cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Xonqa tuman Kutubxona Markazi|Rasmiy| 📚

📚Badiiy kitoblar 🎶Audio kitoblar Jahon adabiyoti https://xonqatakmlib.uz 📮 Takliflar | @Dastonbek_97 📚Buyurtma | @Dastonbek_97 ©️ Xonqa tuman kutubxonasi

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
212
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
+27 روز
-430 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

⚡️10 йилга бўлиб тўлашга Таъмирланган уйлар! 👉Уйларни кўриш
نمایش همه...
👉Нархларни кўриш
Koʻzga koʻrinmaydigan kitob bormi? 📝 Eng koʻp tilga tarjima qilingan adabiy asarlar mashhur detektiv yozuvchi Agata Kristiga tegishli. Adiba kitoblari yuzdan ortiq dunyo tillariga tarjima qilingan va toʻrt milliarddan ortiq nusxada chop etilgan. 📝 Zamonaviy adiblar ichida eng sermahsuli braziliyalik yozuvchi Joze Karlos Inuedir. U 1046 ta ilmiy-fantastik, sarguzasht romanlar muallifidir. Qizigʻi, u shuncha asarni oʻn yil ichida 1986–1996-yillar oraligʻida qogʻozga tushirgan. 📝 Eng uzun roman fransuz yozuvchisi Jyul Romen (asl ismi Luyi Anri Farigul)ga tegishli. Uning “Ixtiyori oʻzida odamlar” romani 1932–1946-yillar oraligʻida 27 jildda nashr etilgan. 📝 Eng keksa mualliflar – amerikalik Sara va Elizabet Delenilardir. Ular 1994-yili “Opa-singil Delenilarning kundalik hikmatlari” nomli kitob eʼlon qiladi. Bu paytda opa 105, singil 103 yoshda edi. 1997-yili esa Sara Deleni kitobning davomini yozib, “Oʻzimning 107 yoshimda” nomi bilan chop ettiradi. 📝 Eng katta ensiklopediya “Evro-amerika universal bezakli ensiklopediyasi”dir. 105 ming sahifadan iborat bu kitob 104 jildga jo boʻlgan. 📝 Hozircha eng mitti kitob Yaponiyada bosilgan “Har mavsumga gullar” kitobi boʻlib turibdi. 0,75 millimetrli bu sanʼat asarini oddiy koʻz bilan tugul, koʻzoynak taqib ham koʻra olmaysiz. 📝 Eng koʻp sotilgan kitob – “Ginnesning rekordlar kitobi”dir. U AQSH kutubxonalaridan oʻgʻirlanishi boʻyicha ham rekord qayd etgan. Bu toʻplam ilk bor 1955-yili chop etilgan. 📝 Eng qadimgi kitob doʻkoni Portugaliyadagi “Livraria Bertrane”dir. U 1732-yildan beri faoliyat yuritib ketadi. Orifjon MADVALIYEV tayyorladi. “Yoshlik” jurnalining 2019-yil 8-sonidan
نمایش همه...
Kamdan kam kishilargina behuda, foydasiz gaplashayotganini anglashga qodir, ularning ichidan kamdan kamlarigina bunday foydasiz so'zlashdan ko'ra sukutni afzal biladilar. ©️Ahmad Lutfiy Qozonchi (O'gay ona) asaridan
نمایش همه...
Uning sevgisi bilan qishlar bahorga, jarliklar esa tep-tekis yoʻlga aylanadi. G‘am-tashvishlar qora bulutdek tarqalib ketadi va osmonda yana quyosh charaqlaydi. ©Bilol Jivalek (Dard etma,sabr et) kitobidan
نمایش همه...
Tutib qolmoqchi boʻlgan yoʻqotadi-ku. Kim tabassum bilan qoʻyib yuborsa, oʻshanga mahkamroq yopishishadi oʻzi.. Nahotki shuni unutgan boʻlsam... ©️Erix Mariya Remark (Qarzga olingan umr) kitobidan
نمایش همه...
Odamlar hayotga bunchalik o‘rganganlaridan keyin o‘lim yo‘q deb o‘ylashadi yoki unutishadi. ©️Fotih Duman (Sir. Oshiqlar o‘lmas) kitobidan
نمایش همه...
🎧 Audio kitob 💿 Audio nomi: “Er-xotin” 👤 Muallif: Togʻay Murod 🔢 Qismlar soni: 1 ta ⚙️ Janr: Hikoya 💾 Hajmi: 9.6 MB ⏰ Davomiyligi: 00:10:32 https://t.me/xonqaAKM
نمایش همه...
#Aforizmlar 📚Kitoblarim men uchun butun umrga yetajak ulkan qirollikdir. ✍🏻Shekspir
نمایش همه...
🕯🎖9 may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami keng nishonlanib kelinmoqda. Ushbu bayram mustaqil O'zbekistonda asrlar davomida qahramona, o'lkamizni himoya qilgan, uning erkinligi, mustaqilligi va xalq tinchligi uchun kurashgan vatandoshlarimiz xotirasiga bag'ishlangan. Xotira va qadrlash tushunchasi chuqur ma'noga egadir. Ushbu kunda fashizmga qarshi kurashlarda qatnashgan, vatanini himoya qilish uchun joniga fido qilgan. Insoniyat ikkinchi jahon urushida qatnashgan, bu ayovsiz jangu jadalda qahramonlarcha halok bo'lganlar aslo unutmaymiz. https://t.me/xonqaAKM
نمایش همه...