fa
Feedback
Detektiv kitoblar

Detektiv kitoblar

رفتن به کانال در Telegram

Jahon va o'zbek adabiyotining eng sara detektiv va kriminal asarlarini o'zbek, rus va ingliz tillarida mutolaa qiling. Reklama xizmati:️ t.me/reklama_servis/139

نمایش بیشتر
6 917
مشترکین
-224 ساعت
-277 روز
-9330 روز
آرشیو پست ها
​​✍️ Aleksandr Dyuma 📖"Jallod changalidagi oshiqlar” Aleksandr Dyuma nomi barcha kitobxonlar uchun juda yaxshi tanish, kitobini o’qimagan bo’lsalar ham hech bo’lmaganda uning “Graf Monte Kristo”, “Uch mushketyor” asarlari asosida suratga olingan filmlarni ko’p marta tomosha qilishgan. Hozir esa sizlarga uning ko’pchilik eshitmagan(o'qimagan) yana bir asari haqida aytib bermoqchiman. “Jallod changalidagi oshiqlar” romani hokimyat tepasiga Napoleon Bonopart kelgungacha bo’lgan davrni ya’ni fransuz inqilobi va inqilobdan keyingi tartibsizliklar yuzaga kelgan davr voqealarini ko’rsatib beradi. Mamlakatda fransuz monarxiyasi tugatilish arafasida, qirol Lyudovik XVI qatl etildi, lekin hali ham monarxiya tugatilishini xohlamaydigan sirli guruhlarning harakatlari davom etmoqda. Ular qirolichani qutqarish harakatidalar. Aynan mana shu sirli guruhning a’zosi Jenevyeva va ashaddiy respublikachi Moris Lende o’rtasidagi muhabbat voqealari esa tarixiy voqealarga badiiy tus bera olgan va aynan mana shu ikki insonning harakatlari asarga o’ziga xos intrigani ulasha olgan. Hayotiy qarashlari va maqsadlarining xilma-xilligi ham bu ikki yoshning yaqinlashuviga to’sqinlik qila olmagan. Dyuma o’sha davr haqiqatlarini ochib bera olgan, lekin noaniqliklar talaygina. Asarga badiiy sayqalni ko’p berib yuborgan, nazarimda. To’g’ri, asar mavzusi dolzarb lekin to’liq ochib berilmagan. Bekorga uning bu asari “Graf Monte Kristo”, “Uch mushketyor”, “Askanio” asarlari panasida qolib ketmagan ekan. Tarixdan bexabar insonlar uchun biroz tushunarsizroq tuyilishi, tarixdan xabardor insonlarga esa asar voqealari biroz g’alati tuyilishi mumkin. Umuman olganda, asar yomon emas, balkim o’zim juda katta taassurotlar kutib xato qilgandirman. Yaxshisi, o’zingiz o’qib ko’ring! Tarixga qiziqadiganlar uchun yaxshi tanlov. 🔎 @detektivkitoblar

​​✍️ Toni Morrison 📖 ”Eng moviy ko’zlar” Bolalik davrimizda har birimizda qandaydir komplekslar mavjud bo’lgan. Bu komplekslar bizga kundalik hayotimizda odamlar bilan erkin muloqot qilishimizga, biror shaxsiy ishimizni bitirishimizga, umuman olganda o’zimizga nisbatan ishonch bilan yurishimizga ma’lum bir darajada xalaqit qilgan. Yillar o’tib esa qaysi birlarinidir shunchaki yoddan chiqaramiz, yana boshqalarini esa doimo o’zimiz bilan hamrohlikda olib yuramiz. Hozir ayrim komplekslarimizni eslab umuman ahamiyatga ega bo’lmagan kamchilik uchun aziyat chekkanimizga hayron bo’lsak, yana ayrim komplekslarimiz haqida o’ylab hozir ham ruhiy jihatdan azoblanishimiz mumkin. Eng og’ir komplekslar bu - atrofdagi insonlarning kamsitishi va tengsizlik sababli kelib chiquvchi komplekslardir. Ayniqsa, o’sha tengsizlikka sabab bo’layotgan kamchilikni tuzata olish sizning qo’lingizda bo’lmasa, ikki baravar azoblanasiz. Yozuvchi Toni Morrisonning qahramoni Pekola ismli qizaloq ham yoshligidan ana shunday kamsitilish va tengsizlik muhitida katta bo’ladi. Tanasi rangining qoraligi va atrofdagi oq tanli qizlarning oldida o’zini badbashara deb hisoblashi uni jamiyatga qo’shilishiga yo’l qo’ymaydi va o’z navbatida jamiyat ham bunday qora tanli qizaloqni inson sifatida qabul qilishni xohlamaydi. Qizaloqning birgina orzusi bor edi, bu - moviy ko’zlarga ega bo’lish. O’sha vaqtdagi jamiyat qabul qilgan go’zallik standarti moviy ko’zlar va oq tanaga ega bo’lish edi. Qizaloq ham agar moviy ko’zlarga ega bo’lsa barcha kamchiliklari ko’rinmasligiga, hammasi yaxshi bo’lishiga ishonadi. Aslidachi? Aslida esa muommo faqat moviy ko'zlargagina bog’liq emas edi. Romandagi barcha qahramonlar, shu jumladan, Pekolaning ota-onasi ham ruhiy jihatdan nosog’lom insonlar edi. Masalan, Pekolaning otasi Chollini olaylik. Uni haligacha bolalik davrida oq tanlilar tomonidan ko’rsatilgan travma qiynab keladi va eng yomoni bu travma uchun u oq tanli insonlarni emas, o’ziga o’xshagan insonlarni ayblaydi. Yana bir qahramon Pekolaning onasi Polin esa, o’z xonadonida yarata olmagan xotirjamlik va tartibni oq tanlilar xonadonida xizmatkor sifatida yaratgan. O’z farzandlariga bermagan mehrni ham xo’jaynilarining farzandiga bergan. Endi aytingchi, bunday ruhiy nosog’lom oilada qanday qilib o’ziga ishongan farzandlar shakllana olsin? Pekola ham boshqa qizaloqlarga qo’shilishni, ulardek bo'lishni istardi. Buning uchun moviy ko'zlari bo’lishini chin dildan istadi. Biroq… Asarni o’qishni boshlaganingizda dastlab tushunarsizdek tuyiladi. Har xil joy va vaqtdan so’zlayotgandek tuyilishi mumkin, lekin asarning ikkinchi qismida har bir qahramonning o’tmishi, haqiqatlari asta-sekin ochib beriladi. Har bir yozilgan satrning ma’nosini tushuna boshlaysiz. Ha aytgancha, bu kitob mutolaasidan keyin bizning komplekslarimiz hech nimaga arzimasligini ham tushunib yetasiz. 🔎 @detektivkitoblar

​​✍️ Jorj Oruell 📖 ”1984” “Eng yaxshi kitoblar senga o’z bilganlaringni so’zlaydigan kitoblardir”. Tasavvur qiling, siz shunday zamonda yashayapsizki, bu zamonda o’ylash, fikrlash, odamlar bilan muloqat qilish, xursandchilik qilish va boshqa insoniy xususiyatlarning barchasi qat’iyan taqiqlanadi. Har bir qilayotgan harakatingiz, fikrlaringiz, mimikangiz va hattoki uyqu vaqtidagi tushlaringiz ham nazorat ostida, sizni doimo teleekran orqali kuzatadilar. Ertalab belgilangan vaqtda uyg’onasiz, badantarbiya mashqlarini bajarasiz so’ng ish va kun oxirida uyga qaytasiz, uxlaysiz. Har kunlik tartibingiz shu tarzda belgilab berilgan reja asosida kechadi ya’ni biror yangilik qilishingiz, o’sha kunlardan esdalik sifatida kundalik qoralashingiz, yoki bo’layotgan ishlarga nisbatan biror e’tiroz bildirishingiz aslo mumkin emas. Faqat belgilab berilgan chiziq bo’ylab harakatlanishingiz, o’z ishingizni bajarishingiz, biror insonga muhabbat ko’zi bilan qarashingiz ham mumkin emas. Siz faqatgina “Katta og’a”ni sevishingiz va partiyaga ishonishingiz kerak. Aytgancha, oila qurish, farzand ko’rish mumkin, lekin bu partiya uchun, uni ishchi kuchi bilan ta’minlash uchun, muhabbat bilan oilaviy hayotda yashash uchun emas. Xullas, mana shunday hayotda yashayotgan Uinston partiya a’zolari tomonidan qilinayotgan ishlarga, “Katta og’a”ning faoliyatiga shubha bilan qarashni boshlaydi. Haqiqatni izlashga harakat qiladi, lekin afsuski tarix voqealariga oid hujjatlar yo’q qilingani uchun hech narsa topa olmaydi. U hattoki yoshi katta odamlar bilan ham suhbatlashib ko’radi, lekin tayinli foyda bo’lmaydi. Partiya odamlarning xotirasiyu ongini o’zgartirishga qodir. Asarda shunday jumla bor: “O’tmishni boshqargan kelajakni ham boshqaradi, hozirni boshqargan o’tmishni ham boshqara oladi”. Hamma davrlar uchun dolzarb deb hisoblangan ushbu asarni o’qir ekansiz, undagi voqealaru unsurlarni kundalik hayotimizning har bir jabhasidan topa olasiz. Masalan, o’z hayotingizda ko’plab “Katta og’a”larga duch kelgan bo’lishingiz mumkin. Ko’pgina davlat idoralarining o’z “Katta og’a”lari bo’ladi. Ularga shubha bilan qarash yoki qarorlariga e’tiroz bildirish sizni xuddi kitobdagidek xoinga aylanishingizga, ishdan bo’shashingizga yoki boshqa bir og’ir jazo olishingizga sabab bo’lishi mumkin. Shuni ayta olamanki, ko’p hollarda bunday “Katta og’a”larni paydo bo’lishiga ko’p jihatdan o’zimiz sababchi bo’lamiz. Bir insonni juda yuqoriga ko’tarish, hatto iloh darajasida ko’rish, chegaralanmagan imkoniyatlarni taqdim etish eng asosiy sabablardandir. Yana bir misol, asarda “qo’shfikrlik” degan tushuncha berilgan. Deyarli har birimiz hayotimizda ko’p marta shunday insonlarga duch kelganmiz, hatto o’zimiz ham vaqti kelganda “qo’shfikr” inson bo’lganmiz. Hayotda biror narsaga ishonib o’zimiz ko’r-ko’rona unga teskari ishni bajarganmiz. Kitobni o’qir ekanman butun hayotim davomida yo’limda uchragan “Katta og’a”laru “qo’shfikr” insonlarni ko’z oldimdan birma-bir o’tkazdim. O’sha vaqtlarda bu oddiy holdek ko’ringan, ularni tahlil qilishga bilimim ham, dunyoqarashim ham torlik qilgan. Hozir yaxshi tushunyapman, lekin haligacha atrofimizni ko’plab prollar o’rab olgan. Bir gala prollar orasida o’zini bilmaganga olib yashagan yaxshimi yoki xuddi ulardek bo’lishmi? Xullas, “1984” hozirgi hayotimizda barchamiz ko’rib-bilib turgan ko’plab haqiqatlarni ochiqdan ochiq fosh qilib bera oladigan asar. Barchaga birdek tavsiya qilaman. 🔎 @detektivkitoblar

Repost from Davlat Test Markazi
⚠️ Абитуриентларнинг 90%и ҳозир айнан битта хатони қилмоқда! Йўналишни тахмин билан танлаш. 💭 «Кирарман…» 💭 «Бир гап бўлар…
⚠️ Абитуриентларнинг 90%и ҳозир айнан битта хатони қилмоқда! Йўналишни тахмин билан танлаш. 💭 «Кирарман…» 💭 «Бир гап бўлар…» 💭 «Шу тўғри келса керак…» ❌ Тахмин билан эмас! 📊 Статистикага қараб танланг. 🤖 @DTMSTAT_BOT сунъий интеллект (AI) ёрдамида исталган ОТМ ва йўналиш бўйича ўтиш балларини бир неча сонияда топиб беради. Сиз эса маълумотга асосланиб тўғри қарор қабул қиласиз! 📌 Бир дақиқалик текширув сизни бир йиллик афсусдан сақлаб қолиши мумкин. 👉 @DTMSTAT_BOT

📖 "Yer ostidagi Avliyo" ✍️  Azamat Qorjovov 🔎 @detektivkitoblar

📖 "Yer ostidagi Avliyo" ✍️ Azamat Qorjovov Olis tog' qishloqlaridan birida kutilmagan voqealar ro'y beradi. Qishloqqa ko'chi
📖 "Yer ostidagi Avliyo" ✍️ Azamat Qorjovov Olis tog' qishloqlaridan birida kutilmagan voqealar ro'y beradi. Qishloqqa ko'chib kelgan muallimning go'zal qizini sevib qolgan Rahim oldinda o'zini dahshatli azoblar kutayotganini bilmas edi. "Yer ostidagi avliyo yoxud oq va qora izquvar tarixi" degan nom bilan og'izdan og'izga ko'chgan voqelik inson ko'nglining ozodaligiga, zehn farosatning kuchqudratiga, yaxshilik hamisha g'alaba qozonishiga, ammo bu g'alaba qurbonsiz ham bo'lmasligiga ishora qiladi. Azamat Qorjovovning "Yer ostidagi avliyo" nomli ushbu kitobi sizda qiziqish uyg'otadi, degan umiddamiz. Qorong'i uydagi zim-ziyo chog'da yotgan yigitning hammaga yaxshilik sog'inishi va kunlarning birida mo‘jiza yuz berishi sizni yangi sarguzashtlarga oshufta etadi. 🔎 @detektivkitoblar

🎉 “Oltin ovozlar” suxandonlik maktabi sahifasiga marhamat! 🔥 Yoshlar ishlari agentligi “Mutolaa” loyihasi qoshida “Oltin ov
🎉 “Oltin ovozlar” suxandonlik maktabi sahifasiga marhamat! 🔥 Yoshlar ishlari agentligi “Mutolaa” loyihasi qoshida “Oltin ovozlar” suxandonlik maktabi tashkil etildi!
Ushbu maktabda iqtidorli yoshlar Abdulhay Otaxoʻjayev, Muhammadjon Xoʻjayev, Sayfullo Ikromov va Muslima Murodova kabi tajribali dyublaj aktyorlaridan suxandonlik sirlarini oʻrganadilar.
✨ Suxandonlik va audio kitoblarning ovozlashtirish jarayoniga qiziqqan kitobxonlarga ushbu sahifani kuzatib borishlarini maslahat beramiz. Kanalda audiokitob yozish jarayoni, mahorat darslari va tanlovlar bo‘lib o‘tadi! 🔗 Kanal havolasi: @oltinovozlaruz @oltinovozlaruz @oltinovozlaruz

​​✍ Viktor Emil Frankl 📖 "Hayotga ha de!" asari Dunyoning eng mushkul lahzalarida Hayotga kelganlar baxtlidir, baxtli! Kimning "nima uchun" degan savolga javobi bo'lsa, u "har qanday" qiyinchilikka dosh bera oladi". Asar muallifi Viktor Emil Frankl aslida kim va bu mo'jazgina asari bilan insoniyatga nima demoqchi? Asar muallifning Aushvits(Osvensim) konslagerida o'tkazgan hayotiga asoslangan bo'lib, u lager hayotini o'z ko'rgan-kechirganlari orqali ro'y-rost ochib bergan. Bilamizki, Osvensim o'lim lageri haqida juda ko'plab asarlar yaratilgan, filmlar suratga olingan. Ushbu kitobning boshqa malliflarning asarlaridan qanday farqi bor deb o'ylaysiz? Gap shundaki, muallifning o'zi vrach-psihoterapevt bo'lib, u ushbu asar orqali lagerdagi mahbuslardan tortib qo'riqchilargacha, xullas barchaning psihologiyasidagi ketma-ket yuzaga keladigan bosqichlarni ya'ni ruhiy holatini to'liq va tushunarli tarzda ochib bera olgan. Konslagerdagi mahbuslar ruhiyati bosqichlarining har biridagi o'zgarishlarni chuqur o'rgangan. Nima uchun lagerga kelgan ayrimlar bir necha kun ichida halok bo'ladiyu, yana boshqa insonlar yillar davomida irodasi bukilmay yashaydilar. Emil Frankl aytganidek, lagerda sog'lig'ida muammosi bo'lmagan, bardam-baquvvat insonlar emas, ruhiy holati kuchli bo'lgan insonlar tirik qolishadi. Konslagerdagi insonlar zulm va qiynoqlardan azob chekkan deyishingiz mumkin. Aslida esa, konslagerda bo'lgan odam, u yerda qancha vaqt bo'lishini umuman bilmasligidan jabr ko'rgan.Vaqt cheklovi belgilanmagan edi. Konslagerdagi insonlar "vaqtinchalik mavjudlik" holatida edilar. Ya'ni tirik holatdagi o'lik insonlar. "Kelajakni ko'ra olmaslik" holati insonlar ongiga shunchalik chuqur kirib boradiki, o'zlarining hayotlarini marhumning hayoti kabi tasavvur qilishni boshlaydilar. Aslida insonni dunyoda ushlab turguvchi katta kuch - bu uning ishonchidir. Agarda uning shu yagona umidi ya'ni ishonchi yo'qolsa u uchun hamma narsa ma'nisizdir. Masalan, konslagerda mahbuslar o'limi asosan Rojdestvo o'tgandan keyin yil yakunigacha bo'lgan davrda eng ko'p kuzatiladi. Nima uchun? Chunki barcha mahbuslarda bayramda o'z uylarda bo'lishga sohta qattiq ishonch bo'ladi. Bayramdan o'tgandan keyin esa, ularda yashashga nisbatan ishonchdan hech nima qolmaydi. Hayotda ham xuddi stomotolog kreslosining ustidagi kabi, doim asosiysi endi keladi, deb o'ylaganda, asosiysi ortda qolgan bo'ladi. Biz doim eng asosiysi, eng og'iri, eng kuchlisini kutib yashaymiz. Aslida esa biz barchasini boshdan o'tkazishga ulgurgan bo'lamiz. Barcha qiyinchiliklarda toblanib bo'lgan bo'lamiz. Har bir insonning hayoti noyob va takrorlanmasdir. Xuddi taqdirni boshqasi bilan taqqoslash mumkin bo'lmaganidek, hech bir insonni boshqasiga tenglashtirish mumkin emas, shuningdek, hech qanday vaziyat aynan bir xil bo'lib takrorlanmaydi, ularning har biri odamni boshqacha harakatga chorlaydi. Konslager qo'riqchilari esa ashaddiy sadistlardir. Ular shavqatsiz jamoa shakllantirilayotganda maxsus tanlab olingan. Sadistga nima yoqadi? Ular konslager ishchilarining qiynalishidan rohatlanadilar. Boshqa tomondan esa ular necha yillar davomida mahbuslarning qiynalishini ko'raverib sadistlashib boraverganlar. Dostoyevskiy shunday yozgandi: "Men faqat bitta narsadan qo'rqaman - azobimga loyiq bo'lmaslikdan". Insonning so'nggi nafasigacha tortib olinmaydigan ma'naviy erkinligi unga hayotining so'nggi nafasigacha mazmun bilan to'ldirish imkonini beradi. Xullas, juda kuchli psihologik asar. Bir inson hayoti misolida barcha-barchasi sodda tushuntirib berilgan. 127 betdan iborat ushbu kitobni tez tugataman deb boshlagandim, mutolaa esa bir necha kunga cho'zilib ketdi. Sababi kitobning har bir sahifasi sizni o'ylantirmasdan qo'ymaydi. Zavqli mutolaa... 🔎 @detektivkitoblar

​​✍️ Fyodor Dostoyevskiy 📖 ”Jinoyat va jazo” Dostoyevskiy men uchun hali kashf qilinmagan, noma’lum yangi dunyo edi, chunki uning kichkina asarlari bilangina cheklangan edim. Har doim Dostoyevskiyning dunyosiga kirishdan qo’rqib hadiksirab turardim, uning biror yangi asarini o’qishga ikkilanardim. Xuddiki, uning asarlari men uchun emasdek tuyilardi. Oxiri o’zimga o’zim o’qiysan, hozir ayni payti dedim. Dostoyevskiy tomonga katta qadamlarni “Jinoyat va jazo” orqali tashladim. Bir necha kun davomida shu yangi olamda yashadim va tushundimki, Dostoyevskiy aynan men kutgan va xohlagan yozuvchi. Faqat bitta afsuslanish bo’ldi ya’ni avvalroq o’qimaganimga afsuslandim. Asarga dastlabki sahifalardanoq berilib ketdim, undagi tushkunlik, yetishmovchilik, xafagarchiliklar ruhiyatimni sindira olmadi, aksincha mutolaaga qiziqishimni yanada oshirib yubordi. Asar voqealariga biroz to’xtalib o’tmoqchiman. Bosh qahramon sobiq talaba Rodion Raskolnikov bo’lib, asar uning hayollaridagi o’ylar va maslahatchi Marmeladov bilan bo’lgan suhbatlari asosida boshlanadi. Aynan mana shu suhbat asarning tuguni bo’lib, shu suhbatdagi barcha fikrlar va noaniqliklar butun asar davomida yechib beriladi. Kitobxon asarning boshidagi suhbatda keltirilgan fikrlarni butun asar davomida tushunib, mag’zini chaqib boradi. Raskolnikov odamlarni ikki xil toifaga bo’ladi: odmi odamlar, ya’ni o’ziga o’xshagan insonlarni ko’paytirishgagina qodir odamlar, ular shunchaki odamlar sonini ko’payishi uchun xizmat qiladilar. Ikkinchisi, odam deb atashga arziydigan, hayotda yangilik yarata olish imkoniyatiga ega bo’lgan, ilgari solingan izlardan yurmaydigan, qonunlarni o’zgartira oladigan odamlar turi. Birinchi toifa insonlar o’z hayotlaridan shikoyat qilmaydilar, ularning tug’ilishlari va dunyodan o’tishlari ham hech kimga sezilmaydi. Ikkinchi toifa insonlar esa isyonkorlar bo’lib, ular o’zlaridan nimadir nom qoldirishga harakat qiladilar. Albatta ikkinchi toifa odamlarning faoliyati qurbonliku qonxo’rlikni talab qiladi, chunki dunyodagi hech bir kashfiyotu o’zgarish osonlikcha paydo bo’lmagan. Qanchadan qancha odamlarning o’limiyu yo’qotishlar evaziga paydo bo’lgan. Masalan, oddiygina misol, shifokorlar biror davolash usulini kashf qilmoqchilar, lekin uni amaliyotga tatbiq qilish uchun bir nechta sinovlardan o’tishi kerak. Bu degani bir nechta odamlarning hayoti evaziga shu kashfiyotga ega bo’lish mumkin. Kashfiyotning kelajakdagi ahamiyatining oldida bir nechta insonlarning hayoti hech nima emas, chunki shu tadqiqot sababli yaxshi kelajakka ega bo’lamiz. Xuddi shunday tarixdagi yangi hukmdorlarning taxtni egallashlarini olaylik, har safargi davlat to’ntarilishida daryo-daryo qon oqqan. Oqibatda o’zgarishlar paydo bo’lgan. Hozir shu o’lgan oddiy odamlar emas, qon oqishiga va o’limga sabab bo’lgan “Xos” insonlar eslanadi va ulug’lanadi, chunki ular hozirning emas kelajakning odamlari. Raskolnikov ham o’zini ana shunday favquloddagi insonlardan biriman deb hisoblardi. Birgina odamni o’ldirish orqali o’z muhitini o’zgartira olishiga, kelajak uchun foydali ish qilayotganiga ishonadi va hatto o’z ishini oqlashga ham harakat qiladi. Men faqat hech kimga keragi boʻlmagan, palid, zararli bitni oʻldirdim, xolos. Bu Raskolnikovning fikrlari edi. Mutolaa vaqtida Raskolnikovni oqlashga ham harakat qildim. Qancha-qancha jazolanmagan jinoyatlar oldida bu hech nima emasda. Raskolnikov bu ish ahloq jihatdan to’g’ri bo’lmasada vijdon oldida to’g’ri ekanligiga ishonadi, ammo u o’z jinoyatini ko’tara olmadi. Har qanday jinoyatning oldida albatta uning jazosi bo’ladi, Raskolnikov asarning oxirida jazoga hukm qilingan bo’lsada u jazogacha ham qattiq azobda yashadi. Bir qarashda butun boshli roman bor yo’g’i bitta voqeadan ya’ni jinoyat va uning jazosidan iboratdek tuyiladi, lekin uning ichidagi fikrlar, haqiqatlar ko’pligidan hazm qilishga qiynalasiz. Undagi har bir qahramon va dialog bejizga olib kirilmagan. Har bir satrlar qayta-qayta o’qishga arziydi. Har safar o’qiganda har xil anglash mumkin. Asarni qayta o’qiyman. Shuni ayta olamanki, o’nta asar bergan taassurotni bera oladi. 🔎 @detektivkitoblar

​​✍️ Moris Leblan 📖 ”Arsen Lupen - Jentelmen o’g’ri” Eng yaxshi ko'rgan janrlarimdan biri bu - detektiv. Ba’zi-ba’zida dam olish maqsadida shunday asarlarga murojaat qilib turaman. Ko’pchiligimiz ingliz detektiv yozuvchilarining asarlarini yaxshi bilamiz va ko’p o’qiganmiz. Agata Kristi va Artur Konan Doylning asarlari asosida ishlangan filmlarni esa hattoki yoddan bilamiz. Bugun esa inglizlarga javoban fransuz yozuvchisi Moris Leblan tomonidan yaratilgan obraz Arsen Lupen haqida gapirmoqchiman. “Arsen Lupen” bir nechta qissa va romanlar turkumidan iborat bo’lib, “Arsen Lupenning hibsga olinishi” hikoyasidan boshlanadi. Barcha hikoyalarda Arsen Lupen sirli shaxs sifatida namoyon bo’ladi va odatda, deyarli ko’p hikoyalar aynan Lupenning o’zi tomonidan hikoya qilinadi. Kitob Lupenning bir nechta jinoyatlari ochib berilgan hikoyalardan iborat bo’lib, u boshqa jinoyatchilardan tubdan farq qiladi. Faqat noqonuniy yo’l bilan boylikka ega bo’lgan shaxslarninggina dodini beradi. Bundan tashqari u kuchli grim qilish qobiliyatiga ega ekanligidan kitobxon uning aslida kim ekanligiga shubha bilan qarashni boshlaydi. 🔎 @detektivkitoblar

Onore de Balzak. Dahriyning ibodati (hikoya).epub0.22 KB

🎛"Dahriyning ibodati" Onore de Balzak Bu kichik hikoya bizni buyuk xirurg, mukkasidan ketgan ateist, sosiopatning hayot xikoyasi bilan tanishtiradi.  Kelinglar, avvalambor xirurg Deplen qahramoni kim ekanligi muhokama qilamiz. Deplen butun umrini qiyinchilik, yo‘qchilik, musofirchilikda o‘tkizgan; yoshligidan hayotdan tinimisiz dakkilar yegan; ilm-fan uchun jonini berishga ham tayyor bo‘lgan; ochlikdan o‘lib qolmaslik uchun ikki kunda bir martagina juda ham kamtarona tushlik qiladigan; hayotda chekkan aziyatlari tufayli qalbida insonlarga nisbatan gina, adovat, husumat paydo bo‘lgan, ammo (!) hali ham bir og‘iz yaxshi so‘zga, huddi ilon ham inidan chiqqani singari, ko‘ngli yumshab ketadigan inson edi. Deplenning assistenti Byanshon kunlarning birida, o‘z ustozi bo‘lgan ateist Deplenni cherkovga ibodat qilgani kirib ketayotganligini ko‘radi. Byanshon bu hodisadan sal kam shok holatiga tushadi va o‘z ustozini, josuslar singari, kuzatishga qaror qiladi. Uzoq kuzatishlardan so‘ng, Deplen cherkovga ibodat qilgani bir yilda 4 marta kelishini aniqlaydi.  O‘zida Deplenga "sizdek ateist odam nega cherkovga boradi" degan savolni berishga yetarli kuch to‘plab, ohiri, unga bu savolni beradi. Deplen cherkovga borish sababini hayotiga bog‘lab aytib beradi.  Parijda kimsasiz qolgan Deplen moddiy xolati achinarli bo‘lgani sababli, boshpanasidan ayrilish havfi ostida qoladi. Ammo, baxtiga, hayot unga Burja ismli haqiqiy do‘st sovg‘a qiladi. Vanihoyat, Deplen Burja ismli 40-yoshlar atrofida bo‘lgan inson bilan uzoq harakatlari natijasida bir kichik uy topadi. Bu kichik uyda ikki inson bir biriga qo‘lidan kelgani qadar yordam berib yashaydilar. Yosh olim Deplenda hayotda qolish va bilim egallashga bo‘lgan ishtiyoqni ko‘ra bilgan Burja, o‘z orzusidan voz kechib, butun mablag‘ini Deplenning ilm olishiga sarflashni boshlaydi.  O‘zi qattiq non va suv bilan kun ko‘rsa ham, Deplenga doim kuchli ovqat va, kechki payt uhlab qolmay o‘qishi uchun, kofe sotib olar edi. O‘zi, og‘ir mehnat qilib, bazo‘r pul topsa ham, o‘sha pulni hech ikkilanmay Deplenning o‘qishi uchun kerak bo‘lgan kitoblarga sarflar edi.  F.M.Dostoyevskiy o‘zining mashxur "Ho‘rlanganlar va haqoratlanglar" asarida "Yorug‘likning birgina nuri inson qalbiga aqlbovar qilmas darajada ta’sir qilishi mumkin" deganidek, bunday "qalb go‘zalligi" bilan hech qachon duch kelmagan Deplen, unga "mubtalo" bo‘lib qoladi. Unda insonlarga bo‘lgan sevgi qaytadan uyg‘onadi.  Ikkisining qattiq mashshaqatlari sababli mashxur xirurg bo‘lib yetishgan, Deplen kunlarning birida, o‘z otasidek ko‘rgan, Burjaning hayoti uchun o‘limga qarshi kurashishiga to‘g‘ri keladi. Deplen otasining o‘z mehnatining mahsuli nimalar qilishga qodir ekanligini ko‘rishini ich-ichidan qanchalik xohlamasin, afsus-ki, jangda u g‘olib bo‘lmaydi. Deplenning cherkovga borib ibodat qilishining sababi ham aynan go‘zal qalb sohibi bo‘lgan Burja bilan bog‘lik edi. Sabab nima ekanligi hikoyani o‘qiganingizda topib olasiz degan umiddaman. Nega endi bu qisqa hikoyada minglab ma’nolar yotadi dedim? Birinchi sabab, Balzak bizga jizzaki sosiopat bo‘lib qolgan insonlarning bu holatga kelishlarining asosiy sabablaridan birini yoritib beradi.  Ular bunday ayanchli holatga tushib qolishlariga, aksariyat hollarda, ularni o‘rab turgan jamiyatning o‘zi sababchi ekanligini ta’kidlaydi. Ehtimol, bunday insonlarga haqiqiy "insoniy munosabat" ko‘rsatilganda, balki ulardan ham gumanizmning baland cho‘qqisini zabt etgan buyuk filantroplar yetishar edi. Eh, bu "balkilar" insonni hech ham tinch qo‘ymaydi. Ikkinchi sabab, Balzak o‘sha paytdagi (balki hozirgi paytdagi ham) diniy idoralarning "ajoyib hislatini" ko‘rsatib o‘tib ketadi.  Tarixdan barchamiz bilamiz-ki, xristian cherkovida ko‘p narsalarni pulga sotib olsa bo‘lgan. Misol uchun, indulgensiya. Gunoh ishlarni son-sanoqsiz qilsangiz ham hechqisi yo‘q. Asosiysi, pulingiz bo‘lsa bas. Gunohlaringizni pulga "sotib yuborishingiz" mumkin.  "Dahriyning ibodati"ni o‘qib bo‘lib, haqiqatdan ham hikoyada aytib o‘tilgan ibodatga "buyurtma" bersa bo‘ladimikin deb internetdan ma’lumotlar topishga harakat qildim. Ne ajab-ki, pulingiz bo‘lsa muammosiz, huddi pissaga buyurtma berganingiz kabi, ibodatga ham buyurtma bersangiz bo‘lar ekan.  Hikoyada Byanshon qiziq fikrni aytib o‘tadi: "Shu ma’lumotni o‘zigina har qanday xirurgni dahriy qilish uchun kifoya". Hulosa, dinni sotib olish mumkin bo‘lsa, demak, dinda hech qanday ilohiylik yo‘q ekanda degan fikrga kelib qoladi/qolgan ko‘pchilik. Yana bir sabab, albatta, insonparvarlikning targ‘iboti. Biz ham insonlarni ich-ichimizdan, huddi Burja kabi sevishni o‘rganishimiz kerak.  Qachon biz bunday darajaga erisha olamiz? Qachonki qilgan yaxshiliklarimiz uchun ulardan hech qanday qayta qilingan yaxshilik kutmasak.  Qachon gumanist bo‘la olamiz? Qachonki boshqa insonning dardi uchun huddi o‘zimizning dardimizdek kuyunsak.  20 daqiqa vaqtingizni ayamay, ushbu hikoyani o‘qishingizni chin dildan istab qolar edim.  "U o‘zining diniy tushunchalariga ega bo‘lgan dindor inson edi. Meni ular to‘g‘risida bahslashishga haqqim bormi?" 🔎 @detektivkitoblar

😐 "Englishni ertadan boshlayman" deydigan bahonalar bilan shu yergacha yetib keldingiz. 🙎‍♂ Maqsadini aniq qo'yib, unga int
😐 "Englishni ertadan boshlayman" deydigan bahonalar bilan shu yergacha yetib keldingiz. 🙎‍♂ Maqsadini aniq qo'yib, unga intilganlar esa hozir C1 sertifikati bilan maqtanib yurishibdi 😎 Diqqat bu e'lon aynan siz uchun Men 0 dan C1 darajagacha olib chiqishga mo'ljallangan 6 oylik intensiv kurs ochyapman. 📱 Bu kurs - oddiy kurs emas!!! Darslarni 2 nafar ustoz olib boradi: ● Main Teacher ● Support Teacher 👍 Haftasiga 6 kun dars. Har bir dars 2–2,5 soat davom etadi. Kunduzgi va kechki guruhlar mavjud. 🤨 Lekin... Bu kursga hamma ham qo'shila olmaydi: ✔️ dars qoldirmaydigan, ✔️ intizomli, ✔️ natija uchun ishlaydigan, ✔️ 6 oy oxirida CEFR sertifikatini qo'lida ushlashni maqsad qilgan o'quvchilarnigina qabul qilamiz!!! 🙎‍♂ Shuning uchun qabul suhbat asosida amalga oshiriladi. Ha yana imtihon pulingiz biz tomonimizdan to'lab beriladi 💯 Eng katta xato — vaqtingiz va imkoniyatingiz bo'la turib, boshlamaslikdir. 6 oy baribir o'tadi. 🤨 Savol shuki, 6 oydan keyin qo'lingizda C1 sertifikati bo'ladimi yoki yana "keyingi safar" deysizmi? Quyidagi kanalda javobini topasiz!!! Va yana 0 dan erkin gapirish kursimizga ham start berildi✅ https://t.me/+37qUANy1Sm5hNzMy https://t.me/+37qUANy1Sm5hNzMy https://t.me/+37qUANy1Sm5hNzMy

#Detektiv_kitob_haqida 📚 "Kutubxonadagi murda" ✍️ Agata Kristi Kutubxonadagi murda - aql-zakovati, topqirligi bilan jinoyatl
#Detektiv_kitob_haqida 📚 "Kutubxonadagi murda" ✍️ Agata Kristi Kutubxonadagi murda - aql-zakovati, topqirligi bilan jinoyatlarni politsiyadan avval fosh qiladigan miss Marpl haqidagi navbatdagi asar. Roman nisbatan ixchamligi, voqealar rivoji qiziqarliligi bilan o'quvchini zeriktirmaydi. Bir kuni ertalab polkovnik Bantrinig yotoqxonasiga oqsoch vahima bilan kirib, kutubxonada jasad yotganini ma'lum qiladi. Uy egalari bu xabarga ishona olishmaydi, axir bunday voqeani izquvarlar haqidagi asarlardagina uchratish mumkin. Notanish mallasoch qiz tunda kutubxonada bo'g'ib ketilgan. Polkovnik darrov politsiyani chaqiradi, xotini esa bu vaqtda dugonasi miss Marplga murojaat qiladi. Ana shundan so'ng mehmonxanada ishlagan o'n sakkiz yoshli qizga, shuningdek, boshqalarga oid sirlar ochila boshlaydi. 🔎 @detektivkitoblar

14-15-iyul kuni testda tushgan savollarni ishlab koʻring❗️ Imtihondan avval necha ball olishingizni hoziroq bilib oling! 🇺🇿
14-15-iyul kuni testda tushgan savollarni ishlab koʻring❗️ Imtihondan avval necha ball olishingizni hoziroq bilib oling!
🇺🇿 Respublika miqyosida, 15-16-iyul, Vatan universiteti homiyligida Edu-talim.uz platformasi'da kirish imtihonlari andozasidagi BEPUL onlayn BLOK testga start berildi!
🏆Pul yutugʻi: 1.000.000 so'm! 🎓 Yo'nalish tanlang: 👉 Huquq + Ingliz tili 👉 Ingliz tili + Matematika 👉 Ingliz tili + Ona tili 👉 Kimyo + Biologiya 👉 Matematika + Ona tili 👉 Matematika + Fizika 👉 Ona tili + Tarix 👉 Tarix + Geografiya 👉 Tarix + Ingliz tili 👉 Tarix + Ona tili 👉 Biologiya + Ona tili 👉 Biologiya + Kimyo 👉 Kimyo + Matematika 👉 Geografiya + Matematika 👉 BOSHQA YO'NALISHNI TANLASH;
🏛 Vatan universiteti12 ta bakalavriat, 3 ta magistratura, 200 ta grant, Janubiy Koreya bilan qo‘shma dastur va 30+ xalqaro hamkor universitetlar;
👨🏻‍💻 Testga ro'yxatdan o'tish: 👉 Ro'yxatdan o'tish 👉 Ro'yxatdan o'tish 🔖Test yakunida sertifikat va test tahlili beriladi!

📣 Diqqat e’lon 📣 Siz arab tilini o’rganmoqchimisiz, unday bolsa bu guruh aynan siz uchun. 🫵 Marhamat bizga qo’shiling va a
📣 Diqqat e’lon 📣 Siz arab tilini o’rganmoqchimisiz, unday bolsa bu guruh aynan siz uchun. 🫵 Marhamat bizga qo’shiling va arab tilini boshlang’ich darajadan boshlab, mukammal darajagacha o’rganing. Darslar sodda usulda bo’lib, arab tilini tez va oson o’rganish uchun mo’ljallangan. ✅1- guruh arab tilida o’qish va yozishni o’rganish ya’ni fonetika darslari ✅2-guruh o’qish va yozishni biluvchilar uchun, sarf, nahv va seyfr (BAYNA YADAYK kitob asosida), kitob mutolaa qilish darslari. Bundan tashqari mutlaqo bepul bo’lgan nahv va sarf darslari pastdagi kanalda tashkil qilinadi 👇 https://t.me/arabtili_akademiyasi 👨‍🏫 Ustoz. 📊 Daraja - Sefr B2 📖 Darslar haftada 3 kun Qo'shilish uchun adminga murojaat qiling👇 @Online_arabic_admin 👈 Bizga qo’shiling kanalimizga obuna bo’ling 👇 https://t.me/arabtili_akademiyasi

Repost from N/a
Gift
x5

جوایز قرعه‌کشی

5 اشتراک تلگرام پریمیوم برای 3 ماه

تاریخ پایان

​​✍️ Tadeush Dolenga Mostovich 📖 “Tabib” Aslida kinosi orqali bizga yaxshi tanish bo’lgan ushbu asarning kitobi borligidan xabarim yo’q edi. Kino variantini esa telekanallar orqali ko’p marta ko’rganman, gaplari ham yod bo’lib ketgan. Asar mashhur professor jarrohning ayoli tomonidan tashlab ketilish voqealari bilan boshlanadi. Boshqa insonni sevib qolgan professorning ayoli tufayli sakkiz yillik oila barbod bo’ladi. Tabiiyki, professor bu yo’qotishni ko’tara olmaydi. Bilmadim, siz nima deb o’ylaysiz, odatda ko’pchilik erkaklar bunday fojiani qabul qilishga qiynaladilar, tezda ichkilikka beriladilar, hayotlarini tartibga solishga ojizlik qiladilar. Ayollarda esa kelajakka intilish, ishtiyoq va hayotini tartibga solishga bo’lgan ishonch kuchliroq. Asar qahramoni professor Vilchur ham kutilmagan yo’qotish sababli nima qilishni bilmay qoladi, bu esa yo’qotishlar ustidan yana yo’qotishlarga olib keladi. Shu narsa qiziqki, kimligini, qayerdan kelganligini yoddan chiqargan professor o’z kasbi malakalarini esdan chiqarmaydi. Kuchli iste’dodi doimo o’zi bilan birgalikda qoladi, samimiyati ham yo’qolmaydi. Aynan mana shu samimiyati sababli ham necha yillardan keyin o’z hayotiga qaytadi. Yozuvchi asardagi ayrim voqealarni o’z hayotida ham boshdan kechirgan bo’lib, faqat bosh qahramon sifatida iste’dodli jarrohni tanlaydi, va bu bilan eng to’g’ri qarorni qabul qiladi. Yozuvchi ushbu asar orqali taqdir har qanday iste’dodli mashhur jarrohni ham ayamasligini, bugun mashhur va hamma narsaga ega bo’lgan inson ham ertaga qora mehnat orqali kun kechiruvchi yollanma ishchiga aylanib qolishi mumkinligini ko’rsatib bermoqchi bo’ladi. Ya’ni bizni oldinda taqdirning ming bir o’yinlari-yu sinovlari kutib turadi. Har doimgidek, shuni aytishim mumkinki, kitob boshqa olam, kino esa boshqa. Kitob to’liqroq va tushunarliroq. Qahramonlarning ichki kechinmalari ta’sirliroq ochib berilgan. Kitob tarjimasi va tahriri ham yaxshi chiqqan. Kitobni tugatganimga ancha bo’lib qoldi, lekin u haqida yozish istagi hech ham tark etmadi. Mutolaa tugallangan vaqtdagi taassurotlar o’zgacha edi. Shunday kitoblarni o’qib dunyoda shunday samimiy yaxshi insonlar borligiga ishongingiz keladi, yashagingiz keladi. Kinosini ko’rgan bo’lsangiz ham kitobini albatta o’qing! ©️ 🔎 @detektivkitoblar

🎁 Turk tilini mutlaqo bepul o‘rganmoqchimisiz? 🇹🇷 🎓 Magistratura, doktorantura yoki bakalavr bosqichi uchun tayyorlanyaps
🎁 Turk tilini mutlaqo bepul o‘rganmoqchimisiz? 🇹🇷 🎓 Magistratura, doktorantura yoki bakalavr bosqichi uchun tayyorlanyapsizmi? Yoki shunchaki yangi til o‘rganishga qiziqasizmi Unda bu kanal aynan siz uchun! 📚 Bu yerda turk tilini 0 dan boshlab mutlaqo bepul, sodda va tushunarli tarzda bosqichma-bosqich o‘rganasiz Qiziqarli mashqlar va foydali materiallar sizni kutmoqda ❗️ Kanalga qo‘shiling va o‘rganishni bugunoq boshlang! 🚀 https://t.me/+9lDlPOLMzwIwY2Ey https://t.me/+9lDlPOLMzwIwY2Ey https://t.me/+9lDlPOLMzwIwY2Ey

​​✍️ Asli Sanjar 📖 ”Haram” “Qachonki donolik ishqni muvozanatlasa, o’shanda na boshqalarni ranjitamiz, na boshqalar bizni ranjitishlariga ruxsat beramiz, bu yerda ham adolat hukm suradi”. Qadim-qadim zamonlardan beri sharq xalqlariga tegishli bo’lgan haram barcha millatlarni o’ziga sirliligi bilan jalb qilib keladi. Kimlardir unga qo’rquv bilan qaragan bo’lsa, yana kimlardir unga ijobiy tarafdan qaragan. Albatta xaram so’zi nafaqat sultonga tegishli bo’lgan, qizlar tarbiya qilinadigan joyni ifodalaydi, menimcha, avvallari oddiy odamlarning ichki hovlilariga nisbatan ham ishlatilgan. “Haram” asarida ham mana shunday ikki xil muhitda katta bo’lgan qizlarning kesishgan hayoti ochib beriladi. Asardagi qahramonlardan biri Didanur saroyga o’g’irlab kelingan oddiy cherkes qizi, Jamila esa ota-onasining bag’rida katta bo’lgan qiz. Ular uchun umumiy xususiyat shuki, ikkisi ham bir-birining hayotiga kirib kelgunicha ko’plab qiyinchilik va sinovlarni boshdan kechirishgan, hayotiy saboqlar olishgan. Asardagi bir jihat e’tiborimni tortdi. Ko’p filmlar va kitoblar orqali bilishimcha, sulton saroyiga o’g’irlab kelingan qizlar dastlab har sohadan ta’lim oladi, keyin bir umr saroyda xizmat qiladi, agar sultonga yoqib qolsa, hech qanday sabablarsiz joriyaga aylanadi. Ushbu kitobda esa saroydagi qizlarning istak-xohishlariga e’tibor beriladi. Tanlov asosida qizlar o’zlari xohlagan yo’ldan yuradilar. Saroy ular uchun har tomonlama maktab vazifasini bajaradi. Umuman olganda, asarda sulton harami haqida ko’p ham to’xtalib o’tirilmaydi. Voqealar rivoji ham bir tekisda rivojlanadi. Qandaydir intrigaga sabab bo’luvchi holatlar ham deyarli yo’q, lekin shunga qaramasdan yozuvchi asarning oxirida kerakli xulosani kitobxonga berib o’tgan. Fikrlarimnimg boshida keltirgan iqtibosimning ma’nosi to’liq ochib berilgan va o’quvchiga xulosa sifatida berilgan. Inson biror narsaga to’liq berilib ketishi, hayotining asosiy ma’nosini faqat bir narsaga bog’lashi noto’g’ri ekanligi, hayot doimiy bir maromda ketmasligi, tuyg’ular, xislar o’zgarishi mumkinligi, hayotda hamma narsani muvozanatda ushlash kerak ekanligi ya’ni oltin o’rtani topa olish kerakligi chiroyli ifodalab berilgan. 🔎 @detektivkitoblar