cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

TKTI Shahrisabz filiali | Rasmiy kanal

TKTI Shahrisabz filiali

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
1 657
مشترکین
+124 ساعت
+97 روز
+4030 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
Zamonaviy kasblarni bepul o‘rganish imkoniyati paydo bo‘ldi! Prezident farmoni bilan endi zamonaviy kasblarni bepul o‘rgana olasiz. "Ustoz AI" loyihasi 2024-yilda 40+ sohalarni bepul videokurslar orqali o‘rgatishni rejalashtirgan. Bunda videomontaj, mobilografiya, grafik dizayn, marketing, dasturchilik, turizm, kopirayting, SMM, fanlar va boshqa sohalarni noldan to‘liq o‘rganishingiz mumkin. Kurs bitiruvchilariga sertifikat ham topshiriladi. Sertifikat olish tartibi "Ustoz AI" ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilinadi. "Ustoz AI" loyihasining bepul videokurslarini o‘zida jamlagan Telegram kanalga obuna bo‘ling: 👉 t.me/ustozai
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
📚21-may – Oʻzbekistonda kutubxonachilar kuni 📖 21-may – Kutubxonachilar kasb bayrami kuni. Kutubxona har bir inson oldida ertak, fantaziya, fan yoki muhabbatning sehrli olamini ochadi. Hech narsa kitob javonlari hidiga tenglasha olmaydi. Muvaffaqiyatli hayot yo’li, albatta, kutubxonaga boradigan yo’ldan boshlanadi. Chunki hech qanday elektron kitoblar kitobning varaqlari shitirlashini beradigan bilim va donolikning o’rnini bosa olmaydi. 2019-yildan buyon O‘zbekistonda 21-may «Kutubxonachilar kuni» sifatida nishonlab kelinadi. Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida faoliyat yuritayotgan ARM xodimlarini kasb bayramlari bilan filial direktori professor Sh.Mutalov hamda jamoa a'zolari nomidan tabriklaymiz!
نمایش همه...
#kun_hikmati Eshakning faxrlanish uchun asosi bor — chunki uni tez-tez odam bilan tenglashtirib turishadi. Viktor Tomilov.
نمایش همه...
Bugun 21-may haftaning seshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🇺🇳 BMT – Xalqaro rivojlanish va kelishuvga bag’ishlangan madaniy rang-baranglik kuni. 🇺🇳 BMT – Xalqaro choy kuni. 🌏 Butunjahon non pishirish kuni. 🇺🇿 O'zbekiston – Kutubxonachilar kuni. #voqealar 🔸Avstraliyada birinchi oltin topildi (1851). 🔸Parijda FIFA – Xalqaro futbol federatsiyasiga asos solindi (1904). 🔸"An-26" transport samolyoti ilk parvozini amalga oshirdi (1969). 🔸Laslo Tot Mikelanjeloning "Pyeta" asariga bolg’a bilan urdi (1972). 🔸Oʻtkir Sultonov  Oʻzbekiston Bosh vaziri etib tayinlandi (1995). 🔸Serbiya va  Chernogoriya Respubli­kasi ikki mustaqil  davlatga ajralib ketdi.  Chernogoriya Respublikasi va Serbiya Respublikasi tashkil topdi (2006). #tavalludlar: 🔹1927-yil: Orif Alimahsumov (2005) – xonanda va sozanda, O‘zbekiston xalq artisti, ustoz-murabbiy. 🔹1955-yil: Sergey Shoygu – Rossiya harbiy arbobi, amaldagi mudofaa vaziri.  🔹1960-yil: Vladimir Salnikov – sovet suzish ustasi, 4 karra olimpiya va ko‘p karra jahon chempioni. 🔹1963-yil: Oxunjon Madaliyev (2000) – xonanda, O‘zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist. 🔹1990-yil: Tiril Ekxof – norvegiyalik biatlonchi, Olimpiya chempioni, ikki karra jahon chempioni. 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
نمایش همه...
00:52
Video unavailableShow in Telegram
#bu_muhim #suvdagi_xavfsizlik_qoidalari
نمایش همه...
#haftalik_dayjest 🏢Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida o'tkazilgan eng muhim tadbirlar hafta davomida (14.05-20.05.24) 🔹Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida taniqli shoir, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Bobur Bobomurod bilan uchrashuv. 🔹"Muhandislik texnologiyalari" kafedrasi mudiri dotsent A.T.Norqobilovning "Efir ishlab chiqarish jarayonini texnik-iqtisodiy baholash: qiyosiy tahlil" nomli monografiyasi nashr etildi. 🔹"Tabiiy va aniq fanlar" kafedrasi p.f.f.d. (PhD) J.H.Hamrayevning "Telekommunikatsiya texnologiyalari vositasida talabalarga informatika fanini o'qitish metodikasi" nomli monografiya nashr etildi. 🔹Talabalar “Oqsaroy Textile” MCHJ korxonasida amaliyotda 🔹Filial Yoshlar yetakchisi Akobir Turaboyev "YIL BOSHLANGʻICH TASHKILOT YOSHLAR YETAKCHISI" nominatsiyasi  bo'yicha statuetka va diplom bilan taqdirlandi. 🔹"Reportaj" ko‘rsatuvida Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali tomonidan o‘tkazilgan "Talabalar bahori" festivali tafsilotlari yoritilgan. 🔹Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida Intellektual haftalik doirasida "Zakovat" intellektual o'yinining Qashqadaryo viloyati saralash bosqichidan fotolavhalar. 🔹TKTI Shahrisabz filialida Viloyat statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi xodimlari ishtirokida davra suhbati bo’lib o’tdi. 🔹“Yoshlar bilim va amaliyot" loyihasi keng joriy etilmoqda. 🔹Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida viloyat statistika xodimlari ishtirokida aholini ro'yxatga olish bo'yicha davra suhbati bo'lib o'tdi. 🔹TKTI Shahrisabz filialida  "O'zbekiston  aholisiga  bepul yuridik yordam ko‘rsatish" mavzusidagi seminar-trening bo'lib o'tdi. 🔹Toshkent kimyo-texnologiya instituti Sharisabz filialida “Milliy qadriyatlar” oyligi doirasida “Milliy qadriyatlar sayli”ga start berildi. 🔹Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali talabalarning ijara sharoitlari o‘rganildi. 🔹Filial talabalari Qarshi termoplast zavodida amaliyotda 🔹Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali professor-o'qituvchilari hamda volontyor talabalardan iborat targ'ibot guruhi "Kasblar festivali -2024" kasblar yarmakalarida faol ishtirok etishmoqda. 🔹TKTI Shahrisabz filialida ijtimoiy-maʼnaviy muhit sogʻlomligini taʼminlash maqsadida “Islom-maʼrifat dini”, “Ilmdan boshqa najot yoʻq”, “Maʼrifatli jamiyat-jaholatni qoralaydi” mavzularidagi davra suhbati bo’lib o’tdi.
نمایش همه...
TKTI Shahrisabz filiali | Rasmiy kanal

#Shoir_Bobur_Bobomurod_bilan_uchrashuv “SHE'RIYATGA OSHNO QALBLAR” . ⚡️Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida taniqli shoir, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Bobur Bobomurod hamda yosh shirali ovoz sohibasi, xonanda Kumushxon Mo’minova bilan ijodiy uchrashuv bo’lib o’tdi 🔷Uchrashuvda shoir Bobur Bobomurod kitobning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati, Yurtboshimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan besh muhim tashabbus doirasida kitobxonlikni targ‘ib etish ahamiyati haqida gapirib, o‘z ijodidan namunalar o‘qib berdi. 🔷Filial jamoasi, talaba-yoshlari ishtirokida kechgan jonli muloqot teran mulohazalarga, o‘zaro savol-javob va dilbar qo‘shiqlarga boy bo‘ldi, shoir hamda talabalar ijodiyotidan namunalar o‘qildi. Samimiy suhbatda vatan tuyg‘usi, ilm-tarbiya mavzulari doirasida ham fikr yuritildi.

Photo unavailableShow in Telegram
#Shoir_Bobur_Bobomurod_bilan_uchrashuv “She’riyatga oshno qalblar” ⚡️Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida taniqli shoir, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Bobur Bobomurod hamda yosh shirali ovoz sohibasi, xonanda Kumushxon Mo’minova bilan ijodiy uchrashuv bo’lib o’tdi 🔷Uchrashuvda shoir Bobur Bobomurod kitobning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati, Yurtboshimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan besh muhim tashabbus doirasida kitobxonlikni targ‘ib etish ahamiyati haqida gapirib, o‘z ijodidan namunalar o‘qib berdi. 🔷Filial jamoasi, talaba-yoshlari ishtirokida kechgan jonli muloqot teran mulohazalarga, o‘zaro savol-javob va dilbar qo‘shiqlarga boy bo‘ldi, shoir hamda talabalar ijodiyotidan namunalar o‘qildi. Samimiy suhbatda vatan tuyg‘usi, ilm-tarbiya mavzulari doirasida ham fikr yuritildi.
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
#tug'ilganKun Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida tug'ilgan kunini nishonlayotgan o‘qituvchi, xodim va talabalarni tabriklaymiz! 👉 batafsil #tabriklaymiz #поздравляем #congratulations
نمایش همه...
Bugun 20-may haftaning dushanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🇺🇳 BMT – Xalqaro asalarilar kuni. 🇺🇳 Xalqaro metrologiya kuni. 🇺🇸 AQSh – Milliy qutqaruvchi it kuni‌‌. 🇷🇺 Rossiya – Volga daryosi kuni. 🇺🇦 Ukraina – Bank xodimlari kuni. #voqealar 🔸Suriyadagi zilzila (1202). 🔸Parijda 17 ta davlat tomonidan Metrik Konvensiya imzolandi (1875). 🔸Fransiyada II Olimpiya o‘yinlari boshlandi (1900). 🔸Buyuk Britaniya Saudiya Arabistonining mustaqilligini tan oldi (1927). 🔸Qozog’istonning Olma-ota shahrida O‘zbekiston kunlari ochildi (1995). 🔸Toshkentda “Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo madaniyatlarining o‘zaro boyish yo‘li” mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi (1996). 🔸Iqtisodiy hamkorlik masalalari bo‘yicha O‘zbekiston-Yaponiya davlatlar o‘rtasida sakkizinchi majlisi yakunlandi (2006).  🔸Donetskning "Shaxtyor" futbol klubi o‘z tarixida ilk bor UEFA Kubogini qo‘lga kiriti (2009). 🔸Vladimir Zelenskiy Ukraina prezidenti bo‘ldi (2019). #tavalludlar: 🔹1822-yil: Frederik Passi (1912) – fransuz iqtisodchisi, jahonda birinchi Nobel mukofoti sohibi (1901). 🔹1851-yil: Emil Berliner (1929) – nemis ixtirochisi, birinchi ovoz yozish uskunasi – grammofonni yaratgan. 🔹1901-yil: Maks Eyve (1981) – golland shaxmatchisi, 5-jahon chempioni. 🔹1914-yil: Zunnun Madaliyev (1980) – aktyor va rejissyor, Oʻzbekiston xalq artisti (1967).  🔹 1916-yil: Aleksey Maresyev (2001) – uchuvchi, Sovet Ittifoqi Qahramoni, B. Polevoyning "Chin inson qissasi" kitobi qahramonining prototipi. 🔹1923-yil: Sarvar Azimov (1994) – O‘zbekiston xalq yozuvchisi. 🔹1937-yil: Tursunoy Oxunova (1983) – oʻzbek xotin-qizlari orasida paxta terish texnikasini oʻzlash tirish harakati tashabbuskori, 2 marta "Mehnat Qahramoni" (1959, 1978),  🔹1981-yil: Iker Kasilyas – sobiq Ispaniya milliy futbol terma jamoasi darvozaboni. 🔹 1982-yil: Petr Chex – sobiq Chexiya milliy futbol terma jamoasi posboni. 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
نمایش همه...
Repost from Edu.uz
02:05
Video unavailableShow in Telegram
pedagog.edu.uz axborot tizimidan oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlariga lavozim va malaka toifalarini berish uchun attestatsiya imtihonlariga kirish ruxsatnomalarini yuklab olish tartibi bilan tanishing.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
نمایش همه...