydi.
Ta’lim.
Tarjimai xolda ta’lim darajasini yoki maxsus kurslarda olingan sertifikatlarning mavjudligini ko’rsatish kerakmi deb so’raysiz.
Dastlabki tanlovda ish beruvchilar aynan shu mezon bo’yicha ish tutishadi. Ular xulosa chiqarish uchun ish tajribangiz va maʼlumotingizga qarashadi. Shuning uchun diplom yoki sertifikat mavjudligi haqida aniq ko’rsatib qo’ying.
Portfolio.
Tanlov bosqichida portfolio juda katta ahamiyatga ega ekanini bilasizgiz kerak? Portfolioingizga qarab, ish beruvchi muayyan bir vazifani bajara olish-ollmasligingizni baholaydii.
Portfolioda nima yozish mumkin?
Kichik ilova yarating va uni yaxshisi Github-da joylashtiring. Ish beruvchiga ilovangizning tafsilotlarini aytib bering, qanday texnologiyalardan foydalandingiz, ilova nimadan tashkil topganini va kodni ko’rsating. Boshqa texnologiyalardan foydalangan holda boshqa ilovalarni ham yaratishingiz mumkin.
Ishga taklif qiluvchi eʼlonlariga javob qoldiring.
Ish qidirishni boshlashdan oldin, ideal ish kuningiz qanday bo’lishi kerakligini o’ylab chiqing. Siz qaysi ofisda ishlashni va qanday loyihalarni olishni xohlayotganingizni tasavvur qiling. Biroq, hayolparastlik qilmang, chunki maoshi zoʻr va katta shirkatda ishlash uchun siz qanday boʻlsa ham tajriba olishingiz kerak.
Qiziqarli deb hisoblagan barcha ishga taklif qiluvchi eʼlonlarga javob qoldiring. Agar siz test topshirig’ini olgan bo’lsangiz, javobgarlikni zimmamizga qabul qilib, belgilangan muddatda bajaring.
Sinov muddati.
Sinov muddati ish beruvchining ehtiyot chorasi hisoblanadi. Ushbu davr mobaynida o’zingizni yaxshi qirralaringizni ko’rsating. Baʼzi masalalarda qiynalsangiz savol berishga uyalmang. Oddiy masalani yechishda ikki-uch kun ketkazgandan ko’ra katta dasturchilardan yordam so’rash yaxshiroq!
#job
@flutterblogs
Sun'iy Intellekt ishlatgan 15+ ilovalarni Flutterda qanday qilinishini o'rganing!
Havola (YouTube)
#ai #playlist
@flutterblogs
"Roadmaps" (Yo'l xaritalari)
Flutter dasturchi yo'l xaritasi: https://roadmap.sh/flutter
Qo'shimcha: https://medium.com/@flutterqueen/flutter-road-map-guide-2023-9caac0279c7e
Flutterning o'z "roadmap" i ya'ni re'jalar xaritasi: https://github.com/flutter/flutter/wiki/Roadmap
#roadmap
@flutterblogs
Kitoblar...
Flutterga chuqurroq "sho'ng'imoqchi" bo'lganlar ushbu kitoblarni o'qishi mumkin.
Kitoblarni o'qish uchun ularni "Kodeco" (avvalgi "Raywanderlich") saytidan sotib olishingiz mumkin.
Flutter Apprentice - https://www.kodeco.com/books/flutter-apprentice/v1.0.ea2
Dart Apprentice: Fundamentals - https://www.kodeco.com/books/dart-apprentice-beyond-the-basics
Dart Apprentice: Beyond the basics - https://www.kodeco.com/books/dart-apprentice-fundamentals
#books
@flutterblogs
- How-to
Qanday qilib "Flutter" ilovasini turli sistemalarda ishlatish haqida yo'riqnoma. (ma'lumotlar eskirgan bo'lsa "issue" ochishingiz mumkin)
https://github.com/vinayraj010/How-to-run-flutter-app-on-different-platform
#howto
@flutterblogs
Nega aynan Flutterni o'rganishingiz kerak?
O'rganish va ishlatish uchun oddiy: bir dunyo dastur kodi yozmasdan ham ajoyib dasturiy ilova yaratishingiz mumkin.
Tez kompilyatsiya: "Issig'ida yuklash" imkoniyatiga ega bo'lasiz, ya'ni o'z kodingizni o'zgartirishingiz va ilovadagi o'zgarish natijalarini real vaqt rejimida ko'rishingiz mumkin.
Boshlang'ich MVPlar uchun juda mos keladi: mahsulotni investorlarga imkon qadar tezroq namoyish qilish uchun eng yaxshi tanlov bu — Flutter!
Yaxshi hujjatlar: Har safar kodingizdagi vidjetlardan biri bilan bog'liq muammoga duch kelsangiz, hujjatlarni ko'zdan kechirish orqali sizni qiynayotgan muammoga osongina yechim topishingiz mumkin.
🚀 Flutter platformasi Dart dasturlash tili asosiga qurilgan bo'lib, hozirda dunyodagi eng katta IT gigantlardan biri hisoblanadi.
#flutter #why
@flutterblogs
⚡️ 7-sentabr kuni, Telegram sahifamiz orqali Flutter yoʻnalishidan ochiq suhbat boʻlib oʻtgan edi. Bugun oʻsha suhbatning yozib olingan shaklini sizga havola etmoqchimiz.
🎯 Suhbat davomida, Flutter yoʻnalishidan ustozlik faoliyatini olib borayotgan Saud Abdulvahed shu yoʻnalishga qiziquvchilar va unda oʻqishni istaydiganlar uchun qiziq boʻlgan mavzularga toʻxtalib oʻtdilar.
Nisbatan yangi yoʻnalish hisoblangani uchun bu soha boʻyicha savollar koʻp boʻlishi tabiiy. Shu sabab ustozimiz yoʻnalish boʻyicha koʻp uchraydigan va suhbat davomida tinglovchilardan yoʻllangan savollarga atroflicha javob berib oʻtdilar.
📱Mobil dasturlashga qiziquvchilar uchun ushbu ochiq suhbatimiz foydali bo'lishiga ishonamiz.
@flutterblogs
