53-DIUM RASMIY
رفتن به کانال در Telegram
638
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-87 روز
-2430 روز
آرشیو پست ها
+3
Maktabda tashkil etilgan “Yosh geograflar” toʻgaragidan fotolavhalar
Toʻgarak rahbari: M.Mirzarahimova
+5
Maktabda tashkil etilgan “Iqtidor”toʻgaragidan fotolavhalar
Toʻgarak rahbar: S.Mamadiyeva
+4
"Bir million dasturchi" loyihasining mantiqiy davomi sifatida "Besh million sun'iy intellekt yetakchilari" loyihasini amalga oshirish bo'yicha to'garak mashg'ulotlaridan lavhalar
Toʻgarak rahbari: N.Tursunova
+3
Maktabda tashkil etilgan "Yosh kitobxon "to'garagidan fotolavhalar
Toʻgarak rahbari: N.Usmanova
+3
Maktabda tashkil etilgan "Yosh kitobxon "to'garagidan fotolavhalar
Toʻgarak rahbari: N.Usmanova
+2
Maktabda tashkil etilgan “Tarix millat kuzgusi” toʻgaragidan fotolavhalar
Toʻgarak rahbari: N.Dadamirzayeva
+4
Yurtimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, yoshlarning zamonaviy kasb va bilimlarni egallashiga keng imkoniyatlar yaratish maqsadida amalga oshirilgan “Bir million dasturchi” loyihasining mantiqiy davomi sifatida “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar yo‘lga qo‘yilmoqda.
Mazkur loyiha sun’iy intellekt, dasturlash, ma’lumotlar tahlili, mashinaviy o‘rganish va raqamli texnologiyalar sohasida oʻquvchilarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan.
Maktabimizda ham ushbu loyiha ijrosini ta’minlash maqsadida o‘quvchilarni axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt asoslariga qiziqtirish, ularni tegishli to‘garaklar va o‘quv mashg‘ulotlariga jalb etish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. O‘quvchilarga sun’iy intellektning kundalik hayotdagi o‘rni, ta’lim, tibbiyot, sanoat va boshqa sohalardagi ahamiyati haqida tushunchalar berilmoqda.
+2
Maktabda tashkil etilgan "Yosh matematiklar " to'garagidan fotolavhalar
Toʻgarak rahbari: S.Tuychiboyeva
+7
Maktabda tashkil etilgan “Yosh informatiklar” toʻgarak mashgʻulotlaridan fotolavhalar
Toʻgarak rahbari: M.Umarova
+5
Maktabda tashkil etilgan “ Zakovat” toʻgaragining navbatdagi mashgʻulotidan fotolavhalar
Toʻgarak rahbari: T.Mirzomiddinov
Chortoq tumani ayrim fanlar chuqur o'qitiladigan sinflari mavjud 53-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining ingliz tili fani o'qituvchisi Axmedova Maxfuzaning " English" to'garagidan lavha
+4
Bugun 53-maktabda oʻquvchilarni atrof-muhitni asrash, tabiatga mehr va mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalash maqsadida “Yosh tabiat himoyachilari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga tabiatni muhofaza qilishning ahamiyati, ekologik muammolar, daraxt va o‘simliklarni asrash, suv va elektr energiyasidan tejamkor foydalanish haqida atroflicha tushunchalar berildi. Shuningdek, tabiatni asrash har bir insonning burchi ekanligi hayotiy misollar orqali yoritib berildi.
O‘quvchilar tomonidan tabiatni asrashga bag‘ishlangan she’rlar o‘qildi, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi hamda rasmlar ko‘rgazmasi tashkil qilindi. Tadbir interaktiv tarzda o‘tkazilib, savol-javoblar orqali o‘quvchilarning ekologik bilimlari mustahkamlandi.
Mazkur tadbir o‘quvchilarda tabiatga bo‘lgan mehr-muhabbatni kuchaytirish, ularni ekologik madaniyatli, mas’uliyatli shaxslar etib tarbiyalashga xizmat qildi.
Repost from 53-DIUM RASMIY
+5
“Yoʻl harakati qoidalari-bolalar nigohida”
53-maktabda qishki ta’til davrida oʻquvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida, qishki ta’til tadbirlari rejasiga muvofiq Yo’l harakati qoidalari-bolalar nigohida”mavzusida targʻibot-tashviqot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida oʻquvchilarga yoʻl harakati qoidalarining mazmun-mohiyati, piyodalar uchun belgilangan yoʻlaklardan foydalanish, svetofor ishoralariga amal qilish, jamoat transportida oʻzini tutish qoidalari haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, qish faslida yoʻllarda yuzaga keladigan xavfli holatlar va ularning oldini olish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
Mazkur tadbir o‘quvchilarning yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash, ularni intizomli va mas’uliyatli bo‘lishga undashga xizmat qildi hamda qishki ta’til davrida ularning xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
Bugun 53-maktabda pedagogik jamoa ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oliy Majlisga hamda Oʻzbekiston Xalqiga yoʻllagan Murojaatnoma mazmunini oʻrganishga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi. Yigʻilishda Murojaatnomada belgilab berilgan ustuvor vazifalar, ta’lim sohasini rivojlantirishga oid muhim yoʻnalishlar atroflicha muhokama qilindi.
Yigʻilish davomida ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi M.Toʻxtanazarova soʻzga chiqib, ta’lim sifatini oshirish, oʻqituvchilarning kasbiy salohiyatini yuksaltirish, yosh avlodni vatanparvarlik va zamonaviy bilimlar ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratilayotgani haqida ma’ruza qildi. Shuningdek, maktab ta’limi tizimida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Tarix fani oʻqituvchisi D.Isaqov Murojaatnomada ilgari surilgan gʻoya va tashabbuslarni oʻquv jarayoniga samarali tatbiq etish, belgilangan vazifalarni amaliyotda roʻyobga chiqarish boʻyicha oʻz takliflarini berdi.
+6