fa
Feedback

فریب کلاهبرداران را نخورید! تل‌متریو این کانال‌ها را شناسایی و برچسب‌گذاری می‌کند 👉 برای مشاهده برچسب، اشتراک تهیه کنید

Mitti Farishta 🖇 || blogi

Mitti Farishta 🖇 || blogi

رفتن به کانال در Telegram

🇰🇷Koreya hayoti 🕊Islomiy statuslar 📖Ma‘noli satrlar 🖇Psixologiya 🔗Mulohaza Hammasi o‘tib ketadi... Yaxshi kunlar hali oldinda... Adminka: Risliqoy💍 @Umr_Falsafasi @Risliqoy99

نمایش بیشتر
545
مشترکین
-124 ساعت
-127 روز
-3030 روز
آرشیو پست ها
Love❤️
+1
Love❤️

Тун бўйи сўзлашди соқов дарахтлар, Тун бўйи йиғлади бечора бир қалб. Хайр! Кетаяпман. Гулларим йиғиб. Қишга навбат берган баҳорга ўхшаб! Ким ҳам эшитарди ошиқ зорини, Боқий мухаббатда бўлдим мен яшаб. Хайр! Кетаяпман! Суйган ёрини, Зайнабга қолдирган Кумушга ўхшаб! Кимдир тиз чўкади жойномоз солиб, Оғриқдан етмишта томири қақшаб. Хайр! Кетаяпман! Кўнглимни олиб, Эри талоқ қўйган аёлга ўхшаб. Севдим деб қўйибман сенга шошилиб. Ҳокисор кўнглимни пойинга тўшаб. Хайр! Кетаяпман, Ерга қўшилиб, Нураб тугаётган деворга ўхшаб! Кўксимдан Хумо қуш чиқди отилиб, Ва сочилиб кетди зиёга ўхшаб. Хайр! Кетаяпман! Унсиз ютилиб, Қиёматга етган Дунёга ўхшаб! Малика Салимова

Bu shaharning ko‘chalari keng, Tor ko‘ngillar qo‘ymaydi omon. Kelolmaydi birov sizga teng, Ona sizni sog‘indim yomon. Yaqinla
Bu shaharning ko‘chalari keng, Tor ko‘ngillar qo‘ymaydi omon. Kelolmaydi birov sizga teng, Ona sizni sog‘indim yomon. Yaqinlarim soxta ekanda, Ishonibman do‘stim deganda. Yuragim ming azob yeganda, Ona sizni sog‘indim yomon. Bilmayman kim yaqinim manim, Sinishimni hohlaydi g‘anim. Dunyoda bir yo‘lim kutganim, Ona sizni sog‘indim yomon. Pulsiz qolsam ketdi do‘stu yor, Meni yolg‘iz etdi do‘stu yor. Ahir sizdan bo‘lak kimim bor, Ona sizni sog‘indim yomon. ✍Fayyoz G'aniyev

Yuragimning qoʻrisan ukam, Onamning g'amxo'risan ukam. Qadrdonim qadri balandim, Ukalarni zo'risan ukam. Davronimda davrini surgan, Akam bor deb ishonib yurgan. Jigarimsan yonimda turgan, Ukalarni zo'risan ukam. Omadini ovlar merganim, G'ururlanib ko'ksin kerganim, Eh, o'zimni Xudo berganim, Ukalarni zo'risan ukam. El biladi toza zotimiz, Eshitsalar tanir otimiz. Dadamni ham biz qanotimiz, Ukalarni zo'risan ukam. Bir tovoqda birga osh totib, O'sganmiz bir ko'rpada yotib. Birgina sen ketmaysan sotib, Ukalarni zo'risan ukam. Duo qilib omadga toʻling, Deysan baxtim uchun sog' bo'ling, Doim tursin yelkamda qo'ling, Ukalarni zo'risan ukam. Hatto jonim beray so'ra man, Borsanki men shohu to'raman. Seni juda yaxshi ko'raman, Ukalarni zo'risan ukam. ✍Odilbek Qodirov

Raqamimni terib san, Goh goh yo'qlab turibsan. Musofirda yuribsan, Sog'indim seni do'stim. Ulg'aydik o'tib zamon, Ketdik ko'nib har tomon. Qadring bilinib yomon, Sog'indim seni do'stim. Kulfatimga turmay jim, Sendek foydam o'ylar kim. Jigarimdek yaqinim, Sog'indim seni do'stim.. Sindiray deb atayin, Soxtalar so'zlar mayin. Kunlar o'tgani sayin, Sog'indim seni do'stim. Yo'qsan yo'qdir dildoshim, Ishonganim, sirdoshim. Fayzsiz choyxona, oshim, Sog'indim seni do'stim. Har kim boshida ro'zg'or, Rizqi har xil joyda bor. Masofa bo'lib devor, Sog'indim seni do'stim. Holim zo'r deb aytasan, Bilganim shu - qaydasan. Aytgin qachon qaytasan, Sog'indim seni do'stim. ✍Odilbek Qodirov

Koreyada yangi chiqqan kinolardan biri. Koreyada ham 4qism chiqqan. 1-sezon 8-qismdan iborat. Hammaga ko'rishni tavsiya qilaman.

Ayol qay ohangda gapirishi erkakka bog'liq!
Ayol qay ohangda gapirishi erkakka bog'liq!

photo content
+9

photo content
+9

O'lim O'yini 4/8 Davlat: Janubiy Koreya

O'lim o'yini 3/8 Davlat: Janubiy Koreya

O'lim o'yini 2/8 Davlat: Janubiy Koreya

O'lim o'yini 1/8 Davlat: Janubiy Koreya

Sister♡
Sister♡

Sizni ham bolaligingizda shunday vaqtlar bo'lganmi?)

Opa-singil 8soat ko'rishmaganda

Nega rasmga olaverasiz degan qarashmi?)
Nega rasmga olaverasiz degan qarashmi?)

O'zi bilan o'zi o'ynab

Mana uyda katta it boqish xavfli Amerika uyda katta it parvarish qilish bo‘yicha yetakchi o'rinda Shuning uchun pochtachilarga ham oson emas😅

Meeting with girlfriend 💕