cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

😷 SamVMI yoshlari | 👨‍💼VAKSINA OLING👩‍💼

SamVMI yoshlari kanaliga xush kelibsiz!

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استزبان مشخص نشده استحقایق6 724
پست‌های تبلیغاتی
212
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
اطلاعاتی وجود ندارد7 روز
اطلاعاتی وجود ندارد30 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Repost from N/a
UMIDNI SOʻNDIRMANG Jon Bannister asli Olmoniyalik. Angliyadagi Oksford universtetida ishlar edi. U 65 yoshga toʻlgach universitet qonunlariga koʻra uni nafaqaga chiqarishdi. Ammo u taslim boʻlmadi. Ishni davom ettirish uchun Amerikaga safar qildi. U Texas universitetiga ishga joylashdi. Chunki u universitetda ustozlarni nafaqaga chiqarishmas edi. U yerda u qayta zaryadlanuvchi litiy-ion akkumulyatori haqidagi ilmiy bahslarini davom ettirib 2019-yilda 97 yoshida kimyo boʻyicha Nobel mukofotini oldi. P. R.: Yoshingiz nechida  boʻlmasin, muvaffaqiyatingizga qarshi chiqishlariga, umidlaringizni soʻndirishlariga yoʻl qoʻymang. Hali ham vaqt bor. 👉 https://t.me/raximjon_norjigitov 👈
نمایش همه...
NORJIGITOV RAXIMJON

Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ... @raximjon_norjigitov kanaliga xush kelibsiz! ☝️Ma'nolarning tuganmas jilosi. Shior: Bizni bilgan biladi. Bilmagan o‘zi biladi. Murojaat uchun: @Raximjon_Norjigitov_bot

Repost from N/a
Mehnat kodeksining yangi tahriri “Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni (28.10.2022-y. 798-sonli) 📁 Unga koʻra, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari jumlasiga quyidagilar kiradi: ▫️ 14 yoshga toʻlmagan bolalari, nogironligi boʻlgan bolalari bor yolgʻiz ota-ona, shuningdek koʻp bolali ota-onalar; ▫️ umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlarini, kasb-hunar maktablari va kollejlari hamda texnikumlarini tamomlab, kasbga ega boʻlgan yoshlar; ▫️“Mehribonlik” uylarining bitiruvchilari, davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilar studentlar; ▫️ Mudofaa, IIV, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya, DXX qoʻshinlaridagi muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar; ▫️ nogironligi boʻlgan shaxslar; ▫️ pensiyaoldi yoshidagi shaxslar (qonunda belgilangan pensiya yoshiga qadar ikki yil oldin); ▫️ jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar...; ▫️ odam savdosidan jabrlanganlar. 👉 @raximjon_norjigitov 👈
نمایش همه...
Меҳнат кодекси (янги таҳрир) (1).pdf7.07 MB
Repost from N/a
Xayrli tong, azizlar! Ilm takror bilan pishiq va puxta boʻladi Talaba olayotgan ilmi va hikmatlarini chuqur ehtirom bilan eshitmogʻi lozim. Agar bir masalani ming marotaba eshitishga toʻgʻri kelsa, har vaqt butun vujudini quloq qilib, joni bilan eshitmogʻi kerak. Bu haqda donishmandlar naql qiladilar: “Agar tolib bir masalani ming marta eshitganda ham uni birinchi eshitgandek, taʼzim bilan eshitmasa, u ahli ilm boʻla olmaydi. Chunki, ilm takror bilan pishiq va puxta boʻladi”. Talaba saboqning maʼlum miqdorini belgilab olib, uni takror qilishga odatlanishi kerak. Shunday qilsa, qalbi bu odatga qaror topib, oʻylagan maqsadiga yetishadi. Takrorni ushbu tartibda amalga oshirish maʼqul boʻladi: - kechagi saboqni besh marta; - oʻtgan kungi saboqni toʻrt marta; - oʻtgan kundan avvalgi kun sabogʻini uch marta; - uch kun oldin olgan sabogʻini ikki marta; - toʻrt kun oldin olgan sabogʻini bir marta takror qilishi maqsad sari olib boradi. Mana shu odat takrorlashga ham, yodda saqlashga ham mos va yengilroqdir. Arab maqollarida: “Hamma narsa sarflash bilan zavol topadi, faqat ilm qancha sarflansa shuncha ziyoda boʻladi”, deyiladi. ©️Imom ZARNUJIY. ✅ https://t.me/raximjon_norjigitov
نمایش همه...
NORJIGITOV RAXIMJON

Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ... @raximjon_norjigitov kanaliga xush kelibsiz! ☝️Ma'nolarning tuganmas jilosi. Shior: Bizni bilgan biladi. Bilmagan o‘zi biladi. Murojaat uchun: @Raximjon_Norjigitov_bot

Repost from N/a
Photo unavailableShow in Telegram
💠Taʼlim krediti olish endi yanada osonlashdi 🪪 Talaba xotin-qizlar foizsiz, talaba yigitlar esa asosiy stavkada taʼlim krediti olishi mumkin. Ikkalasida ham taʼlim kreditini qaytarish oʻqishni tugatgach boshlanadi va 7 yilga beriladi. 🖥 Endilikda Moliya vazirligining talim-krediti.mf.uz sayti Oliy va oʻrta maxsus taʻlim vazirligining kontrakt.edu.uz sayti bilan integtratsiya qilindi. Ya'ni endi siz Xalq bankidan taʻlim krediti olmoqchi boʻlsangiz talim-krediti.mf.uz saytiga shaxsiy maʻlumotlaringizni kiritganingizda sizning taʻlim maʻlumotlaringiz va kontrakt summasi maʻlumotlari Oliy va oʻrta maxsus taʻlim vazirligining kontrakt.edu.uz saytidan avtomat tarzda keladi. ✅Hurmatli talabalar! Siz ham taʼlim krediti olmoqchi boʻlsangiz, talim-krediti.mf.uz sayti orqali onlayn ariza yuborishingiz mumkin. 👉 @raximjon_norjigitovTalabalarga ulashishni unutmang!
نمایش همه...
Repost from N/a
#Maʼnaviyat_bekati 💠 Yuz ming otligʻ qila olmagan ishni, bir toʻgʻri kengash bilan amalga oshirish mumkin. 💠 Men faqat 4 ta yomon xislatni oʻzida jamlagan insondan choʻchib turaman: hasad, baxillik, ochkoʻzlik va kibr. 💠 Dushmandan qoʻrqma, munofiqdan qoʻrq. 💠 Takabburlik insonni qulatadi, manmanlik esa halok qiladi. Sohibqiron Amir Temurning boshqaruvga oid baʼzi fikrlari. 👉 https://t.me/raximjon_norjigitov
نمایش همه...
NORJIGITOV RAXIMJON

Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ... @raximjon_norjigitov kanaliga xush kelibsiz! ☝️Ma'nolarning tuganmas jilosi. Shior: Bizni bilgan biladi. Bilmagan o‘zi biladi. Murojaat uchun: @Raximjon_Norjigitov_bot

Repost from N/a
🇺🇿 Oʻzbekchasini unutganlar uchun mitti lugʻat Soʻzlashuv tilida juda koʻp oʻzbekcha yoki oʻzbekchalashgan soʻzlarning oʻrnini yot soʻzlar egallab olgan. Aslida bu soʻzlarning soddaroq, qisqaroq, tushunarliroq oʻzbekcha shakli bor. Lekin negadir begona soʻzlarni qoʻllayveramiz. Bu narsa ongimizga shu qadar singib ketganidan buni koʻpincha sezmaymiz ham. Quyida shunday soʻzlarning kichik lugʻati bilan tanishasiz. 👉 Aklad – oylik, maosh. 👉 Balnisa – kasalxona, shifoxona. 👉 Brat – aka, akaxon. 👉 Vapshe, obshe – umuman. 👉 Golubsi – doʻlma. 👉 Da (telefon koʻtarilganda) – eshitaman, labbay. Yoki xalqaro “alo” soʻzini ham ishlatish mumkin. 👉 Zdachi – qaytim. 👉 Izdivatsa qilmoq – ustidan kulmoq. 👉 Kanikul – taʼtil. 👉 Kapchoniy – dudlangan, qoq, sur. 👉 Karochi – qisqasi. 👉 Koja – teri, charm, koʻn. 👉 Mazgi – miya. 👉 Malades – yashang, yasha, yashavor. Eskilar bu soʻz oʻrnida “barakalla” yoki “borakalloh” degan soʻzni ishlatgan. 👉 Marazilnik – muzlatgich. 👉 Mashennik – firibgar, qallob. 👉 Medsestra – hamshira. 👉 Moshniy – kuchli, zoʻr. 👉 Narmalni – tuzuk, yaxshi, durust, chidasa boʻladi. Juda shu soʻzga mehr-muhabbatli boʻlgan kishi “normal” deb ishlatishi ham mumkin. 👉 Naski – paypoq. 👉 Otdix – dam olish. 👉 Pashti – deyarli. 👉 Prayezd – kira haqi, yoʻlhaqi. 👉 Propka – tiqilinch (yoʻl); tiqin (idishda). 👉 Poʻpkoʻrn – bodroq. 👉 Rayon – tuman. Bu soʻz yoshi kattalar orasida hozir ham ora-sira ishlatilyapti. 👉 Salyoniy – tuzlangan, tuzlama, shoʻr. 👉 Svejiy – yangi. 👉 Svet – chiroq. 👉 Subotnik – shanbalik. “Hashar” deyilsa, tamoman oʻzbekcha boʻladi. 👉 Travma – jarohat. 👉 Uspet qilmoq – ulgurmoq. 👉 Chtobi – uchun. 👉 Ekanom qilmoq – tejamoq. Iloji boricha bu soʻzlarning oʻzbekchasini ishlating, til rivojiga va sofligiga shaxsan hissa qoʻshing. ☝Do‘stlarga ham ulashing. 👉 https://t.me/raximjon_norjigitov 👈
نمایش همه...
NORJIGITOV RAXIMJON

Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ... @raximjon_norjigitov kanaliga xush kelibsiz! ☝️Ma'nolarning tuganmas jilosi. Shior: Bizni bilgan biladi. Bilmagan o‘zi biladi. Murojaat uchun: @Raximjon_Norjigitov_bot

Repost from N/a
Hayotiy Drabllar (qisqa hikoyalar) ​​Qiziga juda qimmatga marjon sotib olgandan keyin rasmiy moshinasiga oʻtirdi. Shu payt haydovchisi telefonda gaplashardi: - Bolam, Alloh yetkazgunicha doʻkondan nasiyaga olib tur.           (Nima deyishni bilmadim.) 30 yil umrini kasalliklar yuqishidan ehtiyot boʻlib, qoʻrqib yashadi. Ayniqsa, saratonga chalingan, deyilganlardan oʻzini olib qochdi. Lekin u avtohalokat sabab vafot etdi.           (Taqdir) Uylandi. Ayoli yoqmadi. “Sababi nima?”, deb soʻrashdi. “Mahramim haqida gapirmayman” dedi. Undan ajrashdi. “Nima sababdan?”, deb soʻrashdi. “Zimmamdan chiqqan ayol haqida gapirmayman”, dedi.               (Mardlik) Faqir 3 ta apelsin sotib oldi. Birinchisini kesdi. Aynigan chiqdi. Tashlab yubordi. Ikkinchisini ham soʻydi. U ham chirigan ekan. Tashladi. Shamni oʻchirib, uchinchisini kesdi. Va yedi.           (Baʼzan yashab qolish uchun majbur boʻlamiz) Toʻyga borishdan oldin oilamga bir voqeani gapirib berayotgandim. Ustimga qahva toʻkilib ketdi. Hamma: - Endi nima qilasan? Kiyimlaringga qara? - dedi. Faqat onam... - Bolam, hech narsa qilmadimi? Kuydirmadimi? - dedilar.    (Jannatim-onam) Doʻst tanlashda eʼtiborli boʻling. Siz janoza namozingizda kimlar saf tortib turishini tanlayotgan boʻlasiz. Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ... 👇🏻👇🏻 ••┄┄┄❅┄┄┄••• A'zo bo‘ling 👉 https://t.me/raximjon_norjigitov 📚 Ma'nolarning tuganmas jilosi.
نمایش همه...
NORJIGITOV RAXIMJON

Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ... @raximjon_norjigitov kanaliga xush kelibsiz! ☝️Ma'nolarning tuganmas jilosi. Shior: Bizni bilgan biladi. Bilmagan o‘zi biladi. Murojaat uchun: @Raximjon_Norjigitov_bot

Repost from N/a
Bayramingiz muborak, aziz ustozlar! Ilk bora qoʻllarga tutqazib qalam, Teran fikratlarga qoʻyishgan tamal. Kimningdir qalbida zarra boʻlsa ham Bir ilm oʻrgatmoq – eng ezgu amal. Ozodlik, obodlik ustoz tufayli, Dilxushlik, dilshodlik ustoz tufayli. Ziyosiz yuraklar – qorongʻi, xira, Qalblarda sham boʻlib, porlaguvchi zot, Gar ustoz yoʻq ersa, dunyoda sira Buyuk allomalar boʻlmasdi bunyod. Beruniy, Buxoriy ustoz tufayli, Naqshband, Navoiy ustoz tufayli. Keng bu dunyolarni hayratga sola, Bosib oʻtmish buyuk adolat yoʻlin. Sohibqiron topdi chin ixlos ila Ustozi poyidan manguga qoʻnim. Shijoat, jasorat ustoz tufayli, Kuch-qudrat, mahorat ustoz tufayli. Vatanni sevmoqni oʻrgatgan bizga, Yurakka naqsh etgan iymon soʻzini. Otadek mehribon har oʻgʻil-qizga, Koʻzga suring ustoz bosgan izini. Ehtirom, eʼtibor ustoz tufayli, Dunyoda neki bor – ustoz tufayli. Koʻz nurini berib, uxlamay bedor, Intilgan, izlangan ilm deb garchand. Taʼrifingiz bayon etolmas ashʼor, Tashbehlar qilsamda, tinmayin harchand. Hurlik, istiqlol ham ustoz tufayli, Nurli istiqbol ham ustoz tufayli. Ustozlarga yuboring... https://t.me/raximjon_norjigitov
نمایش همه...
NORJIGITOV RAXIMJON

Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ... @raximjon_norjigitov kanaliga xush kelibsiz! ☝️Ma'nolarning tuganmas jilosi. Shior: Bizni bilgan biladi. Bilmagan o‘zi biladi. Murojaat uchun: @Raximjon_Norjigitov_bot

Repost from N/a
Bir shogird uzoq fursat mashhur rassomning qoʻlida taʼlim olibdi va kasb mahoratini egallab olgach, ustozidan oq fotiha berishni soʻrabdi. - Ijozat bersangiz, men ham mustaqil ish boshlasam, oʻrganganlarimni amalda tadbiq etsam… Ustoz javob beribdi: - Sen mening eng yaxshi shogirdimsan, juda koʻp narsani oʻrganding. Ammo mustaqil ish boshlashingdan oldin soʻnggi maslahatim bor. Buning uchun borgin-da, eng yaxshi rasmingni chizib kel! Shogird ustozining oldidan mamnun holda chiqib, bor mahorati bilan zoʻr rasm chizibdi. Soʻng uni ustozining oldiga olib kelibdi. Ustozi rasmni koʻrib, shogirdiga topshiriq beribdi: - Endi shu suratni shaharning eng gavjum joyiga olib borib ilib qoʻy va yoniga qizil qalam qoʻyib, shu satrlarni yoz: “Rasmga eʼtirozi borlar qizil qalam bilan oʻsha eʼtiroz oʻrniga belgi qoʻysin!” Oʻz rasmining mukammalligiga shubha qilmagan shogird ustozining aytganini bajaribdi va ikki kundan soʻng koʻz yosh bilan qaytib kelibdi: - Ustoz, mendan rassom chiqmaydi! Qarang, eng mukammal deb hisoblagan rasmim ham odamlarga yoqmabdi. Ustoz qarasa rasmning hamma joyiga qizil bilan chizib tashlangan, qizil qalam tegmagan joyi yoʻq hisobi. Shunda shogirdini ovutish uchun ustoz yana bitta topshiriq beribdi. - Endi qizil qalamlarni oʻchirib tashlagin-da, shu rasmni oʻsha gavjum joyga yana ilib qoʻy, ammo bu safar rasmning yonida qizil qalam emas, moʻyqalam bilan ranglar idishini qoldir va shu satrlarni yoz: “Rasmga eʼtirozi borlar moʻyqalam bilan oʻsha eʼtirozni tuzatib qoʻysin!” Shogird chiqib ketibdi. Bir kun, ikki kun, bir hafta, bir oy vaqt oʻtibdi. Ammo rasmga bironta odam oʻzgartirish kiritmabdi. Shogird buni tushuna olmay turganida ustozi unga soʻnggi maslahatini ilinibdi: - Koʻrdingmi! Odamlar shunaqa, tanqid qilish soʻralsa hamma oʻzini shu kasb mutaxassisi hisoblaydi, ammo tuzatishga kelganda hammalari jim boʻlishadi. Unutma, biron narsani tanqid qilishdan avval oʻrniga nima bera olishing mumkinligini oʻyla. Yoʻqsa, tanqid qilma! ©️Otabek Xasanov - Liderlar kitobidan https://t.me/raximjon_norjigitov
نمایش همه...
NORJIGITOV RAXIMJON

Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ... @raximjon_norjigitov kanaliga xush kelibsiz! ☝️Ma'nolarning tuganmas jilosi. Shior: Bizni bilgan biladi. Bilmagan o‘zi biladi. Murojaat uchun: @Raximjon_Norjigitov_bot

Repost from N/a
Qizlaringizga ilm bering!. Ular millatni tarbiyalaydilar! Bilasizmi Singapurda diplomi bor ayollar turmushga chiqsalar davlatdan katta toʻyona, agar farzand koʻrsalar boshqa oʻqimagan ayollarga nisbatan koʻproq suyunchi pullarini oladilar. Xoʻsh nima uchun shunaqa? Chunki buyuk islohotchi Li Kuan Yu mamlakatning muaffaqiyati avvalom bor ilmli,ziyoli  ayollar va onalarga bogʻliqligini tushunib yetgandi. Tarix koʻrsatdiki Li Kuan Yu yuz foiz xaq boʻlib chiqdi. Aqlli va ilmli ayol, ilmsiz, dunyoqarashi past ayollardan koʻra dunyoga, xayotga real koʻz bilan baxo bera olarkan. Bunday ayollar zamonaviy tendensiyalar va xaqqoniylik bilan oʻz xayotlari va oilalarini kelajagini qura oladilar. Ular oʻz turmush oʻrtoqlariga, farzandlariga toʻgʻri yoʻnalishlarni bera olish qurbiga ega boʻladilar. Eng kamida bunday ayollar oʻz sogʻliqlariga va oila sogʻligʻiga katta eʼtibor bera oladilar. Ular oʻz turmush oʻrtoqlariga  kelajak istiqbollariga olib boruvchi porloq yoʻllarni koʻrsata oladilar, kerak payti tanqid qilib,  zarur paytda maqtov bilan muaffaqiyatlarga erishtira oladilar. Ilmli, aqlli ayollar qorin gʻamidan, uydagi mebel, idish-tovoq, latta-putta  kabi mayda narsalardan yuqori turadilar. Ular moʻljalni juda yuqori oladilar va oilani yuksaklikka olib chiqish rejalarini qila oladilar. Bunday ayollar oʻz erlari va farzandlariga kitob tutqazadilar va ilm-fanga yoʻnaltiradilar. Xar qanday buyuk erkakning ortida buyuk ayol turadi deb bejizga aytilmagan. Intellekti yuqori ayol albatta buyuk farzandlarni kamolotga erishtiradilar. Otadan qon, jism oʻtsada, aql, tafakkur koʻproq onadan oʻtadi. Shuning uchun ilmli, iymonli ayollarga uylanish maqsadga muvofiqdir. Intellektual oʻtkir bilimga ega, aql-farosatli ayollar oʻz erlarini yoʻqotgan tarzda xam, yoki ularning ablax boʻlib chiqishidan qatʼiy nazar baribir oʻz xayot yoʻllarini topib keta oladilar. Chunki bunday ayollar oʻz oilalarini iqtisodiy-maʼnaviy jihatdan qoʻrgʻon kabi ximoyalash usullarini topa oladilar. Nima uchun intellektuallar oʻzlariga juda iqtidorli intellektual kuchli ayollarni tanlaganlar. Chunki ular biladilar faqat kuchsiz odamlar oʻzlaridan xam kuchsizlarni tanlashlarini, ular oʻzlariga mos va xos, zamon bilan xamnafas yuruvchi juftni bejizga tanlamaganlar. Chunki bunday kuchli odamlarga faqatgina shunaqa kuchli ayollargina ilxom bera oladilar. Xoʻsh bizdachi? Bizda esa “Ayol baxti” nomli treninglar. Ayollarga  yosh qizaloqligidan boʻysunish, ovqat qilish, tikish-bichish, oʻz xayotini qurbon qilish yoʻllari oʻrgatiladi. Tendensiyalar qanchalik oʻzgarmasin, dunyo qanchalik taraqqiyotga qadam qoʻymasin bizdagi qarashlar xaliyam XV asrdagi axvolda. “Boʻlmasa ersiz qolasan va tamomsan” prinsiplari ustunligicha qolmoqda. Dunyo ayolning boʻgʻirsoq pishirishni bilishi yoki bilmasligiga emas, balki uning tafakkuri va professionalizmiga xayratlanadi. Oʻzingizning isteʼdodingizni, bilimingizni namoyon qilishdan, yangi gʻoyalaringizni amalga oshirishdan xech qachon qoʻrqmang, eski streotiplardan baralla voz keching. Kir yuvush va ovqat qilishni istagan paytda oʻrganib olish mumkun, ammo miyani bilimga, tafakkur va koʻnikmalarga toʻldirishga keyin kech boʻlishi mumkin. 👉 https://t.me/raximjon_norjigitov
نمایش همه...
NORJIGITOV RAXIMJON

Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ... @raximjon_norjigitov kanaliga xush kelibsiz! ☝️Ma'nolarning tuganmas jilosi. Shior: Bizni bilgan biladi. Bilmagan o‘zi biladi. Murojaat uchun: @Raximjon_Norjigitov_bot

یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.