Darkpen | Notes
رفتن به کانال در Telegram
4 774
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
+107 روز
-8630 روز
آرشیو پست ها
4 774
Odamni o'ldiradi...
Xurshid, kecha ko‘rib qoldim — sigaret chekayotganmushsan. Rostini aytsam, biroz o‘ylantirib qo‘ydi. Balki sen buni “stress”, “odat”, yoki “faqat bitta-ikkita” deb qabul qilayotgandirsan.
Lekin sigaret hech qachon faqat bitta bilan tugamaydi.
Sigaret — bu sekinlik bilan o'zini ko'rsatadigan zarar: 🫁 O‘pka nafasni unutadi ❤️ Yurak tezroq charchaydi 🧠 Miya kislorodsiz qoladi ⏳ Umr sekin-asta qisqaradi, odamni o'ldiradi Eng yomoni — u seni sezdirmay qaram qiladi. Bugun o‘zingni boshqarayapman deysan, ertaga u seni boshqaradi.Bir savol: Agar sog‘lig‘ingni qayta sotib olish kerak bo‘lsa, pulning o'zi yetarmikan?
Tavsiyalar (chin dildan): 🚭 “Ertadan” emas, bugundan kamaytir ☕️ Sigaret o‘rniga suv yoki choy ich 🚶♂️ Chekish kelgan payt 5 daqiqa yurgin 📝 Nima sabab chekayapsan — yozib chiq (stressmi, zerikishmi?) 🎯 O‘zingga sabab top: kim uchun tashlayapsan? Chekishni tashlashga qaror qilsang yaqin do'stinga ham aytib qo'y, u ham seni nazorat qilib turadi.Xurshid, bu tanbeh emas. Bu — eslatma. Sog‘lig‘ing — senga berilgan eng qimmat ne'mat. Bugun tashlasang — ertaga tanang rahmat aytadi. Kecha tashlaganingda edi — bugun allaqachon yengilroq nafas olayotgan bo‘larding. Tanlov — seniki. 💭 O'zingni ehtiyot qil! @darkpennotes
4 774
Atigi 1 soat…
Hayrli kech, Xurshid. Yaxshimisiz?
Senga bir narsani yana aytmoqchiman. Balki ilgari ham aytgandirman, lekin ko‘rinishidan sen uni bajarmagansan — shuning uchun qayta aytaman.
Bir yil oldin bir donishmand insonning maslahatini eshitib, sinab ko‘rgandim. U shunday degandi:
"Nimadur qilishdan vaqtni tejab bo‘lsa ham, o‘zing uchun bir soat ajrat.” Shu bir soatni shunday o‘tkaz: — Xonani qorong‘ula. — Telefon, noutbuk, internet… hamma chalg‘ituvchi narsalarni boshqa xonaga chiqarib qo‘y. — Va o‘zing bilan o‘zing gaplash. Senga g‘alati tuyilishi mumkin. Lekin bir marta sinab ko‘r. O‘zingdan so‘ra: • “Men aslida kimman?” • “Bu hayotda nimaga intilyapman?” • “Mening hayotdagi haqiqiy maqsadim nima?” Agar vaqt ortsa, ichingda yillar davomida javobini topolmay yurgan boshqa savollaringni ham so‘ra.Bir soat o‘zing bilan yolg‘iz qolish — bu jazo emas, o‘zingni eshitish imkonini beradi. Va ishon, aynan shu bir soat ko‘p narsani o‘zgartirishi mumkin. Albatta sinab ko'raman - ⚡️ @darkpennotes
4 774
O‘zlikni anglash…
Yuqoridagi post izohlarida ko‘pchilik rasmda o‘zini ko‘rganini yozib qoldiribdi.
Qora fon — bu bo‘shliq emas.
Qora fon — bu niqoblar yechilgan paytdagi siz.
Hech kim ko‘rmayotgan, hech kim baholamayotgan, hech kim kutmayotgan holatingiz.
Inson eng ko‘p o‘zini sukunatda ko‘radi.
Eng ko‘p yolg‘izlikda tan oladi...
50 ta 🔥 dan keyin o‘zlikni anglash bo'yicha tavsiya post yuboraman.
@darkpennotes
4 774
Tanishuv…
Xurshid yaxshimisan?
Men seni anchadan buyon taniyman, avval o’zim ham “Xurshid” bo’lganman.
Hayotda hali ham o'zingni qidirib yuribsan, yoki o’zingni ustingda ishlab rivojlanmoqchisan, shundaymi?
Men esa senga o’zimning tajribam va maslahatlarim bilan yordam bermoqchiman.
— Xurshid men bilan rivojlanishga tayyormisan?!
— Tayyorman – 🔥
@darkpennotes
4 774
Assalomu alaykum!
Darkpen | notes sahifasiga xush kelibsiz!
Ushbu kanal muallifning hayot davomida orttirgan ko‘nikma, tajriba va yutuqlariga asoslanib, yoshlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish, ularni ruhlantirish hamda shaxsiy fikrlarni bo‘lishish maqsadida tashkil etildi.
Kanalda muallif o‘z nasihat va mulohazalarini Xurshid va uning do‘stlari obrazlari orqali — ularga murojaat qilgandek tarzda — yetkazib boradi. Shu orqali har bir yosh o‘ziga kerakli xulosa, motivatsiya va yangi qarashlarni olishi ko‘zda tutilgan.
Kanalga xush kelibsiz — birga o‘samiz, birga fikrlaymiz!
@darkpennotes
4 774
Hamma uchun mos Fen😍 sotuvda!
Qulay, kuchli va juda arzon narxda. Cheklangan miqdor!
📩 Zakaz: @islamm277
🚚 Dostavka bor
4 774
Biz halovatni juda uzoqlardan izlaymiz. Balki marketingning puxta tuzilgan tuzog‘iga tushamiz.
Inson tomonidan qurilgan imoratlar, yasalgan texnologiyalar, shovqin-suronlar. Bular hayrat uyg‘otadi xolos. Ko‘zimizni qaratadi, lekin ruhimizni oziqlantirolmaydi.
Asl tinchlik, biz izlayotganimiz odatda juda yaqinimizda bo‘ladi.
• Shamolda yengil qimirlayotgan daraxt shoxi
• Oqayotgan suvning harakati
• Yerga urilib yog‘ayotgan yomg‘irning o’ynashi, uning ovozi
• Sezdirmay bir yoqqa oqib ketayotgan bulutlar
• Quyosh botishi
• Yulduzli osmon…
Tabiatdan quvvat olishni o‘rganing. U beradigan halovat haqiqiy va uzoqroqqa yetadi.
@korinmas_alochi
4 774
Qisqa video ko’raveradi, uzunlariga sabr yetmay qoladi.
Uzun videoga yetmagan sabr, matnga ham yetmaydi.
Matn o’qimagan, kitob o’qimaydi.
Uzun video va kitoblarsiz ilm olinmaydi.
Ilm olmasa, hayotida muammolar to’xtamaydi.
Muammolardan qochish uchun yana qisqa videolar ko’radi…
@korinmas_alochi
4 774
Yurakka yaqin olmaylik
Hatto Ronaldo (yoki Messi) bo’lsak ham, oyog’imiz sinib yugura olmay qolganimizda ishxonamiz uzog’i 1 mavsum maosh to’lashi mumkin. Shunda ham shartnoma majburlasa.
Oilamiz esa oyog’imiz sinib uyda 3 yil yurolmay yotsak ham birga bo’ladi.
Hech qaysi ishxona bunchalik turib bermaydi.
Ko’p joylarda “biz jamoa emasmiz, biz oilamiz” deyishadi.
Bo’lmagan gap.
Ishonavering,
Oilamizdan boshqa hech kimga keragimiz yo’q.
Chunki,
Sog’ligimiz joyidami - yo’qmi,
Ishlarimiz yurishyaptimi - yo’qmi,
Qarzimiz bormi - yo’qmi,
Xullas,
Faqat oilamiz har qanday holatda bizni qabul qiladi.
Shuning uchun,
Ishxonani ishlarini yuragimizga yaqin olib yubormaylik. Baribir oilaga aylanib qolmaydi.
@korinmas_alochi
4 774
Nikohdan oldin gaplashib yurish kerak-mi?
Biz tengilar uylanganiga ancha bo’ldi. Birinchi mevalarni ko’rish mumkin deb o’ylayman.
Taniganlarim orasida uzoq gaplashib, sevishib, uylanganlar bor.
Dunyoqarashi, oilasini mosligini bilguncha (odatda bir necha daqiqa) gaplashib, sovchi bilan uylanganlar bor.
Ko’p xollarda ikkinchi toifa baxtliroq.
Tajribamga ishonmaganlar uchun, Robert Epshteynning 13 betlik tadqiqotini ham ko’rib chiqdim.
Sevgi ko’p hollarda mustahkam oilaga olib bormas ekan.
Mustahkam oila esa sevgiga bemalol olib borar ekan.
Demak, “Qirmizi olma” qo’shig’i haq bo'lib chiqdi:
Haqiqiy sevgi to’ydan keyin bo’larkan.
@korinmas_alochi
4 774
Mimetik xohishlar
Ovqat tanlaydigan bilan yurib qoldim. Men ham tanlashni boshladim.
Qornini to’ydirsa - hisob bo’lgan bilan yurdim. Tanlamay qo’ydim.
Hamkasbimni yaxshi ishlari ochilib qoldi. Yaxshi ishlarni ko’paytirishni xohlab qoldim.
Kiyimlar olaman degandi, meni ham olgim kelib qoldi.
Mimetik xohishlarni o’qigandim. O’zimda ko’rdim. Xohishlar yuqadi. Maqsadlar yuqadi.
Xohishlarni nazorat qiling. Atrofdagilar ta'sirlanadi.
Atrofingizni filtr qiling. Uning xohishi, maqsadlari siznikiga aylanadi.
@korinmas_alochi
4 774
— Eee bu palto o‘taaa 🔥
— Dvoykasi ham chiqibdi 😍
— Qaerdan oldiz, aytingchi?!
— Shadora Store dan endi har kuni yangi kolleksiya chiqyapti 🛍️
👗 @shadora_store — trendni boshlab beruvchi kanal 💫
4 774
Qalb oynaga o'xshaydi, uni sindirib so'ngra yamamoqchi bo'lganingizda uning siniq parchasiga qo'lingizni kesib olishingiz mumkin..
