cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

"Qashqadaryo suv ta'minoti" AJ | Rasmiy kanal

"Qashqadaryo suv ta'minoti" AJ rasmiy telegram kanali ☎️ Aloqa uchun: (75) 224-07-30

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
749
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-47 روز
+130 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Photo unavailableShow in Telegram
Rasmiy munosabat Ijtimiy tarmoqlarda tarqalgan Mirishkor tumani, Yangi Mirishkor shaharchasi, Amir Temur koʻchasidan oʻtuvchi kanalizatsiya tarmogʻida nosozlik mavjudligi haqida xabarlar yuzasidan shuni maʼlum qilamizki, darhaqiqat, ushbu tarmoq muddatini oʻtab, taʼmirga muhtoj holatga kelgan. Shu sababli tuman suv taʼminoti filiali tomonidan toʻplanib qolgan oqova suvlar maxsus texnikalar orqali olib chiqib ketiladi. Shuningdek, tarmoqni yangilash boʻyicha tuman hokimligiga taklif kiritilgan. *** Maʼlumot oʻrnida: “Qashqadaryo suv taʼminoti” AJ tasarrufidagi 3 ta oqova suvlarni tozalash inshooti toʻliq yaroqsiz holatga kelib qolgan. Xalqaro moliya institutlari ishtirokida amalga oshirilayotgan quyidagi loyihalar natijasida viloyatda oqova suv tizimidan foydalanish darajasi 8,5 foizdan 32,6 foizga yetkaziladi: - “Qarshi shahri kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish va qurish” ; - “Shahrisabz va Kitob shaharlarida kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish va kengaytirish”. AJ axborot xizmati
نمایش همه...
📸 Объектив нигоҳида: 💧 “Косон ва Муборак туманлари марказлари ҳамда Китоб-Шаҳрисабз ерости сув конидан сув олиш қувурига яқин бўлган қишлоқ аҳоли пунктлари сув таъминоти тизимини реконструкция қилиш” лойиҳаси доирасида олиб борилаётган қурилиш-монтаж ишлари ⏩ Telegram |💬Facebook |🌐Instagram |🗝Cabinet |🤖Bot |💬Chat
نمایش همه...
🔹Qashqadaryo aholisi diqqatiga! 💧Ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari bilan bog‘liq murojaatlarni tezkor o‘rganish hamda ularga yechim topish uchun quyidagi aloqa raqamlari bilan bog‘lanish tavsiya etiladi: ☎️ Respublika bo‘yicha yagona 1255-Koll-markazi *24/7 rejimda ☎️ "Qashdaryo suv ta'minoti" АJning 24/7 dispetcherlik raqami: 75- 224-07-30. ——————————————————————- 📞Qarshi shahar: 75-224-07-90 75-225-03-96 97 3127117 📞Shahrisabz tumani: 90 805 76 99 📞Kitob tumani: 90 897 01 05 📞Qamashi tumani: 98 775 67 69 📞Yakkabog‘ tumani: 91 815 08 73 📞Koson tumani: 99 210 45 47 📞Muborak tumani: 90 716 59 29 📞Chiroqchi tumani: 97 200 56 34 📞Nishon tumani:99 416 75 75 📞Mirishkor tumani: 91 452 87 77 📞Qarshi tumani: 91 225 61 31 📞Kasbi tumani: 91 597 03 14 📞G‘uzor tumani: 90 867 0 708 📞Dehqonobod tumani: 93 571 31 81 📞Ko‘kdala tumani: 99 776 00 82 —————————————————— 📞Shaxrisabz-Qarshi suv ishlab chiqarish filiali: 90 716 00 38 📞Talimarjon- Muborak suv ishlab chiqarish filiali: 98 775-00-30 |Telegram |💬Facebook |🌐Instagram |📹YouTube 🗝Cabinet |🤖Bot |💬Chat
نمایش همه...
"Qashqadaryo suv ta'minoti" AJ | Rasmiy kanal

"Qashqadaryo suv ta'minoti" AJ rasmiy telegram kanali ☎️ Aloqa uchun: (75) 224-07-30

👍 1
“Qashqadaryo suv taʼminoti” AJ masʼullari tomonidan joylarda belgilangan reja-grafik asosida fuqarolar uchun sayyor qabullar muntazam oʻtkazib kelinadi. Xuddi shunday tadbirlar yaqinda Shahrisabz tumani va shahri aholisi uchun tashkil etildi. Qabullar davomida Mevazor va Maʼrifat mahalllarida yashovchi isteʼmolchilarning 40 dan oshiq murojaatlari tinglandi. Aksariyat murojaatlar joyida hal etildi. Qolganlari nazoratga olindi va tushunchalar berildi. “Qashqadaryo suv taʼminoti” AJ axborot xizmati ⏩ Telegram |💬Facebook |🌐Instagram |🗝Cabinet |🤖Bot |💬Chat
نمایش همه...
video_2024-06-03_02-26-36.mp413.12 MB
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
DIQQAT, EʼLON! Shahrisabz shahri aholisi diqqatiga! 2024-yil 28-may kuni soat 14.0 0 da Shahrisabz shahar , “Maʼrifat” MFY binosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Shahrisabz shahridagi Xalq qabulxonasi, “Qashqadaryo suv taʼminoti” AJ hamda jamiyatning tuman filiali masʼullari ishtirokida fuqarolar uchun sayyor qabul boʻlib oʻtadi. Qabul davomida Siz ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv chiqarish tizimlari boʻyicha oʻzingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin. “Qashqadaryo suv taʼminoti” AJ axborot xizmati ⏩ Telegram |💬Facebook |🌐Instagram |🗝Cabinet |🤖Bot |💬Chat
نمایش همه...
👍 2
Suv ta'minoti korxonalari faoliyatiga oid ma'lumotlar shaffofligidan qoniqasizmi? / Довольны ли вы прозрачностью сведений о деятельности предприятий водоснабжения?Anonymous voting
  • Ha, tashkilot manbalaridagi ma'lumotlar ishonchli/Да, информация в источниках предприятия верная
  • Qisman, boshqa manbalardan ham foydalanaman/ Частично, я пользуюсь и другими источниками
  • Suv ta'minoti tizimiga qiziqmayman/ Я не интересуюсь системой водоснабжения
0 votes
Photo unavailableShow in Telegram
Долзарб мавзу Сув таъминотида бозор механизмларига ўтиш – давр талаби Сув – бу оби ҳаёт, унинг ҳар қатраси бебаҳодир. Айниқса, бугунги кунда долзарб мавзуга айланган ичимлик сувини қадрлаш, уни асрашни бутун дунё таъкидламоқда. 📽 https://youtu.be/IFU0byw6Wb4 Батафсил: https://uza.uz/posts/601932 📱Мобил илова 👉 iOS | Android Ўзбекча |O`zbekcha | Русская | Илм-фан | Тезкор
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
DIQQAT, EʼLON! Shahrisabz tumani aholisi diqqatiga! 2024-yil 28-may kuni soat 10.30 da Shahrisabz tumani, “Mevazor” MFY binosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Shahrisabz tumanidagi Xalq qabulxonasi, “Qashqadaryo suv taʼminoti” AJ hamda jamiyatning tuman filiali masʼullari ishtirokida fuqarolar uchun sayyor qabul boʻlib oʻtadi. Qabul davomida Siz ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv chiqarish tizimlari boʻyicha oʻzingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin. “Qashqadaryo suv taʼminoti” AJ axborot xizmati ⏩ Telegram |💬Facebook |🌐Instagram |🗝Cabinet |🤖Bot |💬Chat
نمایش همه...
📣 Qisqa xabarlar lentasi
💧Касби тумани. "Обод Некўз" МФЙ да ичимлик суви тамроқлари тортиш ишлари давом этмоқда. ⏩ Telegram |💬Facebook |🌐Instagram |🗝Cabinet |🤖Bot |💬Chat
نمایش همه...
“Qashqadaryo suv taʼminoti” AJ direktori Bekzod Shoyimov viloyatimizda mehmon boʻlib turgan Xitoy Xalq Respublikasining “Hainan Runsen Xinxiang Investment Group” kompaniyasi rahbari Peng Zeshengni qabul qildi. Uchrashuv chogʻida tomonlar istiqboldagi loyihalar yuzasidan oʻzaro fikr almashishdi. Shuningdek, xitoylik mehmonlar Qarshi shahridagi 3- balandlik suv toʻplash va uzatish inshooti (nasos stansiyasi)da ham boʻlib, bu yerdagi sharoitlar, xususan, zamonaviy avtomatlashtirilgan SCADA tizimining ishlash jarayoni bilan yaqindan tanishishdi. ⏩ Telegram |💬Facebook |🌐Instagram |🗝Cabinet |🤖Bot |💬Chat
نمایش همه...
👍 1