fa
Feedback
500
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-137 روز
-16530 روز

در حال بارگیری داده...

ابر برچسب‌ها
هیچ داده‌ای
مشکلی وجود دارد؟ لطفاً صفحه را تازه کنید یا با مدیر پشتیبانی ما تماس بگیرید.
اشارات ورودی و خروجی
---
---
---
---
---
---
جذب مشترکین
سپتامبر '26
سپتامبر '26
+17
در 1 کانال‌ها
اوت '26
+11
در 2 کانال‌ها
Get PRO
ژوئیه '26
+20
در 3 کانال‌ها
Get PRO
ژوئن '26
+11
در 2 کانال‌ها
Get PRO
مه '26
+13
در 2 کانال‌ها
Get PRO
آوریل '26
+8
در 1 کانال‌ها
Get PRO
مارس '26
+4
در 1 کانال‌ها
Get PRO
فوریه '26
+8
در 6 کانال‌ها
Get PRO
ژانویه '26
+2
در 0 کانال‌ها
Get PRO
دسامبر '25
+5
در 0 کانال‌ها
Get PRO
نوامبر '25
+1 098
در 4 کانال‌ها
Get PRO
اکتبر '25
+164
در 3 کانال‌ها
Get PRO
سپتامبر '25
+17
در 5 کانال‌ها
Get PRO
اوت '25
+5
در 3 کانال‌ها
Get PRO
ژوئیه '25
+5
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئن '25
+6
در 0 کانال‌ها
Get PRO
مه '25
+8
در 0 کانال‌ها
Get PRO
آوریل '25
+4
در 0 کانال‌ها
Get PRO
مارس '25
+11
در 0 کانال‌ها
Get PRO
فوریه '25
+7
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژانویه '25
+8
در 1 کانال‌ها
Get PRO
دسامبر '24
+18
در 1 کانال‌ها
Get PRO
نوامبر '24
+13
در 1 کانال‌ها
Get PRO
اکتبر '24
+33
در 0 کانال‌ها
Get PRO
سپتامبر '24
+1
در 0 کانال‌ها
Get PRO
اوت '24
+1
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئیه '24
+5
در 2 کانال‌ها
Get PRO
ژوئن '24
+9
در 0 کانال‌ها
Get PRO
مه '24
+7
در 1 کانال‌ها
Get PRO
آوریل '24
+11
در 0 کانال‌ها
Get PRO
مارس '24
+10
در 0 کانال‌ها
Get PRO
فوریه '24
+6
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژانویه '24
+20
در 0 کانال‌ها
Get PRO
دسامبر '23
+5
در 0 کانال‌ها
Get PRO
نوامبر '230
در 0 کانال‌ها
Get PRO
اکتبر '230
در 0 کانال‌ها
Get PRO
سپتامبر '230
در 0 کانال‌ها
Get PRO
اوت '230
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئیه '230
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئن '230
در 0 کانال‌ها
Get PRO
مه '230
در 0 کانال‌ها
Get PRO
آوریل '230
در 0 کانال‌ها
Get PRO
مارس '230
در 0 کانال‌ها
Get PRO
فوریه '230
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژانویه '230
در 0 کانال‌ها
Get PRO
دسامبر '220
در 0 کانال‌ها
Get PRO
نوامبر '220
در 0 کانال‌ها
Get PRO
اکتبر '22
+4
در 0 کانال‌ها
Get PRO
سپتامبر '22
+2
در 0 کانال‌ها
Get PRO
اوت '22
+4
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئیه '22
+1
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئن '22
+2
در 0 کانال‌ها
Get PRO
مه '22
+15
در 0 کانال‌ها
Get PRO
آوریل '22
+3
در 0 کانال‌ها
Get PRO
مارس '22
+8
در 0 کانال‌ها
Get PRO
فوریه '22
+8
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژانویه '22
+155
در 0 کانال‌ها
Get PRO
دسامبر '210
در 0 کانال‌ها
Get PRO
نوامبر '210
در 0 کانال‌ها
Get PRO
اکتبر '210
در 0 کانال‌ها
Get PRO
سپتامبر '210
در 0 کانال‌ها
Get PRO
اوت '210
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئیه '210
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئن '210
در 0 کانال‌ها
Get PRO
مه '21
+160
در 0 کانال‌ها
تاریخ
رشد مشترکین
اشارات
کانال‌ها
11 سپتامبر0
10 سپتامبر+14
09 سپتامبر0
08 سپتامبر+2
07 سپتامبر0
06 سپتامبر0
05 سپتامبر0
04 سپتامبر0
03 سپتامبر0
02 سپتامبر0
01 سپتامبر+1
پست‌های کانال
Oilaviy poliklinika filiali faoliyati o‘rganildi 🔻Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga
+7
Oilaviy poliklinika filiali faoliyati o‘rganildi   🔻Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputatlar J.Sadirov va O.Babayev tomonlaridan tumanning “Uyenkulsay” mahallasida joylashgan 12-sonli oilaviy poliklinikaning “Yangiovul” tayanch punkti faoliyati o‘rganildi.   🔻O‘rganish davomida muassasada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, tibbiy xizmatlarni tashkil etish holati va mavjud imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi. Fuqarolar uchun qulay muhit yaratish, tibbiy xizmatlarni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, tibbiy xizmatlarni raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati ham o‘rganildi. Elektron axborot tizimlaridan foydalanish, tibbiy ma’lumotlarni raqamli shaklda yuritish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarini zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etish borasidagi ishlar ko‘rib chiqildi.   🔻Aholiga dori vositalarini tayinlash jarayonida elektron retsept berish ishlari ham o‘rganilib, mazkur yo‘nalishda ishlar yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi. Elektron xizmatlarning joriy etilishi tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonini yanada tizimlashtirish va fuqarolar uchun qulaylik yaratishga xizmat qilmoqda.   🔻O‘rganishning yana bir muhim yo‘nalishi muassasaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirilib, isitish tizimi, mavsum davomida uzluksiz faoliyat yuritish imkoniyatlari hamda yoqilg‘i zaxiralari holatiga e’tibor qaratildi. Ma’lum bo‘lishicha, muassasada ko‘mir zaxiralari mavjud bo‘lib, kuz-qish mavsumini barqaror o‘tkazish uchun zarur tayyorgarlik ishlari amalga oshirilgan.   🔻Umuman, o‘rganish natijasida tayanch punktida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun zarur sharoitlar yaratilgani, xizmatlarni raqamlashtirish va elektron retsept berish ishlari yo‘lga qo‘yilgani hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati qoniqarli darajada ekani qayd etildi.   Bizni quyidagi tarmoqlarda kuzanishingiz mumkin: 📱Telegram  📱Website  📱Facebook  📱Youtube  📱Instagram

2
🇺🇿Qonun ijrosi o‘rganildi 🔺Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston X+2
🇺🇿Qonun ijrosi o‘rganildi   🔺Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat S.Madjitov tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordi.   🔺O‘rganishdan asosiy maqsad davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonlarida qonunchilik talablariga rioya etilishi, xarid jarayonlarining shaffofligi va ochiqligini ta’minlash, budjet mablag‘laridan maqsadli hamda samarali foydalanish holatini baholashdan iborat bo‘ldi.   🔺O‘rganish davomida bo‘lim tomonidan davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirishda belgilangan tartib-taomillarga rioya etilishi, xarid jarayonlarining amaldagi qonunchilik talablari asosida tashkil etilganligi hamda xaridlarni rejalashtirish va rasmiylashtirish bilan bog‘liq ishlar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, davlat xaridlarini amalga oshirishda buyurtmachi va mas’ul xodimlarning vakolatlari, xarid jarayonlarida qonuniylik va shaffoflikni ta’minlash, xarid predmeti va unga qo‘yiladigan talablarni belgilashda amaldagi me’yorlarga rioya qilish masalalariga e’tibor qaratildi.   🔺O‘rganish natijalariga ko‘ra, tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limida davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bog‘liq ishlar Qonun hamda sohadagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida olib borilayotgani aniqlandi. Bizni quyidagi tarmoqlarda kuzanishingiz mumkin: 📱Telegram  📱Website  📱Facebook  📱Youtube  📱Instagram
9
3
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi 🔺Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘+1
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi   🔺Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat B.Azmetov tomonidan tumanning “Pargos” mahallasiga biriktirilgan hokim yordamchisi B.Omonovning aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirayotgan ishlari o‘rganildi.   🔺O‘rganish davomida hokim yordamchisining mahallada ishsiz va daromad manbaiga ega bo‘lmagan fuqarolarni aniqlash, ularning bandligini ta’minlash, mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, kasb-hunarga o‘qitish hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlari tahlil qilindi.   🔺O‘rganish yakunida aniqlangan muammolar va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, ishsiz fuqarolarni bandlikka jalb qilish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligini oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Bizni quyidagi tarmoqlarda kuzanishingiz mumkin: 📱Telegram  📱Website  📱Facebook  📱Youtube  📱Instagram
1
4
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi 🔺O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev+2
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi   🔺O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligida 2026-yil 3-sentyabr kuni kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan Bo‘stonliq tumanida kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan “Achchisoy” mahallasiga biriktirilgan deputat A.Kulbayev tomonidan “xonadonbay” o‘rganish ishlari olib borildi.   🔺O‘rganishlar davomida mahalladagi “Kambag‘allik reyestri”dagi M.Saparova, Z.Qurbonova, D.Asqarova xonadonlarga tashrif buyurilib, oilalarning mavjud muammolari, daromad manbalari, mehnatga layoqatli a’zolarining bandligi, moddiy sharoiti hamda qo‘shimcha daromad olish imkoniyatlari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan suhbatlar o‘tkazildi. Fuqarolar bilan muloqot jarayonida, avvalo, ishga joylashish va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lish, shuningdek, og‘ir ijtimoiy sharoitdagi oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish masalalarida murojaatlar bildirildi.   🔺Har bir murojaatning mazmuni va oilaning mavjud sharoitidan kelib chiqib, muammoni joyida hal etish imkoniyatlari muhokama qilindi. Ayniqsa, mehnatga layoqatli fuqarolarni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, ularning kasb va ko‘nikmalaridan kelib chiqib bandligini ta’minlash hamda daromadlarini oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish zarurligi qayd etildi. Shuningdek, moddiy ko‘makka ehtiyoji bo‘lgan oilalarning holatini tegishli tartibda o‘rganib, amaldagi imkoniyatlar doirasida ularga ijtimoiy va moddiy yordam ko‘rsatish masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha mas’ullarga tegishli murojaatlar yo‘llash belgilandi.   🔺Deputat tomonidan xonadonbay o‘rganishlar davomida aniqlangan muammolar umumlashtirilib, ularning har biri bo‘yicha tegishli mas’ullar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish, murojaatlarning ijrosini nazoratga olish hamda fuqarolarga berilgan va’dalarning natijadorligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilishi ta’kidlandi. Bizni quyidagi tarmoqlarda kuzanishingiz mumkin: 📱Telegram  📱Website  📱Facebook  📱Youtube  📱Instagram
1
5
Soliq inspektori faoliyati o‘rganildi 🟡Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga+1
Soliq inspektori faoliyati o‘rganildi   🟡Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Mannobov tomonidan tumanning “S.Raximov” mahallasiga biriktirilgan soliq inspektori F.Ermetovning faoliyati o‘rganildi.   🟡O‘rganish jarayonida soliq inspektorining mahalladagi faoliyati, jismoniy va yuridik shaxslar bilan ishlash, soliq to‘lovchilarga tushuntirish berish hamda soliq majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi. Shuningdek, mahallada tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar bilan ishlash, yangi tadbirkorlik subyektlarini aniqlash, faoliyatini qonuniy asosda yuritish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish holati ko‘rib chiqildi.   🟡Aholi va tadbirkorlarga soliqlarni o‘z vaqtida va belgilangan tartibda to‘lash, soliq qonunchiligidagi talablarga rioya qilish, mavjud imtiyoz va imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanish yuzasidan tushuntirish ishlarini muntazam olib borish muhimligi ta’kidlandi. Deputat tomonidan soliq inspektorining aholi bilan muloqotiga ham alohida e’tibor qaratilib, fuqarolarning soliq masalalari bo‘yicha murojaatlarini tinglash, ularga tushunarli va asosli tushuntirishlar berish hamda muammoli masalalarni belgilangan tartibda hal etish zarurligi qayd etildi.   🟡O‘rganish yakunida soliq inspektoriga aholi va tadbirkorlar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish, soliq qonunchiligi bo‘yicha tushuntirish ishlarini muntazam olib borish hamda fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Bizni quyidagi tarmoqlarda kuzanishingiz mumkin: 📱Telegram  📱Website  📱Facebook  📱Youtube  📱Instagram
86
6
“Og‘ir mahalla”da olib borilayotgan ishlar o‘rganildi 🔺Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish reja+4
“Og‘ir mahalla”da olib borilayotgan ishlar o‘rganildi   🔺Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Kulbayev tomonidan tumanda “og‘ir mahalla” deb e’tirof etilgan “Sari-Qangli” mahallasida aholi uchun qulay sharoitlar yaratish, infratuzilmani yaxshilash va hududni obodonlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning borishi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.   Ma’lumotlarga ko‘ra, mahallani kompleks rivojlantirish maqsadida 5,5 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi belgilangan. Ushbu mablag‘lar hisobidan mahalla hududidagi mavjud infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan qator loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Jumladan, 3,2 km uzunlikdagi ichki yo‘llarni asfaltlashtirish, 3 km piyodalar yo‘laklarini qurish, 200 dona tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish, shuningdek, 1 km ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash rejalashtirilgan. Bundan tashqari, mahalla hududida 300 kVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasini qurish hamda hududni obodonlashtirish bo‘yicha tegishli ishlarni amalga oshirish belgilangan.   🔺Deputat tomonidan o‘rganish davomida amalga oshirilayotgan ishlarning borishi, xususan, aholi uchun qulay va xavfsiz piyoda harakatlanish imkoniyatini yaratishga qaratilgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Ayni vaqtda mahallada 3 km uzunlikdagi piyodalar yo‘laklarini qurish ishlari amalga oshirilgan. Ushbu yo‘laklarning barpo etilishi aholi, ayniqsa, piyodalarning xavfsiz va qulay harakatlanishini ta’minlash, hudud infratuzilmasini yaxshilashga xizmat qilishi qayd etildi.   🔺Shuningdek, ichki yo‘llarni asfaltlashtirish, tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, quyosh fotoelektr stansiyasini barpo etish va obodonlashtirish ishlari bo‘yicha belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash muhimligi qayd etildi.   Bizni quyidagi tarmoqlarda kuzanishingiz mumkin: 📱Telegram  📱Website  📱Facebook  📱Youtube  📱Instagram
72
7
Kengash qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi 🔺Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejas+5
Kengash qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi   🔺Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev va kotibiyat mudiri J.Sadirov tomonlaridan Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 7-avgustdagi VII-36-46-10-136-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan 1-sonli umumta’lim maktabida amalga oshirilgan ishlar holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.   🔺Kengash qaroriga muvofiq, umumta’lim maktabini belgilangan minimal talablar asosida “To‘siqsiz muhit” talablariga moslashtirish vazifasi belgilangan. Ushbu maqsadda maktab binosi va infratuzilmasini nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay va xavfsiz holatga keltirish, jumladan, ichki yo‘laklarda ko‘zi ojizlar uchun maxsus yo‘lakchalar va tutqichlar o‘rnatish, hojatxonalarni qayta jihozlash hamda korreksion sinf xonalari uchun zarur jihozlarni xarid qilish nazarda tutilgan. Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun zarur miqdorda mablag‘lar ham ajratilgan.   O‘rganish jarayonida maktab hududi va binosida amalga oshirilgan ishlar ko‘zdan kechirilib, belgilangan vazifalarning amaldagi ijrosiga baho berildi. Xususan, nogironlik aravachasidan foydalanuvchilar uchun yo‘lak qurilgani aniqlandi. Biroq “To‘siqsiz muhit” talablarini to‘liq ta’minlash borasida qator kamchiliklar saqlanib qolayotgani ma’lum bo‘ldi. Jumladan, maktab binosiga kirish-chiqishdagi eshik ostonasi pasaytirilmagan, bu esa nogironlik aravachasidan foydalanuvchilarning erkin harakatlanishiga noqulaylik tug‘dirishi mumkin. Shuningdek, ichki yo‘laklarda ko‘zi ojizlar uchun maxsus yo‘lakchalar tashkil etilmagan va zarur tutqichlar o‘rnatilmagan.   Bundan tashqari, maktabning ichki hojatxonasi ta’mirlanmagan hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar ehtiyojidan kelib chiqib moslashtirilmagani aniqlandi. Bu esa Kengash qarorida belgilangan ishlarning to‘liq amalga oshirilmagani, xususan, “To‘siqsiz muhit” talablarini ta’minlash bo‘yicha ishlar qoniqarsiz darajada bajarilayotgani qayd etildi.   🔵Aniqlangan kamchiliklar va Kengash qarori ijrosining ta’minlanmagani yuzasidan mas’ullarga deputatlik so‘rovi kiritish belgilandi.   Bizni quyidagi tarmoqlarda kuzanishingiz mumkin: 📱Telegram  📱Website  📱Facebook  📱Youtube  📱Instagram
77
8
Oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi 🔻Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq+8
Oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi   🔻Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputatlar J.Sadirov va O.Babayev tomonlaridan tumanning “Sari-Qangli” mahallasida joylashgan 12-sonli oilaviy poliklinika aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun yaratilgan sharoitlar, muassasaning moddiy-texnika bazasi bilan ta’minlanganlik holati, tibbiy xizmatlarni raqamlashtirish jarayonlari, elektron retsept berish amaliyoti hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati sessiyadan oldin o‘rganildi.   🔻O‘rganish davomida poliklinikada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun yaratilgan sharoitlar, mavjud tibbiy jihozlar va texnik vositalardan foydalanish holati ko‘zdan kechirildi. Muassasada xizmat ko‘rsatish jarayonini yanada qulay va samarali tashkil etish, aholiga tibbiy xizmatlarni o‘z vaqtida ko‘rsatish masalalariga e’tibor qaratildi. Shuningdek, tibbiy xizmatlarni raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham o‘rganildi. Jumladan, poliklinikada “D-Med” axborot tizimi ishlayotgani, tibbiy ma’lumotlarni elektron shaklda yuritish imkoniyatidan foydalanilayotgani qayd etildi.   🔻Tibbiy xizmatlarni raqamlashtirishning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan elektron retsept berish amaliyoti ham yo‘lga qo‘yilgan. Hozirda bemorlarga retseptlar elektron shaklda rasmiylashtirilmoqda. Bu esa tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonini tizimlashtirish, ma’lumotlarni elektron shaklda yuritish hamda retsept berish jarayonida qulaylik yaratishga xizmat qilmoqda.   🔻O‘rganish jarayonida poliklinikaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatiga ham alohida e’tibor qaratildi. Muassasadagi isitish qozoni texnik jihatdan soz holatda ekani ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, kuz-qish mavsumida uzluksiz issiqlik ta’minotini ta’minlash uchun ko‘mir zaxiralari mavjudligi katta hamshira G.Irmatova tomonidan ma’lum qilindi.   🔻Umuman, o‘rganish natijasida oilaviy poliklinikada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun zarur sharoitlar yaratilgani, moddiy-texnika ta’minoti holati qoniqarli ekani, raqamli tibbiy xizmatlardan foydalanilayotgani hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari ta’minlangani qayd etildi. Bizni quyidagi tarmoqlarda kuzanishingiz mumkin: 📱Telegram  📱Website  📱Facebook  📱Youtube  📱Instagram
79
9
“Sohil bo‘yi” drayver loyihasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi 🔺Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘+6
“Sohil bo‘yi” drayver loyihasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi   🔺Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan tumanda drayver loyiha sifatida amalga oshirilayotgan “Sohil bo‘yi” loyihasi doirasidagi bunyodkorlik ishlarining borishi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.   Mazkur loyiha tumanda aholining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, zamonaviy sayr va dam olish maskanlarini barpo etish, piyodalar hamda velosipedchilar uchun qulay infratuzilma yaratish, hududning sayyohlik va xizmat ko‘rsatish salohiyatini oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Ma’lumotlarga ko‘ra, loyihaning umumiy qiymati 16 mlrd so‘mni tashkil etadi. Loyiha doirasida “Navro‘z” va “S. Rahimov” mahallalaridan o‘tgan Ibn Sino ko‘chasining 1,2 km qismida sayilgoh tashkil etish, shuningdek, ko‘chaning 3,4 km qismini 24/7 xizmat ko‘rsatish ko‘chasiga aylantirish rejalashtirilgan. Loyiha doirasida hududda piyodalar va velosipedlar uchun alohida yo‘laklar barpo etish, aholi va tashrif buyuruvchilar uchun zamonaviy o‘rindiqlar o‘rnatish, dekorativ elementlar bilan bezatish, elektron tablo joylashtirish, manzarali daraxtlar ekish hamda avtomobillar uchun avtoturargoh tashkil etish ko‘zda tutilgan.   🔺Deputat tomonidan o‘rganish davomida ayni vaqtda loyiha hududida piyodalar yo‘laklarining asosiy qismini qurish ishlari olib borilayotgani ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, sohil bo‘yida aholining hordiq chiqarishi uchun mo‘ljallangan istirohat bog‘ini barpo etish ishlari ham davom ettirilmoqda.   🔺O‘rganish jarayonida amalga oshirilayotgan qurilish ishlarining sifati, belgilangan loyiha yechimlariga muvofiqligi hamda hududdan kelgusida samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi. Xususan, piyodalar yo‘laklari aholining xavfsiz va erkin harakatlanishini ta’minlashi, dam olish maskanlari esa tashrif buyuruvchilar uchun qulay sharoitlarni yaratishi muhimligi ta’kidlandi.   🔺Shuningdek, loyiha doirasida ko‘zda tutilgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, o‘rindiqlar, dekorativ elementlar, elektron tablo hamda avtoturargoh kabi obyektlarning ham belgilangan tartibda va sifatli tashkil etilishi lozimligi qayd etildi. Bizni quyidagi tarmoqlarda kuzanishingiz mumkin: 📱Telegram  📱Website  📱Facebook  📱Youtube  📱Instagram
75
10
Chiqindi tashish xizmati sifati o‘rganildi Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq+7
Chiqindi tashish xizmati sifati o‘rganildi   Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat A.Abdujamilovga biriktirilgan kotibiyat xodimi J.Sadirov tomonidan “Ma’rifat”, “Daxana”, “Navro‘z” mahallarida aholiga ko‘rsatilayotgan qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib chiqib ketish xizmati sifati, chiqindilarni yig‘ish punktlarining holati hamda belgilangan jadvalga rioya etilishi holati o‘rganildi.   O‘rganish davomida chiqindilarni yig‘ish punktlarida sanitariya va obodonlashtirish holatiga, chiqindilarning o‘z vaqtida olib chiqib ketilishiga hamda maxsus transport vositalarining xizmat ko‘rsatish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.   Joylardagi holatni o‘rganish jarayonida ayrim chiqindi yig‘ish punktlarida chiqindilar to‘planib qolgani, ularni belgilangan muddatlarda olib chiqib ketish ishlari to‘liq yo‘lga qo‘yilmagani aniqlandi. Xususan, aholiga chiqindi tashish xizmati ko‘rsatishda tasdiqlangan jadvalga to‘liq rioya etilmayotgani natijasida chiqindilarning belgilangan vaqtdan ortiq muddat davomida yig‘ilib qolishiga yo‘l qo‘yilmoqda. Shuningdek, chiqindilarni tashish xizmatini ko‘rsatuvchi korxonaning ixtiyoridagi jami 23 ta maxsus transport vositasidan 6 tasi nosoz holatda ekani ma’lum bo‘ldi. Mazkur holat chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish va aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini ta’minlashda muayyan qiyinchiliklarni keltirib chiqarayotgani qayd etildi.   O‘rganish davomida korxona mas’ullari bilan mavjud muammolar muhokama qilinib, maxsus texnikalardan samarali foydalanish, nosoz transport vositalarini qisqa muddatlarda ta’mirlash, chiqindilarni yig‘ish punktlarida to‘planib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda tasdiqlangan jadval asosida chiqindilarni muntazam ravishda olib chiqib ketish zarurligi ta’kidlandi. Bizni quyidagi tarmoqlarda kuzanishingiz mumkin: 📱Telegram  📱Website  📱Facebook  📱Youtube  📱Instagram
85
11
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”da olib borilayotgan ishlar o‘rganildi 🔺O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026+5
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”da olib borilayotgan ishlar o‘rganildi   🔺O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qaroriga asosan tumanda “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” maqomi berilgan “Uyenkulsay” mahallasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlarining borishi Kengash raisi O.Babayev va kotibiyat mudiri J.Sadirov tomonlaridan o‘rganildi.   “Uyenkulsay” mahallasi hududida 5,0 mlrd. so‘m mablag‘lar hisobidan 1,0 km uzunlikda ichki yo‘llarni asfaltlashtirish, 1,0 km uzunlikda piyoda yo‘lakchalarni qurish, 116 ta elektr tarmoqlarini o‘rnatish, 6,2 km uzunlikda SIP kabellarni tortish, 46 ta tungi chiroqlar o‘rnatish, 7 ta savdo va xizmat obyektlari tashkil qilish va 35 ta ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan.   🔺O‘rganish jarayonida ichki yo‘llarni asfaltlashtirish ishlari yakunlanganligi ko‘zdan kechirildi. Yo‘l qoplamasining holati, bajarilgan ishlarning sifati va hududning umumiy obodonlashtirilishiga e’tibor qaratildi. Mahallada davom ettirilayotgan piyodalar yo‘laklarini qurish ishlarini belgilangan talablar asosida sifatli amalga oshirish, piyodalar uchun xavfsiz va qulay harakatlanish sharoitlarini yaratish muhimligi ta’kidlandi. 🔺Mahallada amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi, aholiga yaratilayotgan qulayliklar va mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar bildirildi. “Uyenkulsay” mahallasida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” maqomi doirasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va infratuzilma loyihalarining sifatli va o‘z muddatida yakunlanishi deputatlik nazorati doirasida kuzatib borilishi belgilandi.   Bizni quyidagi tarmoqlarda kuzanishingiz mumkin: 📱Telegram  📱Website  📱Facebook  📱Youtube  📱Instagram
79
12
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”da olib borilayotgan ishlar o‘rganildi 🔺O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026+6
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”da olib borilayotgan ishlar o‘rganildi   🔺O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qaroriga asosan tumanda “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” maqomi berilgan “Uyenkulsay” mahallasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlarining borishi Kengash raisi O.Babayev va kotibiyat mudiri J.Sadirov tomonlaridan o‘rganildi.   “Uyenkulsay” mahallasi hududida 5,0 mlrd. so‘m mablag‘lar hisobidan 1,0 km uzunlikda ichki yo‘llarni asfaltlashtirish, 1,0 km uzunlikda piyoda yo‘lakchalarni qurish, 116 ta elektr tarmoqlarini o‘rnatish, 6,2 km uzunlikda SIP kabellarni tortish, 46 ta tungi chiroqlar o‘rnatish, 7 ta savdo va xizmat obyektlari tashkil qilish va 35 ta ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan.   🔺O‘rganish jarayonida ichki yo‘llarni asfaltlashtirish ishlari yakunlanganligi ko‘zdan kechirildi. Yo‘l qoplamasining holati, bajarilgan ishlarning sifati va hududning umumiy obodonlashtirilishiga e’tibor qaratildi. Mahallada davom ettirilayotgan piyodalar yo‘laklarini qurish ishlarini belgilangan talablar asosida sifatli amalga oshirish, piyodalar uchun xavfsiz va qulay harakatlanish sharoitlarini yaratish muhimligi ta’kidlandi. 🔺Mahallada amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi, aholiga yaratilayotgan qulayliklar va mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar bildirildi. “Uyenkulsay” mahallasida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” maqomi doirasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va infratuzilma loyihalarining sifatli va o‘z muddatida yakunlanishi deputatlik nazorati doirasida kuzatib borilishi belgilandi.   Bizni quyidagi tarmoqlarda kuzanishingiz mumkin: 📱Telegram  📱Website  📱Facebook  📱Youtube  📱Instagram
1
13
✅Tuman budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan tadbirlarga mablagʻ tuman hokimligining takliflariga asosan xalq deputatlar
✅Tuman budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan tadbirlarga mablagʻ tuman hokimligining takliflariga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi qarori asosida yoʻnaltiriladi. Bunda: Kengashning qarorlari asosida tuman hokimiga tuman budjetining qoʻshimcha manbalaridan mustaqil yoki umumiy tartibda foydalanishga ruxsat berish qatʼiyan taqiqlanadi.   Asos: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 12-martdagi KQ-325-son Qarori
82
14
Oilaviy poliklinikada tibbiy xizmat sifati va raqamlashtirish jarayonlari o‘rganildi 🔻Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Ken+5
Oilaviy poliklinikada tibbiy xizmat sifati va raqamlashtirish jarayonlari o‘rganildi   🔻Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Sadirov va O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat B.Kamalov tomonlaridan tumanning “Tovoqsoy” mahallasida joylashgan 11-sonli oilaviy poliklinikada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, sog‘liqni saqlash tizimida raqamlashtirish jarayonlarining joriy etilishi hamda bemorlarga elektron retsept berish amaliyoti o‘rganildi.   🔻O‘rganish davomida fuqarolarga tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayoni, shifokor qabulini tashkil etish, bemorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish va tibbiy xizmatlarni zamonaviy axborot texnologiyalari asosida tashkil etish holatiga e’tibor qaratildi. Shuningdek, tibbiyot sohasida raqamlashtirish ishlarining amaldagi holati, elektron tizimlardan foydalanish, bemorlarga elektron retsept rasmiylashtirish va berish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.   🔻Elektron retsept tizimi tibbiy xizmatlarni yanada tartibli va shaffof tashkil etish, bemorga tayinlangan dori vositalari haqidagi ma’lumotlarni elektron shaklda yuritish hamda jarayonlarni raqamlashtirishda muhim ahamiyat kasb etganligi bois mazkur tizimdan foydalanishda tibbiyot xodimlarining mas’uliyati va belgilangan tartiblarga rioya etishi muhimligi ta’kidlandi.   🔻O‘rganish jarayonida elektron retsept berish bilan bog‘liq ayrim kamchiliklar ham aniqlanib, ularni tezkor bartaraf etish, tibbiyot xodimlariga tizimdan to‘g‘ri va samarali foydalanish bo‘yicha zarur amaliy ko‘mak ko‘rsatish, elektron retsept berish jarayonini muntazam nazorat qilib borish hamda aholiga noqulayliklar kelib chiqishining oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Bizni quyidagi tarmoqlarda kuzanishingiz mumkin: 📱 Telegram 📱 Website 📱 Facebook 📱 Youtube 📱 Instagram
73
15
“Tashabbusli budjet” doirasida qo‘shimcha g‘oliblarni aniqlash bo‘yicha takliflar o‘rganildi 🔺Xalq deputatlari Bo‘stonliq tu+8
“Tashabbusli budjet” doirasida qo‘shimcha g‘oliblarni aniqlash bo‘yicha takliflar o‘rganildi   🔺Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi raisi O.Babayev, Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi F.Axmedov, O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi deputati J.Jumayev tomonlaridan “Tashabbusli budjet” loyihasining 2-mavsumida fuqarolar tomonidan eng ko‘p ovoz to‘plagan, biroq g‘olib bo‘lmagan takliflar o‘rganildi.   🔺O‘rganish davomida “S.Raximov” mahallasida joylashgan 22-sonli umumta’lim maktabi binosining tom qismi va derazalarini ta’mirlash, “Fazogir” mahallasidagi 18-sonli umumta’lim maktabi binosining fasad va xonalarini ta’mirlash, “Nanay” mahallasidagi 44-sonli umumta’lim maktabining issiqlik tizimini ta’mirlash, deraza romlarini yangilash takliflari joyiga chiqqan holda ko‘rib chiqildi.   🔺O‘rganish natijalariga asosan qo‘shimcha g‘olib deb topish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.   Bizni quyidagi tarmoqlarda kuzanishingiz mumkin: 📱 Telegram 📱 Website 📱 Facebook 📱 Youtube 📱 Instagram
73
16
Davlat xizmatlari markazida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi 🔻Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengash+3
Davlat xizmatlari markazida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi   🔻Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat D.Xolmurotov tomonidan tuman Davlat xizmatlari markazida aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining sifati, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar hamda FHDYo bo‘limi faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi.   🔻O‘rganish jarayonida markazga murojaat qilayotgan fuqarolarga xizmat ko‘rsatish jarayoni, ularning murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish, zarur hujjatlarni rasmiylashtirish hamda davlat xizmatlarini belgilangan tartibda ko‘rsatish holatiga e’tibor qaratildi. Shuningdek, aholi uchun yaratilgan sharoitlar, kutish joylari, xizmat olish jarayonida fuqarolarga qulayliklar yaratilganligi hamda xizmat ko‘rsatish madaniyati o‘rganildi. Fuqarolarning davlat xizmatlaridan foydalanishda ortiqcha ovoragarchilik va vaqt sarfining oldini olish, xizmatlarni tezkor va sifatli ko‘rsatish muhimligi ta’kidlandi.   🔻O‘rganish davomida FHDYo bo‘limi faoliyatiga ham alohida e’tibor qaratildi. Bo‘lim tomonidan fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish va aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq ishlar holati ko‘zdan kechirildi.   🔻O‘rganish yakunida mas’ul xodimlar bilan mavjud masalalar muhokama qilinib, aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, fuqarolarning murojaatlariga e’tiborli munosabatda bo‘lish va yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berildi. Bizni quyidagi tarmoqlarda kuzanishingiz mumkin: 📱 Telegram 📱 Website 📱 Facebook 📱 Youtube 📱 Instagram
80
17
Mahalla bankiri faoliyati o‘rganildi 🔺Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga m
Mahalla bankiri faoliyati o‘rganildi   🔺Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Kulbayev tomonidan tumanning “Sari-Qangli” mahallasiga biriktirilgan bank xodimi G.Tillabayevaning faoliyati o‘rganildi.   🔺O‘rganish jarayonida mahalla bankirining aholi bilan bevosita muloqot qilishi, fuqarolarning moliyaviy ehtiyojlarini o‘rganishi va ularga mavjud bank xizmatlari, kreditlash imkoniyatlari hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borishiga e’tibor qaratildi.   🔺Deputat tomonidan mahalla bankirining faoliyatida manzillilik va natijadorlikka alohida e’tibor qaratish, fuqaroni kredit ajratish bilan cheklanib qolmasdan, ajratilgan mablag‘ning maqsadli ishlatilishi va yaratilgan loyihaning daromad keltirishigacha bo‘lgan jarayonni kuzatib borish zarurligi qayd etildi.   🔺O‘rganish yakunida mahalla bankiriga aholi bilan ishlashni yanada kuchaytirish, tadbirkorlikka qiziqishi bo‘lgan fuqarolarni aniqlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Bizni quyidagi tarmoqlarda kuzanishingiz mumkin: 📱 Telegram 📱 Website 📱 Facebook 📱 Youtube 📱 Instagram
73
18
Tadbirkorlarning murojaatlari yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi 🔻O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslar mur+6
Tadbirkorlarning murojaatlari yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi   🔻O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaati to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq tumanning “Barraj” mahallasida faoliyat olib boruvchi tadbirkorlik subyektlarining ijtimoiy tarmoq orqali bildirgan murojaatlari Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Sadirov hamda okrug deputati B.Kamalov tomonidan o‘rganildi.   🔻O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-son qaroriga asosan tumanda “Toshkent–Chirchiq–Chimyon” hamda “Bektemir–G‘azalkent–Chorbog‘” yo‘nalishlaridagi avtomobil yo‘llarini Chirchiq daryosi ustidan barpo etilayotgan yangi ko‘prik orqali o‘zaro bog‘lash bo‘yicha amalga oshirilayotgan qurilish ishlari doirasida “Toshkent–Xo‘jakent” temir yo‘li izlari qayta qurilib, temir yo‘l kesishmasi demontaj qilingan. Ushbu holat hududdagi bir qator ishlab chiqarish korxonalarining xom ashyo yetkazish va tayyor mahsulotlarini olib ketish imkoniyatlari cheklanishiga olib kelgan.   🔻O‘rganish davomida murojaatchilar bilan suhbatlashilib, holatga aniqlik kiritildi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ hamda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi mas’ullari bilan bog‘lanilib, muammoni bartaraf etish bo‘yicha takliflari tinglandi.   🔻Mutasaddi tashkilot vakillari tomonidan hozirda hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining avtotransport vositalari harakatlarini ta’minlash maqsadida vaqtinchalik temir yo‘l kesishmasini qurish ishlari amalga oshirilayotgan bo‘lib, loyiha-smeta hujjatlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgach, muammo to‘liq yechilishini ma’lum qilindi. Mazkur masala yuzasidan deputatlik nazorati o‘rnatildi.
92
19
🔺Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan MEDIA-REJAGA muvofiq tumanda turizm salohiyatini o
🔺Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan MEDIA-REJAGA muvofiq tumanda turizm salohiyatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar yuzasidan Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Sadirov Jamshid Ergashovich intervyusi. Bizni quyidagi tarmoqlarda kuzanishingiz mumkin: 📱 Telegram 📱 Website 📱 Facebook 📱 Youtube 📱 Instagram
95
20
Aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash choralari ko‘rildi 🔻Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashiga O‘zbek+2
Aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash choralari ko‘rildi   🔻Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Mirabdullayev tashabbusi bilan tumanning “Besh-tut” mahallasida istiqomat qiluvchi aholini uzluksiz va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, elektr tarmoqlaridagi mavjud muammolarni bartaraf etish hamda ta’minot ishonchliligini oshirish maqsadida amaliy ishlar olib borildi.   🔻O‘rganishlar va aholi bilan muloqotlar davomida elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, elektr uzatish tarmoqlarining texnik holati, mavjud tayanch ustunlarning sozligi va ularning xavfsizligi bilan bog‘liq holatlar ko‘rib chiqildi.   🔻Mazkur masalalarni bartaraf etish maqsadida mahallada 7 ta beton elektr ustuni yangilandi. Eski va yaroqsiz holatga kelgan ustunlarning yangilanishi, aholi xonadonlariga elektr energiyasini barqaror yetkazib berish hamda xavfsizlikni ta’minlashda bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijasida mahalladagi elektr tarmoqlarining texnik holatini yaxshilashga erishilib, aholi uchun yanada barqaror elektr ta’minotini ta’minlashga sharoit yaratildi.   🔻Deputat tomonidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni aniqlash va ularni tezkor bartaraf etish, ayniqsa, aholi murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rganish hamda zarur choralarni ko‘rish muhimligi ta’kidlandi. Bizni quyidagi tarmoqlarda kuzanishingiz mumkin: 📱 Telegram 📱 Website 📱 Facebook 📱 Youtube 📱 Instagram
95