Factor.uz
رفتن به کانال در Telegram
Marketing, SMM, digital, dizayn va reklama sohasidagi vakansiyalar. 👉 Bog‘lanish: @ijodkor_inson
نمایش بیشتر2 083
مشترکین
-324 ساعت
-287 روز
-15730 روز
آرشیو پست ها
2 083
Men kecha test vakansiya yuborgan edim, bu test vakansiya edi xolos. Bu real ish emas.
Men shunchaki ishga kirishdagi xatolaringizni ko'rsatib berdim xolos. Profil, resume va boshqalar.
Agar noto'g'ri tushuntirgan bo'lsam va siz real ish deb menga o'z ishingizni yuborgan bo'lsangiz, tushuntira olmaganim uchun uzr)
Sizga o'z kamchiliklaringizni aytib, feedback berdim. Maqsad — shu xatolarni to'g'rilasangiz, osonroq ishga kirishingizni xohlagan edim.
Potensialingiz bor, ammo kompaniya sizga qiziqishi kerak. Qiziqishni esa birinchi profilingizni qarab biladi. Agar profil professional ko'rinsa, ishga topshirgan 80-90% odamdan osongina o'tasiz. Buni 100% ishonib ayta olaman.
Agar feedback kimnidir ranjitgan bo'lsa yoki real ish deb ishonib topshirgan bo'lsangiz, bu uchun alohida uzr)
Ma'qul kelmagan bo'lsa, o'zingiz xohlagandek davom etavering.
2 083
Har bir e'longa shularga amal qilib yozing.
Menimcha, endi e'lonlarni joylasam bo'ladi.
Rahmat!
2 083
Profil to'ldirish
1. Professional va aniq bo‘lishi kerak (@Diyorbek_Aliyev yaxshi)
G‘alati yoki hazil aralash bo‘lsa — bu ishonchni tushiradi
2. Profil rasmi:
Ochiq, aniq va professional rasm bo‘lsa yaxshi (selfie emas, fon toza, yuz ko‘rinib turgan yoki tiniq yaxshi rasmlar)
Pinterest'dan olsangiz bo'ladi
3. Bio (bio yozuvi):
Kasbi yoki qiziqishlari ko‘rsatilganmi?
Masalan: Marketing | Content Strategist | HR Analyst (Shunday yozing)
Salbiy: Ko‘ngilxush, Laylak, 😎Life is short — to'g'ri kelmaydi.
4. Aktivlik:
Kanal/Group havolalari: ochiq ko'rsatilganmi? Shaxsiy qilib qo'yilsa, bu ishonchni tushiradi.
Boshqa havolalar: LinkedIn, GitHub bo‘lsa — bu yaxshi agar linklar ishlasa
5. Profil nomlash
Ismi yozilganmi yoki qandaydur nom?
Masalan: Diyorbek Aliyev — bu eng yaxshi variant
Diyor, Bek, Aliy yoki shu kabilar tavsiya qilinmaydi. Shunchaki ism-familiyani yozing.
6. Story'lar
Story'larda sohasiga oid narsalar qo'yganmi?
O'qigan kitoblar, webinarlar, syomka jarayonlari yoki sertifikatlar — bu yaxshi ko'rinish beradi.
Lekin dardli, siqilish, chekish va ichish, hazillar va ko'p skrinshotlar — bu ishonchni butunlay tushiradi. Tavsiya qilinmaydi.
7. Resumeni shu yerdan tayyorlang. Oson va tayyor shablonlar bor : www.resumeviking.com
@factor_uz
2 083
Qaysi soha vakili bo'lsangiz ham yozavering.
Boshqa sohalar uchun alohida vakansiya yubora olmayman, sohalar ko'p)
Yozavering
2 083
("Test" deb yozib, yuboring. Busiz qabul qilinmaydi)
Kopirayter
Maosh: Suhbat asosida
Vazifalar:
— Ekspertlar haqida o'zbek va rus tillarida matn yozish
— Platformani kerakli joylariga matn yozib berish
— Va qo'shimcha topshiriqlarni bajarish
Talablar:
— Topshiriqlarni vaqtida bajarishi kerak
— O‘zbek va rus tillarini bilish shart
— Yaxshi muloqot qila olishi kerak
Ish: Online
Qo'shimcha: Ishini yaxshi bilishi kerak, CV bilan yozing
Murojaat uchun: @JavlonbekGoziyev
2 083
Kopirayter
Connected (connected.uz)
Maosh: Suhbat asosida
Vazifalar:
— Ekspertlar haqida o'zbek va rus tillarida matn yozish
— Platformani kerakli joylariga matn yozib berish
— Va qo'shimcha topshiriqlarni bajarish
Talablar:
— Topshiriqlarni vaqtida bajarishi kerak
— O‘zbek va rus tillarini bilish shart
— Yaxshi muloqot qila olishi kerak
Ish: Online
Qo'shimcha: Ishini yaxshi bilishi kerak, iltimos CV bilan yozing
Murojaat uchun: @JavlonbekGoziyev
(Bu fake vakansiya, yozayotganda test deb yozing, busiz qabul qilinmaydi. Men feedback yuboraman)
2 083
Xatolar aytildi. Ertaga fake vakansiya yuboraman. Siz ishga topshirasiz (fake) va men xatolaringizni aytib beraman, bo'ladimi?
2 083
18-xato
Hr bo'lsangiz ham farqi yo'q
Ma'qul kelmadimi? imkon qadar o'ziga aytib qo'ying.
Kamchiligini so'rasa, uni ham ayting. To'g'ri ohangda.
Ishga topshirayotgan odam — siz kabi odam. To'g'ri yozing.
Agar suhbat bo'lsa, suhbat haqida to'liq ma'lumot bering.
Ishga kirmoqchi bo'lib, lekin rad javobi olganlar esa, nimada aybingiz borligini hr'dan so'rang.
Shunchaki "hop" deb, 1 aybingizni doim qilib yurishingiz mumkin.
Agar hr gapingizni o'qib, yozmasa yoki savolingizga javob bermasa, bu hr'lik vazifasini buzayotgan bo'ladi. Bu haqida o'zlariga ayting. Faqat to'g'ri yozing.
Ishga kirishingiz hr'likka ham bog'liq. Hr'lik qanaqa ishlashini tushunib oling. Ish osonroq topiladi.
2 083
17-xato
Ishga olishmaydi — demang
Ishga oladi, kerak bo'lsa tajriba yilingiz ham muhim emas. Qilgan loyihalaringizga qarab imkon berishi mumkin hatto 3 yil tajriba so'ragan joyga ham qilgan ishlaringiz orqali kirishingiz mumkin.
Tajriba bo'lmay turib.
Kompaniyalar:
— Tajriba kerak — deydi
Ishga kirmoqchi bo'lganlar:
— Tajriba uchun ish kerak — deyishi mumkin.
Lekin kompaniya sizni deb risk qilmaydi. Vaqtini, energiyasini yo'qotadi. Siz buni to'g'ri tushuning.
Gpt'ga aytsangiz, 10 lab amaliyotlar beradi. Ssenariy idealar, mavzular. Siz shularni qilib, keyin kompaniyalarga yozing.
Ish berishi uchun ishni bilishingiz kerak.
2 083
16-xato
Qo'shimcha sifatida yozmang.
Kopirayterlik uchun resume topshirsangiz, resumeni asosiy ma'lumotlari kopiraytingga oid bo'lishi kerak.
Asosiy ishingiz dizaynerlik bo'lib lekin kopiraytingni "Qo'shimcha ko'nikmalar" bo'limiga yozsangiz, bu yomon. Asabbuzar.
Dizaynerlik uchun resume yuborsangiz, resume ichi dizaynerlik ishlaringiz haqida bo'lishi kerak.
Boshqa soha uchun topshirsangiz, katta ehtimol bilan "ATKAZ" olasiz.
Tushunib oling. Adashtirmang
2 083
15-xato
Aldamang. O'zingizni ham, boshqani ham
Kompaniyaga "falon yil tajribam bor" - demang. Ular profilingiz, rezyumingiz ko'rib, tajribangizni bilib oladi.
Bu yomon natija berishi mumkin, deylik:
— 4 yil tajribam bor - dedingiz
4 yil ichida qilgan ishi shu xolosmi? deyishi mumkin. Tajriba yilini esa rostmana ishlagan tajribangizni hisoblab ayting. Kam bo'lsa, qilgan ishlaringizni ko'rsating.
Kompaniyaga tajribangizdan ko'ra, ishni qila olishingiz qiziq. Lekin og'zaki emas. Amalda.
Ularni aldamang, ular biladi. Aldashni umuman maslahat bermayman. Siz haqingizda fikrlari yomon tomonga o'zgaradi va ishlashni xohlamaydi.
2 083
14-xato
Boshqa ishga topshiring
Deylik, "kopirayter kerak" - deb kompaniya e'lon beradi. Lekin siz dasturlash, matematik yoki shu kabi boshqa soha vakili bo'lsangiz, kopirayterlikka ish topshirish — xato.
Resume'ni ochsangiz, kopirayting haqida emas. Dasturlash haqida bo'lsa, o'zingiz ham ishga olmas edingiz.
Ularga kopirayter kerak, dasturchi emas. Yoki boshqa soha vakili emas. Aynan kopirayter.
Online degan bo'lsa, qila olaman deb doim ham ishonmang. Online bo'lsa ham u "ISH".
Bu ham katta xato
2 083
13-xato
Chatgpt'dan to'g'ri foydalaning
Lekin ko'pchilik gpt yozgan matnni resume ichiga qo'yadi. Text qilib yuboradi. Buni bilish oson. Bilishmaydi deb o'ylamang.
Resume so'raganda, gpt gaplarini olib, ularga "tekis" yubormang.
Gpt gaplari hissiyotsiz va biz ishlatmaydigan so'zlarni ham yozadi. Masalan: Ilg'or, muhtaram va juda umumiy gaplar
GPT'ni bunday noto'g'ri ishlatmang. O'zingiz yozing yoki tavsiya oling
2 083
12-xato
Resumeni bunday yubormang
Bunday yuborish bilan hech qanday natija bo'lmaydi. Kompaniyaga siz haqingizdagi ma'lumot kerak emas, aynan ismingiz, yilingiz, qayerdanligingiz.
Ularga ko'proq nimalar qilganingiz, kimlar bilan ishlaganingiz qiziq. Qayerda o'qigansiz bu uncha muhim emas. Rasmdagi holatda esa, bu ma'lumotlar yo'q.
Resumeni fayl formatda yuboring. Agar yo'q bo'lsa, tayyorlang. Lekin bunday yuborish bilan natija 0 bo'lib qolaveradi.
Text formatda yubormang. Fayl qiling.
2 083
11-xato (resume)
Rang-baranglik
Resume rang-barang va jimjimador* bo'lmasligi kerak. Sababi, bu resumeni o'qishni qiyinlashtiradi va qisman sizni kimligingizni ham ko'rsatib berishi mumkin.
Ba'zan e'tiborsizlik, ba'zan resume yozishda mas'uliyatsizlik, ba'zan esa ishni yengil. Ular sizda aynan shu jihatlarni ko'rishi mumkin, bu esa yomon. Shu sabab rang-barang qilmang.
Resume chiroyli bo'lishi kerak emas. U tartibli bo'lishi, ma'lumotlar aniq yozilishi va odam o'qiganda qiynalmasligi kerak.
Rang-barang yoki shu kabi dizaynlar yaxshi emas.
Google'dan: "Clear resume examples" - desangiz, resume misollar chiqadi. Shunday yozishni maslahat beraman.
Chiroyli qilmang. Tushunarli qiling
2 083
10-xato
Portfolio kanalni shaxsiy qilmang
Uni topshirayotgan payt ommaviy qilib qo'ying. Ular portfolioni ko'rish uchun kanalingizga qo'shilishni istamasligi mumkin.
Va bu ular uchun ortiqcha ish va energiya oladi. Yaxshisi, ommaviy qiling.
Keyin, portfolio kanalingiz boshqacharoq nom bilan yozilsa, yaxshi. Shunchaki portfolio zerikarliroq. Unga boshqacharoq nom bering. Esda qolarli va ajralib turish osonroq bo'lsin.
Qisqasi, portfolio kanalingiz ommaviy bo'lsin
