1 677
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
+57 روز
-3730 روز
آرشیو پست ها
1 677
🌿 “Har bir nasibaning o‘z vaqti bor. Bandaning istagi emas, balki Robbimizning hikmati ustundir. Alloh taolo sen uchun yozib qo‘ygan narsa vaqti kelganda, uni hech kim to‘sib qo‘lolmaydi. Shuning uchun shoshilma, sabr qil va Robbingga tavakkul qil — albatta eng go‘zalini nasib etadi.” 🕊️
1 677
✨ Sen bilan ichilgan choy — huzur,
Sen bilan qilingan suhbat — nur,
Senga iqtido qilinib o‘qilgan namoz — orom,
Sen bilan o‘qilgan Qur’on esa — qalbimning eng ulug‘ shifosidir.
🤍 Sen bilan boshlanadigan har bir lahza men uchun go‘zal va qadrli.
1 677
📖 Qur’on – qalblar shifosi
Qur’on — Robbimiz insoniyatga nozil qilgan oxirgi va eng mukammal kitobdir. U faqatgina hayot uchun qo‘llanma emas, balki qalblar uchun shifodir. Har kim Qur’on tilovat qilsa, qalbi taskin topadi, ruhiy bezovtaliklardan xalos bo‘ladi.
🌿 Uning oyatlari dardli qalbga orom, iztirobli ko‘ngilga tinchlik, charchagan ruhga esa kuch-quvvat bag‘ishlaydi. Shubhasiz, Qur’on — qalblar uchun eng buyuk shifokordir.
1 677
✨ "Erkakning eng ulug‘ boyligi — uning yonida iymon bilan turib, sabr va mehrini ayamasdan suyanchiq bo‘la oladigan ayoldir. Chunki bunday ayol — Allohning dunyodagi eng go‘zal tuhfasidir, oxiratda esa eng buyuk saodat kalitidir." 🤍
1 677
✨ “Insonning qalbi duo qilishga moyil bo‘lsa — bu ham Allohning eng go‘zal nasibidir. Chunki nasib bo‘lmasa, hatto duo qilishga ham kuch topilmaydi. Shuning uchun duo qila olishning o‘zi ham bir ne’matdir.”🤍
1 677
✨ Juma muborak bo‘lsin!
Bugun — qalblarga nur, hayotlarga baraka olib keladigan eng ulug‘ kun. Bu kunda qilinadigan duo rad etilmaydi, hatto qalbda yashiringan istak ham Robbimiz huzurida qadrlidir.
🕊 Alloh taolo qalbingizni sokinlik, hayotingizni rahmat, yuragingizni esa iymon va muhabbat nuri bilan ziynatlasin.
1 677
✨ “Dunyo sinovlari qanchalik og‘ir bo‘lmasin, agar oxiri Allohning roziligi va jannat bo‘lsa, ularning bari rohatga aylanadi. Zero, sabr va iymon bilan yashagan banda — oxiratda Allohning cheksiz rahmati va abadiy saodatiga erishadi.” 🌿
1 677
✨ “Taqvodorni qidirmang, taqvodor bo‘ling. Chunki qalbingiz qanday bo‘lsa, Alloh taqdiringizga ham shundayini yaqinlashtiradi. Qalbni taqvo bilan bezang, shunda hayotingizga ham taqvosi bilan ziynatlangan inson kiradi.”
1 677
✨ “Allohning hikmati bandaning tasavvuridan kengroqdir. Zero, inson tushunmagan yo‘llarda ham U, barcha narsani eng mukammal tarzda to‘g‘rilaydi.”
