cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

NavDPI | Rasmiy kanal

Navoiy davlat pedagogika institutining rasmiy telegram sahifasi NavDPI Axborot xizmati Murojaat uchun: @Kamol_Xolov

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
10 635
مشترکین
-2524 ساعت
-1637 روز
-72130 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

#Haftalik_dayjest Navoiy davlat pedagogika instituti faoliyatidagi muhim xabar va yangiliklar tafsiloti qisqa satrlarda (06.05 — 11.05.2024) Aniq va tabiiy fanlardan umumtaʼlim maktablarining bitiruvchi sinf oʻquvchilari uchun 3 turli institut olimpiadasi o‘tkazildi. — 15-may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan xotin-qizlar uchun Samarqand shahriga sayohat uyushtirildi. — “Jadidlar yodi so‘nmagay” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. — Talaba qizlar bilan rahbar xotin-qizlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. — Jismoniy madaniyat fakultetida “Nomingiz dillarda mangu yashaydi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. — Akademik litsey o‘quvchisi $380 ming dollarlik grant sohibi bo‘lib, muddatidan avval xorijning nufuzli universitetlariga o‘qishga qabul qilindi. — 9 nafar maktab bitiruvchisi oliygohga o‘qishga qabul qilinadigan bo‘ldi. — “Tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurashishning huquqiy asoslari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. — “Munozara” turnirining viloyat bosqichida talabalarimiz 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. — Finlandiyaga ta’lim safari: uzluksiz ta’lim tizimi, o‘qitish metodikasi, mustaqil ta’lim jarayonlari bilan tanishilmoqda. — Chirchiq davlat pedagogika universiteti tadqiqotchisi, Turizm fakulteti oʻquv ishlari boʻyicha dekan oʻrinbosari X. Ochilova talabalarga amaliy mashg’ulot olib bordi. — Hamkorlik memorandumi imzolandi. — 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirlar: 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8.
✍️Navoiy davlat pedagogika instituti Matbuot xizmati
™️:@NavDPI_Rasmiy|@NavSPI_official
نمایش همه...
👍 5
🇺🇿🇺🇿🇺🇿O‘zbekiston maktablarida tajriba-sinov tariqasida pedagogik sinflar tashkil etiladi. Bu Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorida nazarda tutilgan. ❓Pedagogik sinflar qaysi maktablarda ochiladi? ❓Pedagogik sinf bitiruvchilari qayerda ishlashi mumkin? Batafsil 👉videoda ➡️Rus tilida YUKSALISH HARAKATI
نمایش همه...
👍 5
🎞#OAV_nigohida Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim hamda Sanʼatshunoslik fakultetlari masʼullari hamda talabalari Ikkinchi Jahon urushi ishtirokchisi 104-yoshli Pirnazar Turdiyev xonadonida bo‘lishdi. Shuningdek, uzoq yillar Maktabgacha taʼlim kafedrasida mehnat qilgan faxriy ustoz Ochiloy Ibodullayeva xonadoniga Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti professor-o‘qituvchilari tashrif buyurib, dildan suhbat qurdilar.
@NavDPI_Rasmiy
نمایش همه...
👍 3
Repost from Edu.uz
#uzbekiston24 Тахлилнома | Трансформация системы высшего образования: выдача гранта на один год. Интервью с первым заместителем министра высшего образования, науки и инноваций Шахрухом Далиевым.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
نمایش همه...
👍 3
Repost from Edu.uz
#uzbekiston24 Tahlilnoma | Oliy ta’limdagi katta o‘zgarishlar: haftaning superyangiligi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov bilan suhbat.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
نمایش همه...
👍 3
Repost from Edu.uz
#e’lon #attestatsiya Attestatsiyaning ikkinchi bosqichi 20—24-may kunlari o‘tkazilishi belgilandi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan pedagog.edu.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan akademik litsey va professional taʼlim muassasalari pedagog kadrlari uchun attestatsiyaning ikkinchi bosqichi test shaklida joriy yilning 20—24-may kunlari belgilangan grafikka asosan o‘tkaziladi. Test sinovlari markazlashgan holda har bir hududda tashkil etilgan kompyuterli xonalarda olib boriladi. Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini pedagog.edu.uz saytidagi shaxsiy kabineti orqali aniqlashlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin. Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
نمایش همه...
👍 7
👍 May oyi "Madaniyat va ma’rifat oyiligi" munosabti bilan Navoiy shahrida yashovchi keksalar, ayollar va yoshlar Navoiy davlat pedagogika instituti tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyida sayohatda bo‘ldilar. #Mahallalaruyushmasi #tadbirlar_oyligi ✅ Facebook | ✅ Instagram | ✅ X |✅ Telegram | ✅ You tube
نمایش همه...
👍 5
#Xalqaro_hamkorlik
HAMKORLIK KO‘LAMI KENGAYMOQDA
Navoiy davlat pedagogika instituti hamda Qozog‘iston Respublikasi Olmaota texnologiya universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Unga ko‘ra, ikki oliy ta’lim muassasalari hamkorligida ilmiy metodik konferensiyalar tashkil etish, ilmiy uslubiy qo‘llanmalar, darslik va metodik materiallar tayyorlash, soha mutaxassislari o‘rtasida tajriba almashish va zamonaviy ilmiy-metodik dasturlarni amaliyotga keng joriy etish kabi hamkorlik ishlari olib boriladi.
Bizni kuzatib boring:
@NavSPI_official
نمایش همه...
👍 12
#Hamkorlik Chirchiq davlat pedagogika universiteti erkin tadqiqotchisi, Turizm fakulteti oʻquv ishlari boʻyicha dekan oʻrinbosari X. Ochilova Navoiy davlat pedagogika institutida boʻldi Hamkorlik doirasida tashrif buyurgan tadqiqotchi Pedagogika va psixologiya kafedrasi talabalari hamda professor-o‘qituvchilariga pedagogik taʼlim innovatsion klasterining ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari hamda amaliy ahamiyati boʻyicha seminar-trening o‘tkazdi. Kelgisuda bu ishlarni yangi bosqichga olib chiqish borasida kelishib olindi.
نمایش همه...
👍 7🎉 1
#Xizmat_safari 🇺🇿🇫🇮Finlandiyaga ta’lim safari: uzluksiz ta'lim tizimi, o‘qitish metodikasi, mustaqil ta’lim jarayonlari bilan tanishilmoqda Ayni kunlarda yurtimizning 10 ga yaqin Oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari Finlandiyada malaka oshirmoqda. Mazkur malaka oshirish kurslarida Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Bahodir Sobirov hamda O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti o‘qituvchisi Farrux Yuldoshevlar ishtirok etib, tajriba orttirishmoqda. Safar dasturiga koʻra, Oʻzbekiston delegatsiyasi Finlyandiya maktablari faoliyati va oliy taʼlim tizimi bilan tanishib, kelgusida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari ko‘zda tutilgan.
👀Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram |Nspi.uz| Facebook |YouTube
نمایش همه...
👍 12🙏 1