Programming ∀
رفتن به کانال در Telegram
Ushbu kanalda dasturlashga aloqador turli expriementlarim, g'oyalarim, hulosalarimni ulashaman.
نمایش بیشتر1 354
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
اطلاعاتی وجود ندارد7 روز
اطلاعاتی وجود ندارد30 روز
آرشیو پست ها
1 354
Repost from Dev thinking loud
To’htatish qarori
TLDR: Uzoq ikkilanishlardan so’ng video darsliklarni to’htatishga qaror qildim.
- Nega?
- Javobi quyidagi ilovada:
https://ravshansbox.notion.site/Tohtatish-qarori-dc68596c8f6246eab1ef887247ff59f4
@dev_thinking_loud
1 354
Bayram ekanini qanday esladim aytaymi.
2 soatdan buyon ishlab o'tirgan ekanman. Birdaniga server o'chib qoldi. Admin akamga aytgan edim svet o'chgan bo'lishi mumkin dedilar.
PS: Endi man serversiz serverlar esa svetsiz bayram qilamiz ))
Ramazon Hayti muborak bo'lsin !
1 354
Netlify, heroku, vercel yana shu kabi serverless platformlardan foydalanadiganlar uchun savolim bor edi.
Shulardan foydalanishingizda nimalar sizni qiynaydi yoki nimalar yetishmaydi deb o'ylaysiz ?
1 354
A,B,C ishlarni qilish kerak. F va D mavzularni o'qib chiqish kerak...
Lekin bulardan oldin X,Y,Z tasklarni nodejsda qilish kerak 🥲
Harkungi tasklistimninga qarasam pastroqda shunday qo'shimcha list turgan bo'ladi va bu taxminan 1 oydan buyon davom etyabti 🙂
1 354
Opentelementry zo'r narsa. Bu yerdagi specificationi o'qib chiqsangiz. Metrics, APM, Logging vaxakazolarni yaxshiroq tushunasiz.
Shu mavzudagi maqolam ham biroz chala qoldi. Endi bosh og'riq ishlardan biroz bo'shab real examplelar misolida davom qilib qo'yishim kerak.
1 354
Chet tillarini o'rganish man uchun azobli amaliyot. 2-yildan buyon ruslar bilan ishlasam ham rus tilim yomon. 5 yildan buyon ingliz tilida content olsam ham ingliz tilim yomon. Lekin yangi dasturlash tillarini tezroq o'rganaman ))
1 354
Chet tillarini o'rganish haqida ko'pchilik maslaxat beradi. Shaxsiy rivojlanishga doir yaxshi maslaxatlardan tortib info qalloblarni fantastik so'zlarigacha.
Huddi shunday dasturlash tillarida ham. Birqancha tillarni o'rganish ancha foydali narsa. Yana bir sharti bir biriga qarindosh bo'lmagan tillar. Masalan JS/TS bilasiz. Java C# emas. Aytaylik Elixir, Scala3.
Ohirgi 4-5 kunda aynan bitta muammoni birqancha tillar misolida ko'rib chiqdim.
Eng yaxshi bilganlarimdan tortib umuman judayam tor auditoryaga ega bo'lgan tillargacha. Taxminan 3-4 hil asosdagi tillar. ML, Imperative C familly, cho'loq OO family vaxakazolar.
Vaqt qisqa bo'lsa ham bu narsalarni ko'rib chiqish natijasida noqulayliklar va juda qulayliklarni kashf qildim o'zim uchun.
Undan qizig'i esa bir muammoni yechimiga qaratilgan turli approachlarni ko'rdim. Bu juda qiziq chunki aynan qaysidir til juda kuchli asoslarga ega bo'lsa ham bazi mavzularda zaif ekaniga duch keldim. Yana bazilari esa teskarisi hullas ajoyib hulosalar oldim.
Ushbu amaliyotni dasturlash tillariga sayohat deb nomladim va har 3-4 oyda qaytarib turaman endi )))
1 354
O'zim tushungan haqiqatni aytaymi.
Engineering perespektivada koryera qurishni yoki ishlashni hohlasangiz atrofdagilarni gapiga yoki berayotgan motivatsiyalariga etibor qilmang. Hohlasangiz ham hohlamasangiz ham juda qobilyatli bo'lganingizdayam barbir kamida 5 yil hechnima tushunarsiz bo'ladi.
Bu gaplarni jiddiy aytyabman. Manda 7 yilcha bo'libti dasturlashni boshlaganimga. Haligacha ko'p narsani tushunmayman. Kecha ham boshimni ushlab o'tirgan edim ES Ingest pipelinesni tushunmasdan. Shu sababdan xavotir olmang. Qandaydir boost berishi mumkin bo'lgan narsalar yo'q. Mexnat ko'p bo'lsa natija kattaroq bo'ladi bu asosiy omil.
Kuniga faqat rejadagi darslikni qilib qo'yib, rejadagi taskni qilib qo'yib o'tiraversangiz GPT bilan ham raqobat qilolmaysiz...
1 354
Bundan ancha oldin bir authorning kitobini o'qigan edim.
Oradan ancha vaqt o'tib aynan shu author info qallob ekanini aynan o'sha sohadagi expertlar aytib o'tishdi. Bu degani o'sha soxadagi expertlardan iborat community tomonidan chekkaga chiqarilgan degani ayiblov esa qalloblik.
Kegin shunday hulosaga kelganman.
Olinayotgan har bir ma'lumotni analiz qilish kerak. Imkon qadar sifatli ma'lumot olish kerak. Notog'ri bilim poydevori asosidagi tajriba uzoqqa bormaydi... Poydevorni to'g'irlash uchun esa yoki 0dan yana qurish kerak yoki bo'lmasam ancha og'ir jarayoni boshdan o'tkazish kerak.
Shunday ekan title katta axmiyatga ega emas )) Balki o'sha jamiyat sizni tan olgani axamiyatliroq.
1 354
Shu fikrlarga qo'shimcha o'laroq:
Juda ko'p narsalar osonlashtirishni ko'zlab trashga aylanib qoladi.
Ushbu muammolarni xozirgi tendensiyadagi tillarda ko'rish mumkin.
Xozirgi tendensiyadagi boshqaruv uslublarida ko'rish mumkin.
Hamma teng degan ideologylar hechqachon o'zini oqlamagan. Afsuski biz bunday haqiqatlarni qabul qilishga o'rganmaganmiz. Kimdandir axmoqroq ekanimizni yoki kimdir bizdan aqilliroq ekanini tan olmaymiz ))) Aslida bu bilan ishimiz bo'lmasligi ham kerak lekin tan olmaslik kibrga sabab bo'ladi muammo shunda. Kibrlilar bunini tagini ko'rmaydi. Birkun chakagidan zarba yeydi kegin...
Kitob ochib nimadir o'qish o'rniga video ko'ramiz.
Nima emish ? Videoda sodda tushuntirgan emis...
Biror nasdani tushunmasak darxol so'rashga odam qidiramiz. O'zimiz birorta narsani deep research qilmaymiz.
Nima emish ? Kimdir tushuntirsa osonroq bo'ladi. Uztoz bo'lsa osonroq o'rganaman...
Bunday yondoshuv mashxur ekaniga sabab yondoshuvni asosi oson erishishga qaratilgan.
Maaslan o'sha mashxur gap bor. Self study qilsang o'quv markazlarda o'qigandan tezroq natijaga chiqasan.
Ammo natija nima ? Interviewlarga tayyorlanib engineer bo'lib ishlashmi ?
Engineer titlega ega bo'laturib code yozmay umrini o'tkazishmi ?
Engineer titelini olib soqqa qilishmi ?
Xop mayli biz shunday ecosystemda ekanmiz. Hammasiga rozimiz deylik lekin aynan o'zimiz uchun nimaga ega bo'ldik ? Yoki nimani o'zgartira oldik (Xozir kimdir "O'zing nimaga erishding ? Deb shaxsiyatga o'tadi")
Manimcha vaziyatga ozgina ratsional qarash kerak.
Siz kim bo'lish uchun xarakat qilyabsiz ?
Jamiyatga o'rnak qilib ko'rsatilayotganlardan rostdan o'rnak o'lsa bo'ladimi ?
Nega biroz boshqacha yoki kutilmagan savollardan asablaringiz buzulyabti ?
PS: Yuqoridagi gaplar maqsad va natijaga qaratilgan mavzulardagi mulohazalar edi. Bular orqali hechkim yoki hech qanday joyga tosh otilmagan ))
1 354
Manashu fikrlarni yaxshilab o'ylab ko'rishni qattiq tavsiya qilaman.
PS: Agar kimnidir vaqti bemalolroq bo'lsa aynan shu "Juniorlar uchun maslaxat" degan time intervalni O'zbek tiliga tajrima qilsangiz hursand bo'lar edim.
https://youtu.be/_olSJKagmC4?t=737
1 354
Atayin kimdir misolida aytmadim sababi tanish bilish vaxakazo gaplar bo'lmasin. Bunday insonlarini aytmaganim undaylar yo'q degani emas ))
Xozircha aynan shu mavzuni ko'tardim holos. Sizdan so'rashim mumkin bo'lgan yagona narsa shundaki iltimos shu postni tarqating !
1 354
Yosh va tajriba o'sgani sari qiziq narsalarga guvoh bo'lyabman. Bugun yana shu yaralardan biri yangilandi...
Muammo shundaki ko'p researcherlar, yosh olimlar umuman fan bilan shug'ullanadigan hamkasblarimizda moliyaviy masalada muammolar bor. Ular bizan ancha katta potensialga ega lekin biz kabi daromat qilmasligi mumkin...
Ular qilgan, qilayotgan ishlar qachondir yoki xozir bizlar shug'ullanayotgan narsalarning fundamenti bo'ladi yoki bo'lib ulgurgan.
Unday insonlarning qilayotgan yoki qilgan ishlari yoki bilimlari biz kabi oddiy dasturchilarnikidan ancha ustun yoki ular bazi mavzularda bizdan ancha muncha katta tajriba va bilimga ega.
Ammo bir kam dunyo... Yillab o'z sohasida izlanishlar olib borgan insonlarning bazilari ishsiz.
Bu mavzu sizga qanchalik actual yoki qiziqmas ekanini bilmayman lekin bir narsaga targ'ib qilmoqchi edim. Agar kimga yordam berishni bilmayotgan bo'lsangiz aynan shunaqa insonlarga yordam berishni tavsiya qilaman. Albatta tanlov har kimni o'zida. Ammo moliyaviy muammosi bor aqilli insonlarni ham qo'llash kerak. Sababi ular qiladigan ishlar bizni kelajak.
Ha bilaman xozir oddiy suv yetib bormagan hududlar va u yerdagi qiynalgan ahol nima bo'ladi ? va yana boshqa masalalarni ko'tarishingiz mumkin. Bunga javobim. Exsonlar kam haqdorlar esa ko'p. Tanlov esa o'zingizga bog'liq )))
1 354
AbstractAbstractFactory ni zo'rga hazim qilgan edim.
Ammo subfactories ni ko'rib o'zimga kela olmayabman...