"STEM SCHOOL" xususiy maktabi
رفتن به کانال در Telegram
🏢"STEM SCHOOL" xususiy maktabi - farzandingiz uchun sifatli ta'lim!📚 Частная школа "Stem School" г.Андижан, Бобуршох 24. 📲 @StemAndijan 📞 +998980100035 📞 +998916065646
نمایش بیشتر879
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-27 روز
+2830 روز
آرشیو پست ها
"STEM SCHOOL" xususiy maktabi farzandingizni istiqbolli kelajakka tayyorlaydi🤩
2019-yilda tug’ilgan bolalar uchun Maktabga tayyorlov sinflariga qabul boshlandi!
✨Farzandingiz 1-sinfdan ingliz va rus tiliga chuqurlashtirilgan sinflarda sifatli ta'lim olish imkoniyatiga ega bo'ladi.
🔥Shoshiling! Ta’limga kiritilgan sarmoya kelajak uchun sarmoyadir✨
✍️Murojaat uchun: @stemandijan
📞+998980100035
📞+998916065646
📍 Адрес: г. Андижан, ул. Бобуршох, дом 24
📝Telegram |💻Instagram | 📝Facebook | 🎞Youtube
+1
🎉 4-chorak uchun monitoringdan chegirma olgan o’quvchilar!
Bu chorak davomida o‘z ustida ishlagan, bilim va intilishi bilan ajralib turgan o‘quvchilarimiz yuqori natijalarga erishib, maxsus chegirmalar bilan taqdirlandi 👏
Har bir natija ortida katta mehnat, sabr va harakat bor. Sizlarning intilinganingiz va yutuqlaringiz biz uchun katta faxr! 💙
🚀 Oldinda yanada katta marralar, yangi yutuqlar kutmoqda!
Biz sizlarga ishonamiz va har doim qo‘llab-quvvatlaymiz!
📝Telegram |💻Instagram | 📝Facebook | 🎞Youtube
+1
🎉 4-chorak uchun monitoringdan chegirma olgan o’quvchilar!
Bu chorak davomida o‘z ustida ishlagan, bilim va intilishi bilan ajralib turgan o‘quvchilarimiz yuqori natijalarga erishib, maxsus chegirmalar bilan taqdirlandi 👏
Har bir natija ortida katta mehnat, sabr va harakat bor. Sizlarning intilinganingiz va yutuqlaringiz biz uchun katta faxr! 💙
🚀 Oldinda yanada katta marralar, yangi yutuqlar kutmoqda!
Biz sizlarga ishonamiz va har doim qo‘llab-quvvatlaymiz!
📝Telegram |💻Instagram | 📝Facebook | 🎞Youtube
🚀 "Kosmonavtika kuni" o'quvchilarimiz ijodlaridan ko'rgazma tashkil qilindi.
✨Kosmos — bu sirlar va kashfiyotlar olami
Va bu yo‘ldagi ilk qadam aynan 12-aprel kuni qo‘yilgan!
Bugungi kunda ham yoshlarimiz ilmga, texnologiyaga va katta orzularga intilib, kelajak sari dadil qadam tashlamoqda 🚀
Har bir orzu — bu yangi imkoniyat, har bir harakat — bu muvaffaqiyat sari yo‘l!
📝Telegram |💻Instagram | 📝Facebook | 🎞Youtube
+3
🔥 "STEM SCHOOL" da SAT dan muvaffaqiyatli natijalar!!!
Bu — shunchaki natija emas.
Bu — mehnat, intizom va katta orzularning aniq isboti !
📊 O'quvchilarimizning SAT natijalari:
🚀 Mamashokirova Oyjamol - 1360
🚀 Kozimjonov Shodiyorbek - 1360
🚀 Xaydarov Sarvarbek - 1300
🚀 Mahmudova Mushtariy - B darajali sertifikat
Bu ballar — tasodif emas.
Bu — to‘g‘ri muhit, to‘g‘ri ustozlar va to‘g‘ri tanlov natijasi.
STEM SCHOOL maktabida 9-aprel — buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan sohibqironning boy tarixiy merosi, davlat boshqaruvidagi yuksak salohiyati hamda ibratli hayot yo‘liga alohida e’tibor qaratildi.
Sahnali chiqishlar esa ushbu davr ruhini jonli tarzda aks ettirdi.
📝Telegram |💻Instagram | 📝Facebook | 🎞Youtube
🌸"STEM SCHOOL”da bahor nafasi 🌸
Maktabimizni bahorning iliq nafasi qamrab oldi… Atrof gullarga burkandi, o‘quvchilarimizning quvonchi esa bu go‘zallikka yanada rang qo‘shdi 🌿
Beg‘ubor kulgular, iliq quyosh nuri va samimiy lahzalar — bularning barchasi bizning har kunimizni unutilmas qiladi ☀️
Bahor — yangilanish, orzular va ilhom fasli… “STEM SCHOOL”da esa bu fasl bolalar qalbidagi quvonch bilan yanada chiroyli ochiladi 💫
📝Telegram |💻Instagram | 📝Facebook | 🎞Youtube
🌸 Navro‘z ayyomingiz muborak bo‘lsin!
Barchangizni go‘zal diyorimizga qutlug‘ qadamlar ila kirib kelgan fasllar malikasi bahorning yangilanish va yasharish, ezgulik va mehr-oqibat ayyomi — Navro‘zi olam bilan samimiy muborakbod etamiz!
Bahorning tabarruk ayyomi Sizga, oilangizga va har bir xonadonga tinchlik, osoyishtalik, rizq-nasiba, olam-olam sevinch va baxt olib kelsin! 🌿✨
📝Telegram |💻Instagram | 📝Facebook | 🎞Youtube
💥 “STEM SCHOOL”da hayit shukuhi 💥
Bugun maktabimizda chinakam bayram kayfiyati hukm surdi — ustozlar va o‘quvchilar birgalikda Hayit quvonchini baham ko‘rishdi. 🤍
Bolajonlarimizning beg‘ubor tabassumi, quvonchga to‘lgan ko‘zlari va samimiy kayfiyati butun maktabga iliqlik ulashdi. Har bir lahzada mehr, birlik va shukronalik hissi sezilib turdi.
🌙 Ushbu muborak kunda barchangizga sog‘lik, xonadonlaringizga fayzu baraka tilaymiz.
Hayitingiz muborak bo‘lsin! ✨
📝Telegram |💻Instagram | 📝Facebook | 🎞Youtube
🌙 Ramazon Hayiti muborak bo‘lsin!
Qalblarimiz quvonchga to‘lgan ushbu mo‘tabar ayyomda barchangizni chin yurakdan muborakbod etamiz.
“STEM SCHOOL” jamoasi barcha o‘quvchilarimizni, ota-onalarimizni va ustozlarimizni samimiy tabriklaydi.
Har bir xonadonga sihat-salomatlik, baxtu saodat, tinchlik, har bir qalbga xotirjamlik va hayotingizga baraka tilaymiz.
Yurtimiz kelajagi bo‘lgan farzandlarimiz doimo baxtli va ilmga chanqoq bo‘lib ulg‘aysin.
📝Telegram |💻Instagram | 📝Facebook | 🎞Youtube
Yangi O'zbekistonning yangi qahramonlari shu yerda shakllanadi! 🇺🇿✨
[13.02.2026]
Bugun bitiruvchilarimiz bilan mamlakatimizning eng nufuzli oliygohlaridan biri — "Yangi O'zbekiston" universitetida bo‘ldik. Bu yerda ta’lim sifati dunyoning top universitetlari (MIT, Myunxen texnika universiteti) standartlariga mos kelishi bizni hayratda qoldirdi. 🔬📚
O‘quvchilarimiz zamonaviy laboratoriyalar va xalqaro muhitni ko‘rib, o‘z oldilariga yanada katta maqsadlar qo‘yishdi. Kelajak — bilimli yoshlar qo‘lida! 🎓🚀
#NewUzbekistanUniversity #YangiOzbekiston #Education #FutureGenius #Uzbekistan
🏢Bitiruvchilarimiz Turin politexnika universiteti da!
[13.02.2026]
O‘quvchilarimizning oliy ta’lim muassasalariga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga (TTPU) ekskursiya tashkil etildi.
Tashrif davomida o‘quvchilar universitetdagi o‘quv jarayonlari, muhandislik yo‘nalishlari va yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. 📚⚙️
Bitiruvchilarimizga tanlagan yo‘llarida omad tilaymiz! 🌟
Markaziy Osiyoning zamonaviy ta'lim maskani — Central Asian University! 🌍🎓
[13.02.2026]
Bugun bitiruvchilarimiz bilan CAU kampusiga sayohat qildik. Bu yer nafaqat universitet, balki haqiqiy "shahar ichidagi shahar" ekan!
Tibbiyotdan tortib muhandislikgacha, biznesdan mehmondo‘stlikgacha — har bir yo‘nalishda xalqaro standartlarni ko‘rdik. 🏥⚙️💼
Kelajakda dunyo darajasidagi mutaxassis bo'lishni maqsad qilgan yoshlarimiz uchun ajoyib motivatsiya bo'ldi. Siz qaysi fakultetni tanlagan bo'lardingiz? 👇
#CentralAsianUniversity #CAU #FutureLeaders #Bitiruvchi2026 #TashkentEducation
Kelajak dasturchilari va IT mutaxassislari nigohida: INHA Toshkent! 💻✨
[12.02.2026]
Bugun bitiruvchilarimiz bilan raqamli dunyo poytaxti — Inha universitetiga sayohat qildik. Janubiy Koreya ta’lim standarti, zamonaviy kampus va yuqori texnologiyalar muhiti o‘quvchilarimizda katta qiziqish uyg‘otdi. 📱🌐
Kim biladi, balki keyingi yili bitiruvchilarimiz aynan shu auditoriyalarda kod yozishar? 🤓👨💻
#InhaUzbekistan #IUT #ITEducation #Bitiruvchilar2025 #Tashkent
Britaniya ta’limi endi Toshkentda! 🇬🇧✨
[12.02.2026]
Bugun bitiruvchilarimiz bilan British Management University (BMU) kampusida bo‘ldik.
Universitetning zamonaviy infratuzilmasi, xalqaro o‘qituvchilar tarkibi va biznesga yo‘naltirilgan ta’lim tizimi barchamizda katta taassurot qoldirdi. 💼📈
Bo‘lajak tadbirkorlar va menejerlar uchun BMU — eng to‘g‘ri tanlov! 🚀
#BMU #BritishManagementUniversity #GlobalEducation #Tashkent #FutureLeaders
🎓 Maktabimizning yuqori sinf o‘quvchilari ota-onalari uchun navbatdagi muhim uchrashuv — majlis tashkil etildi.
Majlis davomida o‘quvchilarning kelajak rejalari, ular tanlamoqchi bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari hamda yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ota-onalar bilan farzandlarning qiziqishlari, qobiliyatlari va kasb tanlash jarayonida to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.
Bu kabi uchrashuvlar o‘quvchilarimizning kelajakdagi ta’lim yo‘lini aniq belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. 🌟
📝Telegram |💻Instagram | 📝Facebook | 🎞Youtube
