fa
Feedback

فریب کلاهبرداران را نخورید! تل‌متریو این کانال‌ها را شناسایی و برچسب‌گذاری می‌کند 👉 برای مشاهده برچسب، اشتراک تهیه کنید

Nurmuhammad - SWE

Nurmuhammad - SWE

رفتن به کانال در Telegram

Buyerda IT, sun'iy intellekt, tibbiyot, chet-elga o'qishga topshirish haqida yozaman va o'z fikrlarim bilan o'rtoqlashaman. Aloqa uchun: @nurmukhitdin

نمایش بیشتر
471
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
+47 روز
+3730 روز
آرشیو پست ها
Men Qo'shma Shtatlarga vizamni 4ta rad javobidan so'ng 5-urinishda qo'lga kiritganman. 2021-yilda 3ta rad javobi va yaqinda avgustda 4-chisi va sentyabrda axiri berishdi. Buni mashaqqatini boshidan o'tkizgan biladi. El-Yurt Umidi Jamg'armasi (EYUF)dan mening yana bir sherigim bor. Uning ham 3 otkazi bor edi. EYUF bilan ham yana 2ta rad javobi oldi. Va oxiri 6-si urinishda qo'lga kiritdi juma kuni. Tirik legenda🦾

🟢 Butun media "Green Card lotereyasi" qaytdi sarlavhasiga to'ldi. Qo'shma Shtatlarda kecha (14-oktabr kuni) nima sodir bo'lgan edi? Eslasangiz, o'tgan postda "Diversity Visa (Green Card lotereyasi) to'xtatildi" deb yozgandim. Mana, aynan o'sha mavzuda keskin burilish bo'ldi. 📌 Nima bo'lgan edi? DV (Diversity Visa, ya'ni "Xilma-xillik vizasi") bu har yili dunyo bo'ylab 55,000 tagacha odamga Green Card orqali doimiy yashash huquqini beradigan lotereya. Qonun sifatida 1990-yilda, o'sha paytdagi prezident Jorj Bush davrida qabul qilingan. Bu yil esa State Department (AQSh Davlat departamenti) ro'yxatdan o'tish oynasini o'z vaqtida ochmadi. Bu amalda dasturni "jimgina" bekor qilish edi. Shu sabab Red Eagle Law nomli Kaliforniyalik immigratsiya firmasi avgust oyida Davlat kotibi Marko Rubioga qarshi sudga murojaat qildi. Avvaliga firma yutqazdi. Sud "endi juda kech" degan asos bilan shoshilinch iltimosni rad etgandi. 🏛 14-oktyabr: qaror teskari burildi Kecha San-Diegodagi federal sudya Jinsook Ohta vaqtinchalik taqiq (preliminary injunction) chiqarib, Davlat departamentini DV-2027 lotereyasini qayta ochishga majbur qildi. Buyruqqa ko'ra: 🔹 Rubio ro'yxat davrini 15-oktyabr yarim tunigacha e'lon qilishi shart, ya'ni ochilish va yopilish sanalari, rasmiy sayt va qatnashish shartlari bilan. 🔹 Ro'yxatdan o'tish oynasi kamida 30 kun davom etishi kerak. 🔹 Davlat departamenti arizalarni qabul qilib, g'oliblarni xabardor qilishi va 2027-moliyaviy yili oxirigacha (2027-sentyabr) odatdagi tartibda ko'rib chiqishi lozim. Firma asoschisi qarordan keyin qisqa qilib: "Biz yutdik" deb post chiqardi. ⏳ Endi nima bo'ladi? 🔸 Bu vaqtinchalik qaror, yakuniy hukm emas. Ma'muriyat dasturga qat'iy qarshi bo'lgani sabab yuqori instansiyaga apellyatsiya berishi ehtimoldan xoli emas. 🔸 Agar hammasi rejadagidek ketadigan bo'lsa, lotereya juda tez ochiladi. 🔸 ⚠️ Shuning uchun faqat rasmiy State Department sayti orqali va bepul ariza bering. Bunday paytlarda firibgarlar faollashadi, "kafolatlangan yutuq", "oltin chipta" kabi va'da qilganlardan ehtiyot bo'ling. 💭 Shaxsiy fikrim: Meni ko'proq o'ylantirgani esa bu yerdagi tizimning o'zi. Hokimiyat bo'linishi (separation of powers) deyilsa, kitobdagi nazariya bo'lib tuyulardi. Lekin mana, amalda ko'rib turibman. Prezident qanchalik kuchli bo'lmasin, uning farmoni yoki siyosati oxirgi so'z emas ekan. Agar u qonunga zid bo'lsa, sudya uni to'xtatib, o'zgartirib yoki bekor qilib qo'yishi mumkin ekan. Ya'ni bu yerda hatto prezidentning "qonuni" ham tuzatilishi mumkin, chunki bir kishi, qanchalik yuqori mansabda bo'lmasin, qonunning o'zidan ustun emas. Boshqaruv bir tarafda emas, bir necha tomon o'rtasida taqsimlangan. Va aynan shu muvozanat, menimcha, bu davlatning eng kuchli tomoni.

Qo'shma Shtatlar xayron qoldirishdan to'xtamayabdi. Rasmdagi insonlarni idealogiyasi hamda qilmishlarini kanal muallifi qo'll
+5
Qo'shma Shtatlar xayron qoldirishdan to'xtamayabdi. Rasmdagi insonlarni idealogiyasi hamda qilmishlarini kanal muallifi qo'llab-quvvatlamaydi yokida oqlamaydi.

“El-yurt umidi” jamg‘armasi vakillari Andijonga keladi ekan. “El-yurt umidi” jamg‘armasi viloyatlar aro marafoni bo'lib o'tmo
“El-yurt umidi” jamg‘armasi vakillari Andijonga keladi ekan. “El-yurt umidi” jamg‘armasi viloyatlar aro marafoni bo'lib o'tmoqda. Bu uchrashuvlarda yoshlarga xorijda ta’lim olish hamda stajirovka o‘tash imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot beriladi. Gap faqat “chet elda o‘qish” haqida emas, balki jarayon iqtidorni aniqlashdan boshlanib, nufuzli universitetda tahsil olish, kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish va vatanga qaytib, olingan bilimni amaliyotga tatbiq etishgacha bo‘lgan keng yo‘lni qamrab oladi. 🗓 15-oktabr 📍Andijon viloyati ➖Andijon davlat tibbiyot instituti — 10:00 ➖Andijon shahridagi Prezident maktabi — 12:00 Borishni tavsiya qilaman. O'zbek yoshlari uchun chetda ta'limni moliyalashtirish uchun eng real yo'llaridan biri bu EYUF. Eng qizig'i ADTIda bo'lar ekan.

Bilasizlar, men ham tibbiyot, ham IT sohasi vakiliman. Bakalavrni Andijon davlat tibbiyot institutida farmatsevtika yo'nalishida tamomlaganman. Hozir esa magistraturani Duke universitetida Klinik informatika (Clinical Informatics) sohasida davom ettiryapman. Tibbiyot va IT ni birlashtirgan bunday dasturlar dunyoda juda kam universitetlarda o'qitiladi. Aynan shuning uchun o'z joyimni topish menga uzoq vaqt talab qildi, va aminmanki, bu yer aynan o'sha joy. Duke universiteti QS reytingida dunyoda taxminan 70-o'rinda turadi. Uning tibbiyot maktabi QS bo'yicha tibbiyot yo'nalishida dunyoning eng yaxshi 20 taligida (#19-o'rinda). Quyida men o'rganayotgan fanlar va ularni o'tuvchi ustozlar haqida qisqacha 👇 🧠 Butun sohaning asoschisi va dasturning akademik rahbari: Dr. Ed Hammond U klinik informatikaning otasi. Ayni paytda Duke Center for Health Informatics (Duke Sog'liqni saqlash informatikasi markazi) direktori, Duke'dagi tibbiy informatika dasturining asoschisi va Amerika Tibbiy Informatika Assotsiatsiyasi (AMIA)ning sobiq rahbari. Elektron tibbiy qaydlar (Electronic Health Records) tizimining dunyodagi dastlabki namunalarini aynan u yaratgan (1970-1980 yillarda), ya'ni men o'qiyotgan butun sohaga uning qo'shgan xissasi nihoyatda yuksak. 91 yoshda bo'lishiga qaramay, hamon dars berib, ilhom ulashib kelmoqda. Undan Klinik Informatikani o'rganish fizikani Eynshteynning o'zidan o'rganishdek gap. 💻 Health IT Business Solutions (Sog'liqni saqlashda IT biznes yechimlari) Ustoz: Dr. Arlene Ch. Ushbu kursning rahbari, Duke tibbiyot maktabi professori va ayni paytda Google'da Consumer Health (iste'molchilar salomatligi) yo'nalishi yetakchisi. Unvonlari: ▪️ MD (Doctor of Medicine) Tibbiyot doktori, ya'ni shifokorlik diplomi ▪️ MHA (Master of Health Administration) Sog'liqni saqlash boshqaruvi magistri ▪️ MMCi (Master of Management in Clinical Informatics) Klinik informatika boshqaruvi magistri ▪️ FAMIA (Fellow of the American Medical Informatics Association) Amerika Tibbiy Informatika Assotsiatsiyasining faxriy a'zosi Uchta soha mutaxassisligi bo'yicha litsenziya sohibi: ichki kasalliklar, pediatriya va klinik informatika. Shunchaki wow. Foundations of Management and Organizations (Menejment va tashkilotlar asoslari) Bu fan men uchun butunlay yangilik bo'ldi - nisbatan qiyin, lekin ayni paytda juda qiziqarli. Ustoz: Dr. Marla T. Stenforddan bakalavr va magistr, Duke'dan PhD (fan doktori). Fransiyadagi nufuzli INSEAD (biznes va menejment bo'yicha dunyoda #4-o'rinda) biznes maktabi sobiq professori Shuningdek, Wharton, London Business School va UC Berkeley ta'lim muassasalari sobiq ma'ruzachisi. 🩺 Ilmiy ish olib borish asoslari: Dr. Basma M. Duke tibbiyot maktabida anesteziologiya fani dotsenti (Associate Professor), Jarrohlikdan oldingi anesteziya va jarrohlik skriningi klinikasi (PASS klinikasi) rahbari, Neyrojarrohlik anesteziologiyasi ixtisoslashtirilgan amaliyot dasturi rahbari, Perioperativ tibbiyot ixtisoslashtirilgan amaliyot dasturi rahbari. Bunday insonlardan o'rganish ulkan mas'uliyat, ayni paytda cheksiz ilhom. Har bir dars men intilayotgan yuksaklikni eslatib turadi. Yuk og'ir, vaqt tig'iz, yo'l uzun. Bu yerdagi ilg'or tajribalarga Vatanimizda talab katta, o'rganib tatbiq etish zarur bo'lgan ko'nikmalar esa nihoyatda ko'p.

🇺🇸So'ngi yangiliklar bilan o'rtoqlashsak. Spoyler: eshiklar sekin-asta yopilmoqda, migratsiya har tomondan qiyinlashmoqda. 8-oktyabr kuni Trump ma'muriyati 8 ta yirik kompaniya uchun PERM dasturini to'xtatdi. PERM (to'liq nomi Program Electronic Review Management), ya'ni kompaniya o'z chet ellik xodimiga Green Card olib berishdagi eng birinchi va majburiy bosqich. Endi bu dastur Microsoft, Adobe, Tata Consultancy Services (TCS), Infosys, Wipro, HCL, Cognizant va Capgemini uchun yopildi. Vitse-prezident JD Vance Microsoft'ni keskin tanqid qildi: kompaniya 2025-yilda ~6000 amerikalikni ishdan bo'shatgan, lekin shu vaqt oralig'ida 6300 ta H-1B va ~3000 ta Green Card olgan. Lekin bu faqat boshlanishi xolos. 💵 H-1B: qimmatlashdi va qiyinlashdi 🔻 $100,000 to'lovi joriy qilishgan edi. Sud bekor qilgandi, ammo 18-sentyabrdagi yangi proklamatsiya bilan 2027-sentyabrgacha uzaytirildi. Hozircha olinmayapti, lekin masala yopilgani ham yo'q. 🔻 Lotereya endi "wage-weighted". Kimga ko'proq maosh taklif qilinsa, shuning chiqish ehtimoli yuqori. Yangi bitiruvchining shansi keskin tushadi. 🪪 Green Card va vizalar 🔻 "Public charge" qoidasi qaytdi: davlat yordamidan (Medicaid, food stamps) foydalanganlarga Green Card rad etilishi mumkin. 🔻 Diversity Visa (Green Card lotereyasi) to'xtatildi. 🔻 Trump kelganidan beri 250,000 dan ortiq viza bekor qilingan. 🎓 A lekin, talaba vizasi-chi? DHS (Department of Homeland Security, ya'ni AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi) OPT uchun ulkan to'lov taklifini kiritdi. OPT (Optional Practical Training, ya'ni "ixtiyoriy amaliy tayyorgarlik"), bu o'qishni tugatgach o'z sohangizda 12 oy ishlash ruxsati, ko'pchilik uchun H-1B'ga ko'prik edi. 💰 Birinchi OPT uchun $70,000 💰 Keyingi OPT (STEM OPT uzaytirish) uchun $30,000 Muhim nuanslar: to'lovni rasman universitet to'laydi, lekin amalda bu talaba yoki ish beruvchi zimmasiga o'tishi mumkin. Bu hozircha faqat TAKLIF, kuchga kirmagan (muhokama 9-noyabrgacha). Qoidadan oldin OPT olganlar undan ozod (grandfathering). ——————————————— Shaxsiy fikrim va xulosam: migrant va shunchaki bu yerdagi mehmon sifatida men kuzatuvchiman, xolos. Tanqid yoki to'g'ri-noto'g'ri deya olmayman. Siyosiy jihatdan qarasak, AQShni to'g'ri tushunish mumkin. Har bir davlatning o'z chegarasini himoya qilishga haqqi bor. O'ziga faqat eng zo'r talantlarni olib kelish, qurbi yetadiganlarni qoldirib, davlatga ortiqcha moddiy va ma'naviy yuk bo'ladiganlarni chiqarib yuborish, bu davlat manfaatini himoya qilishdir. Birinchi o'rinda o'z fuqarosini o'ylashi ham tabiiy. Har bir uyning o'z eshigi, o'z qoidasi bo'lgani kabi. Iqtisodiy jihatdan esa: agar bu siyosat yanada chuqurlashsa, bu kompaniyalar uchun shtab-kvartiralarini AQShdan tashqariga ko'chirish osonroq bo'lib qolishi mumkin. Aql va iste'dod suvga o'xshaydi: to'siq qo'ysang, to'xtab qolmaydi, shunchaki boshqa yo'l topib oqib ketaveradi. Bugun bir eshik yopilsa, ertaga o'sha iste'dod boshqa bir shaharda, boshqa bir bayroq ostida gullab-yashnayveradi.

Juda ham ko'pchilik ovqatdan qiynalmayotganimni so'rab, qiziqish bildiribdi. Ko'plab el-yurtchi tanishlarim Angliya, Shotland
+7
Juda ham ko'pchilik ovqatdan qiynalmayotganimni so'rab, qiziqish bildiribdi. Ko'plab el-yurtchi tanishlarim Angliya, Shotlandiya, Xitoy va Kanada davlatlarida. Ularga halol ovqat topish qiyinroq bo'layotgan ekan. Sabrlari mukofotlanishini tilayman. Qo'shma Shtatlarda esa holat boshqacha. Yuqoridagi postda aytganimdek, bu yerga dunyoning turli burchaklaridan, jumladan musulmonlardan ham ko'plab odamlar kelib o'rnashgan. Turk, arab va pokistonlik millatlarga tegishli kafe va restoranlar nihoyatda ko'p. Shuning uchun halol ovqat topish hozircha muammo bo'lmadi. Shukr. Meni hayratda qoldirgani esa - Chikago shahrida o'zbek do'konlari va restoranlari ko'p ekan. O'zimizning mahsulotlar mo'l-ko'lligini ko'rish quvontirdi. Lag'mon, chuchvara, manti va xatto buxanka (bo'rka)... Qoyil qolmaslikning iloji yo'q. Hozircha o'rganish qiyin bo'layotgan yagona narsa - bu narxlar konversiyasi. Bir porsiya osh 14.5 dollar. Aslida, bu yerning sharoiti uchun juda arzon, lekin "160 000 so'mga bir kosa osh yedimmi?" degan his ketmayapti :)

Tandirdan svejiy uzildi. 🇺🇸 J-1 vizasi bo‘yicha Harvard, Yale, Stanford va MIT kabi 9 ta AQSh universiteti tekshiruv ostida
Tandirdan svejiy uzildi. 🇺🇸 J-1 vizasi bo‘yicha Harvard, Yale, Stanford va MIT kabi 9 ta AQSh universiteti tekshiruv ostida Trump ma’muriyati AQShdagi 9 ta nufuzli universitetda xorijiy talabalar, tadqiqotchilar va xodimlar uchun qo‘llaniladigan J-1 viza dasturidan foydalanish holatlari bo‘yicha tekshiruv boshladi. Tekshiruvga quyidagi universitetlar kiritilgan: 🎓 Harvard University 🎓 Yale University 🎓 Stanford University 🎓 MIT 🎓 Brown University 🎓 University of Pittsburgh 🎓 UC Davis 🎓 Caltech 🎓 Arizona State University AQSh hukumati ushbu universitetlarda J-1 dasturidan foydalanish, jumladan, xorijiy tadqiqotchilarni jalb qilish va federal mablag‘lardan viza xarajatlari uchun foydalanish holatlarini tekshirmoqda. Rasmiylar, shuningdek, xorijiy davlatlarning AQShdagi ilmiy tadqiqotlar va texnologiyalarga ta’siri hamda milliy xavfsizlik masalalariga e’tibor qaratmoqda. 📌 Muhim: Hozircha mazkur universitetlar qonunni buzgan deb topilgani yo‘q. Gap federal hukumat tomonidan boshlangan tekshiruv haqida ketmoqda. Manba ----------------------- Kelganimga xali 20 kun ham bo'lmadi. Men ham J1 viza bilan kelganman. Duke'ni ro'yhatdan izlab, yo'qligiga ishonch xosil qilgunimcha kichik heart attack olay dedim.

- El-yurt umidi: majburiyatlar🗂 Sizga shuncha katta miqdordagi mablag’ albatta, o’z majburiyatlari bilan birgalikda beriladi. Eng muhimi va eng majburiysi, bu o’qishni tamomlab vatanga qaytib kelish. Siz o’qishni tamomlagach, davlat tashkilotida ishlashingiz kerak, bakalavr 5 yil, magistrlar 3 yil muddatda. Bu muddat tugagach xohlasangiz keting, xohlasangiz qoling) Oylik olib, ustamalar olib ishlaysiz. Bu davr ichida chetga chiqishingiz ham mumkin bemalol, faqat doimiy yashashga ketolmaysiz. O’qishingiz, baholaringiz, har semester yakuni bo’yicha hisobotlar majburiyatlari ham bor. Ya’ni siz a’lo bahoga o’qishingiz shart. Ketishingizdan avval ota-onangiz sizga notarial tarzda tasdiqlanib, kafil bo’lishadi qaytishingizga. Bundan tashqari, bitta davlat tashkiloti va bitta xususiy korxona ham sizga rasmiy kafil bo’ladi. Agar qaytmasangiz, sizga sarflangan pulni 2 baravar qilib undirib olishadi. Xullas, hujjat jarayonlari ham oson emas, o’zim naqt 1 oy yugurdim. Muhimi, yelkangizda shu 37 million xalqning ma’suliyati turadi, siz “el-yurt umidi” bo’lib ketasiz)) @Gulrukhbonu_official

#magistratura #4_post Oldingi postda 10ta atrofida universitetga topshirish va ularni Reach, Match, Safety guruhlariga ajratish haqida gaplashgandik. Endi savol: shu universitetlarni qanday topamiz? Bu yerda AI va chuqur tadqiqot funksiyasi (Deep Research) juda katta yordam beradi. 🤖Avval AI'ga o‘zingiz haqingizdagi ma’lumotlarni berasiz: 🎓 Bakalavr: [universitet + yo‘nalish] 📊 GPA: [GPA] 📝 IELTS/TOEFL: [ball] 📈 GRE/GMAT: [ball yoki topshirmaganman] 💻 Ish tajribasi: [kompaniya+lavozim+staj yili] 🔬 Ilmiy-tadqiqot tajribasi: [ma'lumot] 🎯 Magistraturadagi qiziqishim: [soha] 💰 Yillik budjet: [$] 📅 Qaysi qabul mavsumi: [Fall 2027] 💰 Moliyalashtirish kerakmi: [ha/to‘liq/qisman] Keyin unga, shunday topshiriq berishingiz mumkin:
"Men [yo‘nalish] bo‘yicha magistratura qilishni rejalashtiryapman. Yuqoridagi profilim asosida [davlat]dagi menga mos universitet va dasturlarni chuqur tadqiqot orqali top. Avval kamida [30] ta potensial dastur topib, keyin ularni o‘qish to‘lovi, moliyalashtirish imkoniyati, qabul talablari, oxirgi muddat, dastur kuchi va mening profilimga mosligi bo‘yicha solishtir. Natijada eng yaxshi [10–15] ta dasturni Reach, Match va Safety guruhlariga ajrat. Har bir muhim ma’lumotni universitetning rasmiy sayti orqali tekshir va manbasini ko‘rsat."
AI topgan ro‘yxatni olib, har bir universitetning rasmiy saytini yana bir marta o‘zingiz tekshiring. Ayniqsa o‘qish to‘lovi, grant, moliyalashtirish, qabul talablari va topshirish muddati kabi ma’lumotlar tez-tez o‘zgaradi. Ya’ni yondashuv quyidagicha bo'ladi: AI → ro‘yxatni topadi 🔎 Siz → saralaysiz 🎯 Rasmiy sayt → ma’lumotni tasdiqlaydi ✅ Shu usul bilan universitet qidirishga ketadigan juda ko‘p vaqtni tejash mumkin. Shaxsan o'zim shunaqa research'dan 25-30 marotaba qilganman va qayta-qayta saralab, keyin topshirganman. davomi bor...

+1
Ushbu video ayni damda tarmoqlarda keng tarqalmoqda. Unda Stenford universiteti professori Karl Deysserot farzandlariga Nobel mukofotini qo‘lga kiritganini ma’lum qilmoqda. Bolalarining quvonchini qarang! 🥹❤️ Oilaning bir insonning yutug‘idan chin dildan xursand bo‘lishi va uni qo‘llab quvvatlashi juda go‘zal. Ammo Karl Deysserot Nobel mukofotini aynan qanday kashfiyoti uchun oldi? Keling, qisqacha tushunib olaylik. 2026 yilgi Nobel mukofoti fiziologiya yoki tibbiyot yo‘nalishida Karl Deysserot bilan birga Peter Hegemann va Georg Nagelga berildi. Ular “yorug‘lik orqali boshqariladigan ion kanallari va optogenetika sohasidagi kashfiyotlari” uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‘lishdi. 🧠 Sodda qilib tushuntirganda nima degani? Bizning miyamiz milliardlab nerv hujayralaridan, ya’ni neyronlardan tashkil topgan. Neyronlar bir-biriga elektr signallari orqali xabar yuboradi. Olimlar esa ayrim neyronlarni yorug‘lik yordamida boshqarish imkonini beradigan usulni ishlab chiqishdi. Ya’ni kerakli nerv hujayrasini yorug‘lik bilan faollashtirish yoki uning faoliyatini to‘xtatish mumkin. Buni xuddi miyadagi ma’lum bir nerv hujayrasiga “yorug‘lik orqali yoqish va o‘chirish tugmasi” o‘rnatilgandek tasavvur qilish mumkin. 💡🧠 Bu yangilik olimlarga miya qanday ishlashini aniqroq tushunishga yordam beradi. Kelajakda esa bu yo‘nalish quyidagilarni o‘rganish va yangi davolash usullarini yaratishda yordam berishi mumkin: 🧠 Parkinson kasalligini o‘rganish va davolashning yangi usullarini yaratish ⚡️ Epilepsiyani o‘rganish va xurujlarni boshqarish 🧠 Ruhiy hamda nevrologik kasalliklarni yaxshiroq tushunish 👁 Ko‘rish qobiliyati bilan bog‘liq kasalliklarni davolashning yangi usullarini izlash 🧬 Nerv hujayralarining qanday ishlashi va bir-biri bilan qanday aloqa qilishini chuqurroq tushunish Albatta, bu kasalliklarning barchasi hozirning o‘zida ushbu texnologiya yordamida davolanadi degani emas. Ko‘plab yo‘nalishlar hali ilmiy tadqiqot bosqichida. Ammo optogenetika olimlarga miyadagi jarayonlarni avvalgidan ancha aniqroq o‘rganish imkonini berdi. Bir qarashda oddiy tuyulgan yorug‘lik va hujayra ustidagi tadqiqotlar aslida inson miyasini tushunish uchun juda katta qadam.

#magistratura #3_post Oldingi postda davlat, dastur, universitet tartibi haqida gaplashgandik. Endi aynan magistratura uchun dastur, universitet, ustozlar, eng ko'p so'raladigan savol bo'lmish scholarship masalasi va nechta o'qishga topshirish kerakligini chuqurroq ochib beraman. 📚 Dastur (program) tanlash Magistratura dasturlari asosan ikki turga bo'linadi: Coursework-based (o'quv fanlarga asoslangan): ko'proq dars, imtihon, amaliy loyihalar. Ishga va migratsiyaga yo'naltirilganlar uchun qulay. Research/Thesis-based (tadqiqotga asoslangan): ilmiy ish va dissertatsiya yozasiz. PhD'ga ko'prik sifatida juda yaxshi hamda ko'proq moliyalashtiriladi. Tanlashda quyidagilarga qarang: curriculum (o'quv rejasi) sizning qiziqishingizga mosmi, duration (davomiyligi) 1 yilmi yoki 2 yilmi (bu vizaga ta'sir qiladi), va dastur STEM'mi yoki yo'q (AQShda bu OPT muddatiga, ya'ni 12 oy yoki 36 oyga bevosita ta'sir qiladi). 🏛 Universitet tanlash Ko'pchilik umumiy reyting (QS, THE) bo'yicha tanlaydi, lekin bu har doim ham to'g'ri yondashuv emas. Muhimi aynan sizning yo'nalishingizdagi reyting (program ranking), umumiy emas. Masalan, umumiy reytingda past, lekin sizning sohangizda top-10'ga kiradigan universitetlar bor. Albatta, agar universitet har tomonlama baland bo'lsa, ya'ni ham umumiy reytingda, ham sizning yo'nalishingizda kuchli bo'lsa, bu nur ustiga a'lo nur. Shuning uchun imkon qadar top-100'likka kiruvchi o'qishlarga e'tibor qarating (afzali top-50, mayli u umumiy reyting bo'yicha bo'lsin yoki aynan sizning yo'nalishingiz bo'yicha). Tajribamdan ko'rib turibmanki, bu real amalga oshadigan maqsad, shuning uchun osilsangiz balandiga, eng zo'rlariga osiling. Shuningdek e'tibor bering: joylashuv (shahar, ish imkoniyati, yashash narxi, xavfsizlik), alumni network (bitiruvchilar hamjamiyati) va ishga joylashish statistikasi, hamda umumiy xarajat (tuition va yashash). 👨‍🏫 Ustozlar (professors) Bu, ayniqsa research-based dasturlar uchun juda muhim. Ba'zan universitet nomidan ko'ra, qaysi professor bilan ishlashingiz muhimroq bo'ladi. - Universitet saytidan faculty (professorlar) ro'yxatini ko'ring - Ularning oxirgi ishlarini Google Scholar orqali o'qing - Qiziqishingizga mos keladiganini toping - Agar research yoki funding olmoqchi bo'lsangiz, ularga aniq va mazmunli email yozing (shablon, spam xat emas) - Coursework master's uchun bu unchalik hal qiluvchi emas, lekin kuchli professorlar borligini bilgan baribir afzal. 💰 Scholarship (moliyalashtirish), eng ko'p beriladigan savol Rostini aytsam, magistratura PhD'ga nisbatan kamroq moliyalashtiriladi. Lekin imkoniyatlar baribir bor: Assistantship (RA/TA): tadqiqot yoki o'qituvchi assistenti sifatida ishlab, stipendiya va bepul o'qish. Master's darajasida bu kam va raqobatli, lekin mavjud. Merit-based scholarship: natijangizga (GPA, test ballari) qarab beriladigan grant yoki chegirma. Ko'pincha qismangina beriladi, to'liq emas. Fellowship / grant: ayrim dasturlar to'liq yoki qisman qoplaydi. External Scholarship: Chevening, DAAD, El-Yurt Umidi (🪖) 🎯 Nechta o'qishga topshirish kerak? (strategiya) Faqat bitta yoki ikkita o'qishga topshirish katta xato. Men 10 ta atrofida dasturga topshirishni maslahat beraman va ularni uch guruhga bo'lib tanlang: ❗Reach (yuqori maqsad, top priority) o'qishlari, taxminan 3 ta. Bular sizning ballaringizdan biroz balandroq, kirish qiyin, lekin orzuyingizdagi o'qishlar. Kirsangiz, zo'r. Kirmasangiz ham hech narsa yo'qotmaysiz. Qo'rqmay topshiring. ‼️ Match (o'rtacha, sizga mos) o'qishlari, taxminan 4 ta. Bular sizning profilingizga (GPA, IELTS/GRE, tajriba) aynan to'g'ri keladigan o'qishlar. Kirish ehtimoli yuqori. Asosiy tayanchingiz shular bo'ladi. ‼️ Safety (sizning "страховка"ngiz bo'lgan) o'qishlar, taxminan 3 ta. Bular talablari sizning ballaringizdan pastroq, kirish ehtimoli juda yuqori bo'lgan o'qishlar. Boshqa hammasidan rad javob kelsa ham, hech bo'lmasa qo'lingizda bitta offer bo'lishini kafolatlaydi. Shu uch guruhni muvozanatda saqlasangiz, bir vaqtning o'zida ham orzuyingizga intilasiz, ham bir yil vaqtingizni yo'qotib qo'yish xavfidan ham saqlagan bo'lasiz. Barcha tuxumni bitta savatga solmang. ⚠️Diqqat: har bir o'qishning application fee (topshirish to'lovi) bor, odatda 50 dan 150 dollargacha. Shuni byudjetingizga oldindan kiriting. Ba'zi o'qishlarda fee waiver (to'lovdan ozod qilish) imkoniyati ham mavjud, so'rab ko'ring. Ba'zi o'qishlar yoki dasturlar borki ularda application fee yo'q. Shunday o'qishlarga ko'p-ko'p topshiravering. davomi bor...

Amerikaga kelganimga ikki hafta bo'libdi, va shu qisqa vaqt ichida meni hayratga solgan bir necha narsa bor. Ularning har biri haqida alohida gapirsa arziydi. Qo'shma Shtatlardagi eng ajoyib tuyg'ulardan biri, bu insonning o'zini bu yerda begona his qilmasligi bo'lsa kerak. Olib qarasangiz, bu yerda deyarli hamma migrant; hamma qachondir boshqa davlatdan kelgan. Ruschasiga aytganda "понаехали тут" degan haqorat bu yerda yo'q. Hech kim sizni "bular ham ko'payib ketishdi" deb kamsitmaydi. Yana bir hayratlantirgan narsa, bu yerda bo'sh yerlar nihoyatda ko'p. Juda ham ko'p. Mashinada yo'lga chiqsangiz, soatlab yursangiz ham atrofda faqat keng dalalar, o'rmonlar va odam oyog'i deyarli tegmagan bepoyon maydonlarni ko'rasiz. Truck biznesidagi haydovchilar bilan gaplashsam, ular butun mamlakat bo'ylab minglab kilometr yo'l bosishini va shu yo'llar bo'ylab qanchadan-qancha bo'm-bo'sh yerlar borligini ta'kidlashadi. Bu yerning kattaligini va imkoniyatlari qanchalik kengligini shunda his qilasiz. Lekin eng ajoyibi, bu yerdagi odamlarning mehribonligi. Buni men ayniqsa Dyuk Universitetidagi bir fan misolida his qildim. Dasturim 30-iyulda boshlangan, bir fan esa 26-sentyabrda yakunlanardi. Tabiiyki, 20-sentyabrda kelgan men unga ulgurmadim. Professorga buni aytganimda, u kishi bu mening aybim emasligini aytdi va barcha vazifalarni men uchun qayta ochib berdi. Holbuki, rad etishga uning 100% haqqi bor edi. Yana bir ta'kidlab o'tishga arziydigan narsa, odatda yangi kelgan insonlar yashash uchun joy topishda qiynalishadi, ayniqsa semestr o'rtasida kelsangiz, joy topish nihoyatda mushkul. Ana shunday qiyin paytda menga o'z joylaridan joy bergan, Duke'da magistraturada o'qiyotgan Mirsaid va Azizbek akalarga shu blogim orqali ham samimiy minnatdorchilik bildirmoqchiman. Zero, bu eslatmalarni yozar ekanman, shuni tushinamanki - inson qayerga borsa ham, uni uy qiladigan narsa binolar yoki chegaralar emas, balki yo'lida uchragan odamlarning mehri ekan. Begona yurt begonaligicha qolmaydi, agar unda sizga qo'l cho'zadigan birov topilsa....

#magistratura #2_post Oldingi postda maqsadni aniqlashtirish haqida gaplashdik. Endi navbat davlat, dastur va universitet tanlashga. Men buni har doim shu tartibda o'ylashni maslahat beraman: avval davlat, keyin dastur, oxirida universitet. Chunki davlat qonunlari sizni keyingi qadamlaringiz uchun mos bo'lishi kerak, ya'ni narx, ish imkoniyati, migratsiya va ta'lim uslubi aynan shu tanlovga bog'liq. Men asosan 4 ta davlatga, ya'ni AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada va Avstraliyaga e'tibor qarataman. Keling, har birini maqsad nuqtai nazaridan ko'rib chiqamiz. 🇺🇸 AQSh. Agar maqsadingiz eng kuchli ilmiy muhit va chuqur tadqiqot bo'lsa. Bu yerda PhD (Doctor of Philosophy, ya'ni doktorlik darajasi) dasturlari ko'pincha to'liq moliyalashtiriladi, ya'ni assistantship orqali, bu RA (Research Assistant, tadqiqot assistenti) yoki TA (Teaching Assistant, o'qituvchi assistenti) sifatida ishlab, stipendiya olasiz va o'qish bepul bo'ladi (lekin doim ham emas). Magistratura esa odatda qimmat va kam moliyalashtiriladi. Ishga kelsak: OPT (Optional Practical Training, ya'ni amaliy ish ruxsati) orqali bitirgandan keyin 12 oy, STEM (Science, Technology, Engineering, Mathematics, ya'ni aniq va texnik fanlar) yo'nalishlarida esa jami 36 oygacha ishlash mumkin; uzoq muddatli ish uchun esa H-1B ish vizasi lotereyasiga tushasiz va raqobat juda qattiq (taxminan 25%). Ya'ni AQSh bilim va tadqiqot uchun zo'r, lekin migratsiya - ayniqsa xozirdagi rahbar boshqaruvi ostida - qiyin. 🇬🇧 Buyuk Britaniya. Ko'p dasturlar atigi 1 yil, vaqtingizni tejab, tezroq degree (daraja) qo'lga kiritishingiz mumkin. Graduate Route (bitiruvchilar uchun ishlash vizasi) hozircha 2 yil ishlash huquqi beradi (PhD uchun 3 yil), lekin 2027-yil 1-yanvardan bu muddat 18 oyga qisqartiriladi. Shuning uchun vaqtni to'g'ri rejalashtirish muhim. Aytib o'tish joizki, buyerda yashash hamda o'qish to'lovlari nisbatan qimmatroq. 🇨🇦 Kanada. Agar asosiy maqsad chet elda qolish va PR (Permanent Residency, ya'ni doimiy yashash maqomi) bo'lsa. PGWP (Post-Graduation Work Permit, ya'ni bitiruvchi ishlash ruxsati) 3 yilgacha bo'lishi mumkin va Express Entry (immigratsiya tanlov tizimi) orqali PR ga eng aniq yo'llardan biri. Lekin diqqat: oxirgi yillarda qoidalar sezilarli qattiqlashdi, ya'ni talaba cheklovlari, til talablari va yo'nalish bo'yicha shartlar qo'shildi. 🇦🇺 Avstraliya. Sifat va ish huquqi o'rtasida muvozanat. Temporary Graduate visa (subclass 485), ya'ni bitiruvchilar uchun vaqtinchalik viza, 2 yildan 4 yilgacha ishlash imkonini beradi (dasturga qarab). Bu ham oxirgi paytda yosh, ingliz tili va dastur davomiyligi bo'yicha qattiqlashdi. 👨‍👩‍👧 Oila a'zolari masalasi (juda muhim!). Agar turmush qurgan bo'lsangiz yoki farzandingiz bo'lsa, bu omil ba'zan eng muhim faktor bo'lishi mumkin. Qoidalar oxirgi 2 yilda keskin o'zgardi: 🇺🇸 AQSh: turmush o'rtog'ingiz va voyaga yetmagan farzandlaringizni F-2 vizasi (talabaga qaram oila a'zosi vizasi) orqali olib kelishingiz mumkin, lekin F-2 bo'yicha turmush o'rtoq ishlashga ruxsat etilmaydi. Va men ko'p eshitdimki talabani o'zigagina viza berib, oila a'zolarinikini rad etishkan xolatlar ko'p uchramoqda ekan. 🇬🇧 Buyuk Britaniya: oddiy (coursework asosidagi) master's talabalari endi oila a'zolarini olib kela olmaydi; bu faqat PhD/tadqiqot dasturlari yoki davlat stipendiyasi egalariga ruxsat etiladi. Ruxsat bo'lgan holatda turmush o'rtoq to'liq stavkada ishlashi mumkin. 🇨🇦 Kanada: hali ham nisbatan ochiq, lekin 2025-yildan cheklangan. Endi turmush o'rtoq uchun Open Work Permit (ochiq ish ruxsati) asosan 16 oydan uzun master's, doktorantura yoki ayrim professional dasturlarga tegishli, bunday holda turmush o'rtoq to'liq ishlay oladi. 🇦🇺 Avstraliya: bu yerda katta o'zgarish bo'ldi. 2026-yil 17-sentabrda yangi talaba va 485 vizalariga oila a'zolarini biriktirish bekor qilinishi e'lon qilindi (allaqachon Avstraliyada bo'lganlar bundan mustasno). ⚠️ Muhim: viza va migratsiya qoidalari juda tez o'zgaradi. Men yozgan raqamlarni so'ngi haqiqat sifatida qabul qilmang, har doim davlatning rasmiy immigratsiya saytidan tekshiring. davomi bor...

Duke University'dagi ta'limimni sekin-asta yo'lga qo'yyapman. Dasturim 30-iyulda boshlangan edi, men esa 20-sentyabrda keldim. O'quv dasturimda faqat menga shunday istisno qilib berishdi. 4-kursligimdan (2024-yildan) boshlab chet elga magistratura va PhD ta'limiga topshirish haqida izlandim. Hammasi hali yodimda ekan, jamiyat manfaati uchun ham bilganlarimni shu kanalda bo'lishib bormoqchiman. #magistratura #1_post Birinchi o'rinda maqsadni aniqlashtirib olish kerak. O'zingizga savol bering: sizga magistratura nima uchun kerak? Nega aynan chet elda, o'zimizda emas? Maqsadingiz bilimni eng yaxshi ta'lim dargohida olishmi? O'qish bilan birga ishlashmi (qora ish, qurilish, taksi, yetkazib berish), ilmiy ish bilan shug'ullanishmi? Yoki osonroq migratsiya qilishmi? Ushbu savollarga javob topishingiz kerak. Bu eng muhimi. Buni o'zingizga asos sifatida qabul qiling va keyingi qadamlaringizni shu asosga qurib boring. Buning uchun esa yaxshilab o'ylanib, o'zingizni keyingi 5 va 10 yildan so'ng qayerda ko'rmoqchi ekanligingizni tasavvur qilishingiz kerak bo'ladi. Shu qadamlarni bajarganingizdan so'ng, davlat, ta'lim dasturi va universitet tanlash bosqichi boshlanadi. davomi bor...

Chet elda ta'lim olishni moliyalashtirishning eng real imkoniyatlaridan biri bu "El-Yurt Umidi" jamg'armasi. Men ham hozirda AQShda Duke University'da aynan shu jamg'arma yordamida tahsil olyapman. Shuning uchun xorijda o'qishni rejalashtirayotganlarga bu imkoniyatni jiddiy ko'rib chiqishni chin dildan tavsiya qilaman. Men ulashayotgan (forward qilgan) postlar "El-Yurt Umidi" jamg'armasining Jamoatchilik bilan aloqalar va axborot xizmati rahbari Elvina Faridovnaning kanalidan olingan. Bu yerda EYUF'ning rasmiy kanalida e'lon qilinmaydigan, ammo juda muhim savollarga ham javob topishingiz mumkin. Qo'shimcha savollaringiz bo'lsa yoki maslahat kerak bo'lsa, bemalol men bilan bog'laning, qo'limdan kelgancha yordam beraman (va bu, albatta, mutlaqo bepul). 👉 @nurmukhitdin

Repost from Elvina Mustafina
💬 @eyufadmissionbot Telegram botiga nomzodlar va tanlov ishtirokchilaridan koʻplab savollar kelib tushadi. Biz ulardan eng koʻp takrorlanadiganlarini eʼlon qilamiz va ketma-ket qisqacha tushuntirishlar berib boramiz. @elvina_mustafina

#Bilasizmi ⁉️ “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyalari qaysi taʼlim dasturlari boʻyicha ajratiladi? “El-yurt umidi” jamgʻar
#Bilasizmi ⁉️ “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyalari qaysi taʼlim dasturlari boʻyicha ajratiladi? “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyalari yetakchi xorijiy taʼlim, ilmiy va boshqa muassasalarda quyidagi taʼlim dasturlari boʻyicha taʼlim olish uchun ajratiladi: ➖bakalavriatda — 3-4-yilga qadar; ➖magistratura (ordinatura) — 1-2-yilga qadar; ➖doktorantura (aspirantura) — 3-4-yilga qadar. ⚠️ Boshqaruv kengashi qarori bilan: ayrim rivojlangan davlatlar taʼlim muassasalarida bir yilgacha bakalavriatga tayyorlov kurslari (Foundation year/course) xarajatlari tayyorlov kursi va bakalavriatda oʻqishning umumiy muddati 4-yildan oshmasligi sharti bilan Jamgʻarma tomonidan moliyalashtirilishi mumkin. Asos: https://lex.uz/ru/docs/-7520218#-7524372 Murojaatlar uchun: @eyufadmissionbot 🔗 Website: El-yurt.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube

Men hammasini doimo bir urinishda uddalab kelgan edim Yoshligimdan negadir ta'lim va imtihonlariga ishlarni birinchi urinishdayoq eplab ketaverardim. O'qish va yozishni o'rganish, maktabga qabul qilinish (DIM maktabga qattiq imtihon orqali olinardi), imtihonlardan besh baho olish, litseyga bir urinishda kirish (ming nafardan oshiq nomzoddan atigi ikki yuz nafari qabul qilingandi), IELTSdan 7.0 olish (2017-yilda bu yuqori natija hisoblanardi), institutga kirish (sakkiz mingdan ortiq nomzoddan bor-yo'g'i o'ttiz besh nafari o'qishga ilingandi). Shu bois "demak, men har qanday ishning uddasidan bir urinishda chiqa olaman" deb o'ylardim. Keyin esa birin-ketin mag'lubiyatlar boshlandi. SAT imtihonidan 1080 ball oldim. Mumkin bo'lgan 1600 balldan bu nihoyatda past natija edi. Ortidan yana uch marta topshirdim, ammo baribir 1320dan oshira olmadim. Nufuzli universitetga kirish uchun bu yetarli ball emasdi. Chet eldagi yaxshi universitetlardan (bakalavriat uchun) rad javobini oldim. Ikki yil ketma-ket hujjat topshirdim, biroq eng yaxshi ikki yuztalikka kiruvchi birorta universitetga ham ilinolmadim. AQSh vizasidan rad javobini oldim. 2021-yilda Kiyev (Ukraina), Toshkent va Olmaota shaharlaridan urinib ko'rdim. Natija esa har safar bir xil bo'ldi: rad javobi. Haydovchilik guvohnomasi uchun topshirilgan nazariy testdan ham uch marta yiqildim. Magistraturaga topshirgan obro'li o'qishlarimdan ikki yil davomida rad javoblari keldi. Qabul qilingan o'qishlarimni moliyalashtirish uchun "El-yurt umidi" stipendiyasiga uch marta hujjat topshirdim va barchasida mag'lubiyat. Mag'lubiyatlar shu qadar tinimsiz kelaverdiki, oxir-oqibat "demak, bir urinishda o'xshamasa, umuman o'xshamas ekan-da" degan fikrga qaram bo'lib qoldim. Umidlarim so'na boshladi. Toki yana bir bor urinib ko'rishga dalda berishkunga qadar. Haydovchilik guvohnomasining nazariy imtihonidan to'rtinchi urinishda o'tdim. Amaliy imtihonidan esa ikkinchi urinishda. Magistraturaga uchinchi yili topshirganimda qabul qilindim. Ta'limimni moliyalashtirish uchun "El-yurt umidi" stipendiyasini to'rtinchi urinishda qo'lga kiritdim. Qo'shma Shtatlar vizasini esa beshinchi urinishda oldim. Yillar o'tib ortga nazar tashlasam, hayot menga o'zining eng muhim saboqlarini aynan o'sha mag'lubiyatlar orqali berganini anglayman. Buning uchun Yaratganga cheksiz shukr. Bir urinishda kelgan g'alabalar menga bir narsani, ketma-ket kelgan yiqilishlar esa butunlay boshqa, muhimroq narsani o'rgatdi. Osonlik bilan erishilgan yutuqlar meni faqat shoshqaloq qilgan bo'lsa, mag'lubiyatlar sabr qilishni, qaytadan oyoqqa turishni va umidni uzmaslikni o'rgatdi. Avvallari muvaffaqiyatni tezlik bilan o'lchardim. Endi esa asl kuch tez yugurishda emas, yiqilganidan keyin ham to'xtamaslikda ekanini tushunib yetdim. Bu yo'lni yolg'iz bosib o'tmadim. Har safar yiqilganimda, umidim so'nib "endi baribir o'xshamaydi" degan kunlarda, yonimda menga qaytadan tik turishga kuch bergan insonlar bor edi. Menda o'zimga bo'lgan ishonch qolmagan paytda ham, ular menga ishonishdan to'xtamadi va har safar "yana bir bor urinib ko'ring, bu safar albatta uddasidan chiqasiz" deb dalda berishdi. Shuning uchun bugungi har bir yutug'imda o'sha insonlarning ham ulushi borligini bilaman va ularga chin dildan minnatdorman. Qissadan xissa: ishingiz o'xshamagan bo'lsa, yana bir bora urinib ko'rishga dalda beruvchi insonlaringiz borligi naqadar katta ne'mat va hayotingizda ushbu insonlardan ko'proq bo'lishiga harakat qiling.

💬“Sening otang milliardermi?” Prezident Shavkat Mirziyoyev: Menga xorijda o’qiyotgan “El-yurt umidi” jamg’armasi stipendiatlaridan koʻp xat keladi, oʻqiyman. Ularning kursdoshlari savol berar ekan: “Sening otang millionermi yoki milliardermi?” deb. “Yoʻq, mening otam oddiy ishchi”, desa ishonmas ekan ular. 🔗 Website: El-yurt.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube