cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

BuxMTI elektron kutubxonasi

Qo'shimcha kitoblarni http://ilmiy.bmti.uz:8090/blib saytidan olishingiz mumkin Elektron kitoblar buyurtma qilish uchun: https://t.me/bmti_arm Talab va takliflar uchun: @Mavjuda_Mahmudovna

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
399
مشترکین
-224 ساعت
-107 روز
-430 روز
توزیع زمان ارسال

در حال بارگیری داده...

Find out who reads your channel

This graph will show you who besides your subscribers reads your channel and learn about other sources of traffic.
Views Sources
تجزیه و تحلیل انتشار
پست هابازدید ها
به اشتراک گذاشته شده
ديناميک بازديد ها
01
Kitobxonlar uchun 10 eng yaxshi maslahat Salom, aziz kitobxonlar! Kitob o‘qish - bilim olish va dunyoqarashni kengaytirishning ajoyib usuli. Mana sizga kitob o‘qishni yanada maroqli va samarali qilish uchun 10 eng yaxshi maslahat: 1. Kunlik o‘qish odatini shakllantiring: Har kuni kamida 15-20 daqiqa kitob o‘qing. Bu odatni shakllantirish sizga yil davomida ko‘proq kitob o‘qishga yordam beradi. 2. Shaxsiy kutubxona yarating: Sevimli kitoblaringizni yig‘ib, ularni o‘zingiz uchun qulay va yoqimli joyda saqlang. Bu o‘qishga bo‘lgan qiziqishingizni oshiradi. 3. Turli formatlarni sinab ko‘ring: Bosma kitoblar, elektron kitoblar va audiokitoblarni sinab ko‘ring. Har xil formatlar o‘qishni yanada qulay va qiziqarli qiladi. 4. O‘qish uchun maxsus joy ajrating: Tinch, yorug‘lik yaxshi tushadigan va qulay joyda o‘qish uchun maxsus burchak ajrating. 5. O‘qish guruhlari yoki kitob klublariga qo‘shiling: Boshqa kitobxonlar bilan birgalikda kitoblar muhokamasida qatnashing. Bu sizga yangi kitoblar va mualliflarni kashf etishga yordam beradi. 6. Kitob tanlashda xilma-xillikka e’tibor bering: Faqat bir janrga yopishib qolmang. Turli janrlardagi kitoblarni o‘qing, bu dunyoqarashingizni kengaytiradi. 7. Eslatmalar yozib boring: O‘qiyotganingizda muhim fikrlar va qiziqarli joylarni belgilab qo‘ying yoki qisqa eslatmalar yozib boring. Bu keyinchalik o‘qiganlaringizni eslashda yordam beradi. 8. O‘qigan kitoblaringiz haqida fikr almashing: Kitoblar haqida blog yozing yoki ijtimoiy tarmoqlarda fikrlaringizni baham ko‘ring. Bu nafaqat o‘qiganlaringizni eslab qolishga, balki boshqa kitobxonlar bilan aloqada bo‘lishga ham yordam beradi. 9. Kitob yarmarkalariga boring: Mahalliy kitob yarmarkalari va savdolariga tashrif buyuring. Bu sizga arzon va qiziqarli kitoblar topishga imkon beradi. 10. Yangi mualliflarni sinab ko‘ring: Har doim sevimli mualliflaringizdan emas, balki yangi mualliflardan ham kitoblar o‘qing. Bu sizga yangi uslublar va fikrlarni kashf etishga yordam beradi. Kitob o‘qish nafaqat bilim olish, balki zavqlanish uchun ham ajoyib usuldir. Ushbu maslahatlar yordamida o‘qish jarayonini yanada yoqimli va samarali qilishingiz mumkin. Agar sizga ushbu maslahatlar yoqqan bo‘lsa va o‘qish tajribangizni yanada boyitishni istasangiz, kanalimizga obuna bo‘ling va do‘stlaringiz bilan ulashing! Yangi maqolalar, kitob tavsiyalari va foydali maslahatlarni birinchi bo‘lib olish uchun kanalimizni kuzatishda davom eting. O‘qishni seving va zavqlaning! 👉 @mutolaa_zavqdir
280Loading...
02
⚡️Axborot-resurs markazi xodimlari hamda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, Ovqatlanishni tashkil etish va servis kafedralari a'zolari tomonidan 708-22 ATT guruh talabalariga Abdulla Qodiriy tavalludining 130 yilligi munosabati bilan “Abdulla Qodiriy yurt qayg'usi haqida bebaho asarlar” kitobi taqdimoti o'tkazildi. 🔹Taqdimotni markaz xodimi Maxsuma Barotova boshlab berdi va Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi yuzasidan bir qator fikrlar aytib, asarning mazmun-mohiyati bilan talabalarni birma-bir tanishtirdi. 🔹Taqdimot davomida markaz xodimlari Shohista Hojiyeva, Muhabbat Teshayeva axborot-resurs markazining faoliyati va kitoblar katalogi haqida ma'lumotlar berdi. Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz
580Loading...
03
#Sahifalar Aql bu ishlarni idrok qilolmaydi. 📚 @e_kutubxona
590Loading...
04
⚡️Buxoro muhandislik-texnologiya institutida Axborot-resurs markazi xodimlari hamda ilmiy izlanuvchilar uchun “Jahon axborot-resurslari bazalaridan foydalanish usullari” mavzusida seminar o‘tkazildi. 🔹Seminarda Axborot-resurs markazi direktori Mavjuda Husenova jahon axborot-resurlari bazalari, turlari va foydalanish usullari haqida ma’lumot berdi. 🔹Shuningdek, axborot-resurs markazi Xorijiy axborot-resurslari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Malika Tursunova tomonidan jahon axborot-resurslari bazalaridan biri Science Direct web-saytidan qanday foydalanish kerakligi bo‘yicha kerakli tavsiyalar berildi. Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz
750Loading...
05
#Tohir_Malik_gurunglari «Tohir Malik gurunglari» kitobidan: «Shaytanat» kitobi, kinosi, prototiplari va... hammasi haqida Shaytonlar turtki bo‘lgan asar Tohir Malik bilan 1-suhbat, 8-qism – Tohir aka, «Shaytanat» – keng qamrovli davomiy asar. Ayting-chi, uning nechanchi faslini yozish nisbatan qiyin kechdi? Qahramonlar-chi? O‘zingizga yoqmagan yoxud «ochib berish» mushkul kechgan obrazlar ham bo‘lganmi? – Birini osonroq, birini yengilroq yozganimni eslay olmayman. Yozish dardining og‘riqlari o‘zingizga ma’lum. Asadbek qizini sharmandali holda ko‘rgach, «o‘zingni os» degan ma’noda arqon tashlash holatini yozganimdan keyin bir necha hafta yozuv stoliga yaqinlashmaganman. Reja bo‘yicha Asadbekning bir o‘g‘li vafot etishi kerak edi. Shu holatni qanday yozar ekanman, ruh azoblarini ifoda eta olarmikanman deb taraddudlanib yurgan kezlarim birinchi nabiram yetti yoshga to‘lib, maktabga chiqishga tayyorgarlik ko‘rayotgan damda avtomashina urib yuborib vafot etdi. Qalb yarasi sal bitganday bo‘lganda, yana yozishga o‘tirdim. Asadbekdagi ruh azobi kaminada ham bor edi, qog‘ozga qay tarzda ko‘chgan, bahoni kitobxon beradi. Elchin bolasi o‘lik tug‘ilganida marsiya aytishi lozim edi. Shukur Qurbonga mavzuni aytib berdim. Bu she’r yozildi: Ay, bag‘rimni tig‘lagan bolam, Ay, dunyoga sig‘magan bolam, Ay, dunyoning bevafoligin Go‘daklikdan ilg‘agan bolam... Qaydan kelib, qayga yo‘qolding, Achchiq-achchiq o‘ylarga solding, Onangning yo mening gunohim, Qay birining kasriga qolding. She’r yozilgan qog‘oz stolim ustida edim. Yangangiz chang artmoqchi bo‘lganida olib o‘qibdi. Qarasam, yig‘lab o‘tiribdi. «Nabiramizga atab yozdingizmi?», — dedi. «Kitobdagi she’r», — deb tushuntirdim. Yangangiz kitobda ham o‘qisa yarasi yangilanmasin deb asarga kiritmadim. Lekin baribir ko‘nglim bo‘lmadi, she’rni tashlab yubormadim, Oradan yillar o‘tib, 5-kitobda berildi. 🔎 @detektivkitoblar
640Loading...
06
#Nazmiy ​​Sen gulsen-u men haqir bulbuldurmen, Sen shu'lasen-u ul shu'lag'a men kuldurmen. Nisbat yo‘qtur deb ijtinob aylamakim, Shohmen elga, vale sanga quldurmen. ✍ Zahiriddin Muhammad Bobur 📚 @kitoblar_pdf
601Loading...
07
#mutolaa_vaqti Тоҳир Малик (Ҳобилов Тоҳир Абдумаликович) 1946 йил 27 декабрда Тошкент шаҳрида туғилган. Ўзбекистон халқ ёзувчиси (2000). Тошкент университетининг журналистика факультетини тамомлаган (1969). Биринчи йирик асари – “Ҳикмат афандининг ўлими” (1972). “Фалак”, “Аёвсиз илон”, “Алвидо болалик”, “Бир кеча, бир кўча”, “Девона”, “Жиноятнинг узун йўли”, “Заҳарли ғубор”, “Иблис девори”, “Келинлар дафтарига”, “Меҳмон туйғулар”, “Мурдалар гапирмайдилар”, “Нафс кишанлари”, “Номус”, “Одам ови”, “Озод инсон ҳақида қўшиқ ёхуд Мирзакалон Исмоилийнинг сўнгги нафаси”, “Падаркуш”, “Самум”, “Сомон йўли элчилари”, “Соҳилсиз денгиз”, “Сўнгги ўқ”, “Талваса”, “Танланган асарлар” (9 жилдлик), “Тилла каламуш ёхуд йўққулобод ҳангомалари”, “Тириклик суви”, “Тош қалбларга зинҳор назар солинмас”, “Ушланг ўғрини”, “Чорраҳада қолган одамлар”, “Шайтанат” (5 та китоб), “Қалдирғоч”, “Ҳаловат”, “Ҳалол нимаю ҳаром нима” каби китоблари нашр этилган...
640Loading...
08
#Iqtibos 🖇 Kitobga oshiqlik ilmga oshiqlikdir. Ilmga oshiqlik esa kamolga oshiqlikdandir. ✍️ Husayn Buxoriy 📖 @kitoboqiuz 👈
570Loading...
09
#mutolaa ​​Juda koʻp kitoblar mutolaasida oʻquvchining aqli dam oladi. Sababi oddiy: chunki uni yozishda yozuvchining aqli ham dam olgan. © Charlz Kolton 📚 @kitoblar_pdf
671Loading...
10
​#iqtibos Aksariyat hollarda rejimning an’anaviy siyosatchilari faoliyatining oxirida qamalgan va xo‘rlangan bo‘lsa, dissidentlar esa avval qamalib keyin siyosiy faoliyatini boshlashi ko‘p uchraydi. ✍ Vatslav Gavel: "Kuchsizlar kuchi" 📚 @kitoblar_pdf
640Loading...
11
🎧 Audio kitob 💿 Audio nomi: “Nega? Nega-a-a?” 👤 Muallif: O‘tkir Hoshimov 🔢 Qismlar soni: 1 ta ⚙️ Janr: Hikoya 💾 Hajmi: 17.7 MB ⏰ Davomiyligi: 00:20:24 🎤 O‘qidi: Aziza Qurbonova 🎧 @kitoboqiuz 🎵 Marhamat tinglang ...
670Loading...
12
🟦🟦🟦🟦 Bugun 23-may payshanba kunida ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🌍Xalqaro sport kurashi kuni. 🌍Butunjahon toshbaqalar kuni. 🇹🇯Tojikiston – Yoshlar kuni. 🇲🇽Meksika – Talabalar kuni. 🇺🇦Ukraina – Qahramonlar kuni. 🇦🇿Ozarbayjon – Atrof-muhit va tabiiy resurslar vazirligi kuni. 🇯🇲Yamayka – Mehnat kuni. #muhim_voqealar 🔵1829 – Vena shahrida Kiril Demyan o‘zining musiqa asbobi – akkordeonni patentladi. 🔵1879 – Ivan Turgenev Oksford universitetining fuqaroviy huquqlar doktori unvoniga  sazovar bo‘ldi. Bu sharafga erishgan dunyodagi birinchi yozuvchidir. 🔵1904 – Venada yunon-rum kurashi bo‘yicha birinchi jahon chempionati boshlandi. 🔵1992 – Namanganda Boborahim Mashrab muzeyi va haykalining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi. 🔵1996 – Germaniyaning Bonn shahrida ingliz, nemis va rus tilida chop etilgan “Islom Karimov—yangi O‘zbekiston Prezidenti” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. #tavalludlar 🔴1707 – Karl Linney (1778) – Shved tabiatshunosi, o‘simliklar va hayvonot dunyosi tasnifi jadvalini tuzgan olim. 🔴1729 – Juzeppe Parini (1799) – Italyan publitsisti va satirik yozuvchisi. 🔴1908 – Jon Bardin (1991) – amerikalik fizik, tranzistorni yaratgan, ikki marta Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan yagona olim (1956, 1972). 🔴1951 – Anatoliy Karpov – taniqli shaxmat ustasi,12-jahon chemioni, xalqaro grossmeyster. ✈️Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
650Loading...
13
☀️ ХАЙРЛИ ТОНГ! 🌸 Ассалому алайкум! Пайшанба тонги муборак бўлсин! 🌼Бугунги бошланаётган янги кунингиз файзли ва барокатли бўлсин! 💐Сиз ва яқинларингизни яхши кайфият асло тарк этмасин! 👉 TONGGI SALOMLAR
681Loading...
14
Бугун 22 май, чоршанба. 🏕 Халқаро биологик хилма-хиллик куни; 🚤 1849 йил — Авраам Линкольн сузувчи аппаратни лойиҳалаш учун 6469 рақамли патент олди. Ҳозирча у ихтиросига патент олган ягона АҚШ президенти; 💃 1921 йил — Чикагода аёллар кўчага калта юбкада чиқиши 10 доллардан 100 долларгача жаримага тортилиши тўғрисида қарор қабул қилинди; 👸 1926 йил — Италияда ахлоқсизлик деб топилган гўзаллик танловини ўтказиш тақиқланди; 🇨🇱 1960 йил — инсоният тарихидаги энг дахшатли зилзилалардан бири (9 балл) Буюк Чили зилзиласи содир бўлди; 🎮 1980 йил — жаҳонга машҳур "Pac-Man" компьютер ўйини илк маротаба сотувга чиқарилди; 🇺🇿 2019 йил — Алишер Қодиров "Миллий Тикланиш" ДП раҳбари этиб сайланди. 👉Каналга уланиш👈
740Loading...
15
🎧 Audio kitob 💿 Audio nomi: “Nega? Nega-a-a?” 👤 Muallif: O‘tkir Hoshimov 🔢 Qismlar soni: 1 ta ⚙️ Janr: Hikoya 💾 Hajmi: 17.7 MB ⏰ Davomiyligi: 00:20:24 🎤 O‘qidi: Aziza Qurbonova 🎧 @kitoboqiuz 🎵 Marhamat tinglang ...
710Loading...
16
#Кутубхоначилар-куни ✍Кутубхона бўлмаса бу кўчадан кўчамиз... Севимли шоиримиз Бобур Бобомуроднинг шу сатр билан якун топган шеъри бугун #Кутубхоначилар_байрамида Ўзбекистон ёзувчилар уюшмаси музейида янгради. 💫Тошкент тиббиёт академияси  АРМ ходимлари иштирокидаги ижодий учрашувда кутубхона иши,  бу шарафли касбнинг ёшлар маънавиятини юксалтиришдаги ўрни ҳусусида гапирилди. 💫Академия кутубхоначилари ўзаро ижодий мулоқотда замонавий китоб расталари ва электрон каталоглар билан ишлаш,  ёш китобхонларга кўрсатилаётган кутубхона хизмати ва китобхонликни тарғиб этишнинг замонавий усуллари тўғрисида шоира Мунира Рамазонава билан фикр алмашдилар. 💫Тадбирда Тошкент тиббиёт академиясининг ижодкор талабалари томонидан Ўзбекистон  ёзувчилар уюшмаси кутубхонасига академик Комилжон Зуфаровнинг илмий-педагогик фаолиятига мансуб китоб тақдим этилди. https://t.me/tma_official
701Loading...
17
#Iqtibos 🖇 Haqiqiy inson hamisha ilm va hunar olishga intiladi. Ilm bir daraxt bo‘lsa, odob uning mevasidir. Odobsiz olim – mevasiz daraxtdir. ✍️ Muhammad Zehniy 📖 @kitoboqiuz👈
750Loading...
18
21- may Axborot-kutubxona tizimi xodimlari kuni 🎤Axborot-resurs markazi xodimi Feruza Mo'minova bilan suhbat
761Loading...
19
​Qizimizga sep to‘plaganmiz, o‘g‘limizga atab imorat qurganmiz. Biroq ularga «baxt saroyi» qurish san’atini o‘rgatmaganmiz. ©️Tohir Malik (Teng-tengi bilan baxtlidir) kitobidan Telegram | Instagram | Audiokitob
870Loading...
20
#Audiohikoya ​💿 Audio nomi: "Haykal" 👤 Muallif: Shoyim Bo‘tayev 🔢 Qismlar soni: 1 ta ⚙️ Janr: Hikoya 💾 Hajmi: 6,0 MB ⏰ Davomiyligi: 00:12:57 🎧 @audiokitoblar_uz
760Loading...
21
#iqtibos “Eng katta boylik bu — aql-zakovat va ilm, eng katta meros bu — yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik bu — bilimsizlikdir. Taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham bu — ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir. Ertangi kunimiz, Vatanimizning yorug‘ istiqboli, birinchi navbatda, ta’lim tizimi va farzandlarimizga berayotgan tarbiyamiz bilan chambarchas bog‘liq” Shavkat Mirziyoyev Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
810Loading...
22
🗓 21-MAY — O‘ZBEKISTONDA KUTUBXONACHILAR KUNI 2019-yildan buyon O‘zbekistonda 21-may Kutubxonachilar kuni sifatida nishonlab kelinadi. Ushbu qonun qabul qilinishining maqsadi va vazifasi - axborot-kutubxona tizimi xodimlarini rag‘batlantirish, ushbu kasb nufuzini oshirish, kutubxonachilik ishiga yosh taraqqiyparvar kadrlarni jalb qilishdan iborat. Kutubxonachi - asrlarning barcha hikmatlarini qo'lida ushlab turadigan odam. U kitoblarni tartiblaydi, raqamlaydi, xavfsizligini nazorat qiladi va so'rov bo'yicha chiqaradi. U kitobxonlar qalbiga ziyo tarqatadi. Yosh avlodning yorqin kelajagiga mustahkam poydevor qo‘yishga hissa qo‘shayotgan barcha zahmatkash kutubxonachilarni kasb bayrami bilan qutlaymiz! Telegram-kanalimizga obuna bo'ling ⏩ t.me/PANORAMAUZ
591Loading...
23
📚21-may – Oʻzbekistonda kutubxonachilar kuni 📖 21-may – Kutubxonachilar kasb bayrami kuni. Kutubxona har bir inson oldida ertak, fantaziya, fan yoki muhabbatning sehrli olamini ochadi. Hech narsa kitob javonlari hidiga tenglasha olmaydi. Muvaffaqiyatli hayot yo’li, albatta, kutubxonaga boradigan yo’ldan boshlanadi. Chunki hech qanday elektron kitoblar kitobning varaqlari shitirlashini beradigan bilim va donolikning o’rnini bosa olmaydi. 2019-yildan buyon O‘zbekistonda 21-may «Kutubxonachilar kuni» sifatida nishonlab kelinadi.
770Loading...
24
🖊 “Kutubxonalarda korporativ tizimlar” “Hurriyat” gazetasining 2024-yil 1-maydagi 18(1393) sonida Buxoro muhandislik-texnologiya instituti Axborot-resurs markazi direktori Mavjuda Xusenovaning “Kutubxonalarda korporativ tizimlar” nomli maqolasi chop etildi. Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz
972Loading...
25
🟦🟦🟦🟦 Bugun 19-may yakshanba kunida ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🌍Butunjahon oilaviy shifokorlar kuni. 🇭🇷Xorvatiya – Skautlar kuni‌‌. 🇱🇰Shri-Lanka – Xotira kuni. 🇺🇸AQSh – Milliy mudofaa transporti kuni‌‌. 🇹🇷Turkiya – Otaturkni xotirlash, Yoshlik va sport bayrami‌‌. #muhim_voqealar 🔵1649 – Angliya Respublika deb eʼlon qilindi. 🔵1780 – "Qora kun": Shimoliy Amerika ustida quyosh yoʻqolib qoldi. 🔵1995 – Toshkentda Xalqaro Islom tadqiqoti markazi ochildi. 🔵2012 – “Chelsi”  birinchi marta UEFA chempionlar Ligasining g‘olibi bo‘ldi. #tavalludlar 🔴1881 – Mustafo Kamol Otaturk - Turkiya Respublikasining birinchi prezidenti (1923-1938). 🔴1925 – Malkolm Iks (Malkolm Litl) (1965) - qoratanlilar huquqlari uchun amerikalik kurashchi. 🔴1937 – Ali Hamroyev – kinorejissyor, ssenariynavis, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san'at arbobi. 🔴1938 – Nazar To‘raev – fizik olim, O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi. 🔴1979 – Diyego Forlan – Urugvay terma jamoasi a'zosi, 2010 yilgi Jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi. 🔴1979 – Andrea Pirlo – italyan futbolchisi, jahon chempioni 2006). ✈️Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
1020Loading...
26
#iqtibos Yangi zamonning eng original yozuvchilari bizga yangi narsa bergani uchun emas, narsa-hodisalar haqida goʻyo oldin hech kim soʻzlamaganday qilib gapirganlari uchun originaldir. Yohan Gyote 📚 @kitoblar_pdf
1070Loading...
27
«Buyuk ish qilishning birdan bir yo’li — qilayotgan ishingni sevishingdir. Agar bunday ishni hali topmagan bo’lsang, izlashda davom et!». ✍🏻 Stiv Jobs Assalomu alaykum Qadrdon!
1061Loading...
28
​​​​#Audiohikoya ​💿 Audio nomi: "Qurigan daraxt" 👤 Muallif: Syugoro Yamomoto 🔢 Qismlar soni: 1 ta ⚙️ Janr: Hikoya 💾 Hajmi: 17.4 MB ⏰ Davomiyligi: 00:18:58 🎤 O‘qidi: Abdug‘ani Ro‘ziyev ️🎧 @audiokitoblar_uz
990Loading...
29
“Central Asia – 2024”: “Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” XVII Xalqaro konferensiyasi Joriy yilning 15-may sanasidan boshlab, axborot-resurs markazlari, axborot-kutubxona markazlari va kutubxonalar, nashriyotlar, arxivlar, muzeylar rahbarlari va mutaxassislari, olimlar, ta’lim muassasalari o‘qituvchilari, AKT mutaxassislari, jamoat arboblari, vazirlik va idoralar vakillari ishtirokidagi "Central Asia"–2024 Xalqaro konferensiyasiga start berildi! Jizzax shahrida o‘tkazilayotgan navbatdagi "Central Asia – 2024" Fan ta’lim, madaniyat va biznesda Internet va axborot kutubxona resurslari XYII – Xalqaro konferensiyasida Axborot-resurs markazi direktori,  "Axborot-kutubxona a'lochisi" ko'krak nishoni sohibasi Mavjuda Husenova ishtirok etmoqda. Konferensiya davomida kutubxona axborot-resurslarini targ‘ib etish, xorijiy ma’lumotlar bazalaridan foydalanishning samarali usullari, kitobxon madaniyatini rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashiladi.
1160Loading...
30
🟦🟦🟦🟦 Bugun 15-may chorshanba kunida ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🇺🇳BMT – Xalqaro oila kuni. 🇵🇾Paragvay – Onalar kuni. 🇰🇷Janubiy Koreya, 🇲🇽Meksika, 🇱🇹Kolumbiya – O‘qituvchilar kuni. 🇮🇷Eron – Fors tili kuni. #muhim_voqealar 🔵1618 – Nemis astronomi Iogan Kepler sayyoralarning harakatlanish qonunini kashf qildi. 🔵1756 – Angliya Fransiyaga urush e’lon qildi: Yetti yillik urushni boshlandi. 🔵1811 – Paragvayning Ispaniyadan mustaqilligi e’lon qilindi. 🔵1930 – Amerikalik Ellen Cherch dunyodagi birinchi styuardessaga aylandi. 🔵1989 – Moskvadagi ta'sis yig'ilishi Butunjahon atom elektr stantsiyalari operatorlari assotsiatsiyasi (WANO) tashkil etilganligini e'lon qildi. #tavalludlar 🔴1567 – Klaudio Jovanni Antonio Monteverdi (1643) - italyan kompozitori, Opera janrining ilk klassik namunalarin yaratgan, birinchi ommaviy opera teatri (1637, Venetsiya) tashkilotchilaridan.  🔴1859 – Pyer Kyuri (1906) – fransuz fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1903). 🔴1891 – Mixail Bulgakov (1940) – atoqli rus adibi. 🔴1910 – Razzoq Hamroyev (1981) – SSSR va O‘zbekiston xalq artisti, aktyor va rejissyor, pedagog. 🔴1922 – Xiuaz Dospanova (2008) – Ikkinchi jahon urushi davridagi yagona qozoq ayol uchuvchi, Qozogʻiston qahramoni (2004).  🔴1926 – Muxtor Sultonov (1998) – Oʻzbekistonning atoqli davlat va jamoat arbobi, birinchi oʻzbek generallaridan biri, Oʻzbekiston Ichki ishlar vaziri birinchi oʻrinbosari (1979-1985). 🔴1932 – Jon Glen – ingliz kinorejissori va montajchisi, Jeyms Bond haqidagi beshta filmning muallifi. 🔴1951 – Abdusaid Koʻchimov – shoir, adib, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist. ✈️Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
1290Loading...
31
Detektivlar qirolichasi Agata Kristi ijodi haqida qiziqarli faktlar 🔎 @detektivkitoblar
1330Loading...
32
📚ЎҚИШ Нeга ўқимаймиз? Нeга ўқишга бeрилиб кeтмаймиз? Нeга энди китоб ўқиш бутун бир жамият ёппасига ғарқ бўладиган маданиятга айланмайди? Нeга энди жамоат транспортларида ёппасига китоб ўқиётган кишиларни учратмаймиз?    Мeн ҳақиқатни сeвганим учун ўқийман...    Мутлоқ ҳақиқатни...    Аслида бу ҳақиқат амри муҳол. Аммо билишнинг лаззати мeни ҳақиқатни доимо қидиришга ундайди. Буни эса китоб ўқишдан бошқасидан топа олмайсиз! ✍️Абдулқодир Самарқандий
1530Loading...
33
🖊 Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hazratlari yozganidek, “Kitob-beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai” 🔹Necha ming yillardan buyon insonlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib kelayotgan, ularning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta baxtli bo‘lishining muhim omili-bu kitobga do‘st bo‘lish va kitob o‘qishni kanda qilmaslikdir. Ushbu vazifani yanada mustahkamlab, zamon talablariga moslab bilim va ko‘nikmalarni oshirish hamda fikr almashinish bo‘yicha axborot-resurs markazi xodimlari ham bir qator uchrashuvlarda qatnashib kelmoqda. 🔹Soha mutaxassislari hamkorligida tajriba almashish maqsadida, Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro viloyat axborot-kutubxona markazida “Do'stlik rishtasi” kunlari bo‘lib o‘tdi. 🔹Tadbir davomida Axborot-resurs markazi xodimi Sabohat Jo'rayeva “Кitobxon va kitobxonlik” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
2120Loading...
34
🟦🟦🟦🟦 Bugun 7-may seshanba kunida ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🌍Butunjahon astma kuni. 🇰🇬Qirgʻiziston,🇧🇾Belarus, 🇷🇺Rossiya – Radio kuni. 🇺🇸AQSh – Oʻqituvchilar kuni. 🇰🇿Qozog‘iston – Vatan himoyachilari kuni. 🇧🇩Bangladesh – Muhandislar kuni. 🇸🇻Salvador – Askarlar kuni. #muhim_voqealar 🔵1755 – Moskva Universiteti ochildi. 🔵1887 – amerikalik Tomas Stevens velosipedda 13 500 mil yo’l bosib, dunyoni aylanib chiqdi. 🔵1895 – Rus fizigi va elektrotexnigi Aleksandr Popov Sankt- Peterburgda radioning dastlabki variantini ommaga namoyish etdi.  🔵1907 – Turkiyaning “Fenerbaxche” futbol klubi tuzildi.  🔵1946 – Tokioda Sony kompaniyasi tashkil topdi. 🔵1992 – Toshkentdagi Kinochilar uyida mustaqil O‘zbekistonning birinchi pochta markasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 🔵1993 – “Sog‘lom avlod uchun” ordeni ta’sis etildi. #tavalludlar 🔴1840 – P. I. Chaykovskiy (1893) – rus kompozitori. 🔴1861 –  Rabindranand Thokur (1941) – atoqli hind adibi, Nobel mukofoti sohibi (1913).  🔴1867 – Vladislav Reymont (1925) – polshalik yozuvchi, Nobel mukofoti sohibi (1924). 🔴1909 – Edvin Lend (1991) – Polaroid fotokamerasining ixtirochisi, Polaroid kompaniyasi asoschisi.  🔴1929 – To‘lepbergen Qayipbergenov 2010) – O‘zbekison va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi, Oʻzbekiston Qahramoni (2003).  🔴1974 – Nazarbekov Ozodbek – taniqli oʻzbek qoʻshiqchisi, Oʻzbekiston xalq artisti (2010) va Qoraqalpogʻiston xalq artisti. ✈️Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
1620Loading...
35
☀️Aссалому алайкум. Душанба тонги муборак бўлсин... 😊
1352Loading...
Kitobxonlar uchun 10 eng yaxshi maslahat Salom, aziz kitobxonlar! Kitob o‘qish - bilim olish va dunyoqarashni kengaytirishning ajoyib usuli. Mana sizga kitob o‘qishni yanada maroqli va samarali qilish uchun 10 eng yaxshi maslahat: 1. Kunlik o‘qish odatini shakllantiring: Har kuni kamida 15-20 daqiqa kitob o‘qing. Bu odatni shakllantirish sizga yil davomida ko‘proq kitob o‘qishga yordam beradi. 2. Shaxsiy kutubxona yarating: Sevimli kitoblaringizni yig‘ib, ularni o‘zingiz uchun qulay va yoqimli joyda saqlang. Bu o‘qishga bo‘lgan qiziqishingizni oshiradi. 3. Turli formatlarni sinab ko‘ring: Bosma kitoblar, elektron kitoblar va audiokitoblarni sinab ko‘ring. Har xil formatlar o‘qishni yanada qulay va qiziqarli qiladi. 4. O‘qish uchun maxsus joy ajrating: Tinch, yorug‘lik yaxshi tushadigan va qulay joyda o‘qish uchun maxsus burchak ajrating. 5. O‘qish guruhlari yoki kitob klublariga qo‘shiling: Boshqa kitobxonlar bilan birgalikda kitoblar muhokamasida qatnashing. Bu sizga yangi kitoblar va mualliflarni kashf etishga yordam beradi. 6. Kitob tanlashda xilma-xillikka e’tibor bering: Faqat bir janrga yopishib qolmang. Turli janrlardagi kitoblarni o‘qing, bu dunyoqarashingizni kengaytiradi. 7. Eslatmalar yozib boring: O‘qiyotganingizda muhim fikrlar va qiziqarli joylarni belgilab qo‘ying yoki qisqa eslatmalar yozib boring. Bu keyinchalik o‘qiganlaringizni eslashda yordam beradi. 8. O‘qigan kitoblaringiz haqida fikr almashing: Kitoblar haqida blog yozing yoki ijtimoiy tarmoqlarda fikrlaringizni baham ko‘ring. Bu nafaqat o‘qiganlaringizni eslab qolishga, balki boshqa kitobxonlar bilan aloqada bo‘lishga ham yordam beradi. 9. Kitob yarmarkalariga boring: Mahalliy kitob yarmarkalari va savdolariga tashrif buyuring. Bu sizga arzon va qiziqarli kitoblar topishga imkon beradi. 10. Yangi mualliflarni sinab ko‘ring: Har doim sevimli mualliflaringizdan emas, balki yangi mualliflardan ham kitoblar o‘qing. Bu sizga yangi uslublar va fikrlarni kashf etishga yordam beradi. Kitob o‘qish nafaqat bilim olish, balki zavqlanish uchun ham ajoyib usuldir. Ushbu maslahatlar yordamida o‘qish jarayonini yanada yoqimli va samarali qilishingiz mumkin. Agar sizga ushbu maslahatlar yoqqan bo‘lsa va o‘qish tajribangizni yanada boyitishni istasangiz, kanalimizga obuna bo‘ling va do‘stlaringiz bilan ulashing! Yangi maqolalar, kitob tavsiyalari va foydali maslahatlarni birinchi bo‘lib olish uchun kanalimizni kuzatishda davom eting. O‘qishni seving va zavqlaning! 👉 @mutolaa_zavqdir
نمایش همه...
⚡️Axborot-resurs markazi xodimlari hamda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, Ovqatlanishni tashkil etish va servis kafedralari a'zolari tomonidan 708-22 ATT guruh talabalariga Abdulla Qodiriy tavalludining 130 yilligi munosabati bilan “Abdulla Qodiriy yurt qayg'usi haqida bebaho asarlar” kitobi taqdimoti o'tkazildi. 🔹Taqdimotni markaz xodimi Maxsuma Barotova boshlab berdi va Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi yuzasidan bir qator fikrlar aytib, asarning mazmun-mohiyati bilan talabalarni birma-bir tanishtirdi. 🔹Taqdimot davomida markaz xodimlari Shohista Hojiyeva, Muhabbat Teshayeva axborot-resurs markazining faoliyati va kitoblar katalogi haqida ma'lumotlar berdi. Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
#Sahifalar Aql bu ishlarni idrok qilolmaydi. 📚 @e_kutubxona
نمایش همه...
⚡️Buxoro muhandislik-texnologiya institutida Axborot-resurs markazi xodimlari hamda ilmiy izlanuvchilar uchun “Jahon axborot-resurslari bazalaridan foydalanish usullari” mavzusida seminar o‘tkazildi. 🔹Seminarda Axborot-resurs markazi direktori Mavjuda Husenova jahon axborot-resurlari bazalari, turlari va foydalanish usullari haqida ma’lumot berdi. 🔹Shuningdek, axborot-resurs markazi Xorijiy axborot-resurslari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Malika Tursunova tomonidan jahon axborot-resurslari bazalaridan biri Science Direct web-saytidan qanday foydalanish kerakligi bo‘yicha kerakli tavsiyalar berildi. Telegram| Facebook| Instagram|bmti.uz
نمایش همه...
#Tohir_Malik_gurunglari «Tohir Malik gurunglari» kitobidan: «Shaytanat» kitobi, kinosi, prototiplari va... hammasi haqida Shaytonlar turtki bo‘lgan asar Tohir Malik bilan 1-suhbat, 8-qism – Tohir aka, «Shaytanat» – keng qamrovli davomiy asar. Ayting-chi, uning nechanchi faslini yozish nisbatan qiyin kechdi? Qahramonlar-chi? O‘zingizga yoqmagan yoxud «ochib berish» mushkul kechgan obrazlar ham bo‘lganmi? – Birini osonroq, birini yengilroq yozganimni eslay olmayman. Yozish dardining og‘riqlari o‘zingizga ma’lum. Asadbek qizini sharmandali holda ko‘rgach, «o‘zingni os» degan ma’noda arqon tashlash holatini yozganimdan keyin bir necha hafta yozuv stoliga yaqinlashmaganman. Reja bo‘yicha Asadbekning bir o‘g‘li vafot etishi kerak edi. Shu holatni qanday yozar ekanman, ruh azoblarini ifoda eta olarmikanman deb taraddudlanib yurgan kezlarim birinchi nabiram yetti yoshga to‘lib, maktabga chiqishga tayyorgarlik ko‘rayotgan damda avtomashina urib yuborib vafot etdi. Qalb yarasi sal bitganday bo‘lganda, yana yozishga o‘tirdim. Asadbekdagi ruh azobi kaminada ham bor edi, qog‘ozga qay tarzda ko‘chgan, bahoni kitobxon beradi. Elchin bolasi o‘lik tug‘ilganida marsiya aytishi lozim edi. Shukur Qurbonga mavzuni aytib berdim. Bu she’r yozildi: Ay, bag‘rimni tig‘lagan bolam, Ay, dunyoga sig‘magan bolam, Ay, dunyoning bevafoligin Go‘daklikdan ilg‘agan bolam... Qaydan kelib, qayga yo‘qolding, Achchiq-achchiq o‘ylarga solding, Onangning yo mening gunohim, Qay birining kasriga qolding. She’r yozilgan qog‘oz stolim ustida edim. Yangangiz chang artmoqchi bo‘lganida olib o‘qibdi. Qarasam, yig‘lab o‘tiribdi. «Nabiramizga atab yozdingizmi?», — dedi. «Kitobdagi she’r», — deb tushuntirdim. Yangangiz kitobda ham o‘qisa yarasi yangilanmasin deb asarga kiritmadim. Lekin baribir ko‘nglim bo‘lmadi, she’rni tashlab yubormadim, Oradan yillar o‘tib, 5-kitobda berildi. 🔎 @detektivkitoblar
نمایش همه...
#Nazmiy ​​Sen gulsen-u men haqir bulbuldurmen, Sen shu'lasen-u ul shu'lag'a men kuldurmen. Nisbat yo‘qtur deb ijtinob aylamakim, Shohmen elga, vale sanga quldurmen. ✍ Zahiriddin Muhammad Bobur 📚 @kitoblar_pdf
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
#mutolaa_vaqti Тоҳир Малик (Ҳобилов Тоҳир Абдумаликович) 1946 йил 27 декабрда Тошкент шаҳрида туғилган. Ўзбекистон халқ ёзувчиси (2000). Тошкент университетининг журналистика факультетини тамомлаган (1969). Биринчи йирик асари – “Ҳикмат афандининг ўлими” (1972). “Фалак”, “Аёвсиз илон”, “Алвидо болалик”, “Бир кеча, бир кўча”, “Девона”, “Жиноятнинг узун йўли”, “Заҳарли ғубор”, “Иблис девори”, “Келинлар дафтарига”, “Меҳмон туйғулар”, “Мурдалар гапирмайдилар”, “Нафс кишанлари”, “Номус”, “Одам ови”, “Озод инсон ҳақида қўшиқ ёхуд Мирзакалон Исмоилийнинг сўнгги нафаси”, “Падаркуш”, “Самум”, “Сомон йўли элчилари”, “Соҳилсиз денгиз”, “Сўнгги ўқ”, “Талваса”, “Танланган асарлар” (9 жилдлик), “Тилла каламуш ёхуд йўққулобод ҳангомалари”, “Тириклик суви”, “Тош қалбларга зинҳор назар солинмас”, “Ушланг ўғрини”, “Чорраҳада қолган одамлар”, “Шайтанат” (5 та китоб), “Қалдирғоч”, “Ҳаловат”, “Ҳалол нимаю ҳаром нима” каби китоблари нашр этилган...
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
#Iqtibos 🖇 Kitobga oshiqlik ilmga oshiqlikdir. Ilmga oshiqlik esa kamolga oshiqlikdandir. ✍️ Husayn Buxoriy 📖 @kitoboqiuz 👈
نمایش همه...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#mutolaa ​​Juda koʻp kitoblar mutolaasida oʻquvchining aqli dam oladi. Sababi oddiy: chunki uni yozishda yozuvchining aqli ham dam olgan. © Charlz Kolton 📚 @kitoblar_pdf
نمایش همه...
🔥 1
#iqtibos Aksariyat hollarda rejimning an’anaviy siyosatchilari faoliyatining oxirida qamalgan va xo‘rlangan bo‘lsa, dissidentlar esa avval qamalib keyin siyosiy faoliyatini boshlashi ko‘p uchraydi. ✍ Vatslav Gavel: "Kuchsizlar kuchi" 📚 @kitoblar_pdf
نمایش همه...