fa
Feedback

فریب کلاهبرداران را نخورید! تل‌متریو این کانال‌ها را شناسایی و برچسب‌گذاری می‌کند 👉 برای مشاهده برچسب، اشتراک تهیه کنید

Programming ∀

Programming ∀

رفتن به کانال در Telegram

Ushbu kanalda dasturlashga aloqador turli expriementlarim, g'oyalarim, hulosalarimni ulashaman.

نمایش بیشتر
1 365
مشترکین
+624 ساعت
+117 روز
+930 روز
آرشیو پست ها
Assalomu Alaikum ! Birodarimiz bir kanal ochib devopsga aloqador turli ma'lumotlar joylayotgan ekanlar. Agar kimga qiziq bo'lsa marxamat https://t.me/izlanvarivojlan

Assalomu Alaikum ! Ramazon muborak azizlar
Assalomu Alaikum ! Ramazon muborak azizlar

Algorithm va DataStructure bo'yicha navbatdagi mentorimiz: - Oylik maoshi 500-2500$ - 2017-2021 yillar ichida Xalqaro va O'zb
Algorithm va DataStructure bo'yicha navbatdagi mentorimiz: - Oylik maoshi 500-2500$ - 2017-2021 yillar ichida Xalqaro va O'zbekiston olimpiyalaridagi medallar sohibi - TATU-ga imtihonsiz, 1-o‘rin olimpiada sertifikati bilan kirgan - Xalqaro kompaniyada, butun dunyoga mahsulotlar chiqaradigan ko‘p sonli kuchli jamoa aʼzosi (talaba bo'lishiga qaramasdan) - Yoshlarni olimpiadaga tayyorlash bo'yicha ustoz - Codeforces saytida 1000 dan ko'p misollar ishalagan - CP muammolariga tez yechim topadigan - O‘zgacha fikrlaydigan C++, Python, Pascal, Javascript (har qanday desak ham buladi) dasturlash tillarida ishlaydigan, 3 ta tilda gaplasha oladigan dasturchimiz Ulug'bek Kanalimiz: @interview_uz https://interview.uz

#design_patterns #introduction Design patterns haqida https://telegra.ph/Patternlarga-kirish-Design-patterns-04-08

Бошланди. GP 200 лойиҳаси бутун Ўзбекистондан математика ва информатика фанига, хусусан дастурлашга қизиқувчи ёшлар учун ташкил қилинган. Ҳозирча бу лойиҳада 7,8,9 синф ўқувчилари қатнашишлари мумкин, лекин келажакда катта синфлар ва талабаларни ҳам қамраб олиш ниятимиз бор. Ҳозирча илк саралаш босқичига рўйхатдан ўтган ўқувчилар сони 3000 нафардан зиёд, биз жамоа билан биргаликда илк саралаш босқичини шу ҳафта ўтказишни режалаштирмоқдамиз. Аниқ вақт ва куни ҳақида қўшимча маълумотлар бериб борамиз. Лойиҳага ўқувчилар уч босқичли саралашдан ўтишади. 1. Дастлабки босқич - онлайн имтиҳон бўлади. (Яқин кунларда эълон қилинади) 2. Иккинчи босқич - оффлайн имтиҳон Тошкент шаҳрида бўлиб ўтади. 3. Учинчи босқич - суҳбат ва иншо. (Бу ҳақида қўшимча маълумотлар берилади) —- Лойиҳа ғолибларига нималар тақдим этилади: 1. Тошкени шаҳридаги нуфузли мактаблардан бирида таҳсил олишади. (Бепул) 2. Тошкент шаҳрида уч юлдузли меҳмонхонада яшашади. (Бепул) 3. Юқори малакали, халқаро олимпиадаларда ўзлари ўрин олган ёки ўқувчилар олиб чиққан ўқитувчилардан таълим олишади. (Бепул) 4. Меҳмонхонада уч маҳал овқат билан таъминланади. (Бепул) 5. Махсус формалар билан таъминланади. (Бепул) 6. Халқаро олимпиадалар чиқишса, олимпиада қайси мамлакатда ўтказилишидан қатъий назар бориш-келиш, еб-ичиш, меҳмонхона ва бошқа майда харажатлар билан таъминланади. 7. Халқаро олимпиадада ўрин олган ҳар бир ўқувчи (олимпиаданинг нуфузига қараб 500 доллардан 20 000 долларгача) катта пул мукофотлари билан тақдирланади. 8. Биз фақат нуфузли халқаро олимпиадаларга тайёрлаймиз, бу олимпиадаларда ғолиб бўлганларни эса дунёнинг энг нуфузли олийгоҳлари грантлари кутиб туради, биз ўқувчиларга мана шу олийгоҳларни танлаш ва ҳужжат топшириш жараёнида ҳам ёрдамчи бўламиз. (Бепул) —— Лойиҳа иштирокчиларидан фанни севиш, ҳар бир дақиқадан унумли фойдаланиш ва қаттиқ тайёргарлик кўриш талаб этилади. Ўқувчиларга психологик ва мотивацион дарслар ҳам ўтиб борилади. Дастлаб таълим ўзбек тилида олиб борилади, лекин ўқувчиларга инглиз тили чуқурлаштириб ўтилади ва тўққиз ойдан сўнг дарслар тўлиқ инглиз тилида ўтилади. Ўқимаган ёки ўзининг лойиҳага муносиб эканлигини исботлай олмаган ўқувчилар лойиҳани тарк этадилар ва уларнинг ўрнига лойиҳа учун муносиброқ номзодлар қайта саралаб борилади. Лойиҳадаги ҳар бир ўрин учун аёвсиз жанг кетади. Ўзингга ишон ва сен буни уддалайсан. Лойиҳа учун ҳали ҳам рўйхатдан ўтмаганлар мана бу линк орқали рўйхатдан ўтиши мумкин: https://docs.google.com/forms/d/1bj-7FB6lWkNV78zSK0PP88f5VO_qNAdVb77fy7chHGI/edit Хабарни кўпроқ одамга тарқатишга ёрдам беринг, зеро қаердадир бир чекка қишлоқда ростан ҳам билимли ўқувчи бўлиши ва у ватанимиз шаъни кўкларга кўтариши мумкин, унга имкон беринг. @gpinfinity

Kichik eslatma ko'p po'stlarimda design va software design so'zlari qatnashgan bo'lsa kimdurlar buni sal boshqacha tushunishlari mumkun. Shu sababdan izoh berib ketmoqchiman Swoftware design bu dasturiy ta'minotni loyihalashtirish jarayonida turli komponentlar to'plamidan foydalanib dasturiy ta'minotning modelini ishlab chiqish. Yani turli xil tizimlarini loyihalash shakillantirish, Masalan uy muhandislari yoki biror qurilmalarni ishlab chiquvchi muhandislar birinchi navbatda uning modelini yaratadilar (Turli xil uslubda kimdur maxsus dasturlada chizadi. Kimdur qog'ozga chizadi). Modelni chizish paytida turli xil komponentlarni xisobga oladilar. Va turli konsepsa va rejalar qiladilar. Dasturiy ta'minotni qurish jarayoni ham ayni shunga o'xshagan ko'rinishda bo'ladi. Yani dasturchilar loyihani boshlashdan avval ushbu loyiha modelini konsepsasini tuzib chiqadilar. Anashu jarayon system design deyiladi. Yani biror loyihani modelini qurish va mahsus bitta konsepsaga keltirish. Dizayn deganda man shu narsani tushunaman 🙊. Qayerda qanday knopka turishi yoki dastur qanday rangda bo'lishi qanday themeda bo'lishini emas 😃

#team_work #coding_standarts Jamoaviy ishlashda eng muhum narsalardan biri bu jamoaviy ishlash prinsplari va ma'lum qonun qoidalarga rioya qilish. Har bir jamoaning o'z ichki qonun qoida va prinsplari mavjud. Odatda bunday prinsplar keng tarqalgan global prinsp va standartlarning jamoa uchun moslashtirilgan variyanti bo'ladi. Shu sababdan biz dasturchilar ushbu tushunchalarni ham yaxshilab o'rganib olishimiz zarur. Bulardan eng birinchisi dasturchilar uchun. Coding sytyles standarts. Masalan javascript engineerlar asosan airbnb standartiga muofiq ishlashadi. Juda ko'plab jamoalarda loyiha kodlari ushbu standart asosida yoziladi. Undan tashqari yana turli metodologiyalar va prinsplar mavjud masalan Scrum metodologiyasi. Juda keng tarqalgan software development metodologiylaridan biri. SOLID, DRY, YAGNI kabi prinsplar ham ko'p qo'llaniladi. Bu qilinayotgan loyihaning kengayuvchanligi, Ishlab chiqarishga va o'zgartirishga onsonligi va yana shu kabi birqancha qulayliklarni taqdim etadi. Clean code prinsplari va standartlar ham hamma bir birini ishini davom ettirishini onsonlashtirish va samaradorlikni va sifatni oshirishda juda katta axamiyat kasb etadi. Shu sababdan tavsiya etar edimki. Har bir engineer ushbu standartlar va prinsplarni o'rganib ular bilan tanishib chiqishini. Xozirda Uzbda ham juda kam kompaniyalar ushbu standartlar va prinsplar asosida ishlaydi. Shu sababdan juda ko'p muamolar bo'lgani haqida ham eshitganmiz.

photo content

Rasbperry PI bo'yicha qiziqganlar bo'lsa marxamat yengi community 😃 https://t.me/raspberrypi_uzb

Assalomu Alaikum ! Kelayotgan Ramazon oyiga InshaAllah bir hayrli loyihani reja qildik. Loyiha maqsadi 30 kun ichida IT dasturlash soxasida sizni qiziqtiradigan. Biz bilgan har qanday mavzuda sizlarga bilim va ma'lumot ulashmoqchimiz. Har qanday Ma'lumotlar birnechta shakllarda bo'lishi mumkun. Audio, Video, Post. O'qingizga qiziq bo'lgan mavzular bo'lsa bemalol taklif berishingiz mumkun. Har bir taklif yoki savolarni ko'rib chiqishga va ushbu mavzuni jamoamiz bilan izlanib keyin sizlarga yoritib berishga harakat qilamiz albatta imkon darajasida InshaAllah. Javoblarni ushbu kanalimizda yoki youtubeda chiqaramiz Taklif va savollarni @long_way_contact_bot ga qoldirishingiz mumkun. Kelayotgan Ramazon oyi barchamizga hayrli bo'lsin !

Typescript orqali siz sifatli Javascript code olishingiz mumkun. Yaxshilab ijod qilsangiz sanat asariga aylanadi 🙊

DBM (Database management) uchun eng yaxshi toolardan biri bu dbeaver. Community versionda asosan SQL like databaselar bilan i
DBM (Database management) uchun eng yaxshi toolardan biri bu dbeaver. Community versionda asosan SQL like databaselar bilan ishlasa bo'ladi Enterprise editionda esa judayam ko'p databaselar bilan ishlay olasiz. https://dbeaver.io/download/

#backups #os Har bir dasturchi ishlash jarayonida bazi xatolik yoki conflictlar tufayli OS(Operating System) da muamolar yoki ishlatayotgan dasturlarda muamolar yuzaga keladi. Kopchilik muamolarni xal eta olmaydi va OS ni reinstall (qayta ornatish) qiladi. Buni oqibatida kutilmagan vaziyatda qanchadur vaqt yoqotiladi. Bu ayniqsa vaqt tig'iz bo'lgan payitlar sezilarli darajada insoni hafa qiladi. Shunday muamolar kamroq bo'lishi uchun oldin o'zingiz foydalanadigan OS bilan yaxshilab tanishib chiqishni tavsiya etaman. Odatda yaxshilab qidirib 70-80% muamoni ma'lum vaqt ichida bartaraf etsa bo'ladi. Juda bo'lmay qolganda quyidati uslubni tavsiya etaman: Doimo OS dan backup olib yuring. Kerakli vaqtda muamo bo'lib qolsa Darxol hal etasiz. PS: Boshida OS yangi qo'yilganida barcha kerakli narsalarni install qilib olib shu zahoti backup ovolishni tavsiya etaman. Quyidagi havolalardan batafsil ko'rishingiz mumkun Linux ubtuntu, Debian distrubutivlari uchun: https://linuxconfig.org/ubuntu-20-04-system-backup-and-restore https://www.tecmint.com/backup-tools-for-ubuntu-and-linux-mint/ Windows OS uchun: https://kb.acronis.com/content/65520

Odatda ko'pincha backend, devops, computer sience va low levelga aloqador mavzularda postlar qilaman chunki ayni shu mavzular o'zimni ko'proq qiziqtirgani uchun. Agar sizlarga qiziq biror mavzular yoki muamolar bo'lsa izohlarda qoldirishingiz mumkun. Agar biladigan mavzularim bo'lsa albatta yoritib berishga xarakat qilaman InshaAllah

#docker #fast_setup Ko'pchilik development jarayonida turli servicelar va serverlardan foydalanishadi. Odata ushbu toolarni o'zlarining OS ga o'rnatish jarayonida configlarni noto'g'ri qilish yoki boshqa conflictlar sababdan envoirmentni setup qilishga qiynalishadi. Shu sababdan sizlarga ushbu toolarni o'z kompyuteringizda emas docker containerlarda run qilishni maslaxat beraman. Sababi boshqarishga onson. Versiyalardagi muamolarni xatoliklarni xal etish ham onson. Undan tashari kerak payitdagina ishga tushurish yoki o'chirib qo'yish imkoniyatlari mavjud bu esa ortiqcha resurslar sarflanmasligiga yordam beradi. Eng muhumi esa alpine versionlar orqli judayam kichik hajimli imagelardan containerlar qurishingiz imkoni mavjud. Bu esa sizni kompyuterdan resurslarni tejashga yordam beradi. Juda ko'p keng tarqalgan toolar serverlar turli servicelar docker imagelarda ham mavjud. Ularni docker verisyalari allaqachon ishlab chiqilgan. Shu sababdan qo'rqmay dockerdan foydalansangiz bo'ladi. Keyingi postda sodda misollarda qanday foydalanish va qanday containerlar qurishni kichik misollarda ko'rsatib beraman.

Assalomu Alaikum bugundan yangi yo'nalishdagi postlarni yo'lga qo'ydik InshaAllah. Ushbu po'stlar doirasida ishlash samaradorligini oshirish va envoirmentlar bilan bog'liq masalalar haqida maqolalar joylaymiz.