fa
Feedback
Darkpen | Notes

Darkpen | Notes

رفتن به کانال در Telegram
4 774
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
+107 روز
-8630 روز
آرشیو پست ها
Krganlarni metka qlaman👆❤️

Demonstrativ iste’mol "Uch oy ichida uch marta sayohat qilib keldim", deb qoldi tanishim. Qilayotgan ishini so’radim. 30 dan oshgan. Maqtanarli hech nima qilmagan. Ta’lim dargohi yurgizadigan ayolni taniyman. Bitiruvchilari bilan hech maqtanmaydi. Natijalari bilan ham. Lekin har bir borgan restorani, to’yxonasini kuzatuvchilari ko’rishi shart deb o’ylaydi. Bir hamkasbimiz bor. Sayohatlarini bo’lishib boradi. Yaxshi pul topadi. Yaxshi ishlatadi. O’zi ochgan maktabda o’z farzandini o’qitgisi kelmaydi. Odamlar boshqa odamlar tomonidan e’tiborga tushishni xohlashadi. Tan olinish desak ham bo’lar balki. Ajralib turishmikan yoki. Bir so’z bilan - e’tirof. E’tirof mehnat orqasidan kelmasa — ikkitagina yo’l bor. 1. Qattiqroq mehnat qilish, e’tiborga tushish. 2. E'tiborga tushishni boshqa yo’llarini izlash. Mana shu boshqa yo’l — demonstrativ iste’molga olib boradi. "Menda borligini ko’rishsin. Hamma ola olmaydigan narsalarni olay, hamma bora olmaydigan joylarga boray. Ora-orada ko’rsatib qo’yay." Ishini yaxshi qilmaslikdan o’zini yomon his qilmaydi. Chunki yomon ish - darajamni tushirmaydi deb o’ylaydi. Darajani ishga emas, iste’molga bog’laydi. Yaxshi yashayapmanmi - demak yaxshi odamman. O’nlab o’z ishini ustalarini taniyman. Demonstrativ iste’molga berilishmagan. Ishi bilan tanilgisi keladi. Narsalari bilan emas. Xulosa - ishini chala qiladiganlarni yomonlash emas. Xulosa: Ishingizni yaxshilab qiling. Mutaxassis bo’ling. Nafaqat ko’proq pul topasiz, kamroq ishlatasiz ham. Aziz Rahimov @korinmas_alochi

Muammolarim nam salfetkaga o'xshaydi. Bittasini olaman desam 5 tasi chiqib keladi.. @korinmas_alochi

Kechirib yuboring Yomonlik qilishadi. Nohaq ayblashadi. Aldab ketishadi. Alam qiladi. Jahlingiz chiqadi. Kechirim so’rashini xohlaysiz. Qilgan ishini tan olib kechirim so’raydiganlar o’ta kam. Odamlarning egosi o’zlaridan ham katta. Kechirim so’rashlarini kutib o’tirmang. Kechirib yuboring. Ular balki kechirganingizni bilishmas. Xafa bo’lganingizni bilmagani kabi. Kechirib yuborishingiz o’zingiz uchun. O’zingizni o’ylab boshqalarni kechirib yuboring. Hayotingiz qanchalik yengillashganini ko’rasiz. Kechirib yuborish odatga aylanib qolgandan keyin esa, Kechirimni paydo qiladigan narsa - xafa bo’lish ham kamayganini ko’rib, xursand bo’lasiz). @korinmas_alochi

Ovora bo’lib qolamiz Lokatsiya jo'natish uchun telegramga kirdim. Kanaldan kelgan xabarga qiziqib bosdim. Bitta xabar ikkinchisiga, keyin boshqa kanalga ulanib, oxiri Youtube bilan tugadi. Ish quroli, ishdan chalg’itib qoldi. Telegram bir yengil metafora xolos. Ko’p hollarda maqsad qolib instrument bilan ovora bo’lib qolamiz. Oilamiz yaxshi yashashi uchun ishlaymiz, ishimiz deb oilamizga vaqt ajrata olmaymiz. Vaqtimni tejasin deb laptop, smartfon olamiz, eng ko’p vaqtimizni shu instrumentlarda isrof qilamiz. Sog’lom bo’lay deb zalni boshlaymiz, vazn yig’ish uchun sog’liqqa zarar bera boshlaymiz. Ibodat qilamiz deb dunyoga kelamiz, ibodatga yordam berishi kerak bo’lgan narsalar bilan ovora bo’lib qolamiz. @korinmas_alochi

Reaksiya kamku? to`ldirib tashela⚡️

Shu hard skill’larsiz 10x o’sib bo’lmaydi 1) Kompyuter qobiliyatlar: Tez yozish, Google ilovalarini bilish, Microsoft ofis ilovalarini ishlata olish, chatGPT orqali ma’lumot olish, internetda to’g’ri qidiruvlar berish. 2) Chet tili: O’zbek tilida haligacha 95% ma’lumotlar yo’q, 2-3 yaxshi kitob tarjima qilingani bilan xursand bo’lmang, sun’iy intellekt ham o’rningizga xulosalar chiqarmaydi. 3) Product marketing: Bozorda mahsulotini tushunmaydigan tadbirkorlar ko’p, yangi kirib kelayotganlar ham ko’pincha kuchli taklif yaratishni bilishmaydi. Birovlardan farq qiladigan mahsulot yaratishni o’rganing. 4) Performance marketing: Yangi loyihalarda eng kerakli narsa bu leadlar (yangi mijozlar), performance marketingni bilgan odam och qolmaydi va birinchi xaridorlarini topadi. 5) Biznes moliya: Yangi ishni boshlashdan oldin uning moliyasiga alohida e’tibor bering, o’zini-o’zi qoplash nuqtasini hisoblang va hisob-kitobni keyin to’liq olib boring. @korinmas_alochi

Obunachilarning turlari: - Bugun bizda bayram! - Bugun bizda motam… - Gap nima haqida ketyapti? @korinmas_alochi

Bundan 2 yil oldin katta to’ylar qiladigan, qimmat mashina yoki telefon nomerlarni oladiganlarni muhokama qilar edim. Men ularni tushunishni boshladim. 50 ming dollarlik to’y men uchun ahmoqgarlichilik edi, chunki bu pul uchun o’sha payt 2 yil ishlashim kerak edi. Vaqt o’tdi, biznesni boshladim, networkingni kuchaytirdim, shu pulni oyiga, haftasiga topadiganlar bilan tanishdim. 50 ming kimdir uchun katta pul, kimdir uchun esa obro'ni saqlash uchun investitsiya. Vaziyat o’zgarmadi, biz o’zgardik, natijada yondashuv ham o’zgardi. Hammani ahmoq deb o’ylashga shoshilmang, balkim ahmoq ular emasdir. @korinmas_alochi

Vaqt muhim, energiya undan ham muhimroq. Time management haqida ma’lumotlarni ko‘p ko‘rdim, lekin energy management haqida odamlar gapirishmayapti. Ba’zi ishlar 5-10 daqiqa oladi, lekin qisqa vaqt ichida bor energiyani ketkazib qo‘yasiz. - Mashina haydayotganingizda kimdir bilan gap tortishib qolish - Yoqimsiz tadbirga borish yoki yoqimsiz odam bilan gaplashish - O‘tmishni yoki kelajakni ko‘p o‘ylab yuborish Shu kabi ishlar vaqtdan ko‘ra energiyani ko‘proq olib qo‘yadi. Vaqtingiz bo‘lib energiyangiz bo‘lmasa ham siz hech narsa qila olmaysiz. @korinmas_alochi

Hayotda pul topish nuqtasiga kelgan bo‘lsangiz, uyat degan narsa bo‘lmasligi kerak. Telefon qiling, yozing, taqillating, uchrashing, qo‘lingizdan keladigan bor harakatni qiling. Siz dunyoga befarqsiz, uyalib o‘tirishga haqqingiz yo‘q. @korinmas_alochi

Kitob o’qishni to’xtatib, faqat ish qilishni boshlaganimdan keyin yaxshi pul topishni boshladim. Lekin bu o’rganish yomon degani emas, faqat o’rganish yomon degani. Amaliyot ancha muhimroq. Balans saqlang, sizga nima yetishmayapti? Harakat yoki bilim? Faqat harakat qilish ham natija bermaydi. @korinmas_alochi

Bu savolni berishimdan asosiy sabab yaqinda bir loyiha ishga tushdi, shuni sizlarga tavsiya qilmoqchiman, bu hech qanday “Reklama” emas, chunki bu loyihadan ozim ham foydalanyabman va yaxshi natija olyabman @Maqsaddosh - Bu yerda siz kabi maqsad qo’yganlarni topasiz, birga harakat qilasiz + networking Men o’zim ham Har doim qila olmayotgan odatlarimni challengeda qilib ketyabman. Hullas bir ko’rib chiqinglar shaxsiy rivojlanishni istaganlar uchun foydasi katta deb oyladim.

Bu hayotda o’z maqsadini va unga harakatni boshlaganlar bormi kanalimizda? + qoldiring Kommentga

Intizom hech qachon yechilmaydigan muammo ekan Uni faqat vaqtinchalik yecha olasiz, dangasalik baribir qaytib keladi. Doim sport bilan shug‘ullanib sog‘lom bola olmaysiz, qachondir tashlab qo‘yasiz. 20 yoshingizdagi yaxshi odatlarni 30 yoshda qilmay qolasiz, ularni qaytadan shakllantirishingiz kerak bo’ladi. Kimdir yana intizomni shakllantiradi va o‘zining eng zo‘r versiyasi bo‘ladi. Kimdir esa faqat o‘tmishdagi yutuqlari bilan faxrlanib yuradi. @korinmas_alochi

Ekran. Uygo’nib kichkina ekranga qaraydi. Kun bo’yi o’rtacha ekranda ishlaydi. Kechqurun katta ekranga termuladi. Uxlashdan oldin kichigini siypalaydi. U hozir ham ekranga qarab turibdi. @korinmas_alochi

Muomala – eng katta kapital Ish topishda ham, insonlar orasida o‘z o‘rningni topishda ham eng muhim omil – bu muomala. Qanchalik bilimli yoki iste’dodli bo‘lishingdan qat’i nazar, agar odamlar bilan yaxshi muomala qila olmasang, eshiklar yopiq qoladi. Yaxshi muomila — bu faqat “yaxshi gapirish” emas, balki boshqani his qilish, tinglash, va to‘g‘ri javob bera olish san’atidir. Hayotda ham, ishda ham, ayniqsa sotuv sohasida, bu ko‘nikma hammasini hal qiladi. Bugun shunga yana bir bor amin bo‘ldim. Odam o‘zini tashqaridan ko‘ra olmaydi — lekin chetdan kuzatganingda uning kuchli va zaif tomonlari aniq ko‘rinadi. Afsuski, ko‘pchilik o‘zidagi kamchilikni tan ololmaydi. U o‘zini haq deb o‘ylaydi. Men uchun bugungi vaziyat — shunchaki ish tajribasi emas, balki o‘zini kuzatish sabog‘i bo‘ldi. Ba’zida eng katta o‘zgarish, o‘zimizni himoya qilishni emas, tinglashni o‘rganishdan boshlanadi. @korinmas_alochi

Kichkina kurashlar Gapiraymi, jim turaymi? Turib ishimni qilaymi, yana biroz yotaymi? Kitobmi, instagrammi? Yozib olaymi yoki eslab qolamanmi? Suvmi, kolami? Eshitaymi, gapiraymi? To’g’risni aytsammikin, yo’qmi? Yaxshi gumonmi, yomonimi? Katta maqsadlar, katta harakatlar emas, Shu kichkina kurashlar hayotimizni ko’proq hal qiladi. @korinmas_alochi