Xurshid Saidmuhammad | Notes
رفتن به کانال در Telegram
997
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-107 روز
-5330 روز
آرشیو پست ها
Instagramga yangi videoni joyladik 👇
Liderlik - bu tug’ma qobilyatmi?
✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
Komfort zonada bo’lish yomonmi?
Jismoniy va aqliy faoliyatlarimiz yoki xatti-harakatlarimiz komfort zona ichida yoki tashqarisida amalga oshayotgan bo’ladi. Agar anashu harakatlar sizga ham jismoniy, ham aqliy qiyinchilik tug’dirmasa - bu komfort zona ichidagi jarayon hisoblanadi. Agar aksincha, sizga ham jismoniy, ham aqliy diskomfort bersa, ya’ni qiyinchilikdek tuyulsa, qo’rquv bersa - bu komfort zona tashqarisidagi jarayon hisoblanadi. Ya’ni anashu nuqtada siz komfort zonangizdan tashqariga chiqishingizga to’g’ri keladi. Aslida bu judayam subyektiv holat bo’lib, hamma uchun har xil. Men uchun har kuni 5km yugurish qiyinchilik tug’dirmaydi va o’zimni komfort his qilishim mumkin, siz uchun esa 1km yugurish ham diskomfort bo’lishi mumkin. Lekin har kuni 1kmdan yugurish hozirgi sog’lig’ingizni yaxshi tarafga o’zgartiradigan bo’lsa, sog’lom ovqatlanishga majbur qiladigan bo’lsa, siz uchun komfort zonada uzoq vaqt qolib ketish yomon oqibatlar olib kelishi mumkin. Agar hozirgi holatingizda komfort zona ichida uzoq vaqt qolib ketish sizga hech qanday ziyon olib kelmasa, demak u darajada ko’p qayg’urmasangiz ham bo’ladi. Lekin insonmiz va rivojlanishdan to’xtamasligimiz, doimiy progressda bo’lishimiz bizga faqat foyda berishini unutmasligimiz kerak.
Demak, komfort zonada bo’lish siz uchun yomonmi yoki?
✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
☀️
Hammaga xayrli kun!
“Komfort zona” haqida qilgan qisqa suhbatimizni yozib oldingizmi deb so’raganlar ko’p bo’ldi. Shu sababli, mavzu haqida bo’lishganlarimni qisqa va text formatda ulashib qo’yaman. Foydali bo’lsa siz ham ulashib qo’yishni unutmang! 😊
Dam olish kunlaringiz maroqli o’tsin!
✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
☀️
“Dunyoni o’zgartira olaman deb o’ylaydigan darajada aqldan ozgan odamlarning yagona farqi - kichik bo’lsa ham o’zgarishlarni amalga oshirishidadir!”
Stiv Jobs
✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
Azizlar!
Suhbatga kirgan barchaga rahmat. 1-bo’lishiga qaramay oxirigacha zerikmay eshitganingiz va vaqtingiz uchun rahmat.
Suhbat yozib olinmadi. Xafa bo’lmaysiz.
Bir-bir shunaqa qisqa suhbatlar qilishni xohlasangiz, qanday mavzular qiziqligi haqida kommentlarda qoldiring.
Hammaga xayrli kech!
✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
🙋🏻♂️ Hammaga xayrli kun!
Bugun nasib qilsa Ovozli suhbatimiz qilamiz. Qatnashmoqchi bo’lganlarning 70% Toshkent vaqti bilan 20:00ni ma’qul ko’rishgani sababli shu vaqtda o’tkazamiz.
Mavzu: Komfort zona nima va undan qanday chiqiladi?
Ko’p vaqtinglarni olmayman, qisqagina suhbat qilamiz Inshaallah.
Vaqti yo’qlar! Vaqti borlarga jo’natib qo’yishni unutmang!
✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
☀️
“Bugungi harakatlaringiz va qilgan ishlaringiz, ertangi kuningizni rivojlanishiga yordam berishini unutmang!”
✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
🧐
Ertalab o’g’limni bog’chasiga tashlab qaytayotganda ko’zim tushib qoldi😊
Rasmlarga qanday ta’rif bergan bo’lardingiz?
✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
☀️
Ba’zi insonlar muvaffaqiyatga erishishni orzu qilib yashayotgan bir paytda…
Bugun siz erta tongda turdingiz va uni amalga oshirish uchun harakatdasiz!
✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
#101Maslahat
💡4️⃣1️⃣ Komfort zonadan shunchaki chiqib ko’ring!
Buning eng zo’r foydalaridan biri - kreativ bo’lishni boshlaysiz. Ya’ni yangi muhitda ham yaxshi natijalarga erishish uchun iloji yo’q har xil narsalarni sinab ko’rasiz. Yangi ko’nikmalarni qanchalik sinaganingiz sari, shunchalik ilhom keladi va shunchalik kreativ insonga aylanasiz. Kreativ insonga har doim, har yerda ehtiyoj bor.
✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
Salomatmisizlar?
Ovozli suhbat uchun bildirilgan pozitiv mumobatlarga tashakkur. Nasib qilsa 23-noyabr kuni chatlashamiz😊
Qaysi vaqt siz uchun qulayligini pastdagi anketada belgilab qo’ysangiz hammaga ma’qul vaqtda o’tkazamiz.
🙋🏻♂️
☀️
Har kun biz uchun tuhfa.
Yangi kun muborak!
✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
🤗 Assalomu aleykum azizlar!
Hammamizga yangi hafta xayrli kelsin! Shu desanglar, shuncha blog postlar qo’yib biror marta ovozli suhbat (Live Chat) qilmagan ekanman.
Nima deysizlar, bir-ikki kun ichida Ovozli suhbat qilamizmi?
Qo’shilmoqchi bo’lganlar kommentda + belgilashinglarni so’rayman. Talabga qarab suhbatni tezlashtirib yuboramiz.
Hammaga yaxshi kayfiyat!
✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
💡4️⃣0️⃣ Sinab ko’rib, o’xshamasa yana boshidan boshlashga jasorat topa olishimiz kerak!
Suratdagi yovvoyi g’oz Grenlandiya va Shimoliy Evropaning arktik tundralarida ko'payadi. Ona g’oz har gal yirtqichlardan himoya qilish uchun 120 metrdan yuqori bo’lgan baland qoyada tuxum bosadi. Polaponlar tuxumdan chiqishi bilan ularni to’ydirish uchun ona g’oz har gal bolalarini qoyada tashlab, o’zi pastga uchib tushadi va qoyaga qaytib bormasdan yangi tuxumdan ochib chiqqan qushchalarni anashu balandlikdan uchib tushishini kutadi. Uchishni bilmaydigan polaponlar onasiga ergashib 120m balandlikdan sakraydi. Va har gal manashu jasorat bilan hayotini boshlab, o’z bolalaridan ham xuddi shu jasoratni kutadi. Oxir oqibat shunaqa chiroyli va baland parvoz qiladigan qushga aylanadi.
Bu shunchaki bir qushning yashashdan bo’lgan maqsadi sari ko’rsatadigan jasoratidan misol edi. Xulosani hammani o’ziga qoldiraman.
✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
📚
Yaponiyada Ingliz tilidagi kitoblarning tanlovi juda kam. Kitob do’konlarining kichik burchagiga 20-30ta kitob qo’yib qo’yishadi. Kerakli kitobni topish qiyin. Lekin, ko’p tanlovi bor kitob do’konini topib olsangiz, u yerdan chiqib keyish undan ham qiyin😁 Xullas, 1ta katta bizness jurnal, 2ta bolalar kitobi va 2ta o’zim uchun shaxsiy rivojlanishga oid kitob xarid qilib chiqdim.
Bir oyda 1ta yangi kitob olishga odatlaning!
✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
#101Maslahat
💡3️⃣9️⃣ Yangi haftani rejasiz boshlamang!
Oldimizga qo’ygan katta maqsadlarimizni natijaga olib boruvchi instrument - bu kichik rejalarning tuzilishidir. Agar haftalik rejalar qilishingizga muhit halaqit berayotgan bo’lsa, hech bo’lmasa hafta davomida faqat bitta narsaga fokus qilib, shuni oxirigacha tugatishdan boshlang. Kichik yutuqlar to’planib-to’planib ruhiyatingizga ta’sir o’tkazadi va oxiri muhitga ham e’tibor bermay qo’yasiz.
✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
Assalomu aleykum hammaga!
Salomatmisizlar, bormisizlar?
Yangi boshlanayotgan hafta hammaga samadorli kelsin. Hafta boshi bo’lgani sabab, bir savolni hammani o’ziga qoldiraman va o’ylaymanki, bu oddiy savol samaradorligingizni oshiradi:
Savol: Yangi hafta uchun rejalarni tuzdingizmi va ular qanchalik reallikka yaqin?
Hammaga yaxshi kayfiyat!
✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
