Marketing Mix🌙
رفتن به کانال در Telegram
220
مشترکین
+424 ساعت
+177 روز
+14430 روز
در حال بارگیری داده...
کانالهای مشابه
ابر برچسبها
هیچ دادهای
مشکلی وجود دارد؟ لطفاً صفحه را تازه کنید یا با مدیر پشتیبانی ما تماس بگیرید.
اشارات ورودی و خروجی
---
---
---
---
---
---
جذب مشترکین
دسامبر '24
دسامبر '24
+34
در 0 کانالها
نوامبر '24
+48
در 0 کانالها
Get PRO
اکتبر '24
+83
در 0 کانالها
Get PRO
سپتامبر '24
+131
در 0 کانالها
Get PRO
اوت '24
+158
در 1 کانالها
Get PRO
ژوئیه '24
+14
در 2 کانالها
Get PRO
ژوئن '24
+19
در 0 کانالها
Get PRO
مه '24
+75
در 0 کانالها
Get PRO
آوریل '24
+83
در 0 کانالها
Get PRO
مارس '24
+36
در 0 کانالها
Get PRO
فوریه '24
+421
در 1 کانالها
Get PRO
ژانویه '240
در 0 کانالها
Get PRO
دسامبر '230
در 0 کانالها
Get PRO
نوامبر '23
+8
در 0 کانالها
Get PRO
اکتبر '23
+228
در 0 کانالها
| تاریخ | رشد مشترکین | اشارات | کانالها | |
| 21 دسامبر | +2 | |||
| 20 دسامبر | +3 | |||
| 19 دسامبر | +1 | |||
| 18 دسامبر | +1 | |||
| 17 دسامبر | +1 | |||
| 16 دسامبر | +1 | |||
| 15 دسامبر | +1 | |||
| 14 دسامبر | +3 | |||
| 13 دسامبر | +1 | |||
| 12 دسامبر | 0 | |||
| 11 دسامبر | +5 | |||
| 10 دسامبر | +4 | |||
| 09 دسامبر | 0 | |||
| 08 دسامبر | +1 | |||
| 07 دسامبر | +1 | |||
| 06 دسامبر | 0 | |||
| 05 دسامبر | +3 | |||
| 04 دسامبر | +2 | |||
| 03 دسامبر | +1 | |||
| 02 دسامبر | +2 | |||
| 01 دسامبر | +1 |
پستهای کانال
Assalomu alaykum, barchaga!
Oxirgi paytlardagi vaziyatni inobatga olib eski postlarni ko’pini o’chirib tashladim, aybga buyurmesila)) hayot shunaqa ekan😂🤣
Hudo xohlasa bundan buyog’i kanalda marketingga oid case study’lar va foydali ma’lumotlar joylab boraman.
Mani hali yaqindan tanimaydiganlar uchun: https://www.instagram.com/reel/Cy0uJ5wtxDO/?igshid=MzRlODBiNWFlZA==
| 2 | Bismillah
Bir necha oylik tanaffusdan keyin tashlab qo‘yilgan ishni qaytadan boshlamoqchiman. Marketing bo‘yicha bir boshdan dinimiz ta’limotlarini o‘rganib, bilmaganimni ahli ilmdan so‘rab bo‘lishib boraman inshaaAlloh
Hozircha bitta insight bor)
Kecha kitob o‘qiyotib ikkita hadisga ko‘zim tushdi. O‘ylab qarasam bu hadislarni jamlab marketing strategiyasini yaratishda asosiy baza sifatida foydalanish mumkin ekan.
Masalan biror bir mahsulot yoki xizmatni marketingi bilan shug‘illanishdan avval chin ixlos bilan avvalo Allohning roziligini, keyin esa shu narsa yordamida jamiyatga, ummatga foyda olib kelishni niyat qilib ana shu maqsad asosida ish boshlansa juda katta ajrlarga ega bo‘lish mumkin ekan.
Marketing strategiyasini yaratishda ham SMART maqsadlardan avval eng SMART maqsad ham shu bo‘lishi kerak.
Masalan 300 ta sotuv qilish o‘rniga 300 ta insonga o‘zlarini isloh qilishlari yoki holatlarini yaxshilashkari uchun yordam berish bo‘lsa ham Allohning fazli bilan bu maqsadga erishish osonlashadi, baraka bo‘ladi, ham savob amallar tarozisi birozga bo‘lsa ham og‘irlashadi | 121 |
| 3 | So‘rovnoma natijalarini Instagramda tahlil qilishni boshladim, agar natijalarni bilishni xohlovchilar bo‘sa o‘tib korila.
Oxirida CustDev natijalarini polniy olishila mumkin
https://instagram.com/stories/mirzokodirov__/3198959818604899176?igshid=MzRlODBiNWFlZA== | 117 |
| 4 | Shu ssilkalardigi forma orqali o‘tib so‘rovnomadan o‘tsez bo‘ldi. Oldindan rahmat
SMM mutaxassislar uchun
Targetologlar uchun | 206 |
| 5 | بدون متن... | 160 |
| 6 | بدون متن... | 146 |
| 7 | Xo‘sh, innan keyinchi? :) | 353 |
| 8 | Salam aleykum :)
Nima uchun klik narxi qimmat degan savol qiynayotgan bo‘lsa kerak) | 419 |
| 9 | O‘zi unchalik kino ko‘rishni yoqtirmayman, lekin ba’zida tavsiya asosida ko‘rib turaman.
IMAN’da yaqinda ambassadorlarni jalb qilish boshlandi brend reputatsiyasini mustahkamlash uchun, shu sabab Rustamaka tavsiya qilgandilar. Marketingni mohiyatini to‘liq ochib beradigan kino ekan.
O‘zi aslida marketologni vazifasi mahsulotga mohiyat baxsh etib ana shu mohiyatni odamlarga yetkazish orqali tovarlarni sotish deb o‘ylardim. Bu kinodan keyin 💯 amin bo‘ldim bu narsa to‘g‘riligiga. Ya’ni qo‘pol qilib aytganda siz odamlarga g‘oyani sota olsangiz, tovarlar o‘zi sotiladi.
Marketingni vazifasi esa ana shu g‘oyani topib uni odamlarga sotishdir.
Marketing sohasida ishlaydiganlarga от души tavsiya :) | 443 |
| 10 | Anchadan beri bu mavzuni ko‘tarmoqchi bo‘lib yurgandim bugunga nasib qilgan ekan.
———
Metro odam tashishdan emas reklamadan ko‘proq pul topsa kerak deb o‘ylab qolaman ba’zida.
E’tibor uchun har bitta vagonda 32 ta, har bitta bekatda esa 20 ta (va bu faqat mam sanaganlarim) reklama o‘rni bor.
Bu reklamalarni samaradorlik jihati rosa o‘ylantiradi. Chunki ko‘p e’tibor berganman, metroda ko‘pincha hamma telefonda bo‘ladi yoki ko‘p hollarda suhbat bilan band bo‘lishadi. Tahminan 1/3 qism yo‘lovchilar e’tibor berganda ham reklamaga unchalik ko‘zga tashlanmaydi. Chunki hamma narsa bir xil.
Ayniqsa metroda ko‘p yuradigan odamlarda allaqachon “банерная слепота» shakllanib bo‘lgan. Ularni e’tiborini tortish oson ish bo‘lmaydi.
Bu holatda marketing jihatidan bitta asosiy plus va bitta asosiy minus bor.
PLUS
Agar o‘zini xurmat qiladigan va pulining qadriga yetadigan brend bo‘lsa «банерная слепота»ni yorib o‘tish uchun reklamada kreativ yondashuv va to‘g‘ri offerlarni o‘ylashni boshlaydi. Bitta kreativ boshqa kreativni tug‘ilishiga olib keladi va bu zanjir reaksiyasiga aylanib marketing bozori rivojlanadi.
MINUS (islomiy marketing nuqtai nazaridan)
Marketing kampaniyalari ta’siri ostida iste’mol qobiliyati sun’iy ravishda kengayib bu narsa isrofga olib kelishi mumkin. Masalan yuqoridagi rasmda avtokredit reklamasi, xuddi shu reklama ro‘parasida “10 daqiqadagi mikroqarz” reklamasi.
Ribo va boshqa elementlarni chetga surganda ham bu narsa zarurat ustida turgan odamni miyani ishlatib fikrlashdan to‘xtatib oson yechimni tanlashiga olib keladi. Zaruratda bo‘lsa ham mayli. Bunchalik osonligini ko‘rgan odamni zarurati bo‘lmasa ham o‘sha mashina yoki mikroqarzni olgisi keladi. Hissiyotlar ustida qilingan qaror oxiri har doim ham yaxshilik bilan tugamaydi
Kechasi miyaga kelgan bir fikrda…
Siz nima deb o‘ylaysiz? | 336 |
| 11 | Mandan ko‘pchilik nimaga sizga ovozli xabar yozib bo‘lmaydi deb so‘raydi, sababi man o‘sha 66% ichidaman🤣
____
tgstat servisi o‘tkazgan tadqiqotidagi insaytni o‘qib qoldim:
57% Telegram foydalanuvchilari ovozli xabar yuborishadi, 66% foydalanuvchi esa ana shu ovozli xabarlarni eshitmaslik uchun Telegram Premium sotib olar ekan😆 | 250 |
| 12 | Marketing sohasida rivojlanishni xohlagan targetolog kerak. Kamida 2-3 ta proyektda ish tajribasi, o‘zbek va rus tillarini bilishi kerak.
O‘zimni loyihalarimda ishlashga.
Oylik + bilim + real proyektlarda ishlash va tajriba orttirish
Qiziqish bo‘lsa formani to‘ldiring https://forms.gle/MyrvjRwELHaY8gVr9 | 306 |
| 13 | McDonald’s va Burger King’ni marketing «urush»larini kuzatishdan boshqacha zavq olaman😂
Sun’iy intellekt trendidan qolmagan holda «urush»ning keyingi raundiga start berilibdi.
Aslida nima bo‘lgan?
McDonald’s ChatGPT’dan dunyodagi eng hayratlanarli burger haqida so‘ragan. ChatGPT BigMak deb javob bergan va McDonald’s bu javoblarni baner sifatida chiqarib reklama qilishni boshlagan
Buni ko‘rgan Burger King ChatGPT dan eng katta burgerlar haqida so‘rab, Whopper degan javobni huddi shunday banerlarga chiqarib uni McDonald’s reklamalari oldida joylashtira boshlagan | 394 |
| 14 | Marketing va uning mohiyati.
2022-yilda o’zimga umuman notanish bir inson bergan savol natijasida marketingga nisbatan shubha paydo bo‘lgandi. Sababi har xil hiylalar, yolg‘on va hokazolar marketingda juda ham ko‘p.
U savol quyidagicha edi: “Reklama sohasida ishlar ekansiz, mahsulotni hamma kamchiliklari haqida gapirasizlarmi yoki faqat maqtaysizlarmi? Agar ikkinchisi bo‘lsa xushyor bo‘ling ilmsizlikdan harom ishga aralashib qolmang.”
Mana salkam bir yil vaqt ana o‘sha miyaga mixdek o‘rnashgan savolga javob topish uchun ketdi.
Har narsaning asli muboh degan qoida haqida eshitgan edim. Huddi shuningdek marketing ham maqsad va foydalanilayotgan vositalarga qarab joiz yoki nojoiz bo‘lishi mumkin ekan.
Marketingni asli bu bozorni o‘rganib iste’molchilarning ehtiyojini aniqlash va ana shu ehtiyojni qondirish uchun mahsulot yaratib uni bozorga taklif qilish (Filipp Kotler)
Ehtiyoj asli muammodan kelib chiqadi. Menda kitobga ehtiyoj bo‘lsa demakki mening muammoyim ilm yetishmasligi. Shu muammoni hal qilish uchun kitobga ehtiyojim bor.
Demak ehtiyojni topib unga yechim taklif qilish - iste’molchilar muammolarini hal qilishda yordam berish.
Bu narsani tushungan holda o‘z savolimning javobini topdim.
Moida surasi, 2-oyat
وَتَعَاوَنُوا۟ عَلَى ٱلْبِرِّ وَٱلتَّقْوَىٰ ۖ وَلَا تَعَاوَنُوا۟ عَلَى ٱلْإِثْمِ وَٱلْعُدْوَٰنِ ۚ
Yaxshilik va taqvo yo‘lida hamkorlik qiling, gunoh va dushmanlik yo‘lida hamkorlik qilmang.
Abdurrohman As-Sadiy bu oyat tafsirida shunday yozadilar: “Yaxshilik deganda insonning Allohga sevimli va U rozi bo‘ladigan barcha amallari tushuniladi.
Taqvo deganda, Alloh va Uning Rasuli sollallohu alayhi vasallam yomon ko‘radigan barcha amallarni rad etish tushuniladi.
Inson bu ko‘rsatmalarni o‘zi bajarishi va bu borada mo‘min birodarlariga yordam berishi lozim.
Gunoh insonning o'ziga zarar yetkazadigan itoatsizlikni anglatadi, dushmanlik esa boshqa odamlarning hayoti, mulki yoki sha'niga tajovuzdir”
Oyat tafsirida bayon qilingan fikrni telefon marketing kampaniyasi misolida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, telefon marketing strategiyasini ilm olish, rivojlanish, xalqqa manfaat keltirishga bog‘lab qurish mumkin. Shuningdek o‘yinlar o‘ynash, film tomosha qilish va hokazolarga bog‘lab qurish mumkin. Birinchisi yaxshilik yo‘lida hamkorlik, ikkinchisi esa aksi. Bunda tanlov har kimning o‘zida… | 337 |
| 15 | Assalomu alaykum hammaga!
Yaqinda bitta mavzu bo‘yicha jonli research o‘tkazmoqchi edim.
Asosan hozir SMM, Targeting sohalarida ishlab yurganlar kerak. Digital marketing va marketing sohasiga o‘tishni reja qilib yurganlar bo‘lsa yanayam yaxshi😁
Agar qatnashish istagi bosa lichkaga yozilar qolganini gaplashamiz👀
@mirzokodirov1 | 330 |
| 16 | To‘g‘ri marketing kommunikatsiyasi uchun ko‘p narsa kerak emas.
Xohish va bilim bo‘sa bo‘ldi… | 326 |
| 17 | 1 oycha avval klub tashkil qilindi, islomiy marketingni o‘rganish va uni amaliyotga tatbiq qilish bo‘yicha🙂
Bu hafta ikkinchi uchrashuv bo‘ladi, shu uchrashuvga material tayyorlayotgandim, yuqoridagi ma’lumotni ilindim sizlarga ham :))
Jadvalda an’anaviy va islomiy marketingni farqlari yaqqol ko‘rsatilgan)
In shaa Alloh klubni katta rejalari bor, shu rejalar amalga oshgach bu g‘oyalarni kattaroq masshtabda ommalashtiramiz | 362 |
| 18 | بدون متن... | 436 |
| 19 | ☪️ Barcha dinlarning asosi odamlarning individual va jamoaviy xulq-atvoriga oid izchil ta’limotlar hisoblanadi. Islom dini ham bundan mustasno emas.
Islomda axloq iqtisoddan ustun turadi (aksincha emas) - bu huquqlarga emas, balki majburiyatlarga ko'proq e'tibor berish demakdir. Buning ortidagi hikmat shundan iboratki, agar adolat va rostgo‘ylikka oid majburiyatlarni barcha bajarsa, qolganlarning huquqlari avtomatik ravishda ta’minlanadi.
🌙 Marketing asoslarini shariat nuqtai nazaridan ishlab chiqishda olimlar halollik, rostgo‘ylik, erkin kelishuv, adolat va boshqa asoslarni islom nuqtai nazarida marketing axloqining muhim ustunlari sifatida ta'riflaydilar. Ular taklif qilayotgan islom tamoyillariga asoslangan marketing axloqining yangi modeli "foydani maksimallashtirish" dan farqli ravishda "qiymatni maksimallashtirish" bilan ifodalanadi. Ularning fikricha bu amaliyot orqali hamkorlik va qiymatga asoslangan global tartib yaratiladi.
Marketing axloqining mavjud nazariyalari adolat va foydalilik tushunchalarini yetarli darajada inobatga olmagan. Insoniyatning axloqiy qadriyatlarni (shu jumladan istalgan biznes jarayonlari va marketingda) yanada qat'iyroq tizimlashtirishga intilishi natijasida trans-ijtimoiy global axloqiy tartib o‘rnatilishi mumkin🤔
Bunday axloqiy tartibga intilish zamon, din, madaniyat, iqtisodiy ahvol, irq va e'tiqoddan qat'i nazar tug'ma umuminsoniy qadriyatlar asosida vujudga keladi. Shu bois, global axloqiy tartibga intilish islomiy tamoyillarga asoslangan axloq tizimi bilan yaxshiroq tushuntirilishi va osonlashtirilishi mumkin, chunki islomiy tamoyillar nisbiy emas, balki mutlaqdir, ya’ni yuqorida aytilgan belgilardan qat’iy nazar har bir inson fitrati qabul qiladigan axloqiy tizimdir.
⚡️ Islom dini nuqtai nazaridan tijoriy faoliyatlar ikki tamoyil asosida boshqariladi. Birinchisi, inson fitratiga Alloh tomonidan joylangan axloqiy tartib-qoidalarga bo‘ysunish, ikkinchisi, Alloh yaratgan narsa (yoki jonzot)ga nisbatan yaxshi munosabatda bo‘lish, bu mohiyatan o‘zgalarga zarar yetkazmaslik va o‘z-o‘zidan axloqqa zid bo‘lgan amaliyot va vositalardan foydalanmaslikdir.
Manba: ISRA International Journal of Islamic Finance • Vol. 8 • Issue 2 • 2016 | 328 |
| 20 | 🛒 Islomiy marketingda sotish va tovar ayirboshlash bo‘yicha ham batafsil ko‘rsatmalar mavjud.
Payg‘ambarimiz Muhammad (SAV) oldi-sotdi "ta’qiqlari"ni bayon qilganlar. Ulardan ba’zilari: past sifatli va yuqori sifatli tovarlarni bir joyda joylashtirib sotish, molni qo‘lda ushlab tekshirish o‘rniga og‘zaki tavsiflash yo‘li bilan sotish/xarid qilish va tovarlarning miqdori/sifatini noto‘g‘ri ifodalash ❌
Asosiy qoidalardan biri shuki, ikkala tomon ham kelishuvga rozi bo'lgandan so‘nggina, savdo yoxud tovar ayirboshlash mumkin, aks holda botil yo‘llar bilan boshqalar haqqiga xiyonat qilish bo‘ladi. (Niso surasi, 29).
📝 Bu yerda "botil yo‘l" ikki xil ma’noni o‘z ichiga oladi.
Birinchisi, yolg'on, aldov, firibgarlik va shu kabi illatlar. Islom bu ta’qiqlarni shunchaki tasdiqlaydi, aslida esa odam bu kabi ishlar noto‘g‘ri ekanligini intuitiv (sof fitrati asosida) ravishda biladi.
Ikkinchisi bu Islom shariatida ta’qiqlangan amaliyotlardir, masalan, ribo, ixtikor (spekulyatsiya), qalbakilashtirish, fiktiv (real bo‘lmagan) tovarlarni sotish va shunchaki tovarlarni sotish maqsadidagi qasamxo‘rlik.
📌 Manba: Int. J. Social Entrepreneurship and Innovation, Vol. 2, No. 2, 2013, 172 | 343 |
