cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Sevgi hikoyalari ♥️⛓

Kanalimizga xush kelibsiz☺️ 💞Baxtli💞 🥀G'amli🥀 😅Kulguli😅 💌Hayotiy Hikoyalar Kanali😇 Kanalda hikoya joylash 📝 Taklif...🤝 Shikoyat...👊 Va boshqa narsalar uchun CREATOR : @Mr_Numonov

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
1 751
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
اطلاعاتی وجود ندارد7 روز
-8630 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

#Premyera #Film • 172 KUN • Oʻzbek tilida Proffesional Dublajda • Indoneziya filmi 2024 • Yigʻlatadigan Islomiy sevgi hikoyasi...
نمایش همه...
🤗 3🍓 2
2
6
Hikoya haqida fikringiz qanday...??????😶 #Muallif_Shahnoza
نمایش همه...
👍 16❤‍🔥 4 1
❤️‍🩹Sen ila...❤️‍🩹 2-fasl 9 qism 🌝Inson doimo yaqinlarini yo'qotishdan qo'rqadi. Ammo men.. Men yo'qotishdan qo'rqmasdim ortiq. 14 yoshimdan beri faqat singlimni yo'qotishdan qo'rqardim. Hayotimda bir singlim bordek edi. Aslida u uchungina men shu hayotda ekandek his qilardim ba'zan. 🌚Inson ba’zida o'ziga yaqin olgan insonlarini yo'qotib sinaladi. Men ham shunday sinovni bir marta his qildim va qanchalik azobli ekanini hali hamon unutmadim. Ammo Sen shunday yaqinim bo'lishingni istardimki, seni yo'qotishdek sinov boshimga tushmasin. Eng yaqinim sen bo'l ammo hech ham seni yo'qotmay... ...................... -Nima bo'lyapti bu yerda..? Qochinglar nima bo'ldi? Ilhom to'dalanib turgan olomon ichidan o'tib borarkan yonayotgan mashina oldidagi Samirani jonsiz tanasini ko'rdi. -Yo'q Samir..Samiraaaaa Ilhom anchadan beri davom etayotgan bunaqa tushdan yana qo'rqib uyg'onib ketdi. Har safar tunda ko'radigan bunaqa tushlar endi uni har uyquga ketganida o'z domiga torta boshlagandi -Xudoga shukr, tushim ekan😓 Ilhom o'rindig'idan turib xonasidagi oyna oldiga bordi. Ko'zlarini bir yopib osmonga qarab chuqur nafas oldi. So'ng esa ozroq o'ziga kelishi uchun o'rnidan turib sovuq dushga kirdi. Suvni ochib tagida biroz o'ylanib o'tirdi. Nima qilarini bilmasdi. Samirani sevib qolgandi, ammo unga qanchalik yaqinlashaman desa uni yo'qotish havfi ham shuncha ortishini sezib qo'rqardi. -Qo'rqqan doim yo'qotadi... Ilhom suvni o'chirdida dushdan chiqdi. Soatiga qaradi kechgi 21:10 ekanini ko'rib tezda kiyimlarini almashtirib chiqib ketdi. ............... -Mayli hayr yigitlar, bugun yaxshi ishladinglar. -Siz sabab Samira Botirovna -Rahmat hammangizga, demak ertadan keyin ko'rishamiz -Yaxshi yetib oling, dam olish kuningiz maroqli o'tsin.. Samira ishchilar bilan hayrlashib qorovulga kalitni tashlab ketayotganda nariroqda turgan Ilhomni birdan sezdi. Ilhom bir zum bo'lsa ham Samiradan ko'z uzmasdi. Samira oldin telefonini olib yo'lida keta boshladi. Ammo biroz to'xtadida ortga qaradi. Unga qarab turgan Ilhomga boshdan oyoq nazar solib so'ng ortga qaytdi. Ilhom sekin u tomon qadam tashlay boshlagach Samira tez-tez qadamlari bilan borib Ilhomni bag'riga o'zini otdi. Ilhom shu zahoti o'zini yo'qotdi. Samirani bag'riga bosarkan yelkasidan hamma yuklari yo'q bo'lib ta'riflab bo'lmas yengillikni his qilgandi. So'ng Ilhom uni yanada qattiqroq bag'riga bosib undan taralayotgan xushbo'y iforga to'yib oldi. Bu ifor haligacha uni yodida edi. Samira esa Ilhomni yaxshi tanib ulgurmaganini va oilasi qanday odamlar ekanini bilsada uni sevib qolganini anglagandi. Uni ustiga Samira qanday qilib Ilhomni sevmasligi mumkin ediki? -Yengildim, shuncha yillik mustahlagam o'zligimga bugun menga tikilib turgan tubsiz jarlikka ega ko'zlarga yengildim. Davomi bor #Muallif_Ifora #Muallif_Shahnoza
نمایش همه...
🤗 28👍 9 5
❤️‍🩹Sen ila...❤️‍🩹 2-fasl 8 qism 1 haftadan so'ng -Samira..hey -Nima? -Seni so'rab kelishdi. -Kim? -Ilhom, tashqarida kutib turibdi -Aaa? Samira ustidagi kiyimlarini ham yechmay tashqariga chiqdi. -Nega keldingiz? Sizga gapiryapman. Heeey Ilhom biroz unga tikilib turdida so'ng gap boshladi -Iltimos Samira. Kechir meni, juda qattiq afsusdaman. Yolvoraman ozroq gaplashaylik. -Sizni ko'rishni istamayman keting Samira ichkariga kirib ketayotganda Ilhom borib uni qo'llaridan ushladi. -O'tinaman bunday qilma. Seni 1 haftadan beri ko'rmadim, ovozingni eshitmadim. Telefoning ham o'chiq. Seni juda sog'indim Ilhom yosh to'la ko'zlari bilan Samirani yuzlaridan silab bag'riga bosdi. Samira biroz indamay turdi so'ng sekin u ham Ilhomni bag'riga bosdi. -Sen bilan hammasini boshidan boshlaylik, sensiz yasholmayman. Seni juda yaxshi ko'raman Ilhomni gaplaridan keyin Samira biroz ajablanib undan uzoqlashdi. -Opa. Samiraaa opaaaa hey tursangizchi Samira ertalabdan singlisini baqirishi bilan uyg'onib ketdi. So'ng shoshib atrofga qaradi. Ammo bari tush ekanini bilgach kayfiyati tushdi. ................ Ilhom kayfiyatsiz holda uyg'onib ko'rgan g'alati tushlaridan boshini changallab chuqur xo'rsindi. -Uf oxiri jinni bo'laman bu qizni deb. Ne hollarga tushyapsan-a Ilhom? Ilhom sovuq dushdan biroz yengillashib chiqqach kiyinib ishxonasiga ketishga tayyorlandi. -Ilhom, menga bugun mashinangni berolmaysanmi? -Mashinamni? -Ha meni o'zimniki ustada edi. Ustaxonadan olishimga vaqt kerak bo'ladi -Uyda yana bir boshqa mashinamiz bor. Ko'rmayotgan bo'lsangiz ana eshikni oldida turibdi -Ilhom... -Ha tushunarli, meni mashinam kerak sizga -Tushunganingdan xursandman. Ilhom hayron bo'lib akasiga qaradi so'ng yangasi jiyani Umidni ko'tarib tushayotganini ko'rdi. Akasiga ortiqcha narsalar demay indamasdan kalitni uzatdi. Doston ukasini mashinasini haydab ketgach ortidan Ilhom ham yo'lga chiqdi. -Nega bulardan endi xabarim bo'lyapti? -Ilhom aka, biz kecha kayfiyatiz yaxshi emasligi sabab indamay mashinangizga qo'yib qo'ygandik -Bir gap...shunga aloqador bir og'iz gap aytib qo'ysalaringiz nima qilardi? Mashinada yo'q endi ular ham. -Aka rostan ham biz buni bilmagandik -Hisobotlar deyapman Ali... Mehmonxona kirim-chiqimini 1 oylik hisoboti yo'q. Bilasanmi bu nima degani... -Boshliq biz... -Senga savol berdim -...😓 -Bu degani Vohid Ahmedov mehmonxonani tortib olishni boshladi degani. 1 oylik kirim-chiqim hisoboti bu yerda Doston akamni olgan mablag'ini hisoboti edi . Vohid Ahmedov Doston akamdan mehmonxona ulushini sotib olib meni chetga otishi mumkin bundan foydalanib. Agar o'sha qog'oz bo'lmasa men Doston akamni chetga chiqarolmayman. Va akam yana o'sha botqoqlikka bizni tortadi -Ilhom aka, asabiylashmang..topamiz biz -Sizlarga 2 kun muhlat... Axlatdan izlaysizmi yerni tagidan izlaysizmi menga o'sha 5 varoq hujjatni topib olib kelasiz. Tushunarlimi? -Ha.. Ilhom asabiylashgancha stol ustidagi narsalarini uloqtirdi. Bugungi kayfiyati ham battar yomonlashib alamini nimadan olishni bilmasdi. Endi ishxonasini yangidan yuritaman deb akasini balchiqqa botgan qo'llarini olgach endi bu muammo chiqqani uni juda qattiq asabiylashtirgandi Davomi bor #Muallif_Ifora #Muallif_Shahnoza
نمایش همه...
👍 29 4 2
❤️‍🩹Sen ila...❤️‍🩹 2-fasl 7 qism Samira shifoxonadan qaytib uyiga kirayotganda birdan to'xtadi. Endi chiroqni yoqmoqchi edi ammo indamay ichkariga kirdi -Xush kelibsiz Samira qorong'uda ichkaridagi xonaga kirdida stolda o'tirgan dadasiga qaradi. -Meni tez payqading, doimgidek -Afsuski sizni qizingizman tabiiy hol emasmi bu? -Tabiiy albatta Samirani dadasi qizini bag'riga bosish uchun kelayotganda Samira orqaga chekindi. -Sizni bag'ringizga otilishimni kutmagandiz har holda? Samira jilmaygancha xona chirog'ini yoqdi. Botir esa qizini ko'rib unga tikilib qoldi. -4 yil ichida o'zgargandirman -Hech ham...o'sha-o'shasan -Nimaga keldingiz bu safar, oxirgi marta sizni eshikdan quvib solganim esimda edi. Samira dadasidan uzoq bo'lish uchun nariroqdagi o'rindiqqa o'tirgan dadasi gap boshladi -Sababi Ilhom. -Ilhom? Samira hayron bo'lib dadasiga qaradida kulib yubordi. -Meni kuzatyapsizmi? -U Ahmedovlar oilasidan. Ahmedovlar oilasi haqida bilasan axir -Hammasini bilaman. Ahmedovlar oilasidan ekanini ham, akasi Doston yaqindagina qamoqdan chiqqanini ham. -Unda nega u bilan orani uzoqlashtirmay, aksincha yaqin qilishga urinyapsan? -Balki olov bilan o'ynagim kelayotgandir. Agar mavzu faqat Ilhom bo'lsa menimcha sizni ketish vaqtingiz bo'ldi. Samira turib shahdam qadamlar bilan eshik oldiga borib dadasiga qaradi. Dadasi unga tikilib turganini ko'rib eshikni ochdi. -Sizga oq yo'l. Vaqtingizni olyapsiz bekorga. Axir siz juda band odamsiz Botir qizini kesatiqlaridan va hech narsanini eshitgisi kelmaganidan keyin indamay tashqariga chiqdi. -Samira Samira eshikni yopayotib to'xtadi -Yaxshimisan sen? -Men..juda yaxshiman rahmat😁 Samira jilmayib turgan holda eshikni yopdida devorga osilgan oynasiga qaradi. Ko'zlaridan oqayotgan yoshni oynadagi aksidan payqab tezda yoshlarini artdi. .............. Samira erta tong onasini oldiga bordi. Oxirgi marta 4 yil oldin ya'ni dadasi bilan uchrashgandan keyin kelgandi bu yerga. Shifokorlar ruxsat bergach onasini xonasiga bordi. -Oyi... Samira eshikdan kirgach titragan ovozlari bilan nimadan gap boshlashni bilmadi. Onasi eshik oldida turgan qizini ko'rib oldiga keldi -Samiram... -Oyi🥹sizni juda sog'indim -Samira Samira yig'lab onasini quchoqlab oldi. Onasi esa qizini yelkasidan urib ismini takrorlardi. -Oyi sizni ko'rgani keldim. Samira onasi bilan o'rindiqqa o'tirdida yoshlarini artib xursand holda gap boshladi -Oyi, men sizni juda sog'indim. Sizni Malika ham sog'indi. -Malikami? -Ha Malika..hozir biroz shamollagan. Ammo u ham keladi sizni ko'rgani. Siz yaxshimisiz? Ahvolingiz qanday? Samira porloq ko'zlari bilan har gapida onasiga qarardi. Onasi esa Samiraga hech ham qaramasdi. -Oyi, yaxshimisiz? Bizni sog'inmadingizmi? -Samiramisan sen? -Haa, men Samiraman oyi, qizingiz Samira -Samira... -Labbay oyi🥹 meni taniyapsizmi? Oyi eslasangiz... -Qaniydi seni o'rninga tosh tug'saydim. Samira onasini gapidan keyin birdan to'xtadi. Onasi qizini qo'lini chetga surib o'rnidan turdida yana joyiga borib oldi. -Seni o'rninga tosh tuqqanim yaxshi. Sendan tosh yaxshi... Samira yosh to'la ko'zlari bilan onasiga qarab turarkan Ilhomni gaplarini bir-bir esladi. Davomi bor #Muallif_Ifora #Muallif_Shahnoza
نمایش همه...
👍 26😨 6🤗 4 3
❤️‍🩹Sen ila...❤️‍🩹 2-fasl 6 qism Ilhom va Samira bazm boshida yaxshi suhbat qila boshlagandi, ammo Samira eshik oldidagi yigitlarni quroli bor ekanini bilgach birdan vaziyat ham o'zgardi -Balki sirlarni ochishni avval siz boshlarsiz.. -Tushinmadim -Bu bamzga nega keldik? -Do'stim taklif qildi.. -Siz kimsiz? -Nima deganing u? -Oddiy odamman dedingiz. O'sha kuni erta tongdan shifoxonada yo'q edingiz. Hatto kamera yozuvlarida izingizni ham topib bo'lmadi -Sen nima...kameralarni... -Oddiy odamman dedingiz va qo'lingiz qon holda meni oldimga chiqdingiz. Hozir esa mana bu yerda o'tiribmiz va eshik oldidagilarni quroli bor -Qurolmi? Sen qurolni qayerdan ko'rding? -Ilhom, balki yetar hammasi -Samira sen ozroq xato o'ylab ketding hammasini... -Men ketyapman bo'ldi Samira jahl bilan tashqariga chiqib ketgach ortidan Ilhom ham chiqdi. -Samira to'xta -Yaxshisi rostini aytmoqchi ekaningizda meni oldimga keling. Hammasini o'tirib gaplashamiz -Samiraa -Menga ovozingizni balandlatmang, kimsiz o'zi? Ismingiz Ilhom... faqat shu narsani bilarkanman men. Bardagi holatni ham tushintirmadingiz, sizni yaxshi tanisharkan. Bu yerda bir qancha qurolli odamlar bor. Sizni odamlaringizda ham qurol bordir. Siz kimsiz o'zi? -Samira bo'ldi qil, qo'pollashib ketyapti gaplaring -Qo'pollashib...? Hah siz bilan qo'pol gaplashib qo'yibmizku uzr. Endi nima ertaga meni endi hech kim ko'rmasa kerak, sizga qo'pollik qildi deb olib ketib o'ldirib yuborishadimi? Sizlarga bu muammo bo'lmasa kerak demakki -Samiraaaa chegaradan chiqyapsan endi ham -Chegarami? Sizmi hali menga chegara qo'yadigan? Meni ham qo'l olstingizdagilar kabi deb o'ylaysiz manimcha..? Meni bilmaskansiz -Oho...Men seni bilmaskanman? Isming Samira, singling 16 yoshidan katta hayotni boshlab yuborgan, otang izsiz yo'qolgan. Onang ruhiy kasallar shifoxonasida 8 yildan beri davolanmoqda. Sen esa boyagina chiqib kelgan restoraningda bosh oshpazsan. Yana nimalar qolib ketdi? Ha eski yigiting...uni ham oilasi bor edi manimcha, hamda baxtli bir oilasi ya'ni... Samira asabiy holda Ilhomga qarab jilmayib turdida, so'ng Ilhomni kostyumidan o'ziga tortib kallasi bilan bitta zarba berdi. Ilhomni burni qonay boshlagach Samira sumkasidan qog'oz salfetkasidan chiqarib Ilhomni peshonasiga yopishtirgandek jahl bilan qo'yib taksi to'xtatishga ketib qoldi. Ilhom esa jahli chiqib salfetka bilan qonni artdida telefonini oldi. Ekranini ehtiyot qilib ortidan biroz nariroqda turib kuzatayotgan akasini odamini ko'rdi. -Samira bilan ishim qiyinlashishi aniq endi Ilhom indamay mashinasiga chiqib ishxonasiga qaytdi. Yo'lda bir asabi chiqardi, bir Samirani zarbasidan kulgusi kelardi. Ammo eng alam qiladigani unga shuncha narsani aytib ko'ngliga ozor bergani edi. Lekin bularni aytmasa o'ylagan rejasi amalga oshmasdi va akasi Samirani orqasidan odamlarini qo'yardi. -Aka, nima sizni bu holga Kamol(Dostonni odami) tushirdimi? -Ali, meni kim deb o'ylaysan? -Ali uka, buni yanga qilgan. Bardagi zarbani qattig'idan boshliqqa hadiya qilibdilar manimcha -Balki bas qilarsizlar, yoki meni zarbamdan ta'tib ko'rmoqchidirsizlar -Yo'g'e aka. Unaqa niyatga hali kelmadik. ................. -Manyak... psixopat. Unga bu ham kam edi. Ayamay aylantirib solishim kerak edi. -Opa, balki bas qilarsiz -Meni o'zicha kim deb o'yladi uu? -Sizni Jasur kim deb o'ylagan bo'lsa -Jasurni aralashtirma oraga. Samira jahl aralash baqirgach eshikdan ukollarni olib kirayotgan xamshira ham to'xtab unga qarab qoldi. Davomi bor #Muallif_Ifora #Muallif_Shahnoza
نمایش همه...
19👍 8 1
❤️‍🩹Sen ila...❤️‍🩹 2-fasl 5 qism -Iltimos, Zarina bir marta yordam ber -Ha mayli, ammo men oshxonadagi hech narsaga javob berolmayman. Seni so'rashsa ham seni ko'rmaganman. -Xo'p Hech narsa demaysan. Shunchaki meni o'rnimda turib, oshpazlarni tekshirib tursang yetarli -Ho'p -Rahmat Zarinaaaa Samira dugonasini yuzidan o'pib, tezda ustidagi maxsus kiyimini yechib javonga qo'ydida narsalarini olib chiqib ketdi. Ilhom mashinasidan tushib Samirani kutib turganda kechagi kun qilgan ishini esladi. Samira Ilhomni qo'lini bog'layotganda uni sumkasiga ataylab o'z hamyonini tashlab qo'ygandi. Samira restorandan chiqib kelayotganda Ilhom jiddiylashib unga qaradi. Samira sochini yarmigacha o'rib qolganini orqaga yig'ib olgandi. Egniga gulli kofta va shim kiyib olganini, oyog'idagi baland poshnali tuflini ko'rib Ilhom biroz unga hayronlik bilan tikilib qoldi. -Salom -S..Salom -Tinchlikmi? -Ha tinchlik, shunchaki seni bu holatda... -Holatimga nima qilibdi? Ha siz meni bu holda ko'rmagansiz axir. Siz bilan doim g'alati holimda ko'rishib qolardik -G'alatimi? -Ha, ya'ni o'zimga qaramagan vaqtim to'qnashib qolardik -Ha...balki Ilhom hamon o'ziga kelolmay bir narsalar deyishga urindiyu ammo jim bo'lishni afzal bilib gapida to'xtadida Samiraga mashina eshigini ochib berdi. -Rahmat -Rahmatga hojat yo'q...😅 taklifimni qabul qilganinga men rahmat aytishim kerak aslida Ilhom ham mashinani yurg'izgach savollarini boshladi. -Sen bu yerda nima qilayotganding? Ishingdan olay desam restorandaman deb qolding -Ha...haligi...Bir dugonamni oldiga kelgandim ishim erta tugagandi -Aslida qayerda ishlaysan? -Aslida...unisi hozircha sir bo'lsin yaxshisi, axir siz ham aytmadingiz aslida kim ekaningizni. -Umid qilamanki sirlar yaqinda sirligicha qolmaydi -balki... Samira oxirgi gapdan keyin asabiylashishni boshlagach oynani ochdi. ............... -Senga qanaqa joylar yoqishini bilmayman. Shu sabab...Agar senga yoqmasa.. -Indamay chiqib ketaman -Chiqib ketamanmi? Ha mayli😁 -Kelishdik unda. Ilhom o'zi bilan Samirani bir bazmga olib kelgandi. Ichkarida esa Ilhomni bir-ikki tanishlari va boy oilaning farzandlari kabi kazo-kazolari bor edi. -Ohoo chakkimas -Yoqqanidan xursandman Ilhomni bir chetda kuzatib turgan Dostonni odami darrov rasmga olib Dostonga jo'natdi. -📩Ho'jayin, oldilaridagi qiz sizga aytgan qiz bo'ladi. Doston ovqatlanayotganda telefoniga xabar keldi. Sora ovqatlanayotib birdan to'xtadi. -Bir daqiqa sevgilim... Doston Sorani peshonasidan o'pib chiqib ketgach Sora oldidagi salfetka bilan peshonasini artib, asabiylashib qoldi. -Alo Xurshid -Assalomu alaykum ho'jayin -Va alaykum assalom, sendan Ilhom kelarkanmi deb so'ramoqchi edim -Ilhom aka... -Ilhom bir tanishim bilan bazmdaman degandi. Shunga kechga kelmaydimi deyman yana? -Ha...ha shunaqa bo'lsa kerak. Bormasalar kerak -Ha, tushindim rahmat Doston telefonni o'chirgach Xurshid hayron bo'ldi -Boshliq akasiga bazm haqida qayerdan aytgan? Bizga aytmanglar hech kimga bu bazm haqida degandi Davomi bor #Muallif_Ifora #Muallif_Shahnoza
نمایش همه...
🤗 15👍 4 4🤓 1