Javohir Berdiyev | IT
رفتن به کانال در Telegram
✅ Software Engineer & AI Specialist 🚀 7 yil coding, 400+ mentorlik Sun'iy intellekt va IT olamidagi eng so'nggi yangiliklar va darslar. Admin: @javohircoder ⁉️ Savol javoblar: @webdev07_lesson
نمایش بیشتر6 690
مشترکین
+3624 ساعت
+1047 روز
-7730 روز
آرشیو پست ها
Assalamu alaykum Juma muborak bo'lsin
Alloh Subhana va Taolo barchamizga Juma ayyomini muborak etsin 🤲
Javascript yoki Python qay birni o'rgansak yutqazmaymiz 😎
https://youtu.be/2DPScMbD1c0
Javascript yoki Python qay birni o'rgansak yutqazmaymiz 😎
✅ @javohir_webdev
🌞 Issiqning havosi — @webdev07 davosi!
Tashqaridagi issiqdan qochib, uyda kompyuterni yoqib, ventilyatorni o'zingizga qaratib yoki konditsionerni ishga tushirib, kelajak kasblardan birini astoydil bepul o'rganishga nima yetsin!
Sezgan bo'lsangiz gap sizning kelajagingiz haqida ketmoqda... 😎
Web Dasturlash — siz uchun kerak bo'lgan web dasturlash sohasi va kelajak kasbini maqsad qilganlar uchun eksklyuziv kanal!
Konditsioneri bor kanal : 👉 @webdev07
#kitob #tavsiya
Mana o'sha siz izlab yurgan kitob!
"Ulamolar nazdida vaqtning qadri"
Barchangizni kitob mutolaasiga chorlab qolamiz 😊
📚 @Muhammadali_Eshonqulov
O'zing o'rgan
1. Xodimga ishini o'rgatsa bo'ladi - farosatni o'rgatib bo'lmaydi.
2. Dasturchiga kod yozishni o'rgatsa bo'ladi - fikrlashni o'rgatib bo'lmaydi.
3. Dizaynerga Photoshopni o'rgatsa bo'ladi - didni, kreativlikni o'rgatib bo'lmaydi.
4. Kassirga pulni tez sanashni o'rgatsa bo'ladi - halollikni o'rgatib bo'lmaydi.
5. Xohlovchilarga tadbirkorlik sirlarini o'rgatsa bo'ladi - duxni, qat'iyatni, tavakkulni o'rgatib bo'lmaydi.
6. O'rgatib bo'lmaydimi, demak odam o'zi o'rganishi kerak. O'zi o'rganadiganlar esa kam. Biror xususiyat qancha kam bo'lsa shuncha qadrlanadi.
7. Qadrli kadr bo'lmoqchimisan? - Birov o'rgata olmaydigan narsalarni o'rgan.
8. Yuqoridagilardan yana 2ta ajoyib xulosa olish mumkin:
1) Senga biror ishni o'rgata olishdimi? - Yaqin kelajakda algoritmga ham o'rgata olishadi.
2) Kuchli universitetlarning maqsadi - O'rtacha odamni olib unga maksimal bilim berish emas. Balkim o'zi o'rgana oladiganlarni topib, ularga sharoit yaratib berish.
🤔 PayMeda Javascript dasturchilar qancha oylik oladi?
PayMe asoschisi Sarvar Ruzmatov bunga javob berdi.
Dasturlashni o'rganishni boshlang 😁
✅ @javohir_webdev
Uyda kompyuter bo’lsa — ko’p zamonaviy kasblarni online o’rgansa bo’ladi
▪️Misol uchun, hozir trendga chiqgan SMM dizayn kasbi. Ko’plar bu kasbni o’rganib uyda o’tirib pul ham topishyapti, chunki talab va zakazlar bor.
▪️Eng qiyin narsa - bu boshlash. SMM dizaynini o'rganmoqchi bo’lganlar uchun Click School jamoasi 3 kunlik bepul Intensiv kurs tayyorladi.
▪️U yerda qisqa vaqt ichida ijtimoiy tarmoqlar uchun Photoshop orqali postlar yaratishni o’rgatishadi va oxirida sertifikat ham berishar ekan.
▪️Intensiv bu kasbni endi o’rganyotganlarga to’g’ri keladi.
Start 12-avgust, @clickschoolvebinars_bot orqali yoziling
Noutbuk sotib olayotganda nimalarga e'tibor berish kerak?
Noutbuk sotib olishga qaror qilib magazinga yo‘l oldingiz. Yo‘l-yo‘lakay cho‘ntagingizdagi pulingizga yarasha noutbuk xarid qilish haqida o‘ylab ketar ekansiz, uni tanlashda quyidagi jihatlarga e'tibor qaratish lozimligini yodda tuting.
✅ @javohir_webdev
https://telegra.ph/Noutbuk-sotib-olayotganda-nimalarga-etibor-berish-kerak-09-06
🔴LIVE.... 5 milliard so'mlik grantga start berilmoqda!
🔥Yaqinda PDP Academy jamoasi iqtidorli, dasturlashga qiziqadigan yoshlar uchun ajoyib imkoniyat bo'la oladigan, umumiy qiymati 5 milliard so'mlik grant e'lon qilmoqda.
🗓Grantga aloqador savollarga javob berish va umumiy ma'lumotlarni taqdim etish maqsadida, bugun soat 21:00 da Mfaktor va PDP Academy YouTube kanallarida jonli efir bo'lib o'tadi.
🎯Efirni quyidagi link orqali tomosha qiling va o'zingizni qiziqtirgan barcha savollarga javob oling.
⭕️LIVE Link: https://youtu.be/G66BoEyVnkg
Kanalga ulanish 👉🏻 @pdpuz
Website | Instagram | Youtube| TikTok
Xakerlar kim va ular qanday pul ishlashadi? Batafsil
— Xaker atamasi
Hozir bilamiz, hakerlik degan atama juda ko'payib ketdi. Xakerni ko'p kishi kompyuterni dahshat tushunadigan yoki telefonni zo'r tushunadigan odam, deb o'ylashadi. Aslida esa, xakerlar jinoyatchilardir. Bilaman, siz shu gapni o'qib hayron qoldingiz. Xaker - ingl. "hack" - buzmoq, so'zidan olingan. Xaker esa o'z navbatida buzg'unchi degan ma'noni anglatadi. Ko'chadagi Wi-Fi ni buzgan odam xaker emas, buni unutmang.
— Xakerlar qanday pul topadi?
To'g'risini aytsam, xakerlar omadi kelib qolsa, dasturchining 1 yillik oyligini ham topib qo'yadi. Omadi kelmasa, dasturchining 15 yillik umrini qamoqda o'tkazadi. Lekin buyurtmaga ishlovchi xakerlar bor. Ha-ha, ular qonuniy ishlashadi. Aytaylik, sizning katta kompaniyangiz bor. Sizda maxfiy ma'lumotar bor. Buni raqobatchilardan yashirish maqsadida falon so'mga dasturchi olib kelgansiz. Lekin siz dasturchini kuchli yoki kuchsiz ekanini bilmaysiz. Xakerga telefon qilasiz va buyurtma berasiz. Agar xaker buza olsa, u sizga qanday buzganligini ko'rsatadi va unga saboq uchun pul berasiz. Dasturchi bilan esa xayrlashasiz.
O'zini xaker hisoblovchi do'stlarimizga ulashamiz😄
✅ @javohir_webdev
Web dasturchining ishini yengillashtiramiz: kengaytmalar
Brauzer uchun kengaytmalar web-dasturchining ish unumdorligini oshirishning zo'r yo'li. Quyida Google Chrome uchun foydali kengaytmalar ro'yxati bilan tanishing:
ColorZilla — web-sahifadagi rang qiymatini aniqlovchi kengaytma. Vaqtni ancha tejaydi.
CSS Peeper — sahifadagi har qanday elementning CSS kodini chiqarib beruvchi kengaytma.
Windor Resizer — oyna o'lchamini boshqarishga yordam beradi. O'zingiz xohlagan o'lchamlarni kiritish, butun oyna yoki sahifaning faqat ma'lum qismini o'lchamini o'zgartirish imkonlariga ega.
Wappalyzer — sayt qanday texnologiya va freymvorklar yordamida yozilganini ko'rish imkonini beradi.
Whatfont — kursorni shrift ustiga etganingizda uning nomi, o'lchami va rangi haqida ma'lumot beradi.
✅ @javohir_webdev
Menga endi kech emasmikan ?
Ko'pchilik shunday savol berishadi "Meni yoshim palon yoshda menga kech emasmikan". Shuni bilingizlar siz hali tirik ekansiz sizga kech emas. Yangi narsani o'rganish uchun hech qachon kech bo'lmaydi.
Bugun qalbingizga Alloh soldimi siz aniq o'rganishingiz kerak. Bugun boshlang faqat ertaga emas. Siz albatta shu narsani o'rgana olasiz.
✅ @javohir_webdev
Ishga kirishda qanday suhbat olib borish kerak 🤓
Maqtanish tarbiyasizlik emas | Akmal Qodirov
✅ @javohir_webdev
Sizning muvaffaqiyatli dasturchi bo'lmasligingizga sabab bo'luvchi 10 ta omil
1. Agar siz umuman kompyuter va texnologiyaning qanday ishlashiga qiziqmasangiz, siz hech qachon muvaffaqiyatli dasturchi bo'lmaysiz.
2. Agar siz muammolarni o'zingiz hal qila olmasangiz, hech qachon muvaffaqiyatli dasturchi bo'lmaysiz.
3. Agar siz muammo chiqsa qochsangiz, hech qachon muvaffaqiyatli dasturchi bo'lmaysiz.
4. Agar siz muammoni hal qilganingizda zavq va muvaffaqiyat hissini his qilmasangiz, siz hech qachon muvaffaqiyatli dasturchi bo'lmaysiz.
5. Agar siz o'qishda sabr-toqat yetishmasligini his qilsangiz va hamma narsani oson va tez o'rganishingizni kutsangiz, siz hech qachon muvaffaqiyatli dasturchi bo'lmaysiz.
6. Agar siz o'ylash uchun dangasa bo'lsangiz va konsentratsiyalangan fikrlash zerikarli va odatiy vazifa deb hisoblasangiz, siz muvaffaqiyatli dasturchi bo'lmaysiz.
7. Agar siz kimdir siz uchun o'ylashini kutayotgan bo'lsangiz va vaziyatingiz tafsilotlarini o'rganishni istamasangiz, siz hech qachon muvaffaqiyatli dasturchi bo'lmaysiz.
8. Agar siz fikrlash qobiliyatingizda juda moslashuvchan bo'lmasangiz va kodni, shuningdek sizning fikrlaringizni tuzishda qiyinchiliklarga duch kelsangiz, siz hech qachon muvaffaqiyatli dasturchi bo'lmaysiz.
9. Agar siz dasturlashning asosiy maqsadini mumkin bo'lgan yechimlarning spektrini emas, balki to'g'ri yechimni topish deb bilsangiz, siz hech qachon muvaffaqiyatli dasturchi bo'lmaysiz.
10 .Agar siz tafsilotlarni e'tiborsiz qoldirsangiz va kichik narsalarga e'tibor bermasangiz, siz hech qachon muvaffaqiyatli dasturchi bo'lmaysiz.
P.S. Agar shulardan hech bo'lmasa birortasi sizda bo'lsa, darhol yaxshi tarafga o'zgaring. Ideal dasturchi shu 10 ta xislatga zid bo'lishi kerak.
✅ @javohir_webdev
Kanalimizdagi darslarni 0 dan boshlamoqchi bo'lganlar uchun 👇
🔸HTML
🔹CSS
🔸JavaScript
🔹jQuery
tez kunda react darslarimizni boshlaymiz 🥳
savol javob uchun @webdev07_lesson
«Зато Osmonimiz musaffo»
Ijtimoiy tarmoqlar (asosan TikTok)dagi izohlar orasida eng ko’p tanqidiy shaklda ishlatilinadigan jumla «Зато Osmonimiz musaffo» bo’lsa kerak. Nazarimda bu so’z tanqidiy o’rinda ishlatilishi juda ham noto’g’ri. Man paxta qo’ymoqchi emasman, bilasiz bundan ancha yiroqdaman.
Ammo, shu mavzu bo’yicha o’z fikrimni aytmoqchiman. Suriya, Afg’oniston, Falastin kabi davlatlarni olaylik. Musulmonlar bemalol, qo’rqmasdan masjidlarda Alloh farz qilgan ibodatlarni qila olmayapti (videolarda ko’rib guvohi bo’ldik). Ota-ona farzandini maktabga yuborayotib, bugun bolam uyga sog’lom qaytib kelarmikan degan xayolda bo’ladi. Kechalari tinch, bexavotir uhlay olishmaydi.
Bizda-chi? Aynan shu musaffo osmon tufayli biz bemalol 5 vaqt ibodatlarni qo’rqmay ado etmoqdamiz. Aynan shu musaffo osmon tufayli biz 10-15 yillik maqsadlarni qo’rqmay rejalashtiramiz. Aynan shu musaffo osmon tufayli biz bemalol uyquga ketamiz. Yoki gapim noto’g’rimi?
Bundan kelib chiqadiki, “Osmonimiz musaffo” jumlasi qandaydir tanqidiy ohangda emas, balki, hamd bilan ya’ni “Alhamdulillah, Osmonimiz musaffo” jumlasi bilan ishlatsak to’g’ri bo’ladi. Chunki, siz oddiy qabul qilayotgan “Osmonimiz musaffo” jumlasi aslida bizga juda katta imkoniyatlar eshigini ochmoqda.
Haqiqatdan ham Alhamdulillah, Osmonimiz musaffo va shaxsan man bu uchun faqat shukr qilaman. Alloh bergan ne’matni vaqtida qadriga yetaylik…
🌐 @Insaf_Aliev_Blog
O'zbekiston internet tezligi bo'yicha 4 pog'ona yuqoriladi!
Speedtest.net servisi 2021-yilning may oyi natijalariga oid yangi maʼlumotlarni eʼlon qildi. Unga koʻra, Oʻzbekistonning mobil internet tezligi yaxshilangan. Bir yil ichida Oʻzbekiston simli internet tezligi boʻyicha 1,5 barobarga (53,2 foizga), Mobil internet tezligi boʻyicha koʻrsatkich 64,8 foizga koʻtarilgan.
Nima deb o'ylaysiz dunyo reytingida internet tezligi bo'yicha O'zbekiston hozir nechanchi o'rinda?
✅ @javohir_webdev
