cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Qo‘shtepa tumani axborot-kutubxona markazi| Uyda qoling!

📚 Qo‘shtepa tumani axborot-kutubxona markazining rasmiy kanali© 📚 📘Yangi kitoblar 📜Badiiy asarlar 🌐 Yangiliklar Sizlarga kitob kerak bo‘lib qoldimi yoki savollaringiz bormi, unda marhamat @Qoshtepa_library_bot ga murojaat qiling Tel:+99855-802-02-82

نمایش بیشتر
أوزبكستان50 385زبان مشخص نشده استکتب22 698
پست‌های تبلیغاتی
189
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-247 روز
-7530 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

#Togarak_mashguloti #rasmlar_tanlovi Qo‘shtepa tumani axborot-kutubxona markazining o‘quv zalida "Yosh musavvir" to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulot davomida yosh musavvirlar o‘rtasida o‘zbek xalq ertaklaridan "Ur to‘qmoq" ertagi asosida rasmlar tanlovi tashkil etildi.
نمایش همه...
80-yillarning boshida R. Toshpo'latov eski qadrdoni Axmatillo Rustamovni yo'qlab Farg'onaga keladi. Yonida O'zbekistondan chiqqan birinchi kosmonavt Vladimir Jonibekov ham bor edi. A. Rustamov har ikalalariga Farg'onani ko'rsatdi. Olim va kosmonavtni viloyat bilan tanishtirar ekan, mashhur qovunchi, qo'shtepalik Abdasxon ota Aligavharovning qovunpoyalariga olib boradi. Boyqo'ng'irlik mehmonlar o'zbekning donishmand, mehnatkash dehqonlaridan bo'lmish Abdasxon ota dalasida bo'lib, o'sha yerda qovunxo'rlik ham qilishadi. “Mana siz kosmonavtlarning organizmini yaxshi bilasiz, fazoda qanday taomlar ularga foyda keltirishini o'rganasiz. Agar kosmosda fazogirlar qovun iste'mol qilishsa, qanday bo'larkin?” - deb so'raydi Axmatillo do'sti Rustamdan. “Bu darhaqiqat hech qachon o'rganilmagan ish. Institutda bir maslahatlashib ko'raylikchi.” Oradan ko'p o'tmay olim R. Toshpo'latov qo'ng'iroq qiladi: “O'sha Abdasxon otaning qovunlaridan bizga yuboring. Biz esa ularni hozir fazoda parvoz qilayotgan Vladimir Kovalyonok va Viktor Savinixlarga jo'natamiz. Ko'p o'tmay butun dunyo ahli o'zbek qovunining kosmik fazoga yuborilgani, kosmonavtlarning Farg'ona tuprog'ida yetishtirilgan qovunni so'yib iste'mol qilganliklarini eshitishdi va ko'rishdi...”
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Kosmosga qovun shu raketada jo'natilgan edi. 1982 yili fazogirlar Anatoliy Berezovoy va Valentin Lebedevlar «Salyut-7» kosmik stantsiyasida Abdasxon ota yuborgan qovundan tanovul qilisharkan, «Bizni safarga yo'llagan vrachlar oz yenglar deyishganiga qaramay qovundan ko'p yeb yubordik. Bu kosmik tadqiqotlar tarixidagi yagona tartibga rioya qilmaslik holati bo'lsa ajab emas. Ammo bundan hech kim ranjimadi», deya koinotdan teleekranlarda e'tirof etdilar. Bu tasvirlarni butun jahon ko'rdi, bu so'zlarni borliq olam eshitdi. Osmonni o'zbek qovunining xushbo'y hidi tutib ketdi… https://t.me/abdasxon_ota_aligavxarov
نمایش همه...
Kosmosga qovun jo'natgan farg'onalik otaxon ➡️ https://bit.ly/35Vm8Fi
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
«Bolalarni kitobga oʻrgatish kerak. Toki ular ishchi kuchi boʻlib emas, ongli, katta jamiyatning bilagʻon aʼzolari boʻlib yetishadilar». «Jimjitlik» Said Ahmad
نمایش همه...
#kitobsevar_millat #adabiyotlar_targiboti #ovozli_oqish 9-aprel kuni Qo‘shtepa tumani axborot-kutubxona markazining Yoshlar ishlari agentligida jiylashgan filial kutubxonasi tomonidan tumandagi 36-sonli Maktabgacha ta'lim tashkiloti bilan hamkorlikda kichkintoy kitobxonlar o‘rtasida adabiyotlar targ‘iboti olib birildi. Tadbir davomida jajji kitobxonlar turli mavzudagi bolalar adabiyotlari bilan tanishdilar. Shuningek, axborot-kutubxona xodimi tomonidan ertak kitoblardan kichkintoy kitobsevarlar uchun o‘qib berildi
نمایش همه...
#Amir_Temur_688_yilligi #kitob_korgazmasi #davra_suhbati 9-aprel kuni Buyuk sarkarda va sohibqiron, ulkan Temuriylar saltanati asoschisi Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan Qo‘shtepa tumani axborot-kutubxona markazining tuman Yoshlar ishlari agentligida joylashgan filial kutubxonasida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi hamda kitobxonlar o‘rtasida "Amir Temurni yod etib" nomli davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Ushbu davra suhbati davomida Amir Temur hayoti va faoliyati to‘g‘risida so‘z yuritildi. Shuningdek, kitobxonlar Sohibqiron haqidagi adabiyotlar bilan yaqindan tanishdilar.
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
#kun_maktubi Kitob oʻqishning taʼmini bilganlar biladiki, kitob oʻqish dengiz suvini ichishga oʻxshaydi. Ichganingiz sari chanqaysiz, chanqaganingiz sari ichasiz. ©️Hikmet Amil O'ztekin
نمایش همه...
Istiqbol yo'li gazetasi 13-son.pdf4.30 MB
Photo unavailableShow in Telegram
#Kutubxona_OAV_nigohida "Istiqbol yo'li" gazetasining 2024 yil 6- aprel kungi 13-soni
نمایش همه...
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.