cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

پست‌های تبلیغاتی
2 541
مشترکین
-124 ساعت
+57 روز
-230 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

🛡#cybermonth Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish - davr talabi 〰〰〰 Termiz shahrida jamoat joylarida aholi o‘rtasida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Patrul post xizmati tomonidan kiber jinoyatlarning oldini olish, firibgarlarga aldanib qolmaslik yuzasidan targ‘ibot ishlari amalga oshirildi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
نمایش همه...
22.48 MB
00:53
Video unavailableShow in Telegram
✅ Бугун ⏰ 20:30 📺 Сурхондарё телеканалида 📡Жонли эфирда Қумқўрғон туманидаги сектор раҳбарлари, тумандаги корхона ва ташкилотлар масъуллари иштирокида жонли мулоқот бўлиб ўтади.
نمایش همه...
muloqot anons.mp46.33 MB
👍 2
"Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi 💎Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari, jahonda va mamlakatimizda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi. Unda Unda tuman hokimligi xodimlari, tashkilot va idora rahbar va xodimlari ishtirok etdi. 💎Mazkur o‘quv soatida spikerlar tomonidan salohiyatli kadrlar zaxirasini shakllantirish tartibi, "Mutolaa vaqti" rukni, huquqiy savodxonlik (hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati) haqida to‘xtalib o‘tildi. 💎Ushbu online siyosiy-ma’rifat soati Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda You Tube orqali kuzatib borishingiz mumkin. Telegram | Instagram | YouTube | Web-site | Facebook
نمایش همه...
👍 3🕊 1
📚АОКА ташаббуси билан “Китобхон болалар” лойиҳаси асосида 100 жилддан иборат тўплам чоп этилади Ахборот ва оммавий коммуникациялар агентлиги болалар адибларининг кичкинтойлар ҳамда ўсмирларга мўлжалланган ижодларидан иборат 100 жилдли тўпламни чоп этишга қаратилган “Китобхон болалар” лойиҳасини амалга оширмоқда. Агентлик тизимидаги “Ўзбекистон нашриёти” ДУК томонидан ушбу лойиҳа доирасида 20 номдаги болалар адабиёти нашрга тайёрланди. Ушбу йигирматаликдан Турсунбой Адашбоев, Қамбар Ота, Ҳамза Имонбердиев, Кавсар Турдиева, Абдураҳмон Акбар, Муҳиддин Омон, Равшан Исҳоқов ва Ориф Тўхташ каби болалар адибларининг ижод намуналари ўрин олган. Таъкидлаш жоизки, жорий йил якунига қадар болалар ёзувчиси ва шоирларининг жами 50 номда, 2025 йилда яна шунча номдаги тўплам нашр этилиши кўзда тутилган. Эслатиб ўтамиз, АОКА томонидан амалга оширилаётган “Китобхон болалар” лойиҳаси Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев раислигида 2023 йил 22 декабрь куни Республика Маънавият ва маърифат кенгашининг кенгайтирилган йиғилишида белгиланган вазифалар ижроси доирасида амалга оширилмоқда. Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
نمایش همه...
02:27
Video unavailableShow in Telegram
АОКА тизимидаги "Ўзбекистон" ДУК нашриёти томонидан “Китобхон болалар” лойиҳаси доирасида 20 номдаги болалар адабиёти нашрга тайёрлагани хабар қилинган эди. Ахборот ва оммавий коммуникациялар агентлиги томонидан нашрлардан бири — Ориф Тўхташнинг "Шалола" шеърий тўпламидан “Укамнинг туши” шеъри асосида сунъий интеллект ёрдамида 3D аннимацион видеоролик ишланди. ⚡️ Маълумот учун: "Шалола" шеърий тўплами 5000 нусхада чоп этилган. Китобдан ўрин олган турли мавзуларда қизиқарли ва ажойиб саргузаштларга бой шеърлар ўқувчи болажонларни қизиқтириши, шубҳасиз. "Шалола" шеърий тўпламни барча китоб дўконларидан харид қилишингиз мумкин. Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
نمایش همه...
Shalola_720.mp445.38 MB
Photo unavailableShow in Telegram
📊Surxondaryoda chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning sonini bilasizmi? 📈Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning 1-iyul holatiga, viloyatmizda chet el investitsiyalari ishtirokidagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 319 tani tashkil etdi. Ularning hududlar kesimidagi ko‘rinishi quyidagicha aks etdi: 🔷Termiz shahrida – 190 ta 🔷Uzun tumanida – 18 ta 🔷Termiz tumanida – 18 ta 🔷Sariosiyo tumanida – 15 ta 🔷Denov tumanida – 12 ta 🔷Boysun tumanida – 12 ta 🔷Muzrabot tumanida – 11 ta 🔷Sho‘rchi tumanida – 11 ta 🔷Angor tumanida – 9 ta 🔷Qumqo‘rg‘on tumanida – 7 ta 🔷Jarqo‘rg‘on tumanida – 7 ta 🔷Sherobod tumanida – 4 ta 🔷Qiziriq tumanida – 2 ta 🔷Bandixon tumanida – 2 ta 🔷Oltinsoy tumanida – 1 ta Telegram | Instagram | YouTube | Web-site | Facebool
نمایش همه...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
❗️«O‘zgidromet» tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkinligi haqida xabar berdi Xabarda joriy yilning 13-16-iyul kunlari kutilayotgan yomg‘ir yog‘ishi sababli, respublikamizning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, jumladan: Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Muzrabot tumanlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkinligi ma'lum qilingan. 📞 Yuqoridagilarni inobatga olib, tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rishlarini, toshqin suvlari, sel oqimlari va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq xavflar yuzaga kelgan taqdirda tezkor shtablarga 101, 1050 telefon raqamlari orqali murojaat qilishlarini so‘raymiz. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
نمایش همه...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
📊Surxondaryoning qaysi hududida yangi korxonalar ko‘proq tashkil etilgan? Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, viloyatmizda 2024-yil yanvar-iyun oylarida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) jami 2 720 ta bo‘lib, ular hududlar kesimida quyidagi ko‘rinishda taqsimlandi: 🔷Termiz shahri – 486 ta 🔷Denov tumani – 343 ta 🔷Jarqo‘rg‘on tumani – 314 ta 🔷Sho‘rchi tumani – 214 ta 🔷Sherobod tumani – 166 ta 🔷Oltinsoy tumani – 161 ta 🔷Qiziriq tumani – 161 ta 🔷Qumqo‘rg‘on tumani – 147 ta 🔷Sariosiyo tumani – 134 ta 🔷Angor tumani – 135 ta 🔷Termiz tumani – 123 ta 🔷Uzun tumani – 93 ta 🔷Boysun tumani – 89 ta1 🔷Muzrabot tumani – 87 ta 🔷Bandixon tumani – 67 ta ➡️Axborot xizmati ✅ Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site
نمایش همه...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
📢 Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha takliflaringizni yo‘llang va barqarorlikka o‘z hissangizni qo‘shing! O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan yashirin iqtisodiyotni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etishga qaratilgan takliflarni qabul qilish maqsadida “yashirin_iqtisodiyot_takliflar” nomli telegram boti ishga tushirildi. Ushbu bot orqali qurilish, farmasevtika, ulgurji savdo, xizmatlar ko‘rsatish, ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, transport sohasi, umumiy ovqatlanish, turizm, ko‘chmas mulk savdosi, alkogol, bozorlar, soliq imtiyozlari, soliq to‘lovlari, soliq tekshiruvlari, soliq ma’murchiligi, raqamlashtirishdagi mavjud muammolar, korrupsiyani oldini olish hamda ma’muriy tartib-taomillar kabi bir qator yo‘nalishlarda shakllangan xufiyona aylanmalarni oldini olishga qaratilgan takliflar bildirish mumkin. ❗️Eslatma: ushbu telegram bot orqali individual murojaatlar emas, balki tizimli muammolarni bartaraf etishga qaratilgan aniq taklif va tavsiyalar qabul qilinadi va ko‘rib chiqiladi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
نمایش همه...
🛡#cybermonth ⚠️ Diqqat, yangi firibgarlik ⛔️ Kartangizda pul bo‘lmasa ham kartangiz ma’lumotlari va bir martalik SMS-kodni begona shaxslarga aytmang! 💻Firibgarlar sizning nomingizga kredit rasmiylashtirishga urinishadi. 📹 Buni qanday uddalashmoqda? Batafsil ushbu videoda. 〰️〰️〰️ Kiber madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha navbatdagi targ‘ibot tadbiri Uzunda o‘tkazildi Tadbirda, O‘zbekiston Respublikasi IIV Tezkor qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi, viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘limi mas’ullari, tashkilot va idorlar, huquqtartibot organlari mutasaddilari, mahalla “yettiligi” a’zolari hamda fuqarolar ishtirok etdi. Tadbir davomida, hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolarimiz firibgarlik, o‘g‘rilik va boshqa shu kabi jinoyatlar qurboniga aylanib qolayotganligi haqida so‘z yuritilib, ushbu jinoyat qurboniga aylanmaslik uchun amal qilinishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan tushuntirishlar berildi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
نمایش همه...
Kiberxavsizlik 720p.mp431.10 MB
👍 3
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.