cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

ADU.Tabiiy fanlar fakulteti | Rasmiy kanal

✔️Fakultet haqida ma'lumot: https://adu.uz/menu?num=29 ✔️YouTube: https://www.youtube.com/channel/UCYyeDX8HsXrcUt57U8zljrQ ✔️Iqtidorli talabalar: https://adu.uz/uz/menu/main/students ©️Tabiiy fanlar fakulteti matbuot xizmati

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
1 055
مشترکین
-224 ساعت
-47 روز
-4630 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Diqqat e'lon! 📆 Bugun, 27-may kuni soat 12:30 da Andijon davlat universitetining Axborot resurs markazi (ARM) ning 301-xonasida Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi hamda Andijon yoshlar texnoparki mutaxassislari hamkorligida uchrashuv tashkil etiladi. ✅Uchrashuvda Andijon davlat universitetining professor oʻqituvchilari, magstratura va bakalavr bosqichi talabalariga "Innox" biznes inkubator loyihasi toʻgʻrisida toʻlaqonli ma'lumotlar berish, loyiha doirasida yoshlarga yaratiladigan imkoniyatlar bilan tanishtirish jarayoni bo'yicha suhbat o'tkaziladi. Qiziquvchilar kirishlari mumkin! Murojaat uchun: @Nizomov_jasurbek
نمایش همه...
Professor M. Mamajonov maktablarga tashrif buyurib bitiruvchilarga oq yoʻl tiladi. Kuni kecha Andijon Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti professori, M.Mamajonov Izboskan tumanidagi 18- umumiy oʻrta ta’lim hamda oʻzi tahsil olgan 17 -umumiy oʻrta ta’lim maktablarida bitiruv kechasi o'tkazilayotgani munosabati bilan maktab bitiruvchilarini tabriklash uchun tashrif buyurdi. Maktab bitiruvchilari va 1-sinf o'quvchilariga o'z muallifligida chop etilgan "Andijon geografiyasi" o'quv qo'llanmasini hamda shahsiy kutubxonasidagi kitoblardan bir qanchasini o'quvchilarga sovg'a qildi. Hamda bitiruvchilarga kelajekda ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoldi. //🌐 Tabiiy fanlar fakulteti matbuot xizmati// @tabiiy_fanlar_adu
نمایش همه...
👍 4😍 1
#elon #Kamoliddin_Behzod Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasini taʼsis etish toʻgʻrisida” 2020-yil 6-noyabrdagi 691-son qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovi respublika davlat oliy taʼlim muassasalarining dastgohli rangtasvir, rangtasvir, grafika va miniatyura, haykaltaroshlik, amaliy sanʼat, dizayn, sanʼatshunoslik va muzeyshunoslik (turlari boʻyicha) yoʻnalishlarining oxirgi ikki kursida taʼlim olayotgan bakalavriat bosqichi talabalari uchun oʻtkazilishini ma'lum qilamiz. Davlat stipendiyasiga sazovor bo‘lgan talabalarga Badiiy akademiya raisining buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasining sohibi” guvohnomasi beriladi. Guvohnoma talabalarga Badiiy akademiya tomonidan tantanali ravishda topshiriladi. Davlat stipendiyasiga sazovor bo‘lgan talabalar bakalavriat bosqichini tamomlaganidan so‘ng bir yil mobaynida tegishli mutaxassislik bo‘yicha magistraturaga kirish imtihonlarisiz, grant asosida qabul kvotasidan tashqari qabul qilinadi. Shuningdek, o‘qishni tamomlaganlaridan so‘ng bir yil mobaynida magistraturada o‘qishni davom ettirish uchun xorijga yuborilayotgan yoshlar guruhlari tarkibiga kiritilishida ustunlikka ega bo‘lish huquqini saqlab qoladilar. 📋Tanlov nizomi bilan tanishing Talabgorlarning hujjatlari (bosma va elektron variantda) qabul qilish joriy yilning 1-iyuniga qadar Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limida qabul qilinadi. Murojat uchun: @Nizomov_Jasurbek Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻 Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
نمایش همه...

👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
4️⃣4️⃣4️⃣✅✅✅✅✅✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-avgustdagi “Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4805-sonli qarori hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 2-apreldagi Oliy ta’lim muassasalarida “Kimyo”, “Biologiya”, “Fizika” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlari bo‘yicha Respublika fan olimpiadasini o‘tkazish to‘g‘risidagi 106- son buyrug‘I ijrosini ta’minlash maqsadida: 2023/2024-o‘quv yilida biologiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishini bitiruvchi bosqich talabalari o‘rtasida “BIOLOGIYA” fanidan Universitet bosqichi olimpiada 27-may kuni 526-xonada soat 10:00 da bo’lib o’tadi. PQ-4805-sonli qaror Savollar va murojat uchun @Abdutolibov +99890 142 39 38
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti tomonidan hisobot konsert dasturi tashkil etilmoqda.
☑️ 20-may kuni “Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida hisobot konsert dasturi bo'lib o'tadi.
📍Manzil: Nodirabegim istirohat bog'i 🕔Vaqt: 20-may soat 18:00 Barcha talabalar va xodimlarni konsert dasturiga taklif qilamiz! ADU YOSHLAR ITTIFOQI
نمایش همه...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#muhim ⚖️ Soʻnggi yillarda ta'lim muassasamizda ham korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishda keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Agarda Siz, universitet hududida har qanday korrupsion holatga duch kelsangiz yoki professor-o'qituvchi va xodimlarning noqonuniy harakatlari toʻgʻrisida aniq maʼlumotlarga ega bo'lsangiz rahbariyatning quyidagi telefon raqami yoki telegram botlariga murojaat qilishingiz mumkin. 🔸Akramjon Yuldashev — Andijon davlat universiteti rektori, professor; ☎️ +998933318254 🌐 @anddu_rektori_bot 🔸Azizbek Yuldashev — rektor maslahatchisi; ☎️+998993996688 🔸Universitet Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi. ☎️ +998742248191 🌐@adu_anticorruptionbot ❗️Inson o'zgarsa, jamiyat o'zgaradi, agar siz va biz, barchamiz korrupsiyaviy holatlarga befarq bo'lmay qarshi kurashar ekanmiz, jamiyatimiz ham bu kabi illatlardan holi bo'laveradi. Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻 Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
نمایش همه...
👍 1
📆Bugun, 4-aprel kuni Andijon davlat universitetining Tabiiy fanlar fakulteti ustoz va murabiylari va 2-bosqich Biologiya yo'nalishi talaba-yoshlar Xoʻjaobod tumani Karnaychi qishlogʻida joylashgan yozgi oromgohga o'quv dala amaliyoti uchun yetib keldi. 🌐 Tabiiy fanlar fakulteti matbuot xizmati 👉@tabiiy_fanlar_adu
نمایش همه...
00:54
Video unavailableShow in Telegram
⚡️Siz bu insoni bilasizmi ❓ 🏢Andijon davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti koordinatorlari tashabbusi bilan universitet raxbariyatini taniysizmi mavzusida soʻrovnoma oʻtkazildi. 🟢Ushbu soʻrovnoma jarayonida universitetda faoliyat olib borayotgan rektor, prorektor va boshqa lavozim egalari talaba yoshlarga tanishtirildi. 🟡Keling doʻstlar siz ham oʻzingiz uchun ushbu maʼlumotlarni bilib qoʻyganinggiz yaxshi, raxbariyat maʼlumotlarini adu.uz sayti orqali topishingiz mumkin. © @adu_yoshlar
نمایش همه...
👍 6🔥 5😍 1💯 1
Repost from N/a
31:24
Video unavailableShow in Telegram
#islohotlar_amalda "Yoshlar Akademiyasining bosh maqsadi - mamlakatimizdagi ilmiy darajali kadrlarning o'rtacha yoshini yoshartirishdir." Ko'rsatuvimizning avvalgi sonlari orqali Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Yoshlar Akademiyasining Andijon viloyati liderlarining tashkiliy hamda innovatsion faoliyati bilan sizni yaqindan tanishtirib o'tgan edik. "Islohotlar amalda" ko'rsatuvining navbatdagi soni Andijonlik Yoshlar akademiyasi a'zolari tomonidan ishlab chiqilayotgan foydali ishlanma hamda startup loyihalari haqida hikoya qiladi. @Yoshlar_akademiyasi_Andijon
نمایش همه...
👍 1
Repost from N/a
Photo unavailableShow in Telegram
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Yoshlar Akademiyasi Andijon viloyati jamoasi Innovatsion rivojlanish agentligiga qarashli o‘quvchi hamda talaba-yoshlarning ilmiy-innovatsion, ixtirochilik faoliyatiga, iqtidorli yoshlar tomonidan yaratilayotgan ishlanma, ixtiro, qurilma hamda startup loyihalarni keng ommaga yetkazish maqsadida faoliyat yuritib kelayotgan ilmiy-texnikaviy, tahliliy ommabop nashri "Innovator" jurnali bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatdi. Hamkorlikka muvofiq, Andijon viloyatida o'zining tashabbuskorligi, faolligi, namunali innovatsion faoliyati, o'z startup loyihalari bilan Yoshlar Akademiyasi Andijon viloyati jamoasi faoliyatida faollik ko'rsatayotgan Yoshlar Akademiyasi a'zolarining ilmiy-tadqiqot hamda innovatsion faoliyati, ular tomonidan ishlab chiqilayotgan ishlanmalar jurnal sahifalarida yoritilishini ma'lum qilamiz. Links: www.indep.uz https://bit.ly/Fb_Innovator https://bit.ly/Ins_Innovator Sizdan faollik, bizdan imkoniyat! @Yoshlar_akademiyasi_Andijon
نمایش همه...
👍 1