fa
Feedback
SIRDARYO

SIRDARYO

رفتن به کانال در Telegram

📈 تحلیل کانال تلگرام SIRDARYO

کانال SIRDARYO (@sirdaryoonlayn) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 19 694 مشترک است و جایگاه 11 715 را در دسته اخبار و رسانه‌ها و رتبه 4 132 را در منطقه أوزبكستان دارد.

📊 شاخص‌های مخاطب و پویایی

از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 19 694 مشترک جذب کرده است.

بر اساس آخرین داده‌ها در تاریخ 20 ژوئن, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر -1 339 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر -67 بوده و همچنان دسترسی گسترده‌ای حفظ شده است.

  • وضعیت تأیید: تأیید نشده
  • نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 24.99% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 26.19% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب می‌کند.
  • دسترسی پست‌ها: هر پست به طور میانگین 4 938 بازدید دریافت می‌کند. در اولین روز معمولاً 5 175 بازدید جمع‌آوری می‌شود.
  • واکنش‌ها و تعامل: مخاطبان به‌طور فعال حمایت می‌کنند؛ میانگین واکنش به هر پست 0 است.

📝 توضیح و سیاست محتوایی

نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاه‌های شخصی توصیف می‌کند:
@sirdaryoonlayn_bot мурожаат учун

به لطف به‌روزرسانی‌های پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 21 ژوئن, 2026)، کانال همواره به‌روز و دارای دسترسی بالاست. تحلیل‌ها نشان می‌دهد مخاطبان به‌طور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته اخبار و رسانه‌ها تبدیل کرده‌اند.

19 694
مشترکین
-6724 ساعت
-1 0867 روز
-1 33930 روز
آرشیو پست ها
SIRDARYO
19 694
GULISTON SHAHRI HOKIMI FARRUX O‘KTAMJONOVNING SHAHAR AHOLISIGA GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA MUROJAATI Assalomu alaykum, qadrli Guliston shahri aholisi! Har yili 26-iyun sanasi dunyo hamjamiyati tomonidan Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni sifatida keng nishonlanadi. Ushbu sana nafaqat muammoning dolzarbligiga e’tibor qaratish, balki har bir fuqaroni sog‘lom va xavfsiz jamiyat barpo etish yo‘lidagi mas’uliyatini yanada chuqur his etishga undaydi. Bugungi globallashuv davrida giyohvandlik va turli psixofaol moddalar bilan bog‘liq tahdidlar tobora murakkablashib bormoqda. Ayniqsa, internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali noqonuniy vositalarning targ‘ib qilinishi, ularni tarqatishning yangi usullari paydo bo‘layotgani barchamizdan yanada hushyor va ogoh bo‘lishni talab etadi. Bunday tahdidlarga qarshi kurash faqat huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vazifasi emas. Avvalo, har bir oila, har bir mahalla va har bir ta’lim maskani yosh avlodni sog‘lom fikrlash, mustaqil hayotiy pozitsiya va yuksak ma’naviyat ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratishi lozim. Chunki kuchli immunitetga ega jamiyat — bu avvalo bilimli, maqsadli va o‘z kelajagiga befarq bo‘lmagan yoshlar jamiyatidir. Shahrimizda yoshlarni sportga, kitobxonlikka, zamonaviy kasb-hunarlarni egallashga va ijodiy faoliyatga keng jalb etish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Bu sa’y-harakatlarning bosh maqsadi — yoshlarimizning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning iste’dodi va salohiyatini yuzaga chiqarish uchun munosib sharoit yaratishdan iborat. Aziz yurtdoshlar! Giyohvandlikka qarshi kurashda eng katta kuch — bu jamoatchilikning birdamligi va fuqarolik mas’uliyatidir. Atrofimizda sodir bo‘layotgan voqealarga befarq bo‘lmaslik, farzandlarimizning qiziqishlari va davrasiga e’tiborli bo‘lish, ularni doimo qo‘llab-quvvatlash va to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish orqali ko‘plab salbiy holatlarning oldini olishimiz mumkin. Ishonamanki, Guliston ahli o‘zining hamjihatligi, yuksak madaniyati va farzandlar kelajagiga bo‘lgan mas’uliyati bilan bu boradagi ezgu ishlarga munosib hissa qo‘shishda davom etadi. Keling, sog‘lom turmush tarzini hayot mezoniga aylantirib, yoshlarimiz uchun xavfsiz va barqaror muhit yaratishda birgalikda harakat qilaylik. Zero, sog‘lom avlod — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining eng mustahkam poydevoridir. Hurmat bilan, Farrux O'ktamjonov Guliston shahri hokimi. ➡️ Sirdaryo

SIRDARYO
19 694
2026–2027-o‘quv yili uchun Guliston shahri umumta'lim maktablarining 1-sinflariga qabul jarayonlari boshlandi 2026-yil 20-iyu
2026–2027-o‘quv yili uchun Guliston shahri umumta'lim maktablarining 1-sinflariga qabul jarayonlari boshlandi 2026-yil 20-iyundan 1-avgustga qadar faqat mikrohudud hududida yashovchi fuqarolarning arizalari qabul qilinadi. 1-avgustdan boshlab esa mikrohududdan tashqarida yashovchi fuqarolar ham bo‘sh o‘rinlar mavjud maktablarga ariza topshirishlari mumkin. ➡️ Arizalar faqat elektron shaklda: ▪️ my.maktab.uz ▪️ my.gov.uz portallari orqali qabul qilinadi. Guliston shahri umumta'lim maktablarida jami 77 ta 1-sinf tashkil etilib, shundan 55 ta o‘zbek tilida va 22 ta rus tilida ta'lim beriladigan sinflar faoliyat yuritadi. Qo‘shimcha ma'lumot uchun: 97-246-08-20 Guliston shahri maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi ➡️ Sirdaryo

SIRDARYO
19 694
🇺🇿 Bir bayroq, bir jamoa, bir maqsad! ⚽️ O‘zbekiston milliy terma jamoasini birgalikda qo‘llab-quvvatlaymiz! FIFA Jahon chempionati guruh bosqichi doirasidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi ishtirokidagi barcha uchrashuvlar Sirdaryo viloyatining barcha tuman va shaharlarida tashkil etiladigan maxsus fan-zonalarda ulkan LED ekranlar orqali jonli efirda namoyish etiladi. 📍 Maxsus tomosha maydonlari ro‘yxati: ▪️Boyovut tumani - Yoshlar markazi binosida ▪️Guliston tumani - Madaniyat markazida ▪️Oqoltin tumani - Madaniyat saroyida ▪️Mirzaobod tumani - Ma'naviyat maskanida ▪️Sardoba tumani -  Madaniyat bo‘limida ▪️Sirdaryo tumani - Bolalar oromgohida ▪️Sayxunobod tumani - Yoshlar xiyobonida ▪️Xovos tumani - Ziyolilar bog‘ida ▪️Shirin shahri - Yoshlar markazida ▪️Yangiyer shahri - Madaniyat markazida ▪️Guliston shahri - Amfiteatr, Yoshlar markazi, GulDU, GulDPI hamda musiqali drama teatrida. Eng yirik tomosha maydoni 18-iyun kuni soat 6:00 da Guliston shahridagi Istirohat bog‘i hududida tashkil etiladi — bu yerda 2 ming nafar muxlis birgalikda milliy terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Har bir o‘yin — milliy g‘urur! Har bir muxlisning qo‘llab-quvvatlashi — jamoamizga qo‘shimcha kuch! Oila a'zolaringiz, do‘stlaringiz va yaqinlaringiz bilan birga fan-zonalarga tashrif buyuring va milliy terma jamoamizni birgalikda qo‘llab-quvvatlaylik! 🗓 O‘zbekiston milliy terma jamoasining guruh bosqichidagi o‘yinlari (Toshkent vaqti bilan): 🇺🇿 O‘zbekiston 🆚 Kolumbiya 🇨🇴 📅 18-iyun 🕖 07:00 🇵🇹 Portugaliya 🆚 O‘zbekiston 🇺🇿 📅 23-iyun 🕙 22:00 🇨🇩 DR Kongo 🆚 O‘zbekiston 🇺🇿 📅 28-iyun 🕟 04:30 ➡️ Sirdaryo

SIRDARYO
19 694
❗️#Diqqat Hurmatli elektr energiyasi iste'molchilari! Joriy yilning 17-iyun «Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali to
❗️#Diqqat Hurmatli elektr energiyasi iste'molchilari! Joriy yilning 17-iyun «Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali tomonidan Guliston shahridagi 110/35/10 kVli «Markaz» podstansiyasida iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida podstansiyada modernizatsiya ishlari olib boriladi. Ish vaqtida xavfsizlikni ta'minlash hamda elektr uskunalarida xavfsiz ish tashkil qilish maqsadida elektr energiyasi ta'minoti rejalashtirilgan tartibda o'chiriladi. Shu sababli, 17-iyun kuni soat 2:00 dan 4:00 gacha bo'lgan vaqt oralig'ida Guliston shahrining Ahillik, Yangi hayot, Shodlik,  Madaniyat, Ma'naviyat va Nurafshon mahallalari hududida elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi. «Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so’raymiz», - «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Sirdaryo hududiy filiali Matbuot xizmati. ➡️ Sirdaryo

SIRDARYO
19 694
Bugun beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi arafasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, AQSh Xalqaro moliyaviy ta
Bugun beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi arafasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, AQSh Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi hamda Eksport-import banki rahbariyati, shuningdek, Amerika biznes doiralari vakillari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Amerika moliyaviy institutlari va kompaniyalarining mamlakatimizga bo‘lgan qiziqishi ortib bormoqda. O‘z navbatida, O‘zbekiston ham xorijiy investorlar uchun hamkorlikning mutlaqo yangi va istiqbolli yo‘nalishlarini taklif etib, ishonchli sherik sifatidagi mavqeyini qat’iy mustahkamlab kelmoqda. ➡️ Sirdaryo

SIRDARYO
19 694
Albaniya Respublikasi Prezidentining mamlakatimizga rasmiy tashrifi doirasida Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva hamda Albaniya Respublikasi Birinchi xonimi Armanda Begayning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda ikki davlat rahbarlarining rafiqalari O‘zbekiston va Albaniya xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlash, shuningdek, madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. Madaniy dastur davomida oliy martabali mehmon o‘zbek amaliy san’ati ustalarining ijod namunalari, jumladan, yog‘och o‘ymakorligi, qadimiy so‘zana kashtachiligi texnikasi hamda an’anaviy kulolchilik buyumlari bilan tanishdi. Dasturning yorqin lahzalaridan biri an’anaviy o‘zbek liboslari namoyishi, shuningdek, mamlakatimizning turli hududlariga xos jihatlarni aks ettirgan “Kelin salom” marosimi taqdimoti bo‘ldi. Oliy martabali mehmon o‘zbek xalqining milliy an’ana va urf-odatlariga samimiy qiziqish bildirib, ularning chuqur tarixiy ildizlari, go‘zalligi va betakrorligini alohida ta’kidladi. ➡️ Sirdaryo

SIRDARYO
19 694
Bir yurak, bir maqsad — G‘alaba sari birga qadam tashlaymiz! Sirdaryo viloyatidagi media sohasi vakillari milliy terma jamoamizga futbol bo‘yicha Jahon chempionatida omad tilaydi. Olg‘a O‘zbekiston ➡️ Sirdaryo

SIRDARYO
19 694
#Markaziy_nashrda «Jadid» gazetasining 2026-yil 12-iyundagi 24-sonida «Yangi Sirdaryo», «Новая Сырдарья» gazetalari bosh muha
#Markaziy_nashrda «Jadid» gazetasining 2026-yil 12-iyundagi 24-sonida «Yangi Sirdaryo», «Новая Сырдарья» gazetalari bosh muharriri Bahrom Boymurodovning «Vatanni sevmoq mas’uliyati» sarlavhali maqolasi nashr etildi.Maqolani oʻqish ➡️ Sirdaryo

SIRDARYO
19 694
Prezident giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi murosasiz kurashish va jamiyatni ushbu tahdiddan himoya qilishga qaratilgan qonunni imzoladi. Giyohvandlik moddalari inson hayoti, oilalar va bolalar salomatligini barbod qiladi. Bu — mamlakat genofondi hamda uning kelajagiga berilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarba. Yangi qonunda narkotiklarni tarqatishning zamonaviy usullarini jilovlash ko‘zda tutilgan, bunday jinoyatlar uchun jazo choralari kuchaytirilgan va voyaga yetmaganlarni himoya qilishga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu masalani shaxsan o‘z nazoratimga oldim. Bu kurashda chetda tomoshabin bo‘lib turishga hech kimning haqqi yo‘q. Zero, juda ko‘p narsa o‘zimizga — ota-onalarga, maktab va mahallaga hamda yon-atrofidagi hodisalarga befarq bo‘lmagan har bir insonga bog‘liq. — Президент подписал закон, направленный на бескомпромиссную борьбу с наркоторговлей и защиту общества от этой угрозы. Наркотики разрушают жизни, семьи и здоровье детей. Это прямой удар по генофонду страны и её будущему. Новый закон учитывает современные способы распространения наркотиков, усиливает ответственность за такие преступления, и особо направлен на защиту несовершеннолетних. Я взяла этот вопрос под личный контроль. В этой борьбе нельзя оставаться в стороне. Очень многое зависит и от нас самих: от родителей, школ, махаллей и каждого, кто видит, что происходит рядом.

SIRDARYO
19 694
❗️#Diqqat Millat genofondiga jiddiy tahdid solayotgan illat! Bugun, 15-iyun kuni soat 18:00da Sirdaryo telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladigan «Kun mavzusi» ko‘rsatuvida millat genofondiga jiddiy tahdid solayotgan giyohvandlik illatiga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida so‘z boradi. Sizda mavzuga doir har qanday savol, murojaat yoki takliflar bo‘lsa, @SirdaryoMtrk_Bot manziliga yoki +998943516882 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin. Savollaringizga tegishli soha mas’ullari javob beradi. ➡️ Sirdaryo

SIRDARYO
19 694
Mirzayev Manuchehr Boborahimovich Sirdaryo viloyati hokimining axborot siyosati bo’yicha maslahatchisi

SIRDARYO
19 694
📺 No comment | Sirdaryoda media haftaligiga start berildi ➡️ Sirdaryo

SIRDARYO
19 694
📹 Sirdaryoda media haftalikka start berildi ➡️ Sirdaryo

SIRDARYO
19 694
📢 Sirdaryoda bugundan 5 kunlik media marafon start oladi! 📝Media sohasi vakillari, jurnalistlar, blogerlar, axborot xizmati xodimlari, SMM mutaxassislari, mobilograflar va media sohasiga qiziquvchi yoshlarni Media haftalikka taklif etamiz!
📍Guliston shahri, Yoshlar markazi 👍15-19-iyun 🕘09:00–17:00
✅ Besh kun davomida ishtirokchilar sun’iy intellekt, strategik kommunikatsiya, SMM, mobilografiya, faktcheking, media savodxonlik va zamonaviy kontent yaratish yo‘nalishlarida amaliy bilimlarga ega bo‘ladilar. ⚡️ Malakali ekspertlar, tajriba almashuvlar, ochiq muloqotlar va foydali uchrashuvlar esa Media haftalikning eng muhim qismiga aylanadi. 📌 Yangi bilim, yangi g‘oyalar va yangi imkoniyatlar sari birgalikda qadam tashlaymiz! Sirdaryo — yangi media imkoniyatlari hududi!

SIRDARYO
19 694
❓#Bilasizmi Guliston shahrida oʻtkazilgan xatlov yakuniga asosan 18 746 nafar 30 yoshdan yuqori boʻlgan ayollar oʻrganildi. O
#Bilasizmi Guliston shahrida oʻtkazilgan xatlov yakuniga asosan 18 746 nafar 30 yoshdan yuqori boʻlgan ayollar oʻrganildi. Oʻrganish davomida «Ayollar daftari»ga 5 ta toifa boʻyicha jami 3159 nafar xotin-qizlar roʻyxati shakllantirilgan. ➡️ Sirdaryo

SIRDARYO
19 694
❗️#Diqqat Hurmatli fuqarolar! 18 yoshgacha bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash masalalari bo‘yicha aholi murojaatlari
❗️#Diqqat Hurmatli fuqarolar! 18 yoshgacha bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash masalalari bo‘yicha aholi murojaatlari hamda e’tirozlarini o‘rganish, mavjud muammolarni joyida hal etish maqsadida Guliston shahri «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi direktori tomonidan mahallalarda sayyor qabullar o‘tkaziladi. ➡️ Qabullar jadvali: ▪️15-iyun kuni soat 10:00 — «Bo‘ston» MFY binosida; ▪️17-iyun kuni soat 10:00 — «Navbahor» MFY binosida; ▪️17-iyun kuni soat 16:00 — «Bog‘ishamol» MFY binosida; ▪️18-iyun kuni soat 10:00 — «Bahor» MFY binosida; ▪️19-iyun kuni soat 10:00 — «Taraqqiyot» MFY binosida. Sayyor qabullarda fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan murojaat qilishlari, taklif va fikrlarini bildirishlari mumkin. Barcha fuqarolarni ushbu sayyor qabullarda faol ishtirok etishga chaqiramiz. Guliston shahri «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi. ➡️ Sirdaryo

SIRDARYO
19 694
Bugun O‘zbek milliy akademik drama teatrida «Adolat fasli» spektaklini tomosha qildik. Amir Temur hayotidan bir kun haqida hi
Bugun O‘zbek milliy akademik drama teatrida «Adolat fasli» spektaklini tomosha qildik. Amir Temur hayotidan bir kun haqida hikoya qiluvchi kuchli sahna asari bo‘libdi. Bosh rolni kuni-kecha «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlangan Yodgor Sa’diyev ijro etdi. O‘zbekiston xalq artistini ko‘p yillik mehnatining yuksak e’tirofi hamda qutlug‘ sana — 80 yillik yubileyi bilan chin dildan tabriklayman. Ijodiy jamoa Sohibqiron siymosini nafaqat ulug‘ hukmdor va sarkarda, balki, avvalo, beqiyos matonat egasi, metin irodali inson sifatida namoyon eta olgan. Biz bugun Milliy teatrimiz va unga hayotini bag‘ishlagan fidoyi insonlarning ulkan salohiyatini qalban his etdik. — Saida Mirziyoyeva ➡️ Sirdaryo

SIRDARYO
19 694
Sirdaryo viloyatining Guliston shahri va Sirdaryo tumanlarida oqova suv tizimini modernizatsiya qilish va kengaytirish bo‘yicha yirik loyihalar amalga oshirilmoqda Guliston shahri va Sirdaryo tumanida yangi kanalizatsiya tarmoqlari, nasos stansiyalari hamda zamonaviy oqova suv tozalash inshootlarini qurish ishlari olib borilmoqda. Mazkur loyihalar uchun 275 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilgan bo‘lib, qo‘shimcha ravishda umumiy qiymati 85 mln dollar bo‘lgan xalqaro loyihalar ham amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Qurilish ishlari jarayonida muammo yoki takliflaringiz bo‘lsa, quyidagi raqam orqali murojaat qilishingiz mumkin: ▪️+998700554466. «Sirdaryo suv ta’minoti» AJ axborot xizmati ➡️ Sirdaryo

SIRDARYO
19 694
❗️#Diqqat Hurmatli elektr energiyasi iste'molchilari! Joriy yilning 13-iyun kuni «Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali tomonidan Guliston shahridagi 110/35/10 kVli «Markaz» podstansiyasida iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida T-2 40 000 kVA bo’lgan kuch transformatoriga kuchlanish berish, sinovdan o’tkazish ishlari olib boriladi. Shu sababli, 13-iyun kuni soat 1:00 dan 6:00 gacha bo'lgan vaqt oralig'ida quyidagi hududlarda ulash-ajratish, montaj ishlari vaqtida elektr ta'minotida uzilish kuzatiladi: ➖ Guliston shahri Buyuk kelajak, Madaniyat, Ma'naviyat, Ahillik, Yangi hayot, Navbahor, Taraqqiyot, Shodlik, Do'stlik, Ibratli, Bahor, Ulug' yo'l, Nihol va Sohil mahallalari; ➖ Boyovut tumani Yangi avlod va Qaropchi mahallalari; ➖ Guliston tumani Zarbdor, Mevazor va Yulduz mahallalari; Mirzaobod tumani M.Ulug'bek, Toshkent, Bog'iston, Yangi hayot va Dehqonobod mahallalari. «Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so’raymiz», - «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Sirdaryo hududiy filiali. ➡️ Sirdaryo

SIRDARYO
19 694
📹 O‘quvchilarning e’tiborini darsning boshidayoq jalb qilishni xohlaysizmi? Unda bu video aynan siz uchun. Ushbu videoda siz o'quvchilar e'tirborini 2 daqiqada o'zingizga qaratishga yordam beradigan 5 ta samarali usulni o'rganib olishingiz mumkin. ➡️ Sirdaryo