cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Qalbim Qissalari

Bir oʻzim otlandim bir oʻzim boshladim Qalbimdagi dunyoni qayta qurishni Savollar yuzasidan @MyLady01 bilan bogʻlaning

نمایش بیشتر
أوزبكستان25 662زبان مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
پست‌های تبلیغاتی
579
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
اطلاعاتی وجود ندارد7 روز
اطلاعاتی وجود ندارد30 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

#Voris Umut hozir eshitgan gaplarini sira tahlil qila olmadi qanday qilib axir, nahot Mutlu shu darajada azoblangan bòlsa, ayni vaqtda Umut òzidan shu darajada nafratlanib ketdiki qòliga qurol berishsayu shu zahotiyoq òzini otib tashlasa. "Qanday aka bòldim, qanday yagona yaqinimni hayotiga befarq bòldim". Umut Savashbeydan Mutluning ahvolini sòraganida endilikda chet elda òqishi va hayoti havas qilardi darajada degan gap sòzlariga shunchaki ishona qolgandi. Shu sabab ham singlisini endi tinch qòyishni òyladi, shuncha yil tutqunlikda yurgani ham yetib ortadi. Gap sòzlaridan kelib chiqib òzini bemalol ximoya qila olishiga ham amin bòldi. Òziga alam bilan tikilib turgan singlisini yonidan joy olib oxista baģriga bosdi-Kechir...e'tiborsiz aka bòlganim uchun, Savashbeydan himoya qila olmaganim uchun, taqiqlarim bilan bezdirib tashlaganim uchun barcha barchasi uchun kechir...Endi barchasi òzgaradi òz hayotinga òzing egalik qilasan...Hech qanday taqiq ham buyruq ham yòq. Shunchaki yashab qol.-Umut Mutluni sochlarini quloģi ortiga òtkazib oxirta peshonasidan òpdi-Endi dam olaqol...kerak bòlsam xonamda bòlaman. Mutlu akasining kòzlaridagi pushaymonlikni kòrib ichi zir ketdi...bu haqida hech qachon aytmaslikka qaror qilgan qiz jahl va alam iskanjasiga tushdiyu nazoratni yòqotib dilidagi barcha iztirobu azoblarini tòkib sochdi. Qiz endilikda Umutning achinishiga qanday chidaydi. Mutli eng nafratlangan tuýgu bu òziga achinishlarini his etishdir... Ortiq akasining pushaymonlik va achinish mujassam bòlgan yuzini kòrishni istamagan qiz bir sòz ham demay mehmonxonani tark etdi.
نمایش همه...
#Voris Mutlu Umut bilan bòlgan "yoqimli" suxbat tasirida uxlay olmagani uchun mashĝul bòlmagan ishni òzi qolmadi. Òn daqiqacha kitob òqidi kòzlari tinsa ham baribir uyqusi kelmadi. Kino kòrmoqchi bòldiyu ha deganda tayinli kino ham topa olmadi. Sòng oshxonaga tushdi. Stol ustini yeguliklarga tòldirib tashlagan bòlsa ham hech narsa yemadi. Hattoki ichayotgan sharbati bir ikki qultumdan sòng ishtahani bòĝganday tuyildi. -Bunaqasi ketmaydi-òziga òzi gapirgancha xonasiga chiqdi. Besh daqiqadan sòng tungi libosini alishtirgancha pastga tushdi. Hovlida sakkizta yigit navbatchilik qilyabdi. Mutluga ularni chalĝitish qiyin bòlmadi. Sezdirmay otxona devoridan oshib tashqariga chiqgan qiz boshiga kepkasini kiydida sevimli gòshasi tomon yòl oldi. Majid tashqariga chiqgan mahal uy ichida tòpolon boshlangan, xizmatchilardan tortib qòriqchilargacha jonini asrab qolish ilinjida tashqariga intilishar edi. Yigit qarshisida allaqachon kulga aylanayozgan uyga bepisand qaradida mashinasini òt oldirdi. Yolĝizlik hayotining bir qismi bòlgan bu yigit bu safar ham yagona dardkashini oldiga yòl oldi. Majid mashinadan tushib Dengizga yaqinlashar ekan bu safar qirĝoq odatdagidan farq qilar edi. Majid Turkiyaga kelganiga deyarli bir yil bòldi. Tanholikni sevuvchu bu yigit Dengizning aynan kimsasiz qismini òziga sirli gòsha qilib olgan edi. Shu bir yil oraliĝida Dengiz chaĝalaklaridan òzga tirik jon kòrmagan yigit bu kecha biroz hayratlandi. Sababi qoyani ustida kimdir oyoqlarini silkitib qòllarini keng yozgancha gòyo shamol va Dengiz bilan suxbat olib borar edi. Muallif: #Baxtcham
نمایش همه...
#Voris Yarim tun. Tez kunlarda Yozni quvib solib Kuz qadam ranjida qilishi sabab havo ancha salqinlagan. Ora orada yengil shaboda daraxt shohlarini uyoqdan buyoqqa silkitib, kòngilga hush yoquvchi shitirlashi natijasida ajoyib sas chiqarmoqda. Hashamatli uy. Atrof tòla qòriqchilar. Keng xonada bir kimsa tunning asiriga aylangan kòyi bamaylihotir uxlab yotibdi. Itning uvullashi sabab uyqusi buzilgan kimsa suvsagani bois òrnidan qòzĝaldi. Yotoqning òng tarafida joylashgan stol ustidagi grafindan suv quyib ichishga shaylangan kòyi joyida toshdak qotdi. Oĝzidagi bir qultum suvini na yutishni na chiqarishni bilmay qoldi. Tashqaridan navbatchi qòriqchilarning fonurlari har 1 daqiqada xonaga tushib bir necha soniyaga yoritishini hisobga olmasa xona timqoronĝu edi. Shunday bòlsada kimsa eshik oldidagi sharpani zumda payqadi. Yuzi qoronĝudan kòrinmayotgan bòlsada uning kimligini tahmin qilgancha, peshonasidan sovuq ter chiqdi, qòlidagi Idishi yerga tushib chil chil sindi. -Kk...kimsan?-Ovozidan qaltirayotgani shundoq sezilib turardi. Uning kimligini bilsada iloji boricha vaqtdan yutmoqchi bòldi -Ajal. -senga tushuntirib beraman ha ha tushuntirib beraman-Yotoqning ostki qismidagi signalizatsiya tugmasini paypaslab qidira boshlarkan "Ajalini" chalģitishga tushdi. Buni zumda payqagan Sharpa tezlik bilan yotoqga yaqinlashib kimsani qòlini ortga qayirdi va tilini tanglaģida takkilatgancha òljasining quloģiga shivirladi -Besamar urinish!
نمایش همه...
Kim Mutlu taraf? Umutning talablariga qanday fikr bildirasiz?
نمایش همه...
#Voris -Nima gap Aykut -Beyim Majidbey kasalxonada yòq. -Qanaqasiga? -Ya'ni hushiga kelishi bilanoq doktorlarni gaplariga ham qaramay u yerni tark etgan.... -Eshitaman-Aykut bilan suxbat yakunlanishi bilanoq ikkinchi qònģiroqqa javob berdi-Senda qanday muommo -Umutbey...men haligi... -Achchiq ichakka òxshab chaynalmay shartta kes -honimni yòqotib qòydim -Yòqotmaganingda ham hayron qolardim...sen uni qòy ishinga qaytaver. -Tushundim beyim. Kemal bilan suxbatni tugatgan Umut u darajada uzun bòlmagan soqolini ishqalarkan kòzlarini asabiy yumdi. Bu ikki Beboshlar Umutning sabr kosasini tòldirish baxtiga muyassar bòlishgandi. Mutlu butun boshli garderobini yangilab qòrĝonga kirib kelgan fursatda soat millari 19 ga bong urgan edi. Tabiiyki Umut allaqachon uyda, singlisining òzboshimchaligi yetmaganidek kechikishi toza xunobini oshirgan edi. Mutlu mashinadan tushgan zahoti uch-tòrt nafar hizmatchilar mashinani tòldirib turgan kiyim xaltalarini zumda yuqoriga tashiy boshlashdi. Akasiga qayrilib ham qòymay yuqoriga chiqishga shaylangan qizni Umutning qat'iy birgina buyruĝi tòxtatib qòldi. -Yonimga kel!
نمایش همه...
#Voris Dilfuza ohista qadamlar ila Umutning qarshisidan joy oldi -Gaplashib olishimiz kerak-Umut iloji boricha bosiqlik bilan gap boshladi. -Gaplashamiz...albatta lekin qay biridan boshlaymiz Kemalni ortimdan qòyganingiz haqidami yoki mashinaga qòygan taqiq haqidami... -Ertadan Kemalning doimiy kutuzatuvi ostida bòlishing haqida. -Òzimni siyosiy deputat qizidek his qilib ketdim xaxaxa bu bilan tansoqching bòladi demoqchimisiz orzu ham qilmang-dona dona javob qildi. -Gapimni ikki qilaverma, oqibati yaxshi bòlmaydi kichik honim -Meni bunday atamang... eshitayabsizmi...MEN YOSH BOLA EMASMAN...YETAR USTUMDAN HUKUM CHIQARISHINGIZ JONIMGA TEGDI. BIR NECHA OYDAN KEYIN BUTUNKAY ERKIN SHAXSGA AYLANAMAN SHUNDAY EKAN TAQIQ QÒYAVERMAN HAR ISHIMGA BURUN SUQUSHNI BAS QILING -MENGA OVOZINGNI KÒTARMA MUTLU TURKYILMAZ...Òzing aytganingdek bir necha oydan sòng, qadaming dushman bir deganda seni ezģilab tashlashadi, òzingni ximoya...-Umut sòzini oxiriga yetkazmasidan Dilfuzaning baland kulgusi butun mehmonxonani tutib ketdi -Meni ezģilab tashlashadimi, siz òzimni ximoya qila olamanmi yoqmi buni qayerdan bilasiz... menga shuni aytingchi.. Vorislikka tayinlanganimdan sòng qachon aka-singildek dardlashdik...hech qachon oyda bir martagina kòrishardik. Meni qayerdaligim bilan hech qiziqdingizmi, bir bor qidirib kòrdingizmi? Ayting? Vaholangi kimsan Umut Turkyilmazsiz uzoģi bilan bir kunda qayerdaligimni aniqlay olardingiz. Siz nima qildingiz singlingizni unuttingiz...men it topmas zah zalda tongni tunga ulab tinimsiz shuģullanishga majbur qilishganda, birgina òtkazib yuborgan zarbam uchun bundan òn barobar kòp kaltaklashganda, haftalab dorining badboy hidi ufurib turgan tashlandik tibbiyot xonasida yotganimda siz shu chirkin hokimiyatingiz bilan ovora edingiz. Shunday ekan buyruq berishga haqqingiz yòq akaginam. Menga hukmini òtkiza oladigon yagona shaxs bòlmish "Otajoningiz" allaqachon Jahannamda gunoh qozonini kovlab yotibdi.
نمایش همه...
#Voris Ikki honim kampaniya chiqish eshigiga chamasi òn qadam qolganida Saboxatni ortidan kotibasi yugurib chiqdi. Dilfuza tashqarida bòlaman degancha ularni yolĝiz qoldirdi. Saboxatning buyruĝiga binoan Kemal allaqachon ortga qaytgan bòlib, haydovchilik Saboxatning qòl ostidagi yigitning gardaniga tushgan edi. Dilfuza tashqariga chiqganida Mehmet qòriqchi yigitlarga bir nimalarni tushintirish bilan ovora edi. Dilfuza hayoliga kelgan fikrdan ayyorona jilmayib Mehmet tomon odimladi bu vaqt ichida qòriqchi ichkariga kirib ketgan edi. Qòl jangi ustasi bòlgan Mehmet yelkasiga tòsatdan qòyilgan qòl egasiga refleks tarzda musht yòlladi, Mehmedning harakatini oldindan tahmin qilgan qiz òzi tomon kelayotgan qòllarni osonlikcha qayirib, tizzasining ortki qismiga zarb bilan tepishi natijasida yigit yerga chòkkalab qoldi. Mehmet raqibining hali hamon yuzini kòrishga ulgirmagan bòlsada, birinchi chap berishidayoq uning kimligini anglagan edi. -Mutlu... -Yengilganingni tan ol Mehmetbey-Mutlu mardonavor sòz qotdi va uning qòllarini bòshatdi - tahmin qilgandim sababi sengina shunday zarba berasan -Faqat yonbosdim deya kòrma -Tan olaman hatto anglamay qoldim -Albat...Mutlu qarshisida chiroyli qoshlarini chimirgancha turgan Saboxatga kòzi tushgach aytmoqchi bòlgan gapi oĝzida qoldi. Saboxat kòzlarini asta yumib ochdi va qisqagina gap bilan chegaralandi. -Senga juda kop narsani orgatish kerak chamamda. -Òrgata olishinga kòzing yetsa marhamat òrgata qol-havsalasiz javob bergach Mehmetning yelkasiga dòstona shalatilagan bòldida "Kòrishamiz" degancha Saboxatdan oldin mashinaga joylashib oldi.
نمایش همه...
The Liza's stories 🤍🕊 Qalbim olamining farishtasi qissalari...😇🍃 Creator: #Liza #Siniq ko'nglimiz #Ommaviy qirg'in yohud Virus iskanjasida 27.06.2022 https://t.me/kalbim_hikayesi
نمایش همه...
The Liza's stories

🤍🕊 Qalbim olamining farishtasi qissalari...😇🍃 #Siniq ko'nglimiz #Ommaviy qirg'in yohud Virus iskanjasida 27.06.2022

نمایش همه...
The magic world_♡︎ Venera.

Hikoya yozuvchining sirli olami uning qalbi!_♡︎ Muallif: #Venera. #Hayot. #Hayot_mazmunim. #Murda_qalblar_shahri. #Sukut_zabon... Kanal ochilgan sana: 16.01.2022. Venera hikoyalari tartibi: @venera_h1koyalari

#Voris Mutlu 1 finjon qahva ustida naqt yarim soat Saboxatga òtgan 14 oyini sòzlab berdi. Oz bòlsada davom etgan baxtli hayoti, dòstlaridan tortib bu yerda nima sababdan qaytgani tògrisida. Saboxat esa Mutluni gapini bòlmay qunt bilan tingladi. Gapni kulib boshlagan qiz endilikda tushkun kayfiyatda edi. Fahm-farosatda tengsiz Saboxat esa qizni kayfiyatini kòtarmoqchi bòldi. -Tur kettik -Qayerga? -Mutlu jonim hafa bòlmaginu ustingdagi libosingni ikkinchi bor kòrayabman sen axir òta talabchan qiz eding -Bu yerda kelganimga 20 soat bòldi va yana hech qanday yuksiz kelganman eski kiyimlarimdan birini kiyishga majbur bòldim. -Endi tushingandursan qayerga borishimizni! -Saboxat bu yerdagi yagona meni xursand qiluvchi inson sensan. -Bundan hursandman..lekin Umut bilsa hafa bòladi -Sen aytmaysan. -Hech qachon hech kimga ishonma qizaloq hali hayoting oldinda bu saboqni esa unutma -Shusiz ham har kimga ishonmayman, men ishonch bildirgan inson esa ishonchimni oqlashiga aminman.Senga kelsak hozirda men bilgan insonlar ichida eng kuchligi sensan hatto akam ham tayyor hokimiyatga ega chiqdi sen esa bu darajanga òz kuching bilan erishding -Qalbingda Tòfon kòtarilmagunga qadar ichingdagi tuĝyon tuĝyon urayotgan kuchingni anglab yetolmas ekansan. Men bu yòlni tanlashdan boshqa choram qolmagani uchun qarshingdaman. Shuni unutma yo kuchli bòlasan yoki kuchlilar qòlida òyinchoq. Har bir yòlni òzing tanlaysan -Menda tanlash yòli mavjudligiga nahot ishonsang?Kuchli bòlishga majburman. -Eh Mutlum...garchi har sohada tengsizdursan, lekin kalta òylayabsan. Qòlimda hokimiyat bòlsa kuchliman deb hisoblama, shu bilan birga xavfsizman va dunyoni boshqaryabman deb òylash ahmoqlikning aynan òzi. Bu hayot zarbalariga mutloq yaroqsiz bòlib qolishinga olib keladi-kutmagan payting zilzila sodir bòlib toĝlarni bunyod qiladi, kòklamga gullashga shaylangan daraxtga chaqmoq urib, uni yakson qiladi, shu kabi sening birgina sus òylangan mulohazang...tamom bir deganda qòlingdagi hokimiyatdan ayrilib qolasan. -Gòyo men shu hokimiyatga zordek gapirma iltimos - Mutlu...-Saboxat bir muddat tin oldi- taqdiringa tan ber. Qonunlarni yaxshi bilasan baribir qocha olmaysan. Norizolikni bas qil! -Havotir olma endi hech qayoqqa ketish yòq. (Hayotimni barbod qilganlar jazo olishi muqarrar) -Aqlligim -Ketamizmi avvalo aytib qoyay bari seni hisobingdan_Dilfuza kòz qisib qòydi Saboxat sumkasini nozik bilaklariga ilarkan tasdiq ma'nosida boshini silkitdi -Meni davrimda yayrab ol jonim Dilfuza kulib yubordi -Akam tongdan qayoqqadur chiqib ketgan tushunganingdek kissam bòm-bòsh. -Senga yarashmas ekan bunday deyish. Meni bilasan libos masalasida juda saxiyman. -Albatta. Qani kettik Turkiya dòkonlarida bugun ish qizigandan-qizir ekanda.
نمایش همه...