Hasanxon, Husaynxon Yahyo Abdulmajid
📈 تحلیل کانال تلگرام Hasanxon, Husaynxon Yahyo Abdulmajid
کانال Hasanxon, Husaynxon Yahyo Abdulmajid (@hasanhusayn) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 17 967 مشترک است و جایگاه 4 559 را در دسته دین و مذهبی و رتبه 4 524 را در منطقه أوزبكستان دارد.
📊 شاخصهای مخاطب و پویایی
از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 17 967 مشترک جذب کرده است.
بر اساس آخرین دادهها در تاریخ 20 ژوئیه, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر -203 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر -22 بوده و همچنان دسترسی گستردهای حفظ شده است.
- وضعیت تأیید: تأیید نشده
- نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 47.77% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 18.31% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب میکند.
- دسترسی پستها: هر پست به طور میانگین 8 587 بازدید دریافت میکند. در اولین روز معمولاً 3 292 بازدید جمعآوری میشود.
- واکنشها و تعامل: مخاطبان بهطور فعال حمایت میکنند؛ میانگین واکنش به هر پست 158 است.
📝 توضیح و سیاست محتوایی
نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاههای شخصی توصیف میکند:
“Muxlislar sahifasi”
به لطف بهروزرسانیهای پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 21 ژوئیه, 2026)، کانال همواره بهروز و دارای دسترسی بالاست. تحلیلها نشان میدهد مخاطبان بهطور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته دین و مذهبی تبدیل کردهاند.
در حال بارگیری داده...
| تاریخ | رشد مشترکین | اشارات | کانالها | |
| 21 ژوئیه | +2 | |||
| 20 ژوئیه | +1 | |||
| 19 ژوئیه | +6 | |||
| 18 ژوئیه | 0 | |||
| 17 ژوئیه | +8 | |||
| 16 ژوئیه | +14 | |||
| 15 ژوئیه | +11 | |||
| 14 ژوئیه | +2 | |||
| 13 ژوئیه | +2 | |||
| 12 ژوئیه | +5 | |||
| 11 ژوئیه | +2 | |||
| 10 ژوئیه | +5 | |||
| 09 ژوئیه | +1 | |||
| 08 ژوئیه | +6 | |||
| 07 ژوئیه | +3 | |||
| 06 ژوئیه | 0 | |||
| 05 ژوئیه | +2 | |||
| 04 ژوئیه | +11 | |||
| 03 ژوئیه | +15 | |||
| 02 ژوئیه | +2 | |||
| 01 ژوئیه | +5 |
«O‘zlikka qaytish» tanlovining 10-bosqichiga 7 kun qoldi@hasanhusayn
| 2 | Farzandimizga qoldiradigan eng buyuk merosimiz — ularga bergan go‘zal tarbiyamizdir.
😟 Dunyoda ota-onalik baxtidan ko‘ra go‘zalroq, shu bilan birga mas’uliyatliroq tuyg‘u yo‘q. Bolamiz ulg‘aygach, unga bergan qimmatbaho kiyimlarimizni yoki o‘yinchoqlarimizni eslamaydi. U bizdan o‘rgangan odobni, mehrni va saboqni yodda saqlaydi.
📚 Sizga va farzandingizga ushbu yo‘lda eng yaqin ko‘makchi bo‘ladigan "Farzand tarbiyasida 700 saboq" kitoblarining 1-2-3 qismlarini barcha kitob do'konlardan xarid qilishingiz mumkin.
📞 Ulgurji (optom) savdo: 93-194-91-31 | 94-194-91-31
@falaqnashr ☀️ | 2 776 |
| 3 | 🧕🏻 G‘oliblarimizga ro‘mol hadya qilinadi
🎉 «O‘zlikka qaytish» tanlovining so‘nggi ikki bosqichi uchun yuqori 3 ta o‘rin egalariga boshqa hadyalar bilan birga ro‘mol ham tuhfa qilinadi!
✨ Saffroon.uz jamoasi ham ilm karvoniga qo‘shilishdi. Siz azizlarni yanada xursand qilishni niyat qildilar.
Marhamat, tanlovda ishtirok eting, qimmatbaho hadyalarga ega bo‘ling. 😊
@hasanhusayn | 8 333 |
| 4 | 🎁 «Oʻzlikka qaytish» tanlovi gʻoliblariga sovgʻalar joʻnatilyapti!
✔️ Kecha tanlovimizning 9-bosqichi boʻlib oʻtib, natijalar aniqlandi.
Rasmda ushbu bosqichda gʻoliblarga beriladigan hadyalar bilan tanishishingiz mumkin. 😊
📌 «Malika style» jamoasining libosi ushbu sovgʻalarni oldin olmagan eng yuqori oʻrin egalariga berildi.
🎉 Gʻoliblarni tabriklaymiz! Alloh taolo oʻrganayotgan ilmlarga amal qilishimizni nasib qilsin!
🤝 Hamkorlarimiz: «Milliy books», «Nasim kutub», «Qamar», «Moziy», «Rayan abayas», «Malika style», «Context brand»
Hadyalari yetib borganlar, rasmlarni shu xabar izohiga yuborishingiz mumkin 😊
@hasanhusayn | 10 734 |
| 5 | #tanlov
✨ «Oʻzlikka qaytish» tanlovining 10-bosqichi 26-iyul kuni 11:00 da oʻtkaziladi
✔️ Ushbu bosqichda quyidagi suhbatlardan savollar beriladi:
1. Hasanxon Yahyo Abdulmajid — «Arbaʼin Navaviyya» (10-suhbat)
2. Hasanxon Yahyo Abdulmajid — «Qurʼon bilan tanishuv» (10-suhbat)
3. Husaynxon Yahyo Abdulmajid — «Risalatul-Mustarshidin» (10-suhbat)
5. Husaynxon Yahyo Abdulmajid — «Shifo» (10-suhbat)
🎧 Suhbatlarning audiosini @hasanalmuqriy_bot va @husaynbuxoriybot dan topishingiz mumkin.
Eslatib oʻtamiz, tanlovning avvalgi bosqichlarida ishtirok etmaganlar ham, ishtirok etganlar ham keyingi bosqichlarda qatnashishlari mumkin. 😊
@hasanhusayn | 10 159 |
| 6 | 📣 «Oʻzlikka qaytish» tanlovining 9-bosqichi natijalari aniqlandi
✔️ Rasmda ushbu bosqichda hadyalarga ega boʻlgan 10 ta ishtirokchi keltirilgan.
Gʻoliblarga tez orada aloqaga chiqamiz. Hadyalarni joʻnatish ertaga boshlanadi. 😊
🔥 Quyida ushbu bosqichning savol-javoblari, ularning izohi va manbasi bilan tanishishingiz mumkin: https://telegra.ph/Toqqizinchi-bosqich-savol-va-javoblari-06-09
Alloh taolo tanlovda ishtirok etgan barchaning olgan ilmlari amalga ham koʻchishini nasib qilsin!
@hasanhusayn | 7 475 |
| 7 | ❗️ Javoblarni qabul qilish toʻxtatildi.
Natijalar tez orada eʼlon qilinadi
@hasanhusayn | 6 136 |
| 8 | 📣 «Oʻzlikka qaytish» tanlovining 9-bosqich savollari
- 11:26 gacha yuborilgan javoblar qabul qilinadi;
- Faqat birinchi yuborilgan javoblar qabul qilinadi;
- Tahrirlangan, ikkinchi joʻnatilgan javoblar qabul qilinmaydi;
- Ism-familyangizni javoblar bilan birga yuboring;
❗️ Javoblarni bitta matnda yuboring;
✔️ Javoblar @hasanhusaynadmin ga yuboriladi.
1. Maxfiy gunohlarga berilganlar, odamlardan yashirib gunoh qilib, tashqariga chiqqanda chiroyli bo‘lib yuradigan odamlar qanday musibatga giriftor bo‘ladi?
2. «Bilmagan odam bilmaganini bilgunicha so‘rashdan uyalmasin. Bilmagan narsasidan so‘ralgan kishi «bilmayman» deyishdan uyalmasin». Ustoz «Risalatul-mustarshidiyn» suhbatida kitobdagi ushbu jumlani keltirishdan oldin nima deb gap boshlaydilar?
3. Botil ahli haqqa qarshi hech qachon haq bilan kurashmaydi. Ularning qiladigan ishi munofiqlarning Qur’onda eng ko‘p zikr qilingan sifatiga o‘xshaydi. U qanday sifat edi?
4. Ustoz «Risalatul-mustarshidiyn» suhbatida nima bo‘lsa, do‘konlarni qo‘riqlash uchun qorovul kerak bo‘lmasligini aytadilar?
5. Ko‘fadan bir odam kelib, Abu Muso Ash’ariy roziyallohu anhudan masala so‘raydi. Sahoba u odamning qayerlik ekanini bilgandan so‘ng aytgan masalasiga nima deb javob beradi?
6. Alloh taolo Yusuf alayhissalomni ayolning makridan, fahshdan qaysi sifati sababli asraydi?
7. Ahli baytlardan biri Zuho surasidagi «Va tezda Robbing senga ato qilur va sen rozi bo‘lursan» oyati haqida: «Bundan ko‘ra umidbaxsh oyat yo‘q», deydi. Nega bunday deganlarini nima deb sharhlaydilar?
8. «Sen va sen bilan tavba qilganlar mustaqiym turinglar va tug‘yonga ketmanglar. Chunki U nima qilayotganingizni ko‘rib turguvchidir». Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu ushbu oyat haqida nima degandilar?
9. Ustoz «Risalatul-mustarshidiyn» suhbatida salaflar har kuni qilgan ishlarini sarhisob qilishlarini, hatto bir hafta davomida aytgan so‘zlarini sanasa bo‘ladigan darajada kam gapirishlarini aytadilar. Davomida har kim shunday bo‘lishi kerakmi, deb savol qo‘yib, o‘zlari bunga javob beradilar. Qanday javob berganlarini ayting?
10. Rasululloh alayhissalom qanday ishni qilmoqchi bo‘lgan odamga uchta «Alim. Lam. Ro» deb boshlanadigan suralarni, jumladan Hud surasini o‘qishni, o‘rganishni tavsiya qilganlar?
11. Alloh taolo tomonidan bandaning toatlariga tavfiq berilmasligining sababi nima?
12. Ustoz «Arba’in» suhbatida muallimlarga xizmat qilishda qanday hikmat borligini aytganlar?
13. Havzi Kavsar va shafoat Alloh taoloning Rasululloh alayhissalomga in’om qilgan atolaridandir. Ustoz «Shifo» suhbatida havzi Kavsarning fazilati haqida nima deganlar?
14. Abu Dardo roziyallohu anhu qanday odamning o‘lim paytida iymoni albatta sug‘urib olinishini aytganlar?
15. Jannat ahlining zavq olgilari kelsa, ikki surani o‘qishar, eshitishar, shundan maza qilib, orom olishar ekan. Ular qaysi suralar edi?
@hasanhusayn | 5 933 |
| 9 | #tanlov
📣 Bugun 11:00 da «Oʻzlikka qaytish» tanlovning 9-bosqichi oʻtkaziladi.
Javoblar @hasanhusaynadmin ga yuboriladi;
Tanlovga chet eldan turib qatnashsa ham boʻladi (ammo agar gʻolib boʻlsangiz, hadyalarni Oʻzbekistondagi vakilingiz qabul qilib olishlari kerak);
Tanlovda ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtilmaydi, erkak va ayollar qatnashishlari mumkin, yosh chegaralanmagan;
Javobni yuborish uchun 25 daqiqa vaqt beriladi;
Javobni xohlasangiz yozma, xohlasangiz qogʻozga yozib, uni rasmga olib yuborishingiz mumkin;
Javoblarni yuborishda konspektdan foydalansangiz boʻladi (ammo kompyuter yoki telefonga konspekt qilgan boʻlsangiz, «qidirish», «nusxalash» kabi xizmatlardan foydalanish mumkin emas);
Tahrirlangan javob qabul qilinmaydi;
❗️ Diqqat qiling! Gʻoliblarni aniqlashda eng tez va toʻgʻri javob yuborgan dastlabki 10 nafar ishtirokchi gʻolib deb topiladi. Shu sababli keyingi javoblar alohida tekshirilmaydi.
@hasanhusayn | 5 113 |
| 10 | 📣 Ertaga 11:00 da «Oʻzlikka qaytish» tanlovining 9-bosqichi boʻlib oʻtadi
@hasanhusayn | 6 595 |
| 11 | ✔️ Namuna savollarning javoblari
1 (Qur’on bilan tanishuv). Ustoz «Qur’on bilan tanishuv» suhbatida Hud surasidagi bir oyatga alohida to‘xtalib, uni o‘qib beradilar. Ushbu oyatda Qur’ondagi boshqa oyatlarda yo‘q bo‘lgan bir xususiyat bor edi. U qaysi xususiyat?
Javob: Qur’oni Karimdagi «mim» harfi eng ko‘p kelgan oyat. 16 marta
Manba: 48:50
2 (Qur’on bilan tanishuv). Bir odam Rasululloh alayhissalomning oldilariga kelib, «Menga bitta nasihat qiling, boshqa hech kimdan hech narsa so‘ramayin», dedi. Nabiy alayhissalom nima deb javob berdilar?
Javob: «Iymon keltirdim, deb ayt va shu gapingda mustaqim tur»
Manba: 01:09:10
3 (Qur’on bilan tanishuv). Qur’onda payg‘ambarlarning qissalari turli suralarda kelgan. Bir payg‘ambarning qissasi 2-3 ta surada, ba’zilari esa 4-5 surada ham kelgan. Qaysi payg‘ambarning qissasi faqat bir surada kelgan va u sura qaysi?
Javob: Yusuf alayhissalomning qissalari faqat Yusuf surasida kelgan
Manba: 01:15:20
4 (Qur’on bilan tanishuv). Abdulloh ibn Omir roziyallohu anhu Yusuf va Haj suralarini Umar ibn Xattob roziyallohu anhudan yodlaganlarini aytadilar. Qanday yodlaganlarini ayting?
Javob: Xalifa ikki surani bomdodga o‘qirdilar, shundan yodlab olgan
Manba: 01:17:00
5 (Qur’on bilan tanishuv). Ato ibn Abu Raboh Yusuf surasi haqida aytgan mashhur gapi qaysi edi?
Javob: «Yusuf surasini eshitgan har qanday odam, agar mahzun bo‘lsa, xursand bo‘ladi, g‘ami ariydi»
Manba: 01:22:20
6 (Qur’on bilan tanishuv). Yusuf surasi 111 oyat bo‘lsa ham unda qaysi iboralar umuman ishlatilmagan?
Javob: Jannat va do‘zax
Manba: 01:22:45
7 (Arba‘in). «Ular yoqtirgan narsani men ham Ummatimga istayman, ular yoqtirmagan narsani men ham Ummatimga istamayman». Hadisda ular deb kimlar aytilgan edi?
Javob: Alloh taolo va Abdulloh ibn Mas’ud
Manba: 26:40
8 (Arba‘in). Qur’onni qanday o‘qimoqchi bo‘lgan odam xuddi Abdulloh ibn Abbosdek o‘qishi kerakligi hadisda aytilgan?
Javob: Qanday nozil qilingan bo‘lsa, shunday o‘qimoqchi bo‘lsa
Manba: 32:40
9 (Arba‘in). Imom Shofe’iy nima uchun: «Imom Avzoiyni shogirdlari zoye qildi», deganlar?
Javob: Imom Avzoiyning 60 ming fatvosi bo‘lgan, lekin saqlab qolinmagan
Manba: 47:10
10 (Arba‘in). Ibn Rajab rohmatullohi alayhi kishi nima sabab yomon xotima topishini aytganlar?
Javob: Odamlar ko‘rmaydigan ichki fasodi sababli
Manba: 02:23:10
@hasanhusayn | 7 689 |
| 12 | “Rasulullohdan maktublar” kitobi SOTUVDA
💕 Hayotning yetarlicha ogʻir sinovlarida toliqqan insonlarni oʻz gumonlarimiz bilan yanada koʻproq ezishni to'xtataylik. Atrofdagilarning biz bilmagan ichki ogʻriq va kurashlari borligini his qilgan holda, ularga nisbatan hamisha yaxshi gumonda boʻlish insoniylikdir.
📚 “Rasulullohdan maktublar” — yomon xulqlardan qaytaruvchi ibratli voqealar hamda har qanday holatda ham o'zidan kuchlilardan haqqini qo'rqmasdan so'rashga undaydigan asar.
Ushbu kitobni barcha kitob do'konlardan xarid qilishingiz mumkin!
📞 Ulgurji (optom) savdo: 93-194-91-31| 94-194-91-31
@falaqnashr ☀️ | 6 861 |
| 13 | ✔️ Namuna savollar
Quyida «Oʻzlikka qaytish» tanlovining 9-bosqichiga vazifa qilingan suhbatlardan namuna savollarni keltiramiz. Olayotgan bilimlaringizni sinab koʻrishingiz mumkin.
❗️ Eslatib oʻtamiz, bular namuna savollar, xolos. Biror nimani hal qilmaydi. Tanlov savollari 28-iyun kuni 11:00 da joylanadi.
1. Ustoz «Qur’on bilan tanishuv» suhbatida Hud surasidagi bir oyatga alohida to‘xtalib, uni o‘qib beradilar. Ushbu oyatda Qur’ondagi boshqa oyatlarda yo‘q bo‘lgan bir xususiyat bor edi. U qaysi xususiyat?
2. Bir odam Rasululloh alayhissalomning oldilariga kelib, «Menga bitta nasihat qiling, boshqa hech kimdan hech narsa so‘ramayin», dedi. Nabiy alayhissalom nima deb javob berdilar?
3. Qur’onda payg‘ambarlarning qissalari turli suralarda kelgan. Bir payg‘ambarning qissasi 2-3 ta surada, ba’zilari esa 4-5 surada ham kelgan. Qaysi payg‘ambarning qissasi faqat bir surada kelgan va u sura qaysi?
4. Abdulloh ibn Omir roziyallohu anhu Yusuf va Haj suralarini Umar ibn Xattob roziyallohu anhudan yodlaganlarini aytadilar. Qanday yodlaganlarini ayting?
5. Ato ibn Abu Raboh Yusuf surasi haqida aytgan mashhur gapi qaysi edi?
6. Yusuf surasi 111 oyat bo‘lsa ham unda qaysi iboralar umuman ishlatilmagan?
7. «Ular yoqtirgan narsani men ham Ummatimga istayman, ular yoqtirmagan narsani men ham Ummatimga istamayman». Hadisda ular deb kimlar aytilgan edi?
8. Qur’onni qanday o‘qimoqchi bo‘lgan odam xuddi Abdulloh ibn Abbosdek o‘qishi kerakligi hadisda aytilgan?
9. Imom Shofe’iy nima uchun: «Imom Avzoiyni shogirdlari zoye qildi», deganlar?
10. Imom Shofe’iy nima uchun: «Imom Avzoiyni shogirdlari zoye qildi», deganlar?
11. Ibn Rajab rohmatullohi alayhi kishi nima sabab yomon xotima topishini aytganlar?
@hasanhusayn | 6 798 |
| 14 | «O‘zlikka qaytish» tanlovining 9-bosqichiga 7 kun qoldi
@hasanhusayn | 7 256 |
| 15 | ✔️ Namuna savollarning javoblari
1 (Risalatul-mustarshidiyn). Solihlardan biri namozga tahorat olsalar, ranglari o‘zgarib ketarkan. Nega bunday bo‘lishini so‘rashsa, «Kimning huzuriga ketayotganimni bilasizlarmi?» deb javob berarkan. U kim edi?
Javob: Zaynul Obidin
Manba: 03:25
2 (Risalatul-mustarshidiyn). Avval o‘tgan salaflar har tunda kun davomida qilgan ishlarini sarhisob qilardilar. Shayxul Akbar ana shu sarhisobga yana bir ishni ham qo‘shganini aytganlar. U qanday ish edi?
Javob: Xayolidan o‘tkazgan gaplar
Manba: 18:35
3 (Risalatul-mustarshidiyn). «Hamma ishingda Allohdan umid qil. O‘zingga yetgan musibatga sabr qil». Ushbular va tushirib qoldirilgan uchinchi jumla haqida ustoz: «Agar amalga oshiraman, desangiz, har biri bir umrga yetadi», deydilar. Uchinchi jumla qaysi edi?
Javob: Dining borasida Allohdan qo‘rq
Manba: 38:00
4 (Risalatul-mustarshidiyn). Aslida Allohdan umid qilish deganda nima tushuniladi?
Javob: Harakat qilib, natijasini Allohdan kutish
Manba: 42:20
5 (Risalatul-mustarshidiyn). Sabr uch xil bo‘ladi, uch suratda ko‘rinadi. Gunohdan qaytishga sabr. Yetgan aziyatga sabr. Uchinchisi qaysi?
Javob: Toatga sabr
Manba: 44:05
6 (Risalatul-mustarshidiyn). Ustoz «Risalatul-mustarshidiyn» suhbatida qanday odamdan ilm olmaslik kerakligini aytganlar?
Javob: So‘ralganki savolga javob bergan odamdan
Manba: 50:40
7 (Risalatul-mustarshidiyn). Qaysi imom bir majlisda 44 ta berilgan savolning 38 tasiga «bilmayman» deb javob bergan?
Javob: Imom Molik
Manba: 52:00
8 (Risalatul-mustarshidiyn). Ma’ruf Karxiy Alloh bir qavmga yomonlikni iroda qilsa, amalni olib, nimani berib qo‘yishini aytganlar?
Javob: Tortishuv, munozara
Manba: 01:09:20
9 (Qur‘on bilan tanishuv). Bir kuni Abu Bakr roziyallohu anhu Rasululloh alayhissalomni ko‘rib, «Soqolingizga oq tushibdi?» deb so‘raganlarida u zot nima deb javob berganlar?
Javob: «Meni Hud qaritdi»
Manba: 07:25
10 (Qur‘on bilan tanishuv). «Qur’on bilan tanishuv» suhbatida qaysi payg‘ambarning tarixi Hud surasida to‘liq kelgani aytiladi?
Javob: Nuh alayhissalomning
Manba: 13:25
11 (Qur‘on bilan tanishuv). Aksar odamlar Nuh alayhissalomning davridagi to‘fon butun dunyoni egallagan deydi. Ammo muhaqqiq ulamolar to‘fon ma’lum bir joydagina bo‘lgan, chunki u paytda faqat o‘sha yerdagina odamlar bo‘lganligini aytishgan. To‘fon qayerda sodir bo‘lgan edi?
Javob: Dajla bilan Furot daryosi oralig‘ida
Manba: 44:25
@hasanhusayn | 10 416 |
| 16 | ✔️ Namuna savollar
Quyida «Oʻzlikka qaytish» tanlovining 9-bosqichiga vazifa qilingan suhbatlardan namuna savollarni keltiramiz. Olayotgan bilimlaringizni sinab koʻrishingiz mumkin.
❗️ Eslatib oʻtamiz, bular namuna savollar, xolos. Biror nimani hal qilmaydi. Tanlov savollari 28-iyun kuni 11:00 da joylanadi.
1. Solihlardan biri namozga tahorat olsalar, ranglari o‘zgarib ketarkan. Nega bunday bo‘lishini so‘rashsa, «Kimning huzuriga ketayotganimni bilasizlarmi?» deb javob berarkan. U kim edi?
2. Avval o‘tgan salaflar har tunda kun davomida qilgan ishlarini sarhisob qilardilar. Shayxul Akbar ana shu sarhisobga yana bir ishni ham qo‘shganini aytganlar. U qanday ish edi?
3. «Hamma ishingda Allohdan umid qil. O‘zingga yetgan musibatga sabr qil». Ushbular va tushirib qoldirilgan uchinchi jumla haqida ustoz: «Agar amalga oshiraman, desangiz, har biri bir umrga yetadi», deydilar. Uchinchi jumla qaysi edi?
4. Aslida Allohdan umid qilish deganda nima tushuniladi?
5. Sabr uch xil bo‘ladi, uch suratda ko‘rinadi. Gunohdan qaytishga sabr. Yetgan aziyatga sabr. Uchinchisi qaysi?
6. Ustoz «Risalatul-mustarshidiyn» suhbatida qanday odamdan ilm olmaslik kerakligini aytganlar?
7. Qaysi imom bir majlisda 44 ta berilgan savolning 38 tasiga «bilmayman» deb javob bergan?
8. Ma’ruf Karxiy Alloh bir qavmga yomonlikni iroda qilsa, amalni olib, nimani berib qo‘yishini aytganlar?
9. Bir kuni Abu Bakr roziyallohu anhu Rasululloh alayhissalomni ko‘rib, «Soqolingizga oq tushibdi?» deb so‘raganlarida u zot nima deb javob berganlar?
10. «Qur’on bilan tanishuv» suhbatida qaysi payg‘ambarning tarixi Hud surasida to‘liq kelgani aytiladi?
11. Aksar odamlar Nuh alayhissalomning davridagi to‘fon butun dunyoni egallagan deydi. Ammo muhaqqiq ulamolar to‘fon ma’lum bir joydagina bo‘lgan, chunki u paytda faqat o‘sha yerdagina odamlar bo‘lganligini aytishgan. To‘fon bo‘lgan joy qayer edi?
@hasanhusayn | 9 333 |
| 17 | ✨ Endi ustozlarning tilovatini topish yanada oson
Sahifamizga 2019-yildan buyon ikkala ustozning taroveh namozlarida, turli marosim va tadbirlarda qilgan go‘zal tilovatlari joylab kelinyapti.
🎉 Endilikda ushbu tilovatlarni yangi ishlab chiqilgan maxsus bot yordamida oson va tez topishingiz mumkin!
✔️ Botdan qanday foydalanamiz?
- @ustozlartilovati_bot manziliga kirasiz;
- Kerakli suraning nomini yozasiz yoki suralar jadvalidan tanlaysiz;
- Bot sizga sahifamizdagi aynan o‘sha sura o‘qilgan barcha tilovatlarni topib beradi.
Marhamat, ustozlarimiz tomonidan o‘qilgan Qur’on tilovatlari bilan qalbingizni ziynatlang! 😊
👉 Bot: @ustozlartilovati_bot
@hasanhusayn | 10 878 |
| 18 | ✔️ Endi sotib olish ham mumkin
Xabaringiz bor, yaqinda tanlov g‘oliblariga sahifamizning ramzi tushirilgan futbolka hadya qilinishini aytgandik..
Endi esa ushbu futbolkalarni xarid qilishingiz ham mumkin. 😊
📌 Hozircha viloyatlarga yuborolmaymiz. Toshkentdagi manzilingizga Yandeks’dan chiqarib beriladi.
Narxi: 130.000 so‘m
O‘lchamlar: M va L
👉 Buyurtma berish uchun: @hasanhusaynadmin
@hasanhusayn | 10 014 |
| 19 | 👀👀 | 1 |
| 20 | ✨ Tanlovdan ta’sirlanib...
«O‘zlikka qaytish» tanlovining ishtirokchilaridan birining fikr-mulohazalarini e’tiboringizga havola qilamiz.
Siz tanlovdan qanday foyda olyapsiz? Izohda yozib qoldiring. 😊
@hasanhusayn | 12 552 |
