«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ
رفتن به کانال در Telegram
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ E-mail: info@toshetk.uz Call center(7/24): 1154 Murojaat uchun: @Tosh_shah_ETK_admin "Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.me/toshetk
نمایش بیشتر6 122
مشترکین
-524 ساعت
-237 روز
-10530 روز
آرشیو پست ها
#DIQQAT_ELON
POYTAXT TUMANLARINING AYRIM HUDUDLARIDA ELEKTR TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI
Ertaga, 13 - sentabr kuni soat 01:00 dan soat 04:00 gacha Toshkent shahar Olmazor hamda Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarida elektr energiyasida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.
Olmazor hamda Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi «L-DOK-1» 110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ining 36-tayanchida kabel tarmogʻini ta'mirlash ishlari amalga oshiriladi.
Taʼmirlash ishlarini xavfsiz olib borish maqsadida «L-DOK 1,2» elektr uzatish tarmog‘ida qisqa muddatli uzilishlar kuzatiladi.
Olmazor tumanining: «Ibrohim Ota», «Gulzor», «Moyariq», «Gulsaroy», «Elparvar», «Miskin» va «Ahil» MFYlarining ayrim hududlarda.
Yunusobod tumanining: «Astrobod», «Turkiston», «Mingchinor», «Nurmakon», «Sobirobod», «Hamkorobod», «Katta Hasanboy», «Sharq Haqiqati», «Registon», «Yoʻlayriq» hamda «Uch Qahramon» MFYlarining ayrim hududlarida.
O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.
Mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.
✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati
⚡️ Telegram
📌📌📌📌📌📌
Har bir xonadonda shunday ko‘rinmas qahramonlar bo‘ladi. Lekin ularning birov bilmas ishlari nazardan chetda qolishi mumkin.
Elektr energiyasini tejaydiganlarni haqiqiy zamonamiz qahramoni deb atasak ham boʻladi, aslida!
⚡️ Telegram
📌📌📌📌📌📌
35 yil — 35 natija: Xorazm viloyatiningbirinchi yirik quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi.
⚡️ Telegram
😁🇺🇿🇺🇿
#OB_HAVO
☀️ 🌰🌰 - sentabr haftaning shanba kuni uchun ob-havo ma'lumoti
🇺🇿 Yangi kun barchamizga muborak bo'lsin.
⚡️ Telegram
#XAYRLI_TONG 🍂☀️
🌻 ASSALOMU ALAYKUM! 🌻
🍂✨ GO‘ZAL SHANBA TONGI MUBORAK BO‘LSIN! ✨
🍁Kuzning fayzli va musaffo tongi barchamizga xotirjamlik, ko‘tarinki kayfiyat va ezgu yangiliklar olib kelsin.
🌿 Bugungi kuningiz quvonchli lahzalarga, oilangiz mehr-oqibatga, xonadoningiz esa fayz-u barakaga to‘lsin.
☀️ Har bir yangi tong — yangi imkoniyat. Bugungi kuningiz mazmunli, fayzli va unutilmas bo‘lsin!
┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
⚡️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ jamoasi sizga xayrli, osoyishta va barakali kun tilaydi!
┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
⚡️ Telegram
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezidentimiz obod bo‘lgan Qichqiriq mahallasida bo‘ldi.
—
Президент нашей страны посетил благоустроенную махаллю Кичкирик.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanidagi Qichqiriq mahallasida amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari va aholi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с результатами благоустройства и созданными условиями для жителей махалли Кичкирик Алмазарского района.
#Mirziyoyev #tanishuv #Olmazor #mahalla
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezidentimiz Olmazordagi zamonaviy farmatsevtika korxonasi bilan tanishdi.
—
Президент нашей страны ознакомился с современным фармацевтическим предприятием в Алмазаре.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
+6
Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanidagi “RomPharm NS” dori vositalarini ishlab chiqarish korxonasida boʻldi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев посетил предприятие по производству лекарственных средств «RomPharm NS» в Алмазарском районе.
#Mirziyoyev #tanishuv #Olmazor #korxona
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Davlatimiz rahbari O‘zbekiston Milliy muzeyi qurilishini ko‘zdan kechirdi.
—
Глава нашего государства осмотрел ход строительства Национального музея Узбекистана.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
+6
Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimiz markazida barpo etilayotgan Oʻzbekiston Milliy muzeyining qurilish jarayonini koʻzdan kechirdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с ходом строительства Национального музея Узбекистана, который возводится в центре столицы.
#Mirziyoyev #tanishuv #bunyodkorlik #muzey
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
+9
❤️❤️❤️
#CHILONZOR_TETK
⚡️ ELEKTR TARMOQLARI YANGILANIB, TA’MINOT BARQARORLIGI OSHIRILMOQDA
🍁 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda iste’molchilarni barqaror va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida Chilonzor tumanida elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
🗺 Jumladan, «Qozrobod» MFY hududidagi TP-1395-sonli transformator punktidan chiquvchi past kuchlanishli havo elektr tarmog‘ini zamonaviy SIP rusumli izolyatsiyalangan kabelga almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
🍁🛠 Mazkur ishlar elektr tarmog‘ining texnik holatini yaxshilash, elektr energiyasini uzatishdagi yo‘qotishlarni kamaytirish hamda tarmoqning tashqi ta’sirlarga chidamliligini oshirishga xizmat qiladi.🌀 Shuningdek, zamonaviy SIP kabelidan foydalanish elektr ta’minoti xavfsizligi va ishonchliligini yanada oshirib, hududdagi iste’molchilarga elektr energiyasini sifatli yetkazib berish imkonini kengaytiradi. ✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati ⚡️ Telegram
📌📌📌📌📌📌
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi O‘zbekiston Milliy muzeyi qurilishining borishi hamda Olmazor tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishadi. Davlatimiz rahbari aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini Olmazor tumani misolida o‘rganish yuzasidan videoselektor yig‘ilishini ham o‘tkazadi.
⚡️ Telegram
+9
❤️❤️❤️
#YUNUSOBOD_TETK
🍁 KUZ-QISH MAVSUMIGA PUXTA TAYYORGARLIK — BARQAROR ELEKTR TA’MINOTI KAFOLATI
⚡️ 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, aholini barqaror va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash, shuningdek, elektr tarmoqlarining ishonchliligini oshirish maqsadida hududlarda amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
🗺Jumladan, Yunusobod tumani 8-mavze, «Mingchinor» MFY hududidagi TP-2449-sonli transformator punktida rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi. 🍁🛠 Yuqori yuklama bilan ishlab kelayotgan mazkur transformator punktidagi 250 kVA quvvatli transformator 400 kVA quvvatli transformatorga almashtirildi.🍁🛠 Mazkur ishlar natijasida elektr tarmog‘idagi mavjud yuklama kamaytirilib, transformator punktining quvvat imkoniyatlari kengaytirildi. Bu esa kuz-qish mavsumida iste’molchilarning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini yanada ishonchli ta’minlashga xizmat qiladi.
➡️ Natijada «Mingchinor» MFY hududidagi ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi 400 ga yaqin iste’molchining elektr ta’minoti yanada barqaror va sifatli bo‘ladi.✅ Bunday amaliy ishlar hududlarda elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish, mavjud quvvatlarni oshirish va iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan. ✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati ⚡️ Telegram
#35_son
Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz.
⚡️ Telegram
🎉 #BUGUN_TUĜILGAN_KUN!
TUGʻILGAN KUNINGIZ MUBORAK MUXSIMXON MURADXONOVICH❗️
Bugun, 11 - sentabr kuni «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tasarrufidagi Yangihayot tuman elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i SAIDXANOV MUXSIMXON MURADXONOVICHning tavallud ayyomi! 🎂🎊🎉
Hurmatli, MUXSIMXON MURADXONOVICH❗️
Sizni bugungi tavallud ayyomingiz bilan «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ rahbariyati hamda ko‘p sonli jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz.
Ko‘p yillik mehnat faoliyatingiz, yuksak mas’uliyat, fidoyilik va tashabbuskorlik bilan olib borayotgan ishlaringiz jamoa orasida alohida e’tirofga sazovordir. Sizning rahbarlik salohiyatingiz va kasbiy tajribangiz elektr energetikasi tizimining barqaror faoliyatini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ushbu qutlug‘ kunda Sizga, mustahkam sog‘lik, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat, xonadoningizga fayzu baraka hamda mas’uliyatli faoliyatingizda yangi yutuq va zafarlar tilaymiz.
Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin! Yangi yoshingiz Sizga ulkan muvaffaqiyatlar, ezgu niyatlar ro‘yobi va ko‘plab quvonchli lahzalarni olib kelsin!
🎂TAVALLUD KUNINGIZ MUBORAK BO‘LSIN! 🎉👏
┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
Hurmat bilan, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati
┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
⚡️ Telegram
😁🇺🇿🇺🇿
#35_yil_35_natija
👨👩👧👦35 yil — 35 natija: O‘zbekistonning ikkinchi, Samarqandning birinchi yirik quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi.
⚡️ Telegram
#OB_HAVO
🌤 🌰🌰 - sentabr haftaning juma kuni uchun ob-havo ma'lumoti
🇺🇿 Yangi kun barchamizga muborak bo'lsin.
⚡️ Telegram
#XAYRLI_TONG 🍁☀️
🌿 Assalomu alaykum, azizlar!
🤲✨ Juma tongi muborak bo‘lsin!
Fayzli Juma kuni barchangizga xotirjamlik, sihat-salomatlik va ko‘ngil quvonchi olib kelsin. Ezgu niyatlaringiz ijobat, ishlaringiz unumli, xonadonlaringiz fayz-u barakaga to‘la bo‘lsin.
🌸 Juma ayyomingiz muborak va fayzli o‘tsin!
┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
⚡️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ jamoasi sizga xayrli va barakali kun tilaydi!
┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
⚡️ Telegram
