Davronbek | SWE 🪐
رفتن به کانال در Telegram
- Dasturlashdagi xatoliklar va ularni xal qilishdagi ba'zi tavsiyalar haqida yozib boraman. Don't be shy, say hi 👋 | @firdavs_dev
نمایش بیشتر761
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
+17 روز
-130 روز
آرشیو پست ها
pyproject.toml + Poetry
Ko‘pchiligimiz Python loyihalarda (men ham)requirements.txt ishlatamiz. Lekin bilasizmi, bu usul eskirgan?)
requirements.txt faqat kutubxonalar ro‘yxatini saqlaydi, lekin Python versiyasi, qayerdan o‘rnatilgani haqida ma'lumot yuq.
Zamonaviy yechim esa pyproject.toml va Poetry.
Bu loyihani:
- barqaror qilar
- har kimda bir xil muhit yaratish
- dependency boshqaruvini yengillashtir
Masalan, pyproject.toml fayli shunday ko‘rinadi👇
[tool.poetry]
name = "myproject"
version = "0.1.0"
description = "Awesome Python project"
authors = ["Davronbek <david@example.com>"]
[tool.poetry.dependencies]
python = "^3.10"
flask = "^3.0.0"
requests = "^2.31.0"
[build-system]
requires = ["poetry-core>=1.0.0"]
build-backend = "poetry.core.masonry.api"
Poetry shu fayldan foydalanib, virtual environment yaratadi va kutubxonalarni to‘liq nazorat qiladi.
Bu - xuddi Node.js’dagi package.json va package-lock.json kabi ishlaydi.
Xullas:
requirements.txt -- kechagi kun,
pyproject.toml -- bugun va ertangi kun deyishmoqda
more 👈Process va thread
Pythondagi (dasturlashdagi) ko'p so'raladigan mazgi savollardan.
Qisqa:
Process - bu qaysidir dasturiy taminotning komputer ichida bajarilayotgan jarayoni.
Thread - bu process ichidagi element bo`lib dasturni haqiqatdan ishlashiga ya’ni siz buyurgan amallarni natijaga aylantirishga yordam beradi.
Processlar - kamida bitta(main thread)yoki odatda bir necha threadlardan tashkil topgan bo`ladi. Processlar bir biri bilan xotira ulashmaydi va bu agar bir process ishdan chiqsa yoki xato ishlashni boshlasa boshqa processlarga tasir qilmaydi .Process thread natijalarini boshqaradi
Threadlar - bir biri bilan xotira ulashadi va agarda birortasi noto'g'ri ishlashni boshlasa hammasiga tasir qiladi.
Savol
Bir vaqtda kompyuterda bir necha dasturlarni ishlatamiz bunda kompyuter bularni qanday boshqaradi?
+2
Scaling Django with Database Sharding & Replication
Sharding qilishga ishim tushmagan (halicha tushmasin) lekin replicationd master-slave arxitekturasini Django bilan ko'p ishlatishga to'gri kelmoqda ...
Qisqasi:
We always shard database and partition the data
More:
- https://planetscale.com/blog/database-sharding
- https://valiancesolutions.com/learning-hub/master-slave-database-design-for-scalable-multi-tenancy-systems/
- https://testdriven.io/blog/django-multi-tenant/ 🔥
🧠 Baxt, harakat va dam olish haqida
Ba’zida hayotda shunaqa pallalar bo‘ladi - ishlayverasiz, loyihadan loyihaga, deadline’dan deadlinega... lekin ichkarida savol chiqadi: “Bularning bari nimaga?”
O’lim haqiqat, vaqt esa cheklangan. Shunday ekan, yashashdan maqsad nima?
Balki - mavjudligimizni anglash, o‘zingizni, boshqalarni va dunyoni biroz yaxshiroq qilishdir.
Chunki harakat mazmunga aylanganda, vaqt qadriyatga aylanadi.
Ko‘p dasturchilar (men ham) “ishdan dam olish”ni bilmaymiz. Kino ko‘rmoqchimiz, lekin ichkarida bir ovoz:
- “Bu vaqtda sportga borsang bo‘lardi.”
- “IELTS o‘rganish kerak edi.”
- “Startup ustida ishlash mumkin edi.”
Shunda dam olish - stress manbaiga aylanadi.
Ammo shuni unutmang: dam olish bu samarasizlik emas, bu strategik restart.
Shunda yangi fikrlar tug‘iladi.
“Hozir men vaqtni yo‘qotyapman emas, quvvat to‘playapman.” - shu gapni esda tuting.
Baxtni topib bo‘lmaydi, u tuziladi
Baxtli yashash uchun 3ta narsa kerak ekan:
- Mazmun: nima uchun ertalab turayotganingizni bilish.
- Munozabat: boshqalar bilan samimiy aloqa o‘rnatish, ularning quvonchida o‘zingizni ko‘rish.
- Qabul: hayot siz istagandek ketmasa ham, borini qadrlashni o‘rganish.
Kimdir yashashdan huzur topadi. Kimdir esa yashashni o‘zi huzurga aylantiradi.
Birinchisi hayotni tomosha qiladi, ikkinchisi unda ishtirok etadi.
Baxt – tomoshada emas, ishtirokda.
Agar hozir yo‘lingizda charchoq, befarqlik yoki “nima uchun” degan bo‘shliq paydo bo‘lgan bo‘lsa - bu pauza kerak degan signal.
10 daqiqa jim qoling. Qorong’u xonada chuqur nafas oling. Hech narsa qilmang. Hech qanday chalg’ituvchi narsalarsiz.
Harakatda yashaydigan odamlar uchun bu eng qiyin, lekin aynan shunda baxtning ildizi ko‘rinadi.
Baxtni keyinroq emas, hozirdan tuzishni boshlaylik.
Chunki hayot - to‘xtamayapti, lekin biz uni qanday yashashimiz – o’z qo‘limizda.
#off-topic #lazy-day
Repost from Aziz Architect
🚖 Real Time Database tanlash 🚀
1 mln haydovchi va 10 mln foydalanuvchini qo‘llab-quvvatlaydigan tizim qanday ishlashini ko‘rishni xohlaysizmi?
Haydovchilarni real vaqtda kuzatish, zakaz taklif qilish, radius bo‘yicha qidirish va GeoHash yordamida tezkor qidiruv – bularning barchasini ushbu videoda ko‘rib chiqamiz.
📌 Video davomida:
• Yozish va o‘qish operatsiyalarining bosim hisob-kitobi
• Qaysi database texnologiyasi mos kelishi mumkinligi
• Redis optimizatsiyasi va indexing
• Benchmark test qilish
🎥 To‘liq videoni bu yerdan ko‘ring: 👉 https://www.youtube.com/watch?v=1tAClL-YrvQ
#eslatma #reminder
Ertangni meetup'da ko'rishkuncha 😉
p.s) Ertroq borganlar oldi qatorlardan joy olib quyinglar ;))
Repost from @Rustam-Z⚡️
1 year ROADMAP by me, Google Engineer: How to learn PROGRAMMING
This is what I did back when I started my career.
LINK: https://www.notion.so/rustam-z/How-to-Learn-PROGRAMMING-ROADMAP-2701ece53065801db6e0c7f7f17ea5a4
Share it with someone who needs to see this.
I'm 100% confident you can get a job if you follow every single step in this guide.
🔘Learn Programming Concepts with C++
🔘Learn Python or JavaScript
🔘Learn Backend
🔘Build Projects and Find your FIRST JOB
⸻
🇺🇿👇
1 Yillik Dasturlashni O’rganish ROADMAP
Dasturlashni nimadan o'rganish boshlashni bilmaganlar uchun, mana ROADMAP. O'zim universitet vaqtlari qilgan ishlarim.
LINK: https://www.notion.so/rustam-z/How-to-Learn-PROGRAMMING-ROADMAP-2701ece53065801db6e0c7f7f17ea5a4
O‘zingizga saqlang va boshqalar bilan ulashing 👍
🔘C++ bilan dasturlashni o'rganing
🔘Python yoki JavaScript'ni o'rganing
🔘Backend'ni o'rganing
🔘Loyihalar yarating va o'z BIRINCHI ISHINGIZNI toping
@cracking_maang
Repost from Otabek Kholmirzaev 💻
Hurmatli junior dasturchilar, agar siz AI o‘rganishni endi boshlayotgan bo‘lsangiz, bugundan boshlab quyidagilarni o‘rganishga vaqt ajratsangiz, keyinchalik o‘zingizga rahmat aytasiz:
1. Python + Data Structures & Algorithms
Nega: Bu — AI’da hamma narsa qurilgan til va mantiq; buni bilmasangiz, boshqa joylarda qiynalasiz.
2. Math for ML (Linear Algebra, Probability, Stats)
Nega: Agar matematikani tushunmasangiz, AI modellari qanday ishlashini yoki ularni qanday yaxshilashni ham tushunolmaysiz.
3. Machine Learning (Classic Algorithms)
Nega: Har qanday AI roli sizdan ML asoslarini bilishingizni kutadi, hatto keyinchalik faqat LLM’lar bilan ishlasangiz ham.
4. Deep Learning & Neural Networks
Nega: Bu — hozirgi “AI”ning yuragi, Computer Vision-dan tortib LLM’larga qadar hammasi shunga asoslangan.
5. LLMs (Large Language Models)
Nega: LLM’lar ChatGPT, Claude, Gemini va aksariyat yangi AI mahsulotlarini quvvatlantiradi, bu sohaning ilg‘or qismi.
6. Prompt Engineering
Nega: LLM’lar bilan “gaplashishni” o‘rganish sizga 99% foydalanuvchilarga qaraganda ancha aniq va yaxshi natijalar beradi.
7. RAG (Retrieval-Augmented Generation)
Nega: Ma’lumotlaringizdan savollarga javob bera oladigan chatbot va yordamchilar yaratish — AI kelajagi.
8. AI Agents & Agentic Workflows
Nega: Haqiqiy dunyoda AI siz uchun ish qiladigan botlar jamoasi bo‘ladi, faqat bitta javob beradigan emas.
9. Data Engineering Basics
Nega: AI pipeline’ining 90% qismi ma’lumotlarni yig‘ish, tozalash va boshqarishga sarflanadi.
10. MLOps (Model Deployment & Monitoring)
Nega: Modellarni ishlab chiqish — boshlanishi, ularni ishlashini kuzatish esa haqiqiy qiymat yaratishdir.
11. Cloud Fundamentals (AWS, GCP, Azure)
Nega: Aksariyat AI loyihalari cloud’da ishlaydi; ularni qanday joylashtirish, masshtablash va kuzatishni bilish kerak.
12. Model Evaluation & Debugging
Nega: Faqat o‘lchab va muammolarni topib tuzatganingizdagina modellaringizni yaxshilashingiz mumkin.
13. Building AI APIs & Tools
Nega: Har bir jamoa mahsulotiga “AI funksiyalari” qo‘shishni xohlaydi, API yaratishni o‘rganing.
14. Reading AI Papers & Blogs (Stay Updated)
Nega: Bu soha har oy yangilanadi. Google, Meta, OpenAI va boshqalardan eng so‘nggi yangiliklarni kuzatishni o‘rganing.
Bir vaqtning o‘zida bitta mavzuga e’tibor qarating.
Erta boshlaganingiz uchun keyin o‘zingizga rahmat aytasiz, ko‘pchilik hatto birinchi qadamni ham qo‘ymaydi.
Muallif: Kartikey Kumar
PS: Original manbada faqat juniorlar uchun deyilibdi. Lekin bu bilimlarni o'rganish faqat juniorlar uchun emas balki hamma darajadagi dasturchilar uchun juda foydali bo'ladi. ✅
@Otabek_Kholmirzaev
👨💻 Pythonchi fullstack bo'lish uchun:
Dastlab hamma narsani Django’da hal qilardim.
MVT + Jinja menga zo‘r ko‘ringandi: backend ham, frontend ham bitta joyda, tez yozasan. Lekin loyiha kattalashgani sari muammolar boshlandi:
* UI har safar reload bo‘lib ishlaydi,
* static fayllar bilan ovorabop,
* form validation foydalanuvchiga yoqmaydi,
bir so‘z bilan aytganda, “modern” his qildirmaydi. (template)
Shunda o‘yladim: “React’ni o‘rganib ko‘ray”.
* useState, useEffect, hook’lar, * chalkash folder strukturasi…
* Python background’dan kelgan odam uchun birinchi zarba shunday bo‘larkan.
* Har narsaga library qidirish, oddiy CRUD uchun ham ko‘p boilerplate yozish.
Kuchli, lekin sabr va vaqt ko‘p ketar ekan ...
Keyin Vue 3 ni sinab ko‘rdim.
Ochig‘i, ancha yoqib qold)
* script setup oddiy, toza
* router va store (Pinia) allaqachon tayyor
* HTML, CSS, JS bir joyda – ko‘zga oson tushadi
frontendni qisqa vaqtda tezroq o'rganib olish mumkin.
🚀 Xulosam:
Agar Python dev tezroq fullstack bo‘lishni istasa, Vue 3 yaxshi start bo‘lishi mumkin deb uylayman. React ham albatta kuchli, lekin sabr, vaqt va tajriba talab qiladi. (Django + Jinja esa kichik loyihalarda qolgan ma’qul)
Fikrlar bo'lsa👇✍️
🚀 Vakansiya: Senior Python - Team Lead
Loyihalar:
🏗 ERP/CRM — qurilish jarayonlari, sotuv va moliyani boshqarish platformasi.
🩺 Medical — bemorlar uchun mobil ilova (uyga shifokor chaqirish, klinikaga navbat bron qilish, onlayn konsultatsiya).
Majburiyatlar:
•ERP/CRM va Medical loyihalar arxitekturasini ishlab chiqish va mukammallashtirish
•Biznes ehtiyojlarini texnik talablarga aylantirish va jamoaga tushunarli yetkazish
•Dasturchilarni o‘qitish, rivojlantirish, kod-review va mentorlik
•CI/CD, test qamrovi va ishlab chiqish sifatini nazorat qilish
•Bir nechta loyihani parallel olib borish
•Arxitektura dizaynini tuzish
•Jamoa bilan samarali muloqot qilish
•Servislarning texnik yo‘nalishini rivojlantirish
Texnik:
•4 + yil — Python (Django DRF, Flask, FastAPI)
•MySQL, PostgreSQL yoki boshqa relyatsion bazalar
•MongoDB, Cassandra bilan ishlash tajribasi
•Mikroservislar va SOA (Service-Oriented Architecture) implementatsiyasi
•REST API, WebSocket ishlab chiqish tajribasi
•Katta datasetlar uchun murakkab SQL so‘rovlar yozish qobiliyati
•Cloud servislar (AWS, GCP, Azure)
•CI/CD tizimlari, Docker, Linux, Git/GitHub/GitLab
•OOP konseptlari, dizayn patternlar, refaktoring, toza kod
•Unit/Functional testing, avtomatlashtirilgan test yozish
•Data structures, algoritmlar va design patterns
•Relyatsion va NoSQL bazalarda samarali modellashtirish
•Arxitektura va implementatsiya darajasida dizayn qilish
•Eski dasturlarni yangi texnologiyalarga migratsiya qilish tajribasi
•Linux administratsiyasi va shell scripting asoslari
Afzal ko'riladi:
•Yirik enterprise web/SaaS loyihalar
•Business va foydalanuvchi ehtiyojlarini ustuvorlashtirish
•Murakkab yechimlarni sifatli va vaqtida yetkazish
•Loyiha rejalari va majburiyatlariga muvofiq ishlash
Soft skills:
•Jamoani boshqarish va motivatsiya berish
•Samarali muloqot qilish va biznes ehtiyojlarini tushunish
•Bir vaqtning o‘zida bir nechta loyihani boshqarish
•Ingliz tilida hujjatlarni o‘qish va tushunish
Taklif qilamiz:
💰 oylik (1500$ — 2000$)
👨💻 Do‘stona va professional jamoa
📈 Katta loyihalarda tajriba orttirish
🕒 har 15 kunda avans
🍱 Abit va cofee komponya xisobidan
📩 Aloqa uchun: [@unicorp_admin]
➡️ @abdullayevcode
OSI Model - haqida
OSI haqida unverstet darslarida aytilmagan bazi haqiqatlar 🤔️️️️️️
+1
Qisqa interview savolchasi
- Pythonda max nechta thread/multiprocessing yaratish mumkin?
- Python yordamida yaratilgan 1 thread/multiprocessing hajmi qancha?
p.s) Coroutines Use Less Memory Than Threads in Python
and try use:
from functools import cache
more:
* https://superfastpython.com/thread-stack-size-in-python/
* https://luis-sena.medium.com/understanding-and-optimizing-python-multi-process-memory-management-24e1e5e79047
+4
LMS loyihalariz uchun sertifikat berish test jarayoni yana qanday shafofligini taminlagan bo’lar ediz?
- Boshqa sahifa ochilishi 🔒
- Full Ekrandan chiqib ketish 📲
- Face tracker (yon tomonlarga - 5 sekundan ko’p qarash mumkin emas) 🫥
- Mouse left/right button’lar 🔒
- Screenshot olish 🖼
P.s) bu extension tayyor react/vue library paket bo’lganda sotib olib foydalangan bo’lar edizmi 💰)
Repost from Coder Way
🟢 Vakansiya: Project Manager
📍 Kompaniya haqida
Biz — innovatsion loyihalar ustida ishlaydigan UNICORP IT kompaniyasimiz. Hozirda yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish jarayonidamiz va jamoamizga kuchli Project Managerni qidirmoqdamiz.
📝 Vazifalar:
-Bir vaqtning o‘zida bir nechta loyihalarni boshqarish.
- Loyihalarni rejalashtirish, jarayonni kuzatish va natijani nazorat qilish.
- Jamoa a’zolarining vazifalarini taqsimlash va progressni kuzatib borish.
- Mijozlar bilan samarali aloqada bo‘lish.
- Deadline va ustuvorliklarni boshqarish.
- Risklarni aniqlash va ularni kamaytirish bo‘yicha chora ko‘rish.
✅ Talablar:
- IT sohasida yoki loyihalarni boshqarishda tajriba (kamida 1 yil).
- Texnik bilimdan xabardor bo‘lish (dasturlash, tizimlar yoki texnologiyalar haqida umumiy tushuncha).
- Agile, Scrum yoki boshqa metodologiyalarni bilish.
- Bir nechta loyihani parallel boshqarish qobiliyati.
- Aloqa o‘rnatish va jamoa bilan ishlash ko‘nikmalari.
- Mas’uliyatli, deadline’ga rioya qiladigan va tashabbuskor shaxs.
- Ingliz va/ yoki rus tilini bilish afzallik.
💼 Ish sharoitlari:
- Ish vaqti: 10:00 – 19:00 (Dushanba–Juma).
- Oylik: 12 000 000 – 20 000 000 so‘m (tajriba va ko‘nikmaga qarab).
- Oylik har 15 kunda to‘lab beriladi.
- Ofisda bepul coffee va tushlik (abed).
- Do‘stona va professional jamoa.
📌 Lokatsiya:
Mirzo Ulug‘bek tumani, Pushkin metro yaqinida (offline ish).
📩 Qiziqqan nomzodlar uchun:
Rezyumeni @unicorp_admin ga yuboring.
