IT Guruh: O‘rganish va O‘rgatish
رفتن به کانال در Telegram
Texnologiyalar, dasturlash, kompyuterlar va boshqa IT sohalaridagi savollar va javoblar uchun joy. Yordamga muhtojmisiz? Savolingizni bering va tajribali a'zolarimiz javob bersin! 📚💻
نمایش بیشترأوزبكستاندسته بندی مشخص نشده است
1 659
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
اطلاعاتی وجود ندارد7 روز
اطلاعاتی وجود ندارد30 روز
آرشیو پست ها
Biror nimani tezkor o'rganish siri - minimalizm!
#tavsiya
ℹ️ Kanalda kompyuter va unga aloqador sohalarni o'rganish bo'yicha turli maʼlumotlar berib borilmoqda.
😎 Bugun esa biror nimani o'rganishda katta foyda beradigan usul bilan tanishamiz, men shaxsan o'zim ham shu usuldan foydalanaman. Bu minimalizm!
❗️ Minimalizm - minimum vazifani maksimum bajarish! Bu usulni internetdan boshqacha talqinini topishingiz mumkin, lekin men aytadigan usul o'zim uchun biroz ishlov berilgan.
Bu usulning qoidasi:
⚡️ Maʼlum muddat uchun minimum vazifalar belgilanadi;
⚡️ Chalg'ituvchi barcha narsalardan kechiladi;
⚡️ Maqsad esa vazifalarni maksimum ado etish hisoblanadi.
Osonroq tushunish uchun misol keltiraman:
🤔 Tasavvur qilaylik men 3D dasturlarini o'rganmoqchiman; 3D max, Solidworks, AutoCAD va CorelDraw dasturlarini o'rganishni niyat qildim. Lekin hammasini birdaniga o'rganishda samaradorlik ko'rsatkichi tushib ketadi.
Demak minimalizmni qo'llaymiz!
1⃣ 3D max dasturini o'rganishga qaror qildim va ortiqcha dasturlarni vaqtinchaga yig'ib qo'ydim;
2⃣ 3D max bo'yicha kerakli darsliklar va maʼlumotlar to'pladim;
3⃣ O'rganishga kirishdim;
📌 Shu qoidani qo'llash orqali kanalga ma'lumotlar tayyorlayman, o'ylaymanki kimlargadir foydasi tegadigan darslar yaratilmoqda...
⚠️ Shuni unutmangki biror nimaga erishish uchun biror nimani doimo qurbon qilish kerak!
😎 Sohangiz bo'yicha yetakchi bo'lmoqchimisiz unda ortiqcha narsalardan (instagram, telegram, youtube dagi keraksiz guruh, kanal va h.k) halos bo'ling, minimum vazifani maksimum bajaring! Shu orqali ko'zlagan maqsadga albatta erishasiz!
Shuni tilini ozgartirsa boladimi ruscha ekan ichidan ozgartirsam ham ozgarmadi yoki ozgartirgacha qaytdan kirish kerakmi
