cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

پست‌های تبلیغاتی
1 460
مشترکین
+324 ساعت
+237 روز
+3230 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

#premyera #muzic YURIBSIZMI SEVIB BOYLARNI Xonanda: Farruxbek Nabiyev Matn muallifi: Odilbek Qodirov Yangi qoʻshigʻimiz sizlar uchun.
نمایش همه...
Yuribsizmi sevib boylarni.mp32.63 MB
Repost from Sarvar Mirzo
Bandasi Ortimdan tosh otsa ham To'siq bo'lib yotsa ham Tillo zarga botsa ham Sindirolmas bandasi Osmonlarda uchsam gar Qo'limga bersa zahar Bari xato besamar Yiqitolmas bandasi Oqizmasman yoshimni Sinasin bardoshimni Baland mag'rur boshimni Egolmaydi bandasi Omad qushi qo'nmasa Talabimga ko'nmasa Umidim xech so'nmasa Bukolmaydi bandasi Savob ishni qo'ymasam Yaxshilikni o'ylasam Shudir gapim so'ylasam Cho'ktirolmas bandasi Sarvar Mirzo bo'laman Kamib bir kun to'laman Bugun balki o'laman Bilolmaydi bandasi Muallif .✍📝Sarvar Mirzo https://t.me/Sarvar_Mirzo
نمایش همه...
Sarvar Mirzo

Sevgining xiyonat varog'idamiz📓 Murojat @Mirzosarvar Mualliflik huquqi qonun ximoyasida. Mazkur she'rlarni o'g'irlash yoki koʻchirish ruxsatsiz Qo'shiq qilish qatiyan taqiqlanadi

👍 1
OʻZIMNI JONIM ONAM Eng mehribonim onam, Yaxshi insonim onam. Baxtimga omon boʻling, Oʻzimni jonim onam. Ikki koʻzimning nuri, Yuragimning huzuri. Hayotimning sururi, Oʻzimni jonim onam. Mehri buloq soyligim, Ikki dunyo boyligim. Duogoʻy chiroyligim, Oʻzimni jonim onam. Erkalab yaxshilagan, Boshlarimni silagan. Doim baxtim tilagan, Oʻzimni jonim onam. Uyim fayzi humorim, Mening qalbi gulzorim. Xudo bergan tumorim, Oʻzimni jonim onam. Ibrat umri sarifta, Bolam degan har ishda. Poyi jannatim farishta, Oʻzimni jonim onam. Har nafas rozi qilay, Boshimni toji qilay. Men oʻzim hoji qilay, Oʻzimni jonim onam. ✍ Odilbek Qodirov ❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
نمایش همه...
😁 2 1
#premyera #muzic BOYVACHCHANING QOʻGʻIRCHOGʻISZ Xonanda: Abror Maxmudov Matn muallifi: Odilbek Qodirov Ushbu qoʻshigʻimizga ishlangan klipni Youtube orqali tomosha qiling: https://youtu.be/qOAJc2rqAVw?si=0wbClD4tSXnAo8Ch Yangi qoʻshigʻimiz sizlar uchun. ❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
نمایش همه...
Abror Maxmudov - Boyvachchaning qo'g'irchog'isiz.mp33.54 MB
❤‍🔥 1😁 1
Repost from Sarvar Mirzo
Ўзим биламан😔🥀 Премерия🔥🔥🔥 Ҳаётда шодон-дек юрганим билан, Пешонам шўр дея бағрим тиламан. Сиз учун қадди тик турганим билан, Ўзимдан ўтганин, ўзим биламан. Биргина Худони ёдимга олиб, Кучсиз бандасига бормадим нольиб, Дардимни бир йўла ичимга солиб, Ўзимдан ўтганин, ўзим биламан. Яширган кўздаги намим етарли, Ҳали ҳам битмаган камим етарли, Бошимдан ортгудек ғамим етарли, Ўзимдан ўтганин, ўзим биламан. Армонсиз юзларга қараб турсамда, Ба майли ҳотирдек ҳаёл сурсамда, Шукур-ки нольимай кулиб юрсамда, Ўзимдан ўтганин, ўзим биламан. Йўлимда тоғаноқ душманларим ёв, Тақдирнинг зарбидан сочимда қиров, Бировни дардини билмайди биров, Ўзимдан ўтганин, ўзим биламан. Ҳар ким ҳам яшайди экканин ўриб, Не фойда ўзганинг дардини сўриб, Шу сабаб сездирмай ҳолимни кўриб, Ўзимдан ўтганин, ўзим биламан. Бир менга келгандек барча муаммо, Бақирсам титраса ҳатто ер само, Сарвар Мирзо зўрсиз дейдилар аммо, Ўзимдан ўтганин, ўзим биламан. Муаллиф✍Сарвар Мирзо 22.06.2023. 18:38 ❌️Муаллиф рухсатисиз фойдаланилмасин https://t.me/Sarvar_Mirzo
نمایش همه...
Sarvar Mirzo

Sevgining xiyonat varog'idamiz📓 Murojat @Mirzosarvar Mualliflik huquqi qonun ximoyasida. Mazkur she'rlarni o'g'irlash yoki koʻchirish ruxsatsiz Qo'shiq qilish qatiyan taqiqlanadi

Repost from N/a
JANONA Menga seni osonmas sevmoq, Hijroningda kuydim be'ayov. Azob ekan tushun ! -- dil bermoq, Sen o'zgani suygan hoy - nahoy. Rashkim yomon do'zaxda yoqgan, Tun - kechalar ichganim sharob. Yurakka ishq muhrini bosgan, Seni sevib bo'ldim hol xarob. Ey yoronlar muhabbatni deb, Hayronaman bo'ldim hayrona. Yor o'ziga bergan emish zeb, Afsonaman sen deb janona. _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ Netay sevgi asirga olmish, Ko'zlarim to'rt, yo'lingda giryon. Ruh bezovta tanidan tonmish, O'ksik dilga qilganda isyon. Dil sevgidan kecha olmadi, G'ussalikka botdi har yoni. Yashashga ham kuchi qolmadi, Faromushlar aylar tug'yoni. Ko'ksimni yor, sevishimni bil, Muhabbatni cho'kdim ko'liga. Seni deya o'rtanadi dil... Ko'p uchradim yomg'ir, do'liga. Ey yoronlar muhabbatni deb, Hayronaman bo'ldim hayrona. Yor o'ziga bergan emish zeb, Afsonaman sen deb janona. ✍ Mehriddin Baqoyev. 29. 06. 2024. @Mehriddin_Baqoyev1
نمایش همه...
🕊 2👍 1👏 1
Meni gapirishni sizga kim qoʻydi ▷◉─────────0:00 ⏪ ⏸ ⏩ 🎙️ Avazbek Hamroqulov ✍️ Komila Qiz ┅━✧⊱••••🔊🎶♪🔊•••⊰✧━┅ @Avazbek_Jurnalist @Avazbek_Hamroqulov https://t.me/mingbuloqtv_audio
نمایش همه...
6316979642(3).mp38.48 KB
❤‍🔥 2
Repost from N/a
Bizga munosibmas.... Bizdan yuzin burganlarga, oq yôl tilar tillarimiz Osmonda oy bôlsangizda, sôzlarimni tinglang bir pas Rashksizlikka kõnmaymiz hech, rashkla uluĝ dillarimiz Sõzlarimiz qilmadimi,demak bizga munosibmas Bildik sizga Dayus kerak, ,kônglinggizning oromi shu Oxir zamon qiyofangiz, sõzlarizda mujassam bu Yôq demang hech yolĝon demang ,tonishizga sabab yôqku Sevgimizni bilmadimi ,demak bizga munosibmas Endi tinglang tugal gapni, ôziz taqdiringiz biting Sardor yopdi kitobingiz , vadalariz oling keting Oxir bildik tubanligiz, boring shundaylarga yeting Bizga nasib qilmadimi, demak bizga munosibmas. ✍Kavsar( Sardor Samandar oʻgʻli)
نمایش همه...
👍 1
TOʻYIB KETDIM BARIDAN ONA Dushmanlarim tishin qayrashar, Doʻstlar sirim sotib sayrashar. Gʻiybatimni qilib yayrashar, Toʻyib ketdim baridan ona. Soxtalarim pulimga joʻra, Kuchuk yaxshi ulardan koʻra.. Shunchalaram peshonam shoʻra, Toʻyib ketdim baridan ona. Ishi tushsa izlaganlarim, Nomim maqtab sizlaganlarim. Koʻzim boylar hiylagarlarim, Toʻyib ketdim baridan ona. Baxtim koʻrib muzlaganlar koʻp, Pinxon yaram tuzlaganlar koʻp. Qarang ikki yuzlaganlar koʻp, Toʻyib ketdim baridan ona. Foydam tegsa yonimda ular, Omad ketsa ustimdan kular. Atrofimga toʻldi tulkilar, Toʻyib ketdim baridan ona. Bu dunyoda yaxshiyam borsiz, Men uchun har nega tayyorsiz. Duolari zoʻr madadkorsiz, Toʻyib ketdim baridan ona. Pand yedim yosh qaridan ona, Goh yaqin goh naridan ona. Atrofimda soxta odamlar, Toʻyib ketdim baridan ona. ✍ Odilbek Qodirov ❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
نمایش همه...
👍 3😁 2
ДАДАМ! Кўкси қалқон, қиличлардан кескир сўзли, Рўзғор синчи, уйимизнинг тожи дадам, Мехри дарё, саховатли хизир юзли, Оқ яктакли, оқ соқолли ҳожи дадам. Салобатли кўринади чопон кийса, Чорасиз бир аскардекман қовоқ уйса, Арслонлардек кучга тўлгум болам деса, Оқ яктакли, оқ соқолли ҳожи дадам. Ўзгалардан нон тилашни ор деб билган, Қўли қадоқ, кетмон чопиб мехнат қилган, Керак бўлса, тўрғайлардан эрта турган, Оқ яктакли, оқ соқолли ҳожи дадам. Кўзда йиғи, юрагимни тилкалайди, Бемор бўлса Онамни зор елкалайди, Маликам деб ҳали хануз эркалайди, Оқ яктакли, оқ соқолли ҳожи дадам. Хадик билан кўзларига турар боқиб, Ярим тунда ҳовлимизда чироқ ёқиб, Онам учун териб келар тутлар қоқиб, Оқ яктакли, оқ соқолли ҳожи дадам. Сароб эмас кўз олдимда турган рўё, Ўз жуфтига соя бўлган, нурли зиё, Муҳаббатга, садоқатнинг рамзими ё? Оқ яктакли, оқ соқолли ҳожи дадам. Фарзанд бўлиб, ўз мехримни беролсайдим, Волидамнинг хизматларин қилолсайдим, Қани эди, мен ҳам сиздек бўлолсайдим, Оқ яктакли, оқ соқолли ҳожи дадам. Кўкси қалқон, қиличлардан кескир сўзли, Рўзғор синчи, уйимизнинг тожи дадам, Мехри дарё, саховатли, хизир юзли, Оқ яктакли, оқ соқолли, ҳожи дадам. (РЎЗҒОР СИНЧИ, УЙИМИЗНИНГ ТОЖИ ДАДАМ..) 📙-Камронбек Исмоилов. 2024.01.07. t.me/Sani_sevamanko
نمایش همه...
❤‍🔥 3👍 2
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.