cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

پست‌های تبلیغاتی
6 386
مشترکین
-624 ساعت
-177 روز
-630 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Photo unavailableShow in Telegram
Ayni paytda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida “Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori mazmun-mohiyati, yangiliklari va ahamiyati yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda. Anjuman Agentlik va Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan Xalqaro press-klub hamkorligida tashkil etildi. Xabaringiz bor, mazkur qaror “O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga muvofiq aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirib borishning keng qamrovli tizimini joriy etish maqsadida 2025-yil 1-yanvardan “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasini (Virtual akademiya) joriy etish belgilandi. Virtual akademiyada o‘quv faoliyatini tashkil etish va yuritish Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Anjumanda kki idora rahbariyati va masʼul xodimlari bu borada o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiriladigan ishlar, vazifa va maqsadlar haqida OAV vakillariga batafsil maʼlumot bermoqda. Matbuot anjumanini Agentlikning YouTube va Facebook ijtimoiy tarmoqlaridagi rasmiy sahifalari orqali jonli kuzatish mumkin. Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Davlat organlari va tashkilotlari funksiyalaridagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar darajasi aniqlandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi 240-son qaroriga muvofiq, davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar baholashdan o‘tkazildi. Bu yil korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashdan o‘tkazish yuzasidan elektron platformaga yuborilgan maʼlumotlar asosida 92 ta davlat tashkilotlari uchun korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritalari tuzildi.
Maʼlumot uchun: 2023-yilda 39 ta vazirlik va idora uchun korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritalari to‘liq shakllantirilib, ularning faoliyatiga doir umumiy 1701 ta funksiyadan 177 tasida korrupsiyaviy xavf-xatarlar darajasi “yuqori”, 475 tasida “o‘rta”, 1049 tasida “past” baholangan.
Yakunda davlat tashkilotlarining Korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlar elektron reyestri, Korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritalari, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dasturlar va Korrupsiyaviy xavf-xatar yuqori bo‘lgan lavozimlar ro‘yxati shakllantirildi. Taʼkidlash lozimki, davlat tashkilotlarining rahbarlari tashkilot zimmasiga yuklangan funksiyalarda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazish uchun shaxsan javobgar sanaladi. Korrupsiyaviy xavf-xatar yuqori funksiyalari ko‘p bo‘lgan tashkilot "eng korrupsiyalashgan", korrupsiyaviy xavfi yuqori bo‘lgan lavozimdagi shaxslar “korrupsioner” yoki aksincha korrupsiyaviy xavf-xatari asosan “past” bo‘lgan tashkilotlar "korrupsiyadan xoli" hisoblanmaydi. Ushbu holatlar mazkur tashkilotlarda nazorat choralari yetarli yo‘lga qo‘yilganligi yoki aksincha qo‘shimcha nazorat choralari ko‘rilishi kerakligini, shu bilan birga, tashkilot rahbarlari korrupsiyaviy xavfi yuqori bo‘lgan jarayonlar (funksiyalar) va funksiyalarni bajaruvchi lavozimlarni alohida nazoratga olishiga signal beruvchi omil sanaladi. ————————— Agarda siz korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz elektron platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz! Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
“Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi”da o‘quv faoliyatini tashkil etish va yuritishda Korrupsiya qarshi kurashish agentligi tomonidan amalga oshiriladigan vazifalar. Batafsil yuqoridagi infigrafikada ————————— Agarda siz korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz elektron platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz! Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
نمایش همه...
“Fuqarolar O‘zbekistonda korrupsiya to‘g‘risida” mavzusidagi sotsiologik tadqiqot natijalari taqdimot qilindi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi bilan hamkorlikda joriy yilning aprel-may oylarida “Fuqarolar O‘zbekistonda korrupsiya to‘g‘risida” mavzusida sotsiologik tadqiqot o‘tkazildi. Tadqiqot natijalari bugun “Korrupsiya — jamoatchilik fikri ko‘zgusida” mavzusida bo'lib o'tgan davra suhbatida taqdimot qilindi.
Tahlillar ko'rsatishicha, 2022-yilda o‘tkazilgan so‘rov bilan qiyoslanganda korrupsiyaga murosasiz, uning oqibatlarini to‘la anglagan aholi vakillari foizi deyarli 20% ortgan.
So‘rov natijalariga ko‘ra: ▫️respondentlarning aksariyati — 91,2% (2022-yilda 72,1%) o‘z muammolarini hal qilish uchun pora berishga salbiy, 6,3% (4,7%) neytral, befarq, atigi 2,3% ijobiy munosabat bildirdi; ▫️42,5% respondent mamlakatda korrupsiyaning tarqalganlik darajasini “o‘rtacha” deya baholadi, 18,9% korrupsiya darajasi “yuqori”, 11,6% “past” degan fikrda; ▫️korrupsiyaviy vaziyatga tushgan respondentlarning ulushi 21,2%ni tashkil etdi, 78,8% esa korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga shaxsan duch kelmaganligini qayd etdi. Respondentlar ko‘pincha o‘z muammolari yoki masalalarini norasmiy hal qilish holatiga Sog‘liqni saqlash, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar, Maktabgacha va maktab taʼlimi, Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish, Qurilish va uy-joy-kommunal xo‘jaligi, Ichki ishlar vazirligi kabi tuzilmalarda duch kelishadi.
❗️Ekspertlarning taʼkidlashicha,
olingan natijalar mamlakatdagi korrupsiyaning haqiqiy darajasini o‘lchamaydi,
balki uning jamoatchilik fikri tomonidan qanday idrok etilishini aks ettiradi.
👉Tadqiqotning to'liq natijalari bilan bu yerda tanishish mumkin. ————————— Agarda siz korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz elektron platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz! Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
نمایش همه...
O‘zbekiston Milliy media birlashmasi bilan hamkorlikda korrupsiyaga qarshi kurashishga oid media loyihalar amalga oshiriladi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda O‘zbekiston Milliy media birlashmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur hujjat doirasida korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi islohotlar haqida keng jamoatchilikning xabardorligini oshirish, korrupsiyaga qarshi madaniyatni yuksaltirish hamda ushbu illatga kurashish jarayonlarida jamoatchilik ishtirokini kengaytishga oid qator vazifalarni amalga oshirish belgilangan. Ayni maqsadlarda  korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha  “Kuchli O‘zbekiston pok vijdon bilan boshlanadi” nomli kommunikatsiya loyihasini amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda. Loyihaning maqsadi — O‘zbekistonda korrupsiyani ijtimoiy xavfsiz darajaga kamaytirishga erishish. Loyihani samarali amalga oshirish quyidagi kompleks yondashuvni qamrab oladi:   - Korrupsiyaning jamiyat uchun salbiy oqibatlariga, halol va shaffof boshqaruv sharoitida mamlakatni rivojlantirish istiqbollariga eʼtibor qaratgan holda axborot kampaniyalarini ishlab chiqish; - Aholining turli guruhlari uchun korrupsiyaning zarari va uni bartaraf etish usullari haqida o‘quv dasturlari va materiallarni ishlab chiqish; - Korrupsiyaga qarshi kurashda aholining o‘z huquq va majburiyatlari to‘g‘risida xabardorligini oshirish, shuningdek, davlat organlari va hokimiyat organlari faoliyatini monitoring qilishda jamoatchilik ishtirokini rag‘batlantirish; - Korrupsiya muammosini faol yoritib berish, holatlarni fosh etish va unga qarshi madaniyatni yuksaltirish maqsadida OAV bilan hamkorlikni kengaytirish. Memorandum doirasida Tomonlararo media vakillarining sohada kasbiy mahoratini oshirishga o‘zaro ko‘maklashadilar. Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi jamoasi 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan sohaning barcha vakillarini samimiy muborakbod etadi hamda faol hamkorlik uchun minnatdorlik bildiradi. Mamlakatda qonuniylik va adolat ustuvor bo‘lishi, ochiqlik va hisobdorlik taʼminlanishi, korrupsiya kabi illatlarga qarshi murosasiz kurashishda xolislik, tezkorlik va qatʼiylik prinsiplariga tayanib, o‘z so‘zingizni baralla ayta olishingizda yanada shijoat va jasorat tilaymiz! Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a'zosi "Shuhrat" medali bilan taqdirlandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoniga asosan, Agentlik huzuridagi Jamoatchilik kengashi a'zosi, "O‘zbekiston 24" telekanali yangiliklar muharririyati bosh muharriri Niyazov Norbek Ramazanovich "Shuhrat" medali bilan taqdirlandi. Norbek Ramazanovichni navbatdagi yuksak ishonch bilan tabriklab, kelgusidagi faoliyatlarga omad va zafarlar tilaymiz. Rasm manbasi Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
نمایش همه...
Korrupsiyaga qarshi strategik hujjatlar ishlab chiqish metodlari muhokama qilindi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida davlat idoralari, korrupsiyaga qarshi kurashishga masʼul organlar xodimlari, Agentlik huzuridagi Jamoatchilik kengashi va Ekspertlik guruhi aʼzolari uchun “Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid strategik hujjatlar ishlab chiqish” mavzusida ikki kunlik trening bo‘lib o‘tdi. Tadbir BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi va mashg‘ulotlar Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti konsultanti, xalqaro ekspert Yaroslav Strelchenok tomonidan olib borildi.
Maʼlumot uchun: Yaroslav Strelchenok 2011-2016 yillar davomida Latviya Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish byurosi (KNAB) rahbari sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
Trening davomida korrupsiyaga qarshi strategik hujjatlarni ishlab chiqish, bu borada Parlament, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, vazirliklar, ilmiy muassasalar, NNT va OAV o‘rtasida idoralararo hamkorlik va muvofiqlashtirish kabi qator masalalar muhokama qilindi. Mazkur mavzular Agentlik va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2030-yilgacha Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy strategiyasi misolida tushuntirildi va tahlil qilindi. Xususan, korrupsiyaga qarshi kurashning strategik yondashuvlari, strategiyani samarali amalga oshirish shartlari, korrupsiyaga qarshi kurashda muhim rol o‘ynashi mumkin bo‘lgan institutlarni aniqlash, shuningdek, ular faoliyatini muvofiqlashtirish, monitoring qilish, maqsadli ko‘rstakichlarni belgilash, strategiyani amalga oshirishni moliyalashtirish kabi masalalar ko'rib chiqildi. Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
“Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi”da har qanday fuqaro ixtiyoriy ravishda bazaviy kurslarda taʼlim olish imkoniga ega bo‘ladi. Barcha davlat xizmatchilari uchun Akademiyaning maxsus o‘quv kurslarida har 3-yilda kamida bir marta korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida malaka oshirish majburiy. Batafsil - yuqoridagi infografikada. ————————— Agarda siz korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz  elektron platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz! Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
نمایش همه...
O‘zbekiston delegatsiyasi Xalqaro aksilkorrupsiya konferensiyasi doirasida muhim kelishuvlarga erishdi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o’rinbosari Umida Tuxtasheva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Litvaning Vilnyus shahrida Transparency International xalqaro tashkiloti tomonidan tashkil etilgan XXI xalqaro aksilkorrupsiya anjumanida ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun: Xalqaro aksilkorrupsiya anjumani har ikki yilda tashkil etiladi. Ushbu anjuman(IACC)ga butun dunyodan davlat idoralari, xalqaro va nodavlat tashkilotlar taklif etilib, korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha tajriba almashish va innovatsion yangiliklarni ishlab chiqish kabi masalalar ko’rib chiqiladi.
140 dan ortiq mamlakatdan mas’ul shaxslar, faollar, jurnalistlar, fuqarolik jamiyati institutlari va ishbilarmon doira vakillarini birlashtirgan bu yilgi konferensiya “Global tahdidlarga qarshi turish: halollikni qo‘llab-quvvatlash” mavzusida tashkil etildi. Tadbirda Latviya Prezidenti Gitanas Nauseda, Transparency International xalqaro tashkiloti Kengash raisi Rueben Lifuka, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti Bosh kotibi Matias Kormann, shuningdek, BMT, Yevropa Kengashi va boshqa xalqaro tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Anjuman doirasida O‘zbekiston delegatsiyasining Litva Respublikasi Maxsus tergov xizmati rahbari bilan ikki tomonlama uchrashuvi tashkil etilib, ikki davlat aksilkorrupsiya idoralari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va doimiy tajriba almashish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, konferensiya davomida Transparency International, Opendata Charter, Ochiq hukumat hamkorligi (OHH), BMT GJB kabi xalqaro tashkilotlar hamda Gruziya va Qozog‘iston aksilkorrupsiya idoralari vakillari bilan ishchi uchrashuvlar o‘tkazilib, quyidagi kelishuvlarga erishildi: - BMT GJB bilan BMT Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi 2-bosqich obzorining yangi darajasiga o‘tish, ushbu jarayon uchun uslubiy platforma yaratish, unda nodavlat tashkilotlar rolini kuchaytirish, shuningdek, Toshkent aksilkorrupsiya forumining asosiy muhokamalarini ushbu masalaga qaratish; - Ochiq hukumat hamkorligi (OGP) xalqaro tashkiloti bilan O‘zbekistonning mazkur tuzulmaga a’zo bo‘lishi va ochiqlikni ta’minlashda hamkorlik qilish; - Transparency International tashkiloti bilan o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish hamda mamlakatda tashkilotning bo’linmasini tashkil etish istiqbollari bo’yicha fikr almashish; - Qozog‘iston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan Mintaqaviy platforma doirasidagi hamkorlikni kuchaytirish va platforma doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar hajmini kengaytirish; - Litva Respublikasining Maxsus tegrov xizmati bilan preventiv choralar, aksilkorrupsiyaviy ta’lim, sohaga oid tadqiqotlar, biznes sektor uchun mentorlar tayyorlash amaliyoti yo‘nalishlarida hamkorlik o’rnatish hamda idoralararo Memorandum imzolash. Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
نمایش همه...
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.