Доктор Аллерголог
رفتن به کانال در Telegram
Аллергияни енгишда дори эмас, илм керак! 🩺 Аллерголог | Клиник иммунолог 👨⚕️ Болалар ва катталар шифокори 🏁 Локация: t.me/allergolog_allergiya/15935 Консультация бўйича: @allergolog Беморлар фикри (отзывы): https://bit.ly/42mm5yl
نمایش بیشتر2 515
مشترکین
-224 ساعت
-87 روز
-3630 روز
آرشیو پست ها
2 515
LTP (lipid tashuvchi oqsillar) allergiyasining rivojlanishi haqida juda qiziqarli tadqiqot taqdim etildi. Bu mavzu bo‘yicha ma’lumotlar hozircha juda kam.
LTP allergiyasi — bu o‘simliklarda uchraydigan Lipid Transfer Protein (LTP) deb ataluvchi oqsillarga nisbatan rivojlanadigan oziq-ovqat allergiyasidir.
LTP nima?
LTPlar o‘simliklarning himoya oqsillari bo‘lib, meva, sabzavot, yong‘oq va don mahsulotlarida uchraydi. Ularning muhim xususiyati — issiqlikka va hazm fermentlariga chidamli bo‘lishidir. Shu sababli ular pishirilgandan keyin ham allergik reaksiyani chaqirishi mumkin.
Qaysi mahsulotlarda ko‘p uchraydi?
Ko‘pincha:
Shaftoli (eng muhim manba)
O‘rik
Olcha
Gilos
Olma
Nok
Uzum
Yong‘oq va funduq
Yer yong‘oq
Bug‘doy
Pomidor
Salat barglari
Belgilari qanday?
Oddiy og‘iz qichishishidan tortib og‘ir anafilaksiyagacha bo‘lishi mumkin:
Og‘iz va tomoq qichishishi
Lab va til shishi
Eshakemi (urtikariya)
Qorin og‘rig‘i, qusish
Nafas qisishi
Anafilaksiya
LTP allergiyasining o‘ziga xos tomoni
Ko‘pincha reaksiya faqat mahsulotning o‘zidan emas, balki qo‘shimcha omillar ishtirokida kuchayadi:
Jismoniy mashq
Alkogol
NSAIDlar (aspirin, ibuprofen va boshqalar)
Infeksiyalar
Stress
Masalan, bemor shaftolini yeganida hech narsa bo‘lmasligi mumkin, lekin shaftoli yeb yugursa yoki aspirin qabul qilsa anafilaksiya rivojlanishi mumkin.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra:
Bemorlarning taxminan 1/3 qismida allergiya progressiyalangan, ya’ni ilgari reaksiya bo‘lmagan yangi allergenlarga ham allergik reaksiyalar paydo bo‘lgan.
Bemorlarning qariyb yarmida esa yangi allergiyalar rivojlanmagan, kasallik barqaror holatda qolgan.
Ayrim bemorlarda esa regressiya kuzatilgan, ya’ni allergiya belgilari kamaygan yoki butunlay yo‘qolgan.
Bu natijalar juda qimmatli va umidbaxsh hisoblanadi, chunki LTP-allergiyasi har doim ham vaqt o‘tishi bilan og‘irlashib boravermasligini, ayrim hollarda esa aksincha, yengillashishi yoki yo‘qolishi mumkinligini ko‘rsatadi.
✅ @allergiya
2 515
Foydali yangiliklar bor
Ayni vaqtda Istanbulda EAACI (Yevropa allergolog va klinik immunologlar akademiyasi) navbatdagi xalqaro kongressi bo’lib o’tmoqda. Kongressdagi ba’zi bir yangiliklarni bo’lishib boraman.
Baliq va tovuq o‘rtasida parvalbumin oqsili bilan bog‘liq kross-allergiya (o‘zaro allergik reaktivlik) mavjud. Bu holat kam uchraydi.
Qizig‘i shundaki, bunday allergiyasi bo‘lgan bemorlar yaxshi pishirilgan tovuq ko’krak go‘shtini bemalol iste’mol qila olishlari mumkin, chunki tovuqning aynan ko‘krak qismida parvalbumin miqdori juda kam bo‘ladi.
✅ @allergiya
2 515
🔍 BOLALARDA O‘TKIR ESHAKEMI (URTICARIA): HAMMASIGA OVQAT AYBDORMI?
Ko‘pchilik ota-onalar bolada to‘satdan toshma va qichishish paydo bo‘lsa, darhol yegan ovqatidan gumon qiladi. Ammo ilmiy ma’lumotlar boshqa narsani ko‘rsatmoqda.
1️⃣ Bolalarda o‘tkir urticarianing eng ko‘p uchraydigan sababi — infeksiyalar.
Turli tadqiqotlarda virusli va bakterial infeksiyalar bolalardagi o‘tkir urticaria holatlarining 40–60% gacha qismini tashkil qilishi aniqlangan. Ayniqsa, yuqori nafas yo‘llari infeksiyalari (shamollash, virusli respirator kasalliklar) eng ko‘p uchraydigan trigger hisoblanadi. (PMC)
2️⃣ Oziq-ovqat allergiyasi muhim sabab bo‘lsa-da, birinchi o‘rinda emas.
Shoshilinch yordam bo‘limiga murojaat qilgan bolalar orasida o‘tkir urticariyaning sababi sifatida infeksiya 18%, oziq-ovqat esa 8% holatda aniqlangan. (American Academy of Pediatrics)
3️⃣ Ayrim tadqiqotlarda oziq-ovqat yetakchi sabab sifatida ko‘rsatilgan.
Biroq bu tadqiqotlar ko‘pincha allergologiya bo‘limlariga murojaat qilgan, allergik fonli bolalarni qamrab olgan. Shuning uchun natijalarni barcha bolalarga tatbiq qilish to‘g‘ri bo‘lmaydi. (PMC)
4️⃣ Agar urticaria ovqat sabab rivojlansa, odatda belgilari tez boshlanadi.
Ko‘pincha toshmalar shubhali mahsulot iste’molidan keyin 30 daqiqa – 2 soat ichida paydo bo‘ladi. Takror ovqatlanganda holat qaytalanishi ham xos belgi hisoblanadi. (PMC)
5️⃣ Oziq-ovqat sababli urticariyada eng ko‘p uchraydigan mahsulotlar:
🥛 Sut
🥚 Tuxum
🥜 Yong‘oqlar
🐟 Baliq va dengiz mahsulotlari
Bu mahsulotlar IgE vositachiligidagi allergik reaksiyalar va ba’zan anafilaksiyaga ham sabab bo‘lishi mumkin. (American Academy of Pediatrics
Bolalarda o‘tkir urticaria (eshakemi) rivojlanganda birinchi navbatda yegan ovqatni emas, balki yaqinda o‘tkazilgan virusli yoki bakterial infeksiyani ham o‘ylash kerak. Ilmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bolalarda o‘tkir urticarianing eng ko‘p uchraydigan sababi infeksiyalar bo‘lib, oziq-ovqat allergiyasi ulardan keyingi o‘rinlarda turadi.
@allergiya
2 515
📌 ALLERGIK KASALLIKLAR UMRBOD DAVOM ETADIMI?
Ko‘pchilik bemorlar: "Doktor, allergiyamdan butunlay qutula olamanmi?" deb so‘rashadi.
Javob esa allergiyaning turiga bog‘liq.
1️⃣ Ba'zi allergiyalar vaqt o‘tishi bilan yo‘qolishi mumkin Masalan, bolalardagi sut, tuxum yoki bug‘doy allergiyasi ko‘pincha yosh o‘tishi bilan kamayadi yoki butunlay yo‘qoladi.
2️⃣ Ba'zi allergiyalar esa yillar davomida saqlanib qoladi Uy changi kanasi, gul changlari, mushuk-it allergenlari yoki ayrim dori vositalariga allergiya ko‘pincha uzoq muddat davom etadi.
3️⃣ Astma va allergik rinit nazorat qilinadigan kasalliklardir To‘g‘ri davolash bilan bemorlar deyarli sog‘lom inson kabi hayot kechirishi mumkin. Muhimi — kasallikni nazorat ostida ushlash.
4️⃣ "Allergiya ketmadi" degani davolash foydasiz degani emas
Maqsad faqat simptomlarni kamaytirish emas, balki:
✔️ xurujlarning oldini olish,
✔️ hayot sifatini yaxshilash,
✔️ kasallikning og‘irlashishini to‘xtatishdir.
5️⃣ Ba'zi hollarda ASIT (allergen-spetsifik immunoterapiya) kasallikning tabiiy kechishini o‘zgartirishi mumkin Bu usul allergenlarga bo‘lgan sezuvchanlikni kamaytirib, uzoq muddatli remissiyaga olib kelishi mumkin.
Allergik kasalliklar "bir umr dori ichib yurish" degan tushuncha bilan cheklanmaydi. Zamonaviy yondashuvning maqsadi — kasallikni nazorat qilish, xurujlarni kamaytirish va imkon qadar remissiyaga erishishdir.
✅ @allergiya
2 515
🤧 Burun bitishi va tinimsiz aksirish bezovta qiladimi?
😣 Teringizda qichishuvchi toshmalar, qavarchiqlar tez-tez paydo bo'ladimi?
😮💨 Nafas qisishi, xirillash yoki allergiyaga bog'liq yo'tal bilan qiynalasizmi?
❗️Allergiya belgilarini e'tiborsiz qoldirmang!
🗓 26-iyun kuni Namangan shahridagi «Dr. Muyassar» klinikasida allergolog va klinik immunolog Jasur Davlatov tomonidan konsultatsiya o'tkaziladi.
Qabul quyidagi muammolar bo'yicha:
✅ Allergik rinit
✅ Allergik konyunktivit
✅ Krapivnitsa (eshak yemi)
✅ Bronxial astma
✅ Atopik dermatit (diatez)
✅ Oziq-ovqat allergiyasi
📅 Sana: 26-iyun (juma)
⏰ Vaqt: 09:00–15:00
👶 Bolalar va kattalar qabul qilinadi.
📍 Manzil: Namangan sh., G'irvonsoy 11-uy 🏦 Mo'ljal: «Anor Bank» ro'parasi
📞 Qabulga yozilish: +998 95-401-06-06
⚠️ Ulgurib qoling, joylar cheklangan!
2 515
🤧 Burun bitishi va tinimsiz aksirish bezovta qiladimi?
😣 Teringizda qichishuvchi toshmalar, qavarchiqlar tez-tez paydo bo'ladimi?
😮💨 Nafas qisishi, xirillash yoki allergiyaga bog'liq yo'tal bilan qiynalasizmi?
❗️Allergiya belgilarini e'tiborsiz qoldirmang!
🗓 26-iyun kuni Namangan shahridagi «Dr. Muyassar» klinikasida allergolog va klinik immunolog Jasur Davlatov tomonidan konsultatsiya o'tkaziladi.
Qabul quyidagi muammolar bo'yicha:
✅ Allergik rinit — Burun bitishi, oqishi, aksirish
✅ Allergik konyunktivit — Ko'z qichishi, yoshlanishi, qizarishi
✅ Krapivnitsa (eshak yemi) — Terida qavarchiq va kuchli qichishish
✅ Bronxial astma — Nafas qisishi, xirillash, yo'tal
✅ Allergik bronxial obstruksiya — Tez-tez qaytalanuvchi obstruktiv bronxit
✅ Atopik dermatit (diatez) — Bolalar va kattalardagi teri muammolari
✅ Oziq-ovqat allergiyasi — Ayrim mahsulotlardan keyin toshma, qichishish yoki boshqa reaksiyalar
👶 Bolalar va kattalar qabul qilinadi.
📅 Sana: 26-iyun (juma)
⏰ Vaqt: 09:00–15:00
📍 Manzil: Namangan sh., G'irvonsoy 11-uy 🏦 Mo'ljal: «Anor Bank» ro'parasi
📞 Qabulga yozilish: +998 95 401 06 06
⚠️ Joylar cheklangan. Oldindan ro'yxatdan o'tish tavsiya etiladi.
2 515
🫁 Astma yo‘qolib ketdimi yoki shunchaki nazorat ostidami?
Ko‘pchilik astma belgilari kamaygach, dorilarni o‘zboshimchalik bilan to‘xtatib qo‘yadi. Natijada esa kasallik yana kuchayib, xurujlar qaytalanadi.
🎯 Astmani davolashning asosiy maqsadi — to‘liq nazoratga erishish.
O‘zingizni tekshirib ko‘ring:
✅ Kunduzi astma belgilari haftasiga 2 martadan kam bezovta qiladimi?
✅ Tunda yo‘tal yoki nafas qisishi sabab uyg‘onmaysizmi?
✅ Kundalik faoliyatingiz cheklanmaganmi?
✅ Tez yordam beruvchi inhalyatorga haftasiga 2 martadan kam ehtiyoj sezayapsizmi?
Agar ushbu savollarning barchasiga “Ha” deb javob bersangiz, astmangiz yaxshi nazorat qilinayotgan bo‘lishi mumkin.
Astma nazorat ostida bo‘lmasa:
🔸 Xurujlar soni ortadi
🔸 Shifoxonaga tushish xavfi oshadi
🔸 O‘pka funksiyasi asta-sekin yomonlashishi mumkin
❌ Eng ko‘p uchraydigan xato: Bemor faqat nafas qisganda ingalyator ishlatadi, lekin yallig‘lanishni nazorat qiluvchi asosiy davoni muntazam qabul qilmaydi.
🩺 Astma — bu surunkali kasallik. Belgilar yo‘qolgani kasallik yo‘qolganini anglatmaydi!
✅ @allergiya
2 515
Taglik ostidagi qizarish sababi nima?
Ko‘pchilik ota-onalar taglik sohasidagi qizarishni ko‘rib darhol xavotirga tushishadi. Bu holatga diaper dermatit deyiladi.
Diaper dermatit — bu taglik sohasida rivojlanadigan dermatitlar uchun umumiy nom. Uning ichida bir nechta sabablar bo‘lishi mumkin:
1️⃣ Irritant kontakt dermatit (eng ko‘p uchraydi)
2️⃣ Kandidozbilan bog‘liq diaper dermatit
3️⃣ Allergik kontakt dermatit
Eng ko'p uchraydi turi - irritant kontakt dermatit
Nima uchun paydo bo‘ladi?
💧 Siydik va najasning teri bilan uzoq kontakt qilishi,
🌡 Issiqlik va namlik,
🩲 Taglikning ishqalanishi natijasida terining himoya qavati shikastlanadi.
Natijada quyidagilar paydo bo‘ladi:
🔴 Qizarish,
🔥 Achishish,
😢 Taglik almashtirganda bezovtalik
Muhim belgi: Qizarish odatda dumba, jinsiy a’zolar va son ichki yuzalarida bo‘ladi, lekin teri burmalarining o‘zi ko‘pincha saqlanib qoladi.
✅ Taglikni tez-tez almashtirish
✅ Terini quruq saqlash
✅ Himoya kremlaridan foydalanish (sink oksidli kremlar)
Ko‘p hollarda aynan shu choralar yetarli bo‘ladi.
⚠️ Bu jarayon uzoq davom etganda, zamburug‘li infeksiya qo‘shilishi ham mumkin.
✅ @allergiya
2 515
☀️ SPF KREM — YOZDA TERI UCHUN "KO‘RINMAS QALQON"
Ko‘pchilik SPF kremni faqat dengizga borganda yoki quyoshda qoraymaslik uchun ishlatiladi deb o‘ylaydi. Aslida esa SPF har kuni kerak bo‘ladigan teri himoyachisidir.
❓ SPF nima?
SPF (Sun Protection Factor) — terini quyoshning zararli ultrabinafsha (UV) nurlaridan himoya qiluvchi vosita.
🌞 Quyosh nurlari teriga nima qiladi?
🔸 Teri kuyishiga sabab bo‘ladi
🔸 Teri qarishini tezlashtiradi
🔸 Qora dog‘lar va pigmentatsiyani kuchaytiradi
🔸 Ajinlar paydo bo‘lishini tezlashtiradi
🔸 Teri saratoni xavfini oshiradi
❗ Eng qizig‘i, teri kuyib qolmasa ham UV nurlari teriga zarar yetkazishda davom etadi.
🇺🇿 O‘zbekiston sharoitida SPF nega muhim?
Yoz oylarida havo harorati 40–45°C gacha ko‘tariladi. Bunday paytda UV nurlanish ham juda yuqori bo‘ladi.
Ayniqsa:
✅ Bolalarda
✅ Atopik dermatitli bemorlarda
✅ Allergiyasi bor insonlarda
✅ Homilador ayollarda
✅ Yuzida qora dog‘lari bor odamlarda
SPF ishlatish tavsiya etiladi.
👶 Atopik dermatit va allergiyada SPFning foydasi
Teri qizarib yoki qichishib tuzalganidan keyin qoladigan qora dog‘larning kuchayib ketishini oldini oladi.
Shuning uchun dermatologlar ko‘pincha: "Avval SPF, keyin qolgan kremlar" deb tavsiya berishadi.
🧴 Qanday SPF tanlash kerak?
✔️ SPF 50+ ✔️ Broad Spectrum (UVA + UVB) ✔️ Water Resistant (terlashga chidamli) ✔️ Hidsiz (Fragrance-Free)
Bolalar va sezgir teri uchun: ✔️ Zinc Oxide yoki Titanium Dioxide saqlovchi mineral SPFlar afzal.
⏰ Qachon surtish kerak?
🔹 Ko‘chaga chiqishdan 15–20 daqiqa oldin 🔹 Tashqarida bo‘lsangiz har 2 soatda qayta surtish kerak 🔹 Ko‘p terlasangiz yoki yuzingizni yuvsangiz yana surtish lozim
📌 Muhim eslatma:
SPF krem terini oqartirmaydi va qoraytirmaydi.
Uning vazifasi: 🛡️ Terini quyoshdan himoya qilish 🛡️ Pigmentatsiyani kuchayishidan saqlash 🛡️ Erta qarishning oldini olish
☀️ Yozda uy kalitini unutganingiz kabi SPFni ham unutib qoldirmang!
Yaxshi emollient va SPF — ko‘plab teri muammolarining oldini oluvchi eng oddiy, ammo eng samarali kombinatsiyadir.
2 515
#tezkor
💨 Toshkentda chang zarralarga to'la kuchli shamol kuzatilmoqda!
Nafas a'zolari allergik kasalligi bo'lgan bemorlarga ko'chaga chiqish tavsiya etilmaydi.
Bu chang zarralari hattoki sog'lom odamning ham ko'zi va nafas yo'llariga kirib, qichishish hamda yo'talga sabab bo'lmoqda.
2 515
Topikal kortikosteroidlarning 7 ta kuchlilik sinfi (Class I–VII) bo'yicha kllassifikatsiyasi.
2 515
❗️DIQQAT, E'LON:
31-may kuni Namangan shahridagi «Dr. Muyassar» klinikasiga boramiz!
🗓 31-may (Yakshanba) kuni allergik kasalliklari bo‘lgan bemorlar uchun Namangan shaxridagi “Dr. Muyassar” klinikasida Allergolog va klinik immunolog Jasur Davlatov tomonidan navbatdagi tibbiy konsultatsiya o‘tkaziladi.
Quyidagi bemorlar qabul qilinadi: ✅ Allergik rinit; — Burun bitishi, oqishi, aksirish, ✅ Allergik konyuktivit; — Ko‘z yoshlanishi, qichishi, qizarishi ✅ Krapivnitsa (qavarchiq, Eshak yemi); — Terida toshma toshishi, qichishi ✅ Bronxial astma; — Nafas qisishi, xushtaksimon xirillash ✅ Bronxial obstruktiv sindrom — Allergiya fonida tez-tez qaytalanadigan obstruktiv bronxiti bor bolalar ✅ Atopik dermatit (Diatez); — Bolalar terisidagi muammolar ✅ Oziq-ovqat allergiyasi; — Turli oziq-ovqatga bog‘liq toshmalar🗓 Sana: 31-may (yakshanba) ⏰ Vaqt: 09:00 dan 15:00 gacha 👥 Ham bolalar, ham kattalarga! 🚩 Manzil: Namangan sh, Gʻirvonsoy 11-uy 🏦 Mo‘ljal: “Anor Bank” ro‘parasi 🗺 Lokatsiya: t.me/doktorMuyassar/134553 Qabulga ro‘yxatdan o‘tish uchun: ☎️ +998 954010606
2 515
Repost from UzA | Tezkor xabarlar
Toshkentda ertaga qisqa muddatli chang-toʻzon va yomgʻir kuzatilishi mumkin — Oʻzgidromet
Jahon meteorologiya tashkiloti hamda O‘zgidromet prognozlariga ko‘ra, ertaga Toshkent shahrida g‘arbiy nam havo oqimlari kirib kelishi oldidan qisqa muddatli chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.
Kun davomida ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi, shamol esa ba’zi joylarda 15 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Shu sababli havoda chang zarrachalari, xususan PM10 miqdori vaqtincha ortishi mumkin.
Mutaxassislar nafas yo‘llari, allergiya va yurak-qon tomir kasalliklari bor fuqarolarga ehtiyot bo‘lishni, imkon qadar uzoq vaqt ochiq havoda yurmaslikni tavsiya etdi.
Ayni paytda atmosfera havosi holati maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
2 515
Irritant kontakt dermatit
1. Sifatsiz taglik (pampers)
2. Noto'g'ri teri parvarishi
3. Ichakdagi disbioz
20 kunlik chaqaloqda shu muammolar sabab orqa chiqaruv teshigi atrofida qizil, nuqtasimon, eroziyali toshmalar bezovta qilishni boshlagan edi. Alhamdulillah, 7 kunlik davo muolajasidan keyin yaxshi natija oldik!
Nega bunaqa holat bo'ladi?
Najasdagi lipaza va proteaza fermentlari teri himoya qatlamini buzadi. Pampers ichidagi issiqlik, nam muhit va ishqalanish
teri bar’yerini zaiflashtiradi.
Ayniqsa, sifatsiz sovun, antiseptik va salfetkalar (spirtlisi), kuchli sovunlar
chaqaloq terisini irritatsiya qiladi. Shunaqa holatlarga sabab bo'ladi.
Bemorlarimiz fikrlari (отзывы):
https://bit.ly/42mm5yl
2 515
Kuchli gidrolizlangan va aminokislotali smeslar ta'mi achchiq bo'ladi!
Ko‘p bolalar dastlab bu formulalarni yaxshi qabul qilmasligi mumkin. Ayniqsa kuchli gidrolizlangan (eHF) va aminokislotali (AAF) smeslarning ta’mi oddiy formuladan ancha farq qiladi.
Sababi:
✅ Oqsil parchalangani uchun achchiqroq/hidliroq ta’m paydo bo‘ladi
✅ Aminokislotali formulalarda “metallik” yoki o‘tkir hid bo‘lishi mumkin
Ayniqsa 4–6 oydan katta bolalar,
oldin oddiy shirin formula ichib yurganlar ko‘proq rad qilishi mumkin.
Odatda qanday holatlar bo‘ladi?
1️⃣ Birinchi kunlari rad qiladi
yuzini buradi, kam ichadi, yig‘laydi, butilkani itaradi
2️⃣ Bir necha kunda o‘rganib ketadi
Ko‘pchilik bola 3–7 kun ichida asta-sekin o‘rganadi. Agar allergiya simptomlari kamayishni boshlasa, bola keyinroq o‘zi ham yaxshiroq qabul qiladi.
⚠️ Smesga shirin bo'lsin deb shakar, asal, vanilin qo‘shish tavsiya qilinmaydi.
Bu allergiya xavfini oshiradi, diareya qilishi mumkin. Bola keyin formulani umuman ichmay qo‘yishi mumkin.
Eslatma: CMPA bo‘lgan bolalarning katta qismi vaqt o‘tib sut oqsiliga tolerantlik hosil qiladi. Ko‘pchilikda 1–3 yosh oralig‘ida asta-sekin o‘tib ketadi.
Agar sigir suti oqsiliga allergiya bo'yicha mutaxassis kerak bo'lsa, murojaat qiling:
📞 +998946920852 (@allergolog)
💬Telegram 📹Instagram 📹YouTube
2 515
⚡️Atopik dermatitda emoliyentlarni nafaqat kasallik darajasiga, balki faslga qarab ham foydalanish kerak!
✅ Atopik dermatitda emoliyentlar — bu davolashning “bazasi”. Ular teri barerini tiklaydi, transepidermal suv yo‘qotilishini kamaytiradi va yallig‘lanishni bilvosita kamaytiradi. To‘g‘ri turini tanlash juda muhim.
Emoliyentlar 3 asosiy mexanizmga ega:
➤ suvni ushlab qolish (okklyuziv)
➤ suvni tortish (humektant)
➤ barierni tiklash (lipidlar)
Kombinatsiyalangan emoliyentlar
Hozirda atopik dermatitni nazorat qilishda qo'llaniladigan zamonaviy krem/losyon emoliyentlar kombinatsiya shaklida, ya'ni: humektant + okklyuziv + lipid komponent birgalikda bo'ladi.
Aynan shu kombinatsion turlari kundalik foydalanish uchun eng optimal variant hisoblanadi.
Faslga bog'liq tarzda ishlatish:
Qishda — qalin, yog‘li (ointment)
Yozda — yengil (cream/lotion)
Muhim qoidalar:
✅ Emoliyentlarni cho'miltirilgandan keyin 3–5 minut ichida surtish kerak
✅ Kuniga kamida 2–3 marta
✅ Doridan oldin yoki keyin qo‘llash strategiyasi kerak
✅ Bolalarga hidsiz, minimal tarkibli emoliyentlar tavsiya etiladi
✅ @allergiya
2 515
⚡️Instagramda 40.000+ nafardan oshdik
Berayotgan ma'lumotlarimiz xalqimiz uchun manfaatli bo'layotganidan xursandmiz!
📹 Obuna bo'ling:
www.instagram.com/dr_jasurdavlatov
2 515
Homiladorlikda burun bitishi
Homiladorlik riniti — bu homiladorlik davrida paydo bo‘ladigan, allergiya yoki infeksiya bilan bog‘liq bo‘lmagan burun bitishi va oqishi bilan kechuvchi holat. Odatda 2–3-trimesterda boshlanadi va tug‘ruqdan keyin o‘z-o‘zidan yo‘qoladi.
Nega homiladorlikda rinit kuzatiladi?
1️⃣ Gormonal o‘zgarishlar (asosiy sabab)
Homiladorlikda estrogen va progesteron darajasi oshadi. Bu burun shilliq qavatida qon tomirlar kengayishiga shish hosil bo‘lishiga olib keladi. Natijada burun bitadi
2️⃣ Qon hajmining ortishi
Homiladorlikda umumiy qon hajmi ~30–50% ga oshadi. Bu burun shilliq qavatiga ham ko‘proq qon kelishiga sabab bo‘ladi. Burun ichida “to‘lish” hissi paydo bo‘ladi
3️⃣ Shilliq sekretsiya ko‘payishi
Gormonlar ta’sirida bezlar faoliyati oshadi. Burundan suyuqlik ajralishi kuchayadi
4️⃣ Avtonom nerv tizimi o‘zgarishi
Parasimpatik tonus ortishi mumkin. Bu ham burun sekretsiyasini kuchaytiradi
Klinik belgilari
Doimiy yoki davriy burun bitishi
Suvsimon oqindi
Ba’zida hid bilish pasayishi
Aksirish kamroq bo‘ladi (allergiyadan farqi)
⚠️ Muhim farqlash
Homiladorlik riniti quyidagilardan farq qiladi:
Allergik rinit (qichishish, ko‘p aksirish bo‘ladi)
Infeksion rinit (isitma, yiringli ajralma bo‘ladi)
⏳ Qachon boshlanadi va tugaydi?
Odatda: 2–3 trimestr
Tug‘ruqdan keyin: 2 hafta ichida yo‘qoladi
