SEVIMLI AYOLLAR. Muhabbat Abdurasulovna bilan
رفتن به کانال در Telegram
Ayollarga baxt ulashuvchi kanaldasiz ! Onlayn va oflayn kurslarim orqali 300 dan ortiq ayollar oʻz ustilariga ishlab rivojlanishgan. Bepul darslarim koʻp ayollarga mativatsiya boʻladi. Admin @ahmedova_89_89
نمایش بیشتر408
مشترکین
+324 ساعت
+27 روز
-130 روز
آرشیو پست ها
☀️ Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh muslimalarim
📖 Men kuzda sizlar uchun yana bir oflayn dars o‘tkazmoqchiman.
📌 Eslasangiz, avval atigi 10 kishi uchun dars o‘tkazgan edik. O‘shanda ko‘pchilikdan: “Yana qachon o‘tkazasiz?” degan savollar kelgandi.
❓Oflayn dars kimlar uchun?:
Agar siz ham:
— o‘zingizni yo‘qotib qo‘ygandek his qilsangiz;
— ichki ishonchingizni oshirmoqchi bo‘lsangiz;
— stress va xavotirdan xalos bo‘lishni istasangiz;
— o‘zingizni sevish va qadrlashni o‘rganmoqchi bo‘lsangiz;
— baxtli va xotirjam hayot sari qadam tashlamoqchi bo‘lsangiz… unda bu dars aynan siz uchun bo‘lishi mumkin.Oflayn darsni atiga 10 kishi uchun o’taman. Bu safar siz ham kelasizmi?
Bugun alohida, hayajonli kun...
Yana bir o‘quv yili boshlanib, maktablarimiz bolajonlarning quvnoq kulgusiga to‘ldi.
Kim uchundir mitti farzandi hayotidagi ilk katta qadamni qo‘yib, 1-sinfga qadam qo‘ygan bo‘lsa, kimdir uchun bu dargohda so‘nggi — bitiruvchi yilining taraddudi.
Har bir ota-onaning ko‘zida cheksiz quvonch, biroz xavotir va ulkan umidlar bor. Farzandlarimizning qo‘lidan tutib, bilimlarning sirli va keng olamiga kuzatarkanmiz, ularga faqat omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Bolajonlarimizning parvozi baland, bilimlari ziyoda bo‘lsin!
Yangi o‘quv yili muborak bo‘lsin!
Sizning xonadoningizda ham bugun maktabga qadam qo‘ygan "qahramonlar" bormi? ❤️
🇺🇿 1-SENTYABR — MUSTAQILLIK BAYRAMI!
Bugun qalbimizda Vatanga bo‘lgan faxr va minnatdorlik yanada jo‘sh uradigan kun. ❤️
Mustaqillik — bu shunchaki sana emas. Bu o‘zligimizni anglash, erkin orzular qilish, farzandlarimiz kelajagini ishonch bilan qurish imkoniyatidir.
Yurtimiz osmoni doimo musaffo, xonadonlarimiz tinch, dasturxonlarimiz to‘kin, qalblarimiz xotirjam bo‘lsin. 🤲🏻
Har bir oilaga fayz-u baraka, har bir yurakka quvonch, O‘zbekistonimizga esa yanada buyuk taraqqiyot tilayman!
Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin, azizlar! 🇺🇿❤️
☀️ Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh muslimalarim!
🇺🇿 Barchangizni yurtimiz Mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan tabriklayman.
🤲Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xonadonlarimiz fayz-u barakaga to‘la bo‘lsin. Mustaqilligimiz abadiy bo‘lib, Vatanimiz yanada gullab-yashnasin!
Dam olish kunlaringiz qanday o‘tyapti, muslimalarim?
❗️❗️❗️❗️
Seminarga keladiganlar bormi?
😇 Kecha o‘tgan seminar menga ham, kelgan muslimalarimga ham juda yoqdi. Eng quvonarlisi — har bir kelgan inson o‘zini qiynayotgan muammosi haqida gapirdi va birgalikda yechim topishga harakat qildik.
❓Kecha kela olmagan muslimalarim uchun ham yana bir seminar o‘tkazsam, keladiganlar bormi?
+4
🤲 Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin. Shunday ulug‘ kunda qilgan barcha yaxshi niyatlaringiz, duolaringiz ijobat bo‘lib, qalbingizdagi eng go‘zal orzularingiz amalga oshsin.
📝 Kecha ofisimizda oflayn seminar o‘tkazdik. Xabaringiz bor bo‘lsa kerak. Alhamdulillah, seminar kutganimizdan ham foydali va manfaatli o‘tdi.Nasib qilsa, bundan keyin ham bunday foydali seminarlarimizni ko’pyatiramiz.
Assalomu alaykum goʻzal muslimalarim!
❤️ Har bir kishiga kun davomida eng kamida o‘n marta hayotini o‘zgartirishga imkoniyat beriladi. Omad esa o‘sha imkoniyatdan foydalana olganga kulib boqadi.
Imkoniyatlardan foydalanishga ulgurib qoling.
Bugungi seminarimizdan firklar...
✍️ Bugun seminarimizda oila, farzand tarbiyasi, nevaralar, kelinlar bilan munosabat kabi juda muhim mavzularda suhbatlashdik.
Seminarga kelgan barchani fikrini eshitishga, muammolariga birgalikda yechim topishga harakat qildik.😇 Seminarimiz sizlarga foydali bo‘lgan bo‘lsa, men bundan juda xursandman. Chunki sizning hayotingizga ozgina bo‘lsa ham foyda bera olish — men uchun katta baxt.
Repost from Muxabbat Abdurasulovna
☀️ Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh muslimalarim xayrli tong!
☺️ Tongingizni yaxshi kayfiyat va shukr bilan boshladingizmi? Har bir kuningiz uchun Allohga shukr qilishni unutmang. Bugun ham bizga berilgan yana bir go‘zal imkoniyat.
📌 Bugun soat 11:00 da seminarimiz bor. Sizlarni qiynayotgan, o‘ylantirayotgan mavzular haqida muslimalarim bilan gaplashamiz.Seminar davomida jarayonlardan lavhalarni ham sizlar bilan bo‘lishib boraman...
Bugun ofisimizning ochilish marosimi bo‘ldi
🗓️ Ertaga esa ofisimizda birinchi marta o‘tkaziladigan seminarimiz bo‘lib o‘tadi.
📌 Seminarimizga yozilganlarning barchasini kutib qolaman. Sizlar uchun eng muhim va muammoli mavzularni tanlab qo‘ydim. InshaAlloh, birgalikda barcha savollarga javob topamiz va foydali suhbat qilamiz.
Repost from Muxabbat Abdurasulovna
Inson o‘zi o‘zgarmaguncha, atrofidagi muhit ham o‘zgarmaydi…
🕊️ Hayotingizda nimadir o‘zgarishini istasangiz, avvalo o‘zingizdan boshlang. Fikringizni, odatlaringizni, qarashlaringizni o‘zgartiring.
Chunki ba’zan biz kutayotgan o‘zgarish — aslida o‘zimizdan boshlanishi kerak.
Repost from Muxabbat Abdurasulovna
Ertaga bo‘lib o‘tadigan seminarimiz uchun atigi 2 ta joy qoldi!
📌 Agar hali joyingizni band qilmagan bo‘lsangiz, shoshiling. Ertaga ko’p mavzularda suhbatlashamiz sizlar bilan, muammolarga yechim topamiz.
🤲 Sizlar uchun juda ko’p mavzular topib qo’ygan. Inshaalloh seminarga kelgan barcha o’zini qiynayotgan savollariga javob oladi.
Seminarga yozilish uchun:
@mohlaroyim_xaydarova
⭐️ Ayolning eng katta kuchi — uning ichki holatidadir!
☁️ Ba’zan ayol hammaga kuch beradi, lekin o‘zi ichidan charchab boradi…
💔 Chunki o‘zini unutib, hammani o‘ylayvergan qalb ham bir kun holdan toyadi.
✍️ Ayol qachonki o‘zini anglab, holatini isloh qilib, duolarini to‘g‘ri qilishni boshlasa — hayoti ham o‘zgara boshlaydi!
❤️ Unutmang! O‘zingizga qaytish — hayotingizni o‘zgartirishning eng chiroyli boshlanishidir!
Qalbdan chiqgan duo va ilm orqali hayotingizni go‘zallashtiring
Bugun sizga tanlov qoldiraman.
Kelish yoki kelmaslik.
Kelmasangiz — hayotingiz davom etadi.
Lekin balki keyin:
“O‘sha kuni borishim kerak ekan…”
deb o‘ylab qolarsiz.
Kelsangiz esa — bir kunni o‘zingizga ajratgan bo‘lasiz.
Savollaringizni olib kelasiz.
Ichingizdagi gaplarni aytasiz.
Va boshqa ayollar bilan birga samimiy suhbatda bo‘lasiz.
13 0 000 so‘m.
