53-DIUM RASMIY
رفتن به کانال در Telegram
641
مشترکین
-424 ساعت
-97 روز
-2430 روز
آرشیو پست ها
10-G sinf oquvchisi Satiboldiyev Akbar Karimjon oʻgʻlidan ajoyib natija
Òquchimiz Matematika fanidan B darajadagi sertifikatni qòlga kiritdi
Oʻquvchimizga oʻqishlariga omadlar tilaymiz
10-G sinf oquvchisi Abdullayev Baxriddin Asatilla oʻgʻlidan ajoyib natija
Òquchimiz Matematika fanidan B darajadagi sertifikatni qòlga kiritdi
Oʻquvchimizga oʻqishlariga omadlar tilaymiz
2-“A” sinf o‘quvchilari tomonidan “Milliylik kuni” tadbiri ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Tadbir davomida o‘quvchilar milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz va an’analarimizni namoyon etuvchi chiqishlar qilishdi. Qizlar milliy liboslarda raqslar ijro etib, o‘g‘il bolalar esa milliy o‘yinlar orqali yig‘ilganlarga xush kayfiyat ulashdi.
Shuningdek, o‘quvchilar tomonidan sahna ko‘rinishlari, she’rlar va qo‘shiqlar ijro etilib, ona Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat yanada ifodalandi. Tadbir davomida milliy taomlar va hunarmandchilik namunalaridan iborat ko‘rgazma ham tashkil qilindi.
Mazkur “Milliylik kuni” tadbiri yosh avlod qalbida milliy g‘urur, vatanga sadoqat va ajdodlar merosiga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
Sinf rahbari: G.Murodullayeva
53-maktabda ta’til davrini mazmunli va samarali o‘tkazish maqsadida 7-“A” sinf o‘quvchilari o‘rtasida futbol musobaqasi tashkil etildi. Ushbu sport tadbiri o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini foydali o‘tkazish, jismoniy faolligini oshirish hamda jamoaviylik ruhini mustahkamlashga xizmat qildi.
Musobaqa jarayonida o‘quvchilar o‘zlarining chaqqonligi, epchilligi va sportga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etdilar. Bellashuvlar qiziqarli va murosasiz kechib, tomoshabinlarga ham ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Yakunda g‘olib jamoa aniqlanib, faol ishtirok etgan o‘quvchilar rag‘batlantirildi. Bunday tadbirlar yoshlarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tashkilotchilar:
Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi R.Mirzaaxmeov
Sinf rahbari: Z.Azimova
+8
Chortoq tuman MMTB ga qarashli 53-maktabda o‘quvchilarning ta’til vaqtini mazmunli va foydali o‘tkazish maqsadida “Yosh tabiat himoyachilari” nomli tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbir o‘quvchilarda tabiatga mehr, atrof-muhitni asrashga bo‘lgan mas’uliyat hissini kuchaytirishga qaratildi.
Tadbir davomida o‘quvchilar ishtirokida maktab hovlisi va uning atrofini tozalash ishlari amalga oshirildi, daraxt va gullarga parvarish ko‘rsatildi. Shuningdek, ekologiya mavzusida suhbatlar, qiziqarli savol-javoblar hamda kichik tanlovlar o‘tkazilib, faol qatnashgan o‘quvchilar rag‘batlantirildi.
O‘quvchilar tabiatni asrash, uni kelajak avlodlarga sog‘lom holda yetkazish har bir insonning burchi ekanini yana bir bor anglab yetdilar. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tib, barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
9-V sinf oquvchisi Sobitxanov Saloxiddin Farxod oʻgʻlidan ajoyib natija
Òquchimiz Matematika fanidan B darajadagi sertifikatni qòlga kiritdi
Oʻquvchimizga oʻqishlariga omadlar tilaymiz
10-G sinf oquvchisi Alijanova Xonzodabegim Sardor qizidan ajoyib natija
Òquchimiz Kimyo fanidan B darajadagi sertifikatni qòlga kiritdi
Oʻquvchimizga oʻqishlariga omadlar tilaymiz
10-G sinf oquvchisi Mamatxanova Husniya Otabek qizidan ajoyib natija
Òquchimiz Kimyo fanidan B darajadagi sertifikatni qòlga kiritdi
Oʻquvchimizga oʻqishlariga omadlar tilaymiz
11-G sinf oquvchisi Tolibjanova Madina Botirjon qizidan ajoyib natija
Òquchimiz Matematika fanidan B+ darajadagi sertifikatni qòlga kiritdi
Oʻquvchimizga oʻqishlariga omadlar tilaymiz
11-G sinf oquvchisi Sobutxanova Muxlisa Farxod qizidan ajoyib natija
Òquchimiz Matematika fanidan B darajadagi sertifikatni qòlga kiritdi
Oʻquvchimizga oʻqishlariga omadlar tilaymiz
