fa
Feedback
Hodiyev’s blog

Hodiyev’s blog

رفتن به کانال در Telegram

☝️Kanalga obuna bo’lishning kichik sharti bor: FAQAT MANTIQQA TAYANING. ☕️Bir piyola choy ustida: @Hodiyev Facebook: https://fb.com/hodiyev Twitter: https://twitter.com/hodiyeev Instagram: Alisher_hodiyev

نمایش بیشتر
1 746
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-137 روز
-5930 روز
آرشیو پست ها
Ko’pchilik marketingdan ham xabari yo’q. Sifatli karyera qilishni ham bilmaydi. Kimo’zarga harakat qilib butun boshli sohani rasvosini tortishyapti. Hamma narsa ham evi bilan-da.

Qorning to’ygach o’zing boshlagan o’yinni o’zing tanqid qila boshlaysan.

Murojaat uchun havola o’zgarib qolgan, mani kanalim havolasi ketib qolgan. Esse bo’yicha e’tirozlar kelyapti endi. Hurmatli murojaatchilar, muammongiz hal bo’lib bo’lgan yoki hal bo’lmagan bo’lsa, albatta, hal qilinadi, biz yangilayapmiz uchun eskidan yangiga o’tish jarayonida kimlarningdir esselari qolgan bo’lishi mumkin. @Hodiyev ga murojaat qiling, muammongiz hal qilinadi.

Raqibingiz xato qilayotganda unga aslo xalaqt bermang!

Kuni kecha men jurnalistikamizdagi hurmat qiladigan insonlardan biri — Karim Bahriyev 64 yoshida vafot etibdi. Bu kishi nafaqat muxbir, balki shoir, yozuvchi va tarjimon ham. Haq so’zni hayiqmay aytgan. Inna lillahi va inna ilayhi roji’un.

KETGIM KELMAYAPTI ONAJON... Shamollar uyg‘ondi. Barg – hayajonda... Hatto yer tagida qo‘zg‘oldi ilon. Dunyo tirilayotgan shu
KETGIM KELMAYAPTI ONAJON... Shamollar uyg‘ondi. Barg – hayajonda... Hatto yer tagida qo‘zg‘oldi ilon. Dunyo tirilayotgan shu toza tongda O‘lgim kelmayapti, onajon. O‘ngirlarda kezar muzday havolar, Ishqalab qobog‘in ko‘tarar osmon. Dunyo ko‘zlarini ochayotganda Men ko‘z yumayinmi, onajon?! Qaydadir silkinar tomchidil o‘tlar, Bargida chumoli kezadi hayron. Hali men ko‘rmagan bog‘lar bor ekan, O‘lgim kelmayapti, onajon. Qizlarning ovozi jaranglar munis, Ishq desam – daftarga sachrab ketdi qon. Sevmasa sevmabdi meni bitta qiz, Dunyoda qiz kammi, onajon?! Qayoqqa qochadi bu issiq qonim, Qo‘llarni sog‘inib sochlarim g‘ujgon. Kimga kerak bo‘ldi mening yosh jonim, O‘lgim kelmayapti, onajon. Begunoh bittadir – u ham osmonda, Qo‘lga chivin qo‘ndi, quvmoqqa yo‘q jon. Chivinlar, chumchuqlar yurgan jahonda Menga joy yo‘qmikan, onajon?! Quyoshga termuldim – ko‘zim qamashdi, Kiprikdan shabnamday yosh oqdi marjon. Nurlarni sog‘inib qaqshar qovurg‘am, O‘lgim kelmayapti, onajon! Garchand men qayg‘uli she’rlar to‘qidim, Garchand azob ko‘rdim mudom bepoyon – Men hali dunyoga to‘ygan yo‘q edim, Dunyo to‘ydimikin mendan, onajon... Karim BAHRIYEV

Qashshoqlik odamni yomon qilmaydi, lekin uni zaif qiladi. Doimiy yetishmovchilik fikrlashni toraytiradi va kelajakni o’g’irlaydi. Hamma kuch tirik qolishga ketganda, orzularga joy qolmaydi, shuning uchun moliyaviy barqarorlik — eng avvalo, o’ylash erkinligi.
—Jorj Oruell @Hodiyef

Bir narsani qilmoqchimisiz tezroq qiling, sekin qilsangiz, u narsa modadan qoladi yoki sizdan boshqasi qilib yuboradi, siz esa vaqtingizga va pulingizga kuyasiz. Bu loyiha qilmoqchi bo’lib yurgan menga o’xshaganlarga ataladi. Buni miyasida g’oyalari ko’p, qaysidan boshlasam ekan deb yurgan do’stingizga yuboring.

Telegramga o’xshash MAX degan ijtimoiy tarmoq chiqibdi. Bu aniq ruslarniki. Nima deb o’ylaysiz, qanchalik telegram bilan raqobat qila oladi? Ayni damda telegram Rusiyada bloklanganining boisi shu bilan ham bog’liqlik joyi bo’lsa, yaxshigina raqobatchi bo’ladi.

Nimadir ishda muvaffaqiyatga erishish uchun discipline(intizom)ga amal qilish kerak. Muntazam shug’ullanish, boshlagan ishingizda muntazamlik bo’lishi kerak. Afsuski, menda bu tomonlama kamchilik uchraydi. Lekin shu narsani prinsiplarim qatoriga qo’shib qo’ymoqchiman.

Agar siz yetarlicha halol insin bo’lsangiz, Keragidan ortiq sevsangiz va yaxshi bir inson bo’lsangiz, bilinki, siz tayyorsiz — baxtsiz bo’lishga.
— Charlz Bukovskiy

To’siqlar faqat ongimizda.

Dunyoda eng yomon narsa kimgadir ishonib qolib ko'ngling xotirjam bo'lishi.

Rozilikda gap ko’p. Bu ham har tomonlama qaraladigan narsa. Faoliyatim davomida maksimal hammani rozi qilishga harakat qilaman. Ba’zida ishim o’xshamaganida “kimdir mandan norozi bo’lmadimi?” deb o’ylab qolaman. Chunki insonni norozi qilsangiz, o’sha zahotiyoq sizda hech narsa bilinmaydi, lekin vaqti kelib qachondir(balki kun, balki oy, balki yillar ketar), ishoning, buning badalini o’sha paytdagidan bir necha barobar og’ir to’laysiz! Rozilikda gap ko’p!

8-Mart — Xalqaro xotin qizlar kuni bilan barcha ayollarimizni tabriklayman! Kursimizda keladigan qizlarga doim bir gapni aytib kelganman: "Sizlar yaxshi o'qishingiz, oliy ma'lumotli, bilimli bo'lishingiz juda muhim". Birinchidan, bu - hayot, bu - taqdir sizning kimga turmushga chiqishingiz va u yerda sizga qanday munosabatda bo'lishlari hech kim tomonidan kafolatlanmagan. Shunisi aniqki, har qanday vaziyatda ham oliy ma'lumotli ayolda imkoniyat yuqori, birovdan tili qisiq bo'lmaydi, aravani birgalikda tortadi, hayotini shirin o'tishida uning ham hissasi bo'ladi. Mabodo, oilasi o'xshamagan holda ham kunini vaqtida olgan bilimlarini ishlatgan holda(boshqa yomon yo'llarga kirmasdan) ko'rib keta olish imkoniyati juda yuqori. Ikkinchidan, farzand (xoh o'g'il, xoh qiz bo'lsin) tarbiyasi, avvalo, ona qo'lida. Savodli, bilimli, zukko ayoldan saviyali farzand yetishib chiqadi, hech narsani o'qimagan, ko'rmagan, ayol farzand tarbiyasida qiynalishi yoki bilim berishda to'siqlarga duch kelishi mumkin. .... Xullash, shunaqa gaplar.

Shu kanalchamda o'zimni biroz erkin his etaman. Imlo va punktuatsion qoidalaga to'liq amal qimasligim yoki shevaga oid so'zlarni ishlatishimam mumkin, chunki bu mani shaxsiy kanalim. Fikr ham shunday erkin bo'lishi kerak.

🎆🎆🎆G'ijduvon tumanidan o'quv markazimiz AKHO School (Akademik school va Hodiyev Education) uchun chaqqon, ishni yaxshi uddalay oladigan, iloji bo'lsa, oldin ham shu sohada ishlagan administrator qiz uchun ishga qabul ochdik. Ish o'rni bitta. Quyidagi havola orqali anketa to'ldirasiz va suhbatga chaqirilasiz. Sizga barqaror maosh va ahil jamoa bilan ishlash kabi ajoyib zavq beramiz. Quyidagi anketani to'ldiring: https://forms.gle/R7cHJy2wyapipf5U8

"Stranger things"ni barcha sezonlarini ko'rganlar bormiiii?✊

Ushbu so'rovnomada man "Bor" qo'shig'iga ovoz berdim. Lekin, afsuski, bu xitlar("Bor", "Siqilma")ga olingan kliplar umuman matn mavzusiga to'g'ri kelmaydi. Qo'shiq matni bog'da sayr qilayotgan bo'lsa, unga olingan video klip tog'-u toshlarda sarson. "Quralay"ga hali klip suratga olinmagan, olingan bo'lsa ham ko'rmabman. Oxirgi vaqtlarda kino saviyasi tushib ketayotgani qo'shiqlarning kliplariga ham borib ta'sirini ko'rsatyapti. Har sohaning 'Ahad Qayum' lari paydo bo'ldi. " Quralay" qo'shig'ida ma'no uncha kuchlimas, hozirda trendda bo'lgani uchun ko'proq ovoz olgan deb o'yladim. @Hodiyef