San'at tanqidchisi kundaligi(non-conformist)
رفتن به کانال در Telegram
Estetik did, kino va vizaul poeziya haqida ba'zida esa muhabbat fojealari haqida yozaman. Diqqat! Diktatura!!
نمایش بیشتر778
مشترکین
+124 ساعت
-27 روز
-1030 روز
آرشیو پست ها
Tarixchi-faylasuf B.Alimjonovning kitobida haqida qisqacha:
Yangi kitob bilan obdon tanishib chiqdim, matni yengil, oson o'qiladi. Kitobdagi fikrlar muallifning tarixdan xulosasi haqida she'riy-manifest shaklida bayon qilingandek. Zukko o'quvchi uchun kitob huddi intellectual comedy-show tomosha qilgandek tuyiladi. Kitobda tarixning jinnixona, qamoqxona, kosmos, iqlim, adabiyot, mafkura... kabi tushunchalar bilan aloqasi haqida ajoyib fikrlar aytilgan. Ammo san'at va tarix aloqasi haqida biron jumla uchramadi. Meningcha, mana shu narsa B.Alimjonovning tarixiy xatosi. Nega bu xulosaga keldim? oddiy tushuntiraman: o'tmishdagi yirik sivilizatsiyalar, imperiyalar, umuman davlatchilik shaharsozlikdan boshlanadi. Shaharsozlik esa arxitekturadan boshlanadi. Arxitektura esa bu san'atning bir turi. Umuman Karl Marksgacha bo'lgan tarix bu - Saroylar va Ibodatxonalar tarixi. Ikkalasining asosi esa arxitektura, ya'ni san'at.
Aytmoqchimanki, tarix san'at(ijodkorlik)dan boshlanadi. Chunki tarix yozilishi uchun avvalo biron narsa yaratilishi, yashashi va yakunlanishi kerak.
Hech narsa paydo bo'lmasa hechqanday tarix ham bo'lmaydi.
Umuman olganda kitobning o'zi ajoyib, har bir o'zbek ziyolisi kitobni o'qishi, tarix va o'zligi haqida xulosa chiqarishi uchun muhim fikrlar bor.
@artjingo
“Literature is news that stays news.”
–Ezra Pound
Adabiyot bu - eskirmaydigan yangilik
@artjingo
Kecha Kann festivalining bosh sovrinini "ruminiya yangi to'lqini" asosiy figuranti Kristian Manjiuning "Fjord"(2026) filmi "Oltin palma yaprog'i" mukofatini qo'lga kiritibdi. Bu film hali ekranlarga chiqmaydi. Shuning uchun Kristian Manjiuning 2017-yilda yaratilgan "4 Oy, 3 hafta va 2 kun" filmi ham Kannda bosh sovrin qo'lga kiritgan. Film ruminiyada noqununiy abort ishlari haqida real voqealarga asoslangan. Xullas, dahshatli va dolzarb kino. Tavsiya qilaman.
@artjingo
Kutib oling, "Suzani Feminism"
©Muallif: PhD Almira Tabaeva
Mana sizlarga ilmiy-falsafiy, dekolonial feministik tafakkurning yaqqol na'munasi. Bu san'atshunoslik fani uchun ham qimmatli yangilik.
Yaqin kunlarda Suzani Feminism haqida yirik maqola ham nashr etiladi.
@artjingo
Kinoteatrlarda hind kinolarini tomosha qilib, kinodagi qo'shiqlariga raqs tushish urfga aylanibdimi? Instagramda rosa shunaqa videolar chiqdi. Lekin vibe zo'rakan)) Nima deb o'ylasilar nega bu urfga aylanyapti?
Luis Bunuelning filmlari judayam yoqadi menga. Chunki u burjuacha estetikani, shaharga xos san'at madaniyatini, saroy san'atini, marginal san'at vakillarini keskin, sharmandalarcha tanqid qiladi. Hammaning ham qo'lidan kelavermaydi bu narsa.
Luis Buñuelning “Viridiana” filmi Kann festivalining “Oltin palma yaprog‘i” mukofotiga sazovor bo‘lgan yagona ispan filmi sanaladi.
Film o‘zining yuksak maqomiga qaramay, film Vatikan cherkovi tomonidan taqiqlangan: cherkov uni kufrona va muqaddas qadriyatlarni tahqirlovchi asar deb baholagan.
Biroq film atrofidagi shov-shuv va qiziqish faqat unga ko‘pincha nisbat beriladigan antiklerikal ruh — ya’ni cherkov tanqidiga borib taqalmaydi. Eng avvalo, Buñuel kinosi doimo syurrealistik tabiatga ega bo‘lgan.
Shu bois uning kino tili inson ongosti zulmatiga mansub obrazlar, istaklar va qo‘rquvlar bilan to‘yingan.
Fetishizm, nekrofiliya va, albatta, kino san’atining o‘z mohiyatiga aylangan voyerizm — bularning barchasi nafis oq-qora tasvir bilan qo‘shilib, “Viridiana”ni betakror san’at asariga aylantiradi.
©Gilana Kilganova
@artjingo
****
Кундузлар кечага айланиб қолди,
Яна бошимизга югурди тўфон.
Сендан айрилдиму... Сен билан қолдим —
Ёмон.
Ёмон. Яшаш менгзар босинқирашга,
Кўзингда ёш йўқдир йиғламоқ бўлсанг.
Юракни отсангу қирғин талошга —
Ўлсанг.
Ўлсанг!.. Шундай ўлсанг... Шу қадар ўлсанг,
Дунёда қолмаса бир тола сезгинг.
...Фақат бош тортса бас сени кўмишдан
Севгинг!......
Усмон Азим
Shoirlar "men yig'layapman yoki men azob chekayapman" degan ikkita ega va kesimdan iborat jumlani badiiylashtirib ifoda etuvchi odamlardir. Buning yorqin misoli quyidagi she'rda:
Turkiyalik jurnalist Ece Temelkuranning musofirchilik va umuman hayot haqidagi fikrlarini eshitib ko'ring.
@artjingo
Adabiyot fakultetini bitirganlardan nega yaxshi yozuvchi chiqmasligi haqida Kurt Vonnegut hikoyasi
@artjingo
Haqiqiy o'zbek udumlari, kiyimlari, gapirishlari mana shunaqa bo'ladi.
@artjingo
She'riyat nima sizlar uchun? Ma'qul topsangiz izohlaringizni yozib ketinglar.
Masalan, men uchun qishloqning yomg'iri katta she'riyat.
@artjingo
San'at tushunish uchun kontekstni muhimligi haqida
@artjingo
