cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

"NAVOIYAZOT" AJ | Rasmiy kanali

Kimyo sanoati mahsulotlarini ishlab chiqaradigan yirik korxona. Matbuot xizmati bilan aloqa: @Navoiyazot_AJ_Press Manzil: Navoy shahri, Navoiy-5 Telefon: (+998 436) 229 22 00 Facebook: https://www.facebook.com/profile.php?id=61554202743028

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
2 748
مشترکین
-524 ساعت
-57 روز
+19130 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

01:10
Video unavailableShow in Telegram
👍👍👍👍👍 #yoz_2024 “Navoiyazot”AJ tasarrufidagi “Oftobjon” yozgi bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi dam oluvchilarni qabul qilishga shay. 👍"NAVOIYAZOT" AJ AXBOROT XIZMATI ✉️telegram |📱instagram |📱facebook|🌐Web-site 🌐youtube
نمایش همه...
IMG_8884.MP46.14 MB
👍 9
👍👍👍👍👍 #bunyodkorlik #LIVE ICHKI YO‘LLAR TA'MIRLANMOQDA ▶️Ayni vaqtda "Navoiyazot"AJ hududidagi ichki yo‘llarda ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Transport vositalari va xodimlarning harakatlanishida qulaylik yaratish maqsadida 3 km masofaga asfalt qoplama yotqizilyapti. Bu jarayonga zamonaviy texnika vositalari, malakali yo‘lsozlar jalb etildi. 👍"NAVOIYAZOT" AJ AXBOROT XIZMATI ✉️telegram |📱instagram |📱facebook|🌐Web-site 🌐youtube
نمایش همه...
👍 16 1
👍👍👍👍👍 #jarayon SAYYOR QABUL TASHKIL ETILDI ➡️Korxonaga biriktirilgan Navoiy shahridagi “Chinor”MFY aholisi bilan jamiyat mutasaddilarining sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. ➡️Unda mahalla faollari va hududda istiqomat qiluvchi fuqarolar ishtirok etdilar. ➡️Muloqotda murojaatlar tinglandi. Bandlik, ijtimoiy himoya, tadbirkorlik uchun imkoniyat, yoshlar va xotin-qizlar muammolari o‘rganildi, savollarga javob, mavzuga oid ma’lumotlar berildi, shuningdek, takliflar o‘rganildi. 👍"NAVOIYAZOT" AJ AXBOROT XIZMATI ✉️telegram |📱instagram |📱facebook|🌐Web-site 🌐youtube
نمایش همه...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
👍👍👍👍👍 🗣💬👍 “Kim naf keltirishni istasa hatto qo‘llari bog‘langan holda ham juda ko‘p yaxshilik qilishi mumkin”. ✍️Fyodor Dostoyevskiy 📝📝 🗣💬👍 “Кто хочет приносить пользу, тот даже со связанными руками может сделать много добра”. ✍️Фёдор Достоевский 👍"NAVOIYAZOT" AJ AXBOROT XIZMATI ✉️telegram |📱instagram |📱facebook|🌐Web-site 🌐youtube
نمایش همه...
👍 6
👍👍👍👍👍 #YOZ_2024 “OFTOBJON” MAVSUMGA SHAY 🟠“Navoiyazot”AJ tasarrufidagi “Oftobjon” bolalar yozgi sog‘lomlashtirish oromgohida dam oluvchilar uchun barcha imkoniyatlar yaratildi. 🟠Hudud ko‘kalamzorlashtirildi, yanada obod manzilga aylandi, mevali va manzarali daraxtlar, gullar ekilib, tabiatning go‘zalligi ko‘zni quvontirmoqda. 🟠Oromgohga 10-iyunda ilk mavsum dam oluvchilari qabul qilinadi. Bir vaqtning o‘zida 300 nafar bolajonlarni qabul qilish imkoni bo‘lgan maskanda korxona xodimlarining farzandlari imtiyozli ravishda dam oladilar. 🟠Sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovqatlanish, sifatli tibbiy xizmat, madaniy-ma’rifiy tadbirlar bolajonlarning mazmunli, xavfsiz va maroqli dam olishlariga xizmat qiladi. 🟠Bu jarayonga 32 nafar malakali tarbiyachi va yetakchilar jalb etilgan. 👍"NAVOIYAZOT" AJ AXBOROT XIZMATI ✉️telegram |📱instagram |📱facebook|🌐Web-site 🌐youtube
نمایش همه...
👍 13
👍👍👍👍👍 #Navoiy_kimyogari 🖥“Navoiy kimyogari” gazetasining 7-iyundagi 24-sonini elektron ko‘rinishda e’tiboringizga havola etamiz. 👍"NAVOIYAZOT" AJ AXBOROT XIZMATI ✉️telegram |📱instagram |📱facebook|🌐Web-site 🌐youtube
نمایش همه...
NK №24 ПОРТАЛ.pdf5.97 KB
👍 3
02:04
Video unavailableShow in Telegram
👍👍👍👍👍 #OAV_BIZ_HAQIMIZDA #VILOYAT_RADIOSI 🎙“Viloyat yangiliklari” eshittirishida korxona xodimlarining oila a’zolariga pillachilik bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan imkoniyat haqida ma’lumot berildi. 👍"NAVOIYAZOT" AJ AXBOROT XIZMATI ✉️telegram |📱instagram |📱facebook|🌐Web-site 🌐youtube
نمایش همه...
пиллачилик.mp446.18 MB
👍👍👍👍👍 #pilla_2024 PILLACHILIK - DAROMAD MANBAI 🔵Bugun pillachilik korxona xodimlarining yaqinlari uchun qo‘shimcha daromad manbaiga aylandi. 🔵Navbahorlik kimyogarlarning oila a’zolari ham ipak qurti boqib, yuqori hosil olishdi. Imkoniyat va halol mehnat orqali topilgan daromad xonadon sohiblarining moddiy manfaatdorligini ta’minladi. 🔵Mehnatsevar, tashabbuskor soha vakillari mavsumiy ish bilan ta’minlangan yaqinlarining natijasidan mamnun. 👍"NAVOIYAZOT" AJ AXBOROT XIZMATI ✉️telegram |📱instagram |📱facebook|🌐Web-site 🌐youtube
نمایش همه...
👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
👍👍👍👍👍 #rasmiy_munosabat RASMIY MUNOSABAT Ijtimoiy tarmoqlarda tungi, yomg‘ir yog‘ayotgan paytda “Navoiyazot”AJ joylashgan hududda olov yonib turganligi aks etgan video tarqaldi. Korxona mutasaddilari ushbu holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi. Yonuvchan va zaharli gazlar yoki bug‘larning davriy, favqulodda yoki doimiy chiqishi natijasida tutunsiz va zararsiz yondirish uchun neft hamda gazni qayta ishlash, kimyo korxonalarida mash’ala (fakel) tizimlari o‘rnatiladi. Uning vazifasi gaz yoqilishi natijasida atmosfera ifloslanishining oldini olish hisoblanadi. Mash’alada yoqiladigan gazlar va bug‘ favqulodda vaziyat, quvvatlarni ishga tushirish va to‘xtatish vaqtida nisbatan ko‘proq ajralishi mumkin. Shuningdek, ishlab chiqarishda gazlar va bug‘ doimiy hosil bo‘lishi mumkin. Ular texnologiyaga ko‘ra yonish uchun mash’alaga yo‘naltiriladi va gaz miqdorining kamligi tufayli uzoq masofadan ko‘rinmaydi. Mash’aladagi alanga hajmi bulutli kun, yog‘ingarchilik vaqtida hamda atmosfera bosimiga bog‘liq holda uzoq masofadan sanoatdan xabari bo‘lmagan kishilarga vahimali ko‘rinishi mumkin. Shundan kelib chiqib, kimyo sohasidan bexabar fuqarolardan insonlarni vahimaga soluvchi va korxona nufuziga putur yetkazishga qaratilgan har qanday asoslanmagan ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqda tarqatmasliklari so‘raladi. 👍"NAVOIYAZOT" AJ AXBOROT XIZMATI ✉️telegram |📱instagram |📱facebook|🌐Web-site 🌐youtube
نمایش همه...
👍 8
👍👍👍👍👍 5️⃣5️⃣5️⃣ #yosh_kitobxon 📚18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan xodimlar ishtirokidagi “Yosh kitobxon” tanlovining korxona bosqichiga start berildi. 📚G‘olib bo‘lish uchun ishtirokchilar tavsiya etilgan 20 ta adabiyotdan tayyorlangan savollarga javob berishlari lozim. 📚Kitobxonlikda yetakchi bo‘lgan yoshlar navbatdagi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritishadi. 📚Eslatib o‘tamiz, “Yosh kitobxon” tanlovining respublika bosqichida 3-o‘rinni egallagan xodim 10 million so‘m, 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan mutaxassis 15 million so‘m, faxrli 1-o‘rin sohibi esa 20 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi. 👍"NAVOIYAZOT" AJ AXBOROT XIZMATI ✉️telegram |📱instagram |📱facebook|🌐Web-site 🌐youtube
نمایش همه...