Mitti Farishta 🖇 || blogi
رفتن به کانال در Telegram
🇰🇷Koreya hayoti 🕊Islomiy statuslar 📖Ma‘noli satrlar 🖇Psixologiya 🔗Mulohaza Hammasi o‘tib ketadi... Yaxshi kunlar hali oldinda... Adminka: Risliqoy💍 @Umr_Falsafasi @Risliqoy99
نمایش بیشتر549
مشترکین
-224 ساعت
-77 روز
-2830 روز
آرشیو پست ها
Meni senga yomonlaganlar
Seni menga yomonlab bo‘lgan.
Allaqachon unga hurmat-u
Ehtiromim tamomlab bo‘lgan!
✍Salim AYYUBIY
🎙 Feruzabonu
@Umr_Falsafasi 🍃
Himmatda yagonam mushtipar,
U borki kerakmas tillo zar,
Bo‘yu-bast, qoshu-ko‘z, so‘z qadar,
Onamga o‘xshasin qizlarim!
✍Muhammad Ziyo
🎙Abdullo Bakhramov
@Umr_Falsafasi 🍃
Sening chun emasdir dunyo bir kam,
Yelka tutib yasha shukurlar qilib.
🎙Charos Shodmanqulova
@Umr_Falsafasi 🍃
Ona, bugun qoshinga keldim...
✍Malika Salimova
🎙️Nosirova Gulruxsor
@Umr_falsafasi 🍃
Og‘riqlarim sezmaydi hech kim,
Yiqilganman tizzalarim qon.
Lek kichkina bir xato qilsam,
Hamma bilib qolar o‘shal on.
✍Malika Salimova
🎙Zuliw Altmus
@Umr_Falsafasi 🍃
Yarimjon yurakni yetaklab, suyab,
Qancha ko‘ngillardan o‘tmadi yo‘lim.
Hammani ko‘nglini olaman deya,
Men seni unutib qo‘yibman, ko‘nglim.
✍Malika Salimova
🎙Yulduz Muhamadjonovna
@Umr_Falsafasi 🍃
Endi bu uylarning bolishlari tosh,
Ichilmay soviydi piyolada choy,
Yotsam yetti qavat to’shalar bardosh,
Ketsam, kuzatmaydi hech kim hoynahoy…
✍ Malika Salimova
🎙Ozoda Nursaidova
@Umr_Falsafasi 🍃
Joning shunchalar ham qattiqmi sening,
Kunda o‘lasanu, tiriksan hamon.
Yomonlar so‘ziga ishongan kuning,
Ko‘zinga yutilib ketganmi ummon!
✍ Malika Salimova
🎙 Gulruh Eshonqulova
@Umr_Falsafasi 🍃
Sen mensiz Yer bilan bo‘lursan bitta,
Sen mensiz kimgadir bo‘lolmassan Yer.
🎙Odil Ikrom
✍Feruzabonu
@Umr_Falsafasi 🍃
Ba'zan dunyo tushunmaydi g‘amlarimni,
Hech kim bilmas ko'nglimdagi kamlarimni.
Berkitsam ham ko'zimdagi namlarimni,
"Nima bo'ldi, bolam?"- deya onam kelar!
🎙Shohista Ikromjonovna
@Umr_Falsafasi 🍃
Goho g‘amga to‘lib ketasan,
Anduhlardan so‘lib ketasan.
Nasib bo‘lsa bu kunlaringni
Ko‘rmaganday bo'lib ketasan.
✍ Zohid Ziyo
🎙Shohista Ikromjonovna
@Umr_Falsafasi 🍃
Iltijo etaman — qush qilib yarat,
Tangrim, uchmoqlikka qanot ber, qanot.
Ko‘nglimga, ko‘zimga beparvo qarab,
Meni yer qa’riga tortmoqda hayot.
✍Usmon Azim
🎙Dilnoza Kubayeva
Go'zallarda armon yo'q derdik,
Qoshi kamon, kiprik o'q derdik.
Taqdiridan ko'ngli to'q derdik
Go'zallar ham yig'lar ekan-da?
🎙Nurmuhammad Uralov
@Umr_Falsafasi 🍃
