cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Xurshid To'xtayev kanali (BIZ BIR KUCHMIZ VA BIRGALIKDA BUYUK MARRALARNI ZABT ETAMIZ

XURSHID TO'XTAYEV RASMIY KANALIDAN NAVBATDAGI XABAR ! © Kanal sizga qanday imkoniyat beradi? ▫️Respublikamizdagi barcha yoshlarimizni takliflari va loyihalarini qo'llab-quvvatlash; ▫️onlayn tanlovlar; ▫️Ilmiy anjumanlar;

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
1 084
مشترکین
-124 ساعت
-167 روز
-8530 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Photo unavailableShow in Telegram
#Ombudsman_sovrini #9_sinf ⚡️"Ombudsman sovrini uchun" respublika musobaqasining 9-sinflar bo‘yicha g‘oliblari bilan tanishing! 🎖G'ijduvon tumanidagi 7-sinf oʻquvchisi Amurallayev Ozodbek Respublika eng yuqori 100 ballni qo'lga kiritdi! Eslatib o’tamiz ushbu olimpiadaga G'ijduvon tumani hokimi tashabbusi bilan tashkil etilgan "G'ijduvon fizika va matematika fan olimpiada jamoasi" a'zolari, ishtirok etishib Respublikada 9-sinflar o'rtasida barcha sovrinli o'rinlarni egallashdi. 🥇Amurullayev Ozodbek 100 ball 🥈Arifjonova Aziza 100 ball 🥉Fayoziddinov Fozilbek 100 ball @xurshid_blog
نمایش همه...
👍 3🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Shijoatda To'marisdan, latofatda Barchinoydan qolishmaydigan tumanimizning aziz ayollari, lobar qizlari! Siz uchun, aynan sizning rivojlanishingiz uchun yangilik!!! Buxoro viloyati G'ijduvon tuman "Qizlar ovozi " klubi koordinatori Barnoxon Ro'ziyeva tashabbusi bilan tumanimizdagi 28-umumta'lim maktabida sammit tashkil etilmoqda. ⚡️Maqsadimiz - birgalikda rivojlanamiz! Siz bilan hamkorlikda yangi cho'qqilarni zabt etamiz! 🌸Mehmonlarimiz: Iqlima Jo'rayeva - Eko-Turizm klasteri rahbari; Zamira Safarova - "Mahshura" o'quv markazi rahbari; Gulnora Islomova-tadbirkor; Gulbodom Jo'rayeva- shifokor; Uzukjamol Jamolova-sportchi. Taklif etilgan mehmonlarimiz barchasi o'z sohasining fidoyi, tadbirkor ayollaridir. Ularning faoliayti, hayot yo'li, maslahatlari, o'ylaymizki, qizlarimiz uchun MASTER-KLASS bo'ladi Manzil: Gulistonobod MFY Charmgaron mahallasi 28-umumta'lim maktabi faollar zali Soat 9:30 da... Sizni kutib qolamiz🤗 Gijduvon tuman hokimligi "Qizlar ovozi" klubi koordinatori Barnoxon Ro'ziyeva
نمایش همه...
SAT HAQIDA 🧐 SAT nima? SAT abituriyentlarning universitetda o'qish uchun akademik jihatdan qay darajada tayyor ekanligini ko'rsatuvchi imtihon bo'lib, bugungi kunda dunyoning 60dan ziyod mamlakatlaridagi TOP oliy ta'lim muassasalariga qabul qilinish uchun asosiy talablardan biridir. 📝 SAT imtihonlari bakalavr darajasiga qabul qilinish uchun mo'ljallangan va AQSHning College Board notijorat tashkiloti tomonidan o'tkazilib kelinadi. 2016-yilgacha 2400 ballik shkalada baholash tizimiga ega bo'lgan ushbu test tizimi buguni kelib to'liq raqamlashtirilgan va eng yuqori ball 1600 etib belgilangan. (Maximal 800 matematika qismi uchun, 800 ingliz tili qismi uchun). 📕📗 Imtihon ikki tarkibiy qism: ingliz tili va matematikadagi savollaridan iborat bo'lib, har bir komponent 2 tadan modulni o'z ichiga oladi va va jami 98 ta savol mavjud (ingliz tili qismida jami 54 ta savoldan iborat ikki modul va matematika qismidagi jami 44 savolni o'z ichiga olgan ikki modul). SAT avval boshda Scholastic Aptitude Test(o'quvchining qobiliyatini baholash testi), keyinchalik Scholastic Assessment Test(o'quvchini akademik baholash testi) kabi atoqli otlar akronimi sifatida ishlatilgan bo'lsa, bugunga kelib, uning nomi shunchaki SAT va hech qanday atoqli otlar bosh harflari ma'nosini anglatmaydi. 🤔 SAT nega kerak? 1. UNIVERSITET QABULI Dunyoning TOP 100 likka kiruvchi universitetlaridan 45 nafarining qabul jarayonlarida SAT imtihonini topshirish majburiy yoki kuchli tavsiya qilingan hujjatdir. Dunyoning eng nufuzli universitetlar ligasi —IVY league schools — universitetlari(Harvard, Yale, Princeton, Dartmouth), mashhur yetakchi oliygohlar(MIT, Stanford, Caltech) lar ham shular jumlasidan. 2. GRANT Ko'plab grantlar, jumladan Akademik ustunlik uchun grantlar(Merit-based scholarship) ajratishda SAT asosiy kriteriyalardan biri sifatida qaraladi 3. AKADEMIK ISBOT Universitetdagi ba'zi fanlarni yuqori ballik SAT sertifikati yordamida o'tkazib yuborish mumkin. Ko'plab universitetlar SATning ingliz tili modulidan olingan yuqori ballni qabul jarayonlarida ingliz tilini bilish darajasini aniqlash testlari(IELTS, TOEFL, DET) o'rniga qabul qilishadi 4. SHAXSIY RIVOJLANISH SAT uchun tayyorlanish jarayoni abituriyentlarning tanqidiy fikrlash, muammolarni hal qilish, vaqt boshqaruvi ko'nikmalarini o'stirishi imtihondan tashqari jarayonda ham abituriyent uchun foydalidir.   5. O'ZBEK OTMLARI QABULI Yurtimizdagi ko'plab OTMlari, jumladan mashhur Yangi O'zbekiston universiteti, Millat Umidi universiteti(Sobiq Cambridge), TEAM university bugungi kunda SAT sertifikatini grantlar taqdim etish uchun asosiy mezon sifatida ko'rishadi. CoVid-19 pandemiyasi davomida ko'p universitetlar o'zlarinint qabul jarayonlarida SAT sertifikatini topshirishni ixtiyoriy qilib qo'ygan bo'lsalar, bugunga kelib, ularning aksariyati allaqachon SAT testini topshirish talabini qayta tiklashdi. @xurshid_blog
نمایش همه...
👍 1
Repost from BUXORO YOSHLARI
🔶 Ibrat farzandlari loyihasi orqali tanilgan qiz! Gijduvon tumanidagi Bobur mahallasida istiqomat qiladigan Azamova Charos bugun 9 sinf bo'lishiga qaramasdan 34 nafardan ortiq o'quvchilarga Ibrat farzandlari loyihasi va Rustam Qoriyev darslari orqali ta'lim berib kelmoqda. #umidli_yoshlar Telegram |Instagram |Facebook
نمایش همه...
👍 5
1 iyundan oliy ma'lumotli bog'cha tarbiyachilarining maoshi oshadi Davlat bog'chalarida ishlovchi oliy ma'lumotli pedagog xodimlarning maoshi maktab o'qituvchilarinikiga tenglashtiriladi. Bu prezident qarorida belgilangan. Davlat rahbarining 2023 yil may oyida imzolagan qaroriga asosan 2024 yil 1 iyundan boshlab davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi oliy ma'lumotli pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalari umumiy o'rta ta'lim muassasalarining tegishli pedagog xodimlarinikiga tenglashtirilishi lozim. Amaldagi qonunchilikka ko'ra, davlat bog'chalarining oliy ma'lumotli tarbiyachi-metodist, tarbiyachilari 1 mln 203 ming 660 so'm olishi belgilangan. Maktablarning oliy ma'lumotli boshlang'ich va yuqori sinflari o'qituvchilari esa 2 mln 90 ming 399 so'm oladi. SHundan kelib chiqilsa, bakalavr diplomiga ega bog'cha tarbiyachilarining maoshi 2 mln so'mdan oshirilishi kutilmoqda. @xurshid_blog
نمایش همه...
🎉 1
G'ijduvon Ibrat sardorlarining "Ingliz tili marafoni" ✅Bugun G'ijduvon "Ibrat sardorlari"dan iborat o'quvchi-yoshlar G'ijduvon shahriga tashrif buyurgan Eron, Italiya, Hindiston, Fransiya, Saudiya Arabistoni, Germaniya va boshqa davlatlardan kelgan sayyohlar bilan ingliz tilida suhbat olib borildi, mehmonlarga tuman tarixi, qadimiy ziyoratgohlar va milliy taomlar haqida ma'lumotlar berildi.
❇️ Mehmonlarga o'quvchilarning ilmga tashna ekanligi, tuman hokimining ta'limga qaratayotgan e'tibori iliq ta'surot uyg'otdi.
@gijduvon_liklar
نمایش همه...
👍 4🤩 3🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
#fan_musobaqasi 📣 ESLATMA: Bugun "Bolalar Ombudsmani sovrini" uchun musobaqa o‘tkaziladi! Respublika bo'yicha 8-9-10-11-sinflar o‘rtasida o‘tkazilayotgan fizika fanidan onlayn musobaqada o‘z bilimlaringizni, albatta sinab ko‘ring.
O‘tkazilish vaqtlari:
🗓 22-may, chorshanba, bugun 8-sinflar uchun - 15:00 da; 9-sinflar uchun - 17:00 da; 10-11-sinflar uchun - 19:00 da. 📌 Ro‘yxatdan o‘tishga ulgurmagan bo‘lsangiz quyidagi botlardan biridan foydalaning: @tasimo3_bot @tasimo2_bot @tasimo1_bot @tasimo_botTasIMO botlaridan foydalanish YO‘RIQNOMASI! 📞 Batafsil ma'lumot olish: +998555084400   @nordikedu 🌐 Web-site 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 📱Facebook 📹 Tik-tok
نمایش همه...
"Ибрат чет тиллари" танловининг НИЗОМИ Танлов 21-24май кунлари - "маҳалла босқичи"
25-28июнь кунлари - "сектор босқичи" 28-30июль кунлари - "туман босқичи" август ойида - "ҳудудий босқичи" сентябрь ойида - "Республика босқичи" ўтказилади.
Танлов бўйича маълумотлар: t.me/beshtashabbus_uz - расмий каналида эълон қилиб борилади. 📌 Ҳудудий бошқарманинг Таълим йўналиши вакили билан ҳамкорликда ташкил этилади.
نمایش همه...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Энди ўқишга кирадиган талабалар бир йил учун 2 хилда грант олишади Талабаларга грант 2 турда тақсимланади: 100 фоизлик ва 50 фоизлик. Талаба биринчи курсни тугатгач, унга грант бир йиллик ўзлаштириш кўрсаткичига қараб берилади. Масалан, бир гуруҳга 50 нафар бола грант асосида қабул қилинди. Жами гуруҳда эса 200 талаба бор. Уларга ажратиладиган грантнинг 50 фоизи 100 фоизлик, қолган ярми эса 50 фоизлик грант бўлади. Бунда жами 50 та грантнинг 25 таси 100 фоизлик, қолган 25 таси эса 50 фоизлик грант бўлади. Яъни, контрактда ўқиётган талаба 50 фоизлик грант олиши учун ҳам яхши ўзлаштиришга эга бўлиши керак. Бизда ГПА – ўзлаштириш кўрсаткичи учдан бешгача ҳисобланади. Шу ГПА кўрсаткичи энг юқори бўлганларга 100 фоизлик грант, пастроқ бўлганларга эса 50 фоизлик грант берилади. Эслатма: бу тартибда грант ажратилиши кейинги ўқув йилидан 1-курсга кирадиган талабалардан бошланади. Бухорода фан ва таълим
نمایش همه...
😱 2👍 1