BuxDPI • БухГПИ • BukhSPI
رفتن به کانال در Telegram
✔️Veb-sayt:www.buxdpi.uz/ ✔️Facebook:www.facebook.com/buxdpi ✔️Instagram:www.instagram.com/buxdpi_uz ✔️Youtube:https://youtube.com/@buxdpi769
نمایش بیشتر8 052
مشترکین
-824 ساعت
-787 روز
+33230 روز
آرشیو پست ها
Repost from Edu.uz
📣 ERASMUS+ CBHE 2026 NATIJALARI E'LON QILINDI!
2026-yilgi Erasmus+ Oliy ta’limda salohiyatni oshirish (CBHE) tanlovi doirasida moliyalashtirish uchun tanlab olingan 180 ta loyihadan 11 tasi Markaziy Osiyodagi oliy ta’lim muassasalarini (OTM) o‘z ichiga oladi. Ulardan 9 tasi O‘zbekiston ishtirokida bo‘lib, 4 ta loyiha bo‘yicha O‘zbekiston yetakchi – Grantholder (muvofiqlashtiruvchi) sifatida qatnashmoqda:
🔹ALFRAGANUS UNIVERSITY (Erasmus+ CBHE UNI2CARE) 🔹Al-Xorazmiy universiteti (Erasmus+ CBHE WASTE-UZ) 🔹Jizzax politexnika instituti (Erasmus+ CBHE UzEcoDigiT) 🔹Farg‘ona davlat universiteti (Erasmus+ CBHE FOOD4FUTURE)Umumiy hisobda, O‘zbekistonning 17 ta OTMi (Toshkent, Xorazm, Buxoro, Andijon, Farg‘ona va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlaridan) ushbu loyihalarda ishtirok etmoqda. Markaziy Osiyo (Region 6) uchun ajratilgan umumiy byudjet taxminan 6,5 million yevroni tashkil etadi. Bundan tashqari, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonning 27 ta universiteti hamda tegishli vazirliklari ham ushbu loyihalarga jalb qilingan. 🆕 O‘zbekistondan 3 ta yangi OTM birinchi bor CBHE loyihalarida ishtirok etmoqda. Ularning 2 tasi davlat, 1 tasi esa xususiy OTMdir:
🔹Al-Xorazmiy universiteti 🔹Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali 🔹Xalqaro Nordik universitetiMa’lumot uchun, O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jami 2 ta loyihada ishtirok etmoqda. Shuningdek, 7 ta nonakademik tashkilot ham O‘zbekistondan ushbu loyihalarga jalb qilingan, jumladan:
🔹 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 🔹Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi 🔹O‘zbekiston Respublikasi yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasi 🔹"NAZAR BUSINESS AND TECHNOLOGY" MChJ 🔹"KNOWLEDGE TRIANGLE AND INNOVATION" MChJ 🔹"TEXTILE STANDARD SERVICES" MChJ 🔹"NOVATECHNOLOGY" MChJ📊 Loyiha turlari: 🔘5 ta mintaqaviy loyiha:
UNI2CARE — O‘zbekiston va Tojikistonda bandlik va ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun sun’iy intellektga asoslangan integratsiyalashgan kasbiy ekotizim GreenPath — Markaziy Osiyoda barqaror ko‘nikmalar, chidamli iqtisodiyotlar va yuqori sifatli yashil ish o‘rinlari uchun oliy ta’lim tizimlarini o‘zgartirish FOOD4FUTURE — O‘zbekiston va Qozog‘istonda oziq-ovqat iste’molchilari uchun sog‘lomroq tanlovlarni ta’minlash vositasi sifatida mahsulot tarkibini qayta shakllantirishni kuchaytirish GreenTex — Markaziy Osiyoda to‘qimachilik ta’limining barqaror va raqamli transformatsiyasida akademik mukammallik uchun yashil innovatsiyalar tarmog‘i DIETICA — Markaziy Osiyoda xalqaro talablarga muvofiqlashtirilgan dietologiya ta’limini rivojlantirish🔘2 ta milliy loyiha:
WASTE-UZ — Chiqindilar bo‘yicha xabardorlik, ko‘nikmalarni rivojlantirish va ta’lim — O‘zbekiston UzEcoDigiT — O‘zbekistonda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha bakalavriat ta’lim dasturining yashil raqamli transformatsiyasi🔘2 ta mintaqalararo loyiha:
INSPIRE 21 — XXI asrda barqaror o‘sish uchun xalqaro hamkorlik va ko‘nikmalarni kuchaytirish DIGI4ENERGYS — Qayta tiklanuvchi energetika muhandisligi ko‘nikmalari uchun raqamlashtirish🔗 Batafsil tanlov natijalari bilan tanishing: Havola Batafsil 👈 🔁 English Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
+9
YOSHLAR TASHABBUSLARI E'TIBOR MARKAZIDA
👍 Buxoro davlat pedagogika institutiga Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi raisi, mahallalarda yoshlar bilan ishlashni muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi raisi Quronboyev Qahramon Qoʻchqorovich boshchiligidagi ishchi guruh tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mehmonlar institut hududida tashkil etilgan "Yoshlar bogʻi" faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Mazkur maskan yoshlarni birlashtiruvchi, ularning taklif va tashabbuslari qoʻllab-quvvatlanadigan, muammolari oʻrganiladigan hamda mazmunli bo‘sh vaqtini tashkil etishga xizmat qiluvchi ochiq ijtimoiy maydon sifatida faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, bu yerda madaniy-maʼrifiy tadbirlar, sport musobaqalari, kitobxonlik kechalari, ijodiy uchrashuvlar va turli maʼnaviy-maʼrifiy loyihalar muntazam ravishda tashkil etib kelinmoqda.
Ishchi guruh aʼzolari bogʻ hududida faoliyat olib borayotgan sport, kitobxonlik, madaniyat hamda "Besh tashabbus" doirasidagi toʻgaraklar bilan tanishib, ularning faoliyati yuzasidan fikr almashdilar. Shuningdek, Ahmad Donish mahalla fuqarolari hamda yoshlari bilan ochiq muloqot oʻtkazilib, yoshlarni qiynayotgan masalalar, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi.
Muloqot davomida institut talabasi Hoshimova Mohinur tomonidan kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan takliflar bildirildi. Mazkur tashabbuslar ishchi guruh tomonidan ijobiy baholanib, ularni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan qoʻllab-quvvatlandi.
Tashrif yakunida Buxoro davlat pedagogika institutida tashkil etilgan "Yoshlar bogʻi" yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual salohiyati, ijodiy qobiliyati va ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qilayotgani alohida eʼtirof etildi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 You tube
#Magistratura|#Bitiruv2026 |#DiplomTopshirish
👍 Buxoro davlat pedagogika institutida magistratura bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan 216 nafar bitiruvchiga diplomlarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 You tube
Repost from BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
#tanlov
⚡️Viloyat pedagogik mahorat markazi bo'sh ish o'rinlariga tanlov e'lon qiladi!
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 6-sentabrdagi 297-sonli buyrug‘iga asosan Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi vakant bo‘lib turgan quyidagi lavozimlar uchun tanlov e’lon qilаdi:
🔰Metodik xizmat ko'rsatish bo'limi:
➡️Rus tili fani metodisti;
➡️Matematika fani metodisti;
➡️Qardosh tillar metodisti;
➡️Musiqa madaniyati fani metodisti;
➡️Jismoniy tarbiya va CHQBT fani metodisti;
➡️Boshlang'ich ta'lim metodisti.
🔖Talablar:
➡️Vakant lavozimlarga soha yo'nalishi (pedagogika (fan yo‘nalishi) bo‘yicha oliy maʼlumotli bakalavr diplomiga ega (magistratura diplomiga egalik ustunlik beradi) nomzodlar;
➡️Kamida 2 yil (shundan kamida 1 yil ta'lim sohasida soha yo'nalishi bo'yicha ishlagan bo'lishi) ish stajiga ega bo‘lishlari;
Shuningdek, vakant lavozimlarga:
➡️Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi;
➡️Kompyuter savodxonligiga ega bo‘lishi, davlat tilini bilishi (rus, ingliz va chet tillarini bilish afzallik hisoblanadi) hamda soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, doimiy ravishda malakasini oshirganligi, lavozim majburiyatlarida keltirilgan vazifalarni bajarish ko'nikmalariga ega bo'lishi talab etiladi.
📌Talabgor nomzodlar o'z hujjatlarini https://buxoromoi.uz yoki @BUXOROPMMBOT manzili orqali topshirishi mumkin.
➡️Qabul muddati: 23.08.2026 ga qadar.
☎️ Murojaat uchun tel.: (91) 447-28-51 / (94) 546-47-88
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
+9
👍 BuxDPIda imkoniyati cheklangan abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazilmoqda
Buxoro davlat pedagogika institutida 2026/2027-o‘quv yili qabuli doirasida imkoniyati cheklangan, xususan, ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar tashkil etildi.
Imtihonlar davomida abituriyentlar o‘zlarining kasbiy tayyorgarligi, bilim va iste’dodlarini belgilangan mezonlar asosida namoyish etmoqdalar. Jarayonlar ochiqlik, shaffoflik va adolatlilik tamoyillariga qat’iy rioya etilgan holda, maxsus jihozlangan auditoriyalarda o‘tkazilmoqda. Tajribali mutaxassislardan iborat imtihon komissiyasi har bir ishtirokchining chiqishini xolis va mezonlar asosida baholamoqda.Institut tomonidan abituriyentlarning qulay va erkin ishtirok etishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Jumladan, maxsus ko‘maklashuvchi volontyorlar guruhi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ular imtihon jarayonida abituriyentlarga amaliy yordam ko‘rsatmoqda.
Shuningdek, imtihonlarning ochiqligi va haqqoniyligini ta’minlash maqsadida jarayonlar videokuzatuv tizimi orqali onlayn nazorat qilinmoqda. Bu esa ota-onalar hamda keng jamoatchilik uchun imtihonlarning shaffof o‘tishini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Facebook | 📱 Instagram
+9
😎 🟦🟦🟦 🟦🟦
#Magistratura|#Bitiruv2026 |#DiplomTopshirish
Institutda magistratura bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan 216 nafar bitiruvchiga diplomlarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
☄️ 👍 Tadbirni Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Ma’murov Baxshulloyevich kirish so‘zi bilan ochib berdi. Rektor o‘z nutqida magistratura bitiruvchilarini ko‘p yillik izlanish, fidokorona mehnat va ilmiy izchillik samarasi bo‘lgan ushbu muhim bosqichni muvaffaqiyatli yakunlaganliklari bilan samimiy tabrikladi. U bugungi kun bitiruvchilari mamlakatimizning ilmiy salohiyatini yuksaltirish, ta’lim sifatini oshirish hamda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishda muhim o‘rin tutishini alohida ta’kidlab, ularga kelgusidagi ilmiy va kasbiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
🤩 Shuningdek, tantanali tadbirda Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari – viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Artiqova Hafiza Tuymurodovna hamda Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuxrat Jumayevich Teshayev ishtirok etdi. Mehmonlar o‘z tabrik so‘zlarida magistratura bitiruvchilarini ushbu muhim yutuq bilan qutlab, ularning egallagan bilim va malakalari yurtimiz taraqqiyoti, ilm-fan rivoji hamda jamiyat farovonligiga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar.
🌟 So‘zga chiqqanlar bitiruvchilarga kelgusidagi ilmiy izlanishlari va kasbiy faoliyatlarida yuksak marralarni zabt etish, Vatan ravnaqi va xalq farovonligi yo‘lida fidoyilik bilan mehnat qilish, o‘z sohalarining yetuk mutaxassislari sifatida yuksak natijalarga erishish hamda mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishlarini tiladilar.
⚡️ Tadbir davomida ilmiy salohiyati, izlanishlari, mehnatsevarligi hamda erishgan yuksak natijalari bilan ajralib turgan magistrlar e’tirof etilib, ularga diplomlar tantanali ravishda topshirilmoqda. Ushbu quvonchli lahzalar bitiruvchilarning hayotida yangi bosqichning boshlanishi, ulkan maqsad va yutuqlar sari dadil qadam qo‘yish ramzi sifatida bayramona ruhda nishonlandi.
➡️ Shuningdek, tadbir doirasida o‘quv yili davomida ma’naviy-ma’rifiy, sport, ilmiy hamda intellektual yo‘nalishlarda yuqori natijalarga erishgan iqtidorli talabalarni taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tmoqda. Faolligi, tashabbuskorligi va yutuqlari bilan institut nufuziga munosib hissa qo‘shgan yoshlar e’tirof etilib, ularga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.
📖 Tadbirda institut professor-o‘qituvchilari, jamoasi, bitiruvchilar, ularning ota-onalari hamda mehmonlar ishtirok etmoqda. Ustozlar tomonidan bildirilayotgan samimiy tilaklar va ezgu duolar bitiruvchilarga hamda yosh iqtidor egalariga yanada katta motivatsiya bag‘ishlandi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 You tube
+9
😎 🟦🟦🟦 🟦🟦
#Magistratura|#Bitiruv2026 |#DiplomTopshirish
Ayni damda | Buxoro davlat pedagogika institutida tantanali oqshom davom etmoqda!
Institutda magistratura bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan 216 nafar bitiruvchiga diplomlarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
☄️ 👍 Tadbirni Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Ma’murov Baxshulloyevich kirish so‘zi bilan ochib berdi. Rektor o‘z nutqida magistratura bitiruvchilarini ko‘p yillik izlanish, fidokorona mehnat va ilmiy izchillik samarasi bo‘lgan ushbu muhim bosqichni muvaffaqiyatli yakunlaganliklari bilan samimiy tabrikladi. U bugungi kun bitiruvchilari mamlakatimizning ilmiy salohiyatini yuksaltirish, ta’lim sifatini oshirish hamda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishda muhim o‘rin tutishini alohida ta’kidlab, ularga kelgusidagi ilmiy va kasbiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
🤩 Shuningdek, tantanali tadbirda Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari – viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Artiqova Hafiza Tuymurodovna hamda Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuxrat Jumayevich Teshayev ishtirok etdi. Mehmonlar o‘z tabrik so‘zlarida magistratura bitiruvchilarini ushbu muhim yutuq bilan qutlab, ularning egallagan bilim va malakalari yurtimiz taraqqiyoti, ilm-fan rivoji hamda jamiyat farovonligiga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar.
🌟 So‘zga chiqqanlar bitiruvchilarga kelgusidagi ilmiy izlanishlari va kasbiy faoliyatlarida yuksak marralarni zabt etish, Vatan ravnaqi va xalq farovonligi yo‘lida fidoyilik bilan mehnat qilish, o‘z sohalarining yetuk mutaxassislari sifatida yuksak natijalarga erishish hamda mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishlarini tiladilar.
⚡️ Tadbir davomida ilmiy salohiyati, izlanishlari, mehnatsevarligi hamda erishgan yuksak natijalari bilan ajralib turgan magistrlar e’tirof etilib, ularga diplomlar tantanali ravishda topshirilmoqda. Ushbu quvonchli lahzalar bitiruvchilarning hayotida yangi bosqichning boshlanishi, ulkan maqsad va yutuqlar sari dadil qadam qo‘yish ramzi sifatida bayramona ruhda nishonlanmoqda.
➡️ Shuningdek, tadbir doirasida o‘quv yili davomida ma’naviy-ma’rifiy, sport, ilmiy hamda intellektual yo‘nalishlarda yuqori natijalarga erishgan iqtidorli talabalarni taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tmoqda. Faolligi, tashabbuskorligi va yutuqlari bilan institut nufuziga munosib hissa qo‘shgan yoshlar e’tirof etilib, ularga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirilmoqda.
📖 Tadbirda institut professor-o‘qituvchilari, jamoasi, bitiruvchilar, ularning ota-onalari hamda mehmonlar ishtirok etmoqda. Ustozlar tomonidan bildirilayotgan samimiy tilaklar va ezgu duolar bitiruvchilarga hamda yosh iqtidor egalariga yanada katta motivatsiya bag‘ishlamoqda.
📸 Bayramona kayfiyat, quvonchli lahzalar va unutilmas taassurotlarga boy ushbu tantanali oqshomni biz bilan kuzatib boring!
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 You tube
