cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Shaxnoza Xolmaxamatova

Qashqadaryo viloyati 134- Yakkabog’ saylov okrugidan saylangan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Админ билан боғланиш боти. @deputat_shbaxtiy

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
821
مشترکین
+224 ساعت
+87 روز
-1030 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

02:03
Video unavailableShow in Telegram
“Кўп юклама ва кам маош” - боғчаларда болалар калтакланаётганининг сабаблари ҳақида Сўнги вақтларда давлат боғчаларида тарбиячиларнинг болаларга зўравонлиги ҳолатларига тез-тез кўзимиз тушадиган бўлиб қолди. Kun.uz бунинг сабабларини ўрганиш мақсадида Мактабгача таълим агентлиги вакили, психолог ва аноним қолишни истаган соҳа ходими билан суҳбатлашди. 📹 ТЎЛИҚ ВИДЕОНИ ТОМОША ҚИЛИНГ
نمایش همه...
Boʻsh turgan davlat korxonalari ommaviy savdoga chiqarilishi ortidan joylarda ishlab turgan bogʻcha yoki maktablar binolari ham sotilayotgani haqidagi xabarlar chiqib turibdi.
Shundoq ham aholi soni keskin ortishi natijasida joylarda taʼlim muassasalari soni yetishmay turibdi. Keyingi yillarda xususiy sektorni yordami bilan, shuningdek, yangi bogʻcha va maktablar qurishga katta mablagʻ ajratib, qamrovda yaxshi natijalarga erishilmoqda.
Toʻgʻri bogʻcha oʻrnida bogʻcha yoki maktab, shifohona oʻrnida shifohona qurish sharti bilan davlat xususiy sheriklik asosida, 30-40-yil muddat davomida boshqa maqsadda foydalanishni taʼqiqlash shartlari bilan, xususiylashtirishga ruhsat berish mumkindir.
Qolgan holatlarda ijtimoiy soha binolari va yer maydonlarini berishni yaxshilab taʼqiqlovchi qonunlarimizni ham takomillashtirish vaqti keldi nazarimda.
Katta ezgu maqsadlarga erishish uchun taʼlimda faqat yangilarini qurish, mavjudini quvvatini oshirib rekonstruksiya qilish kabi vazifalardan chekinmasligimiz nihoyatda muhim.
نمایش همه...
👍 6🔥 1👏 1
01:30
Video unavailableShow in Telegram
#🔔🔔🔔 Bugun so’ngi qo’ng’iroq! Bitiruvchi yoshlarimizga baxt omad va ulkan zafarlar tilayman! Istagiz qadar yuksaklarga parvoz eting! Siz bugun buyuk ishlarga qodir kuch-quvvatdasiz! Kelajakda Vatan, millat, ota-onangiz siz bilan faxrlanishiga ishonamiz!!!!
نمایش همه...
🔥 5👍 2👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Prezident_Qarori “Onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy yordam koʻrsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori qabul qilindi Qarorga koʻra, 2030-yilgacha onkologik kasalliklarga chalingan bolalarning omon qolish darajasini 60 foizga oshirish; gemopoetik oʻzak hujayralari va suyak koʻmigi hujayralarini transplantatsiya qilishni rivojlantirish; bemor bolalarni zarur dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan uzluksiz taʼminlash. Shuningdek, onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bolalarni sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi tashkil etildi. 2024-yil 1-iyuldan onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga chalingan 18 yoshdan 21 yoshgacha boʻlgan (21 yosh ham kiradi) bemorlar belgilangan tibbiyot markazlarining bolalar gematologiyasi va onkologiyasi boʻlimlarida, shuningdek, ular voyaga yetgunlariga qadar ushbu kasallik boʻyicha tibbiy yordam koʻrsatgan boshqa tibbiyot tashkilotlarida bepul davolanishni davom ettiradi.
نمایش همه...
👍 5👏 2🔥 1
04:31
Video unavailableShow in Telegram
#YalpiMajlis #ParlamentSo’rovi
نمایش همه...
👍 8🔥 3👏 3
Photo unavailableShow in Telegram
Judayam o’rinli fikrlar aytildi! Kasallikni oldini olish, davolashdan ko’ra juda arzon! Inson uchun sog’lom turmush tarzi, foydali odatlar, harakatda bo’lish, yurish, yugurish faqat va faqat salomatlik beradi!
نمایش همه...
👍 5🔥 2👏 2
2024-yilda poytaxtimizda davlat tibbiy sugʻurta mexanizmlari joriy etilishi bo’yicha xabar berildi. Yaxshi xabar! Tibbiy sug’urta uchun qo’shimcha badal undirilimaydi, mazkur xizmatlar aholi tomonidan to’lanadigan umumiy soliqlar hisobidan amalga oshirilishi belgilangan. Tibbiy sugʻurta doirasida: - davlat tomonidan aholiga bepul koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar va dori vositalarining kafolatlangan paketi joriy etiladi; - bemorlarni oʻzlari biriktirilgan oilaviy shifokorlar orqali tor soha mutaxassislariga yoki shifoxonalarga yoʻllash tizimi tashkil qilinadi. Bunda ushbu tartibga rioya qilingan holdagina bepul tibbiy xizmatlar koʻrsatiladi; - aholiga kafolatlangan paket doirasida eng koʻp uchraydigan kasalliklar boʻyicha dori vositalari elektron retsept asosida dorixonalar orqali bepul beriladi.
نمایش همه...
👍 9🔥 2👏 2
01:43
Video unavailableShow in Telegram
#intervyu ❗️ Himoyasiz bolalarni ishonib topshiradigan tarbiyachilarni yetishtirishimiz kerak - deputat 🌐 Ijtimoiy tarmoqlarda koʻramiz bogʻchalarda tarbiyachilarning himoyasiz bolalarga nisbatan qoʻpol munosabati aks etgan videolar tarqaladi. Mutaxassislar ishdan boʻshatish yechim emas deydi. Muammoning yechimi qayerda? @Shaxnoza_Xolmaxamatova
نمایش همه...
👍 9👏 2🔥 1
🇺🇿🤝🇮🇷
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Eron Islom Respublikasining Prezidenti Ibrohim Raisiy va unga hamrohlik qilgan shaxslarning fojiali halok boʻlgani munosabati bilan doʻst Eron xalqiga chuqur hamdardlik bildirdi.
نمایش همه...
👍 3🔥 1
Umumtaʼlim maktablarida yana bir oʻquv yili yakuniga yetib, oʻquvchilar taʼtilga chiqishiga oz fursat qoldi. O’quvchilarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oʻquv yili davomida asosan maktab vakillari masʼul boʻlgan boʻlsa, taʼtil vaqtida avvalo ota-ona, undan keyin mahalladagi yoshlar yetakchilari masʼul bo’ladi. Baʼzan qulogʻimizga chalinib qoladi: “oʻquvchilar darsdan keyin yoki dars vaqtida bir-biri bilan janjallashibdi, bir-biriga tan jarohati yetkazibdi, maktab direktori yoki oʻqituvchi turli idoralarga “tushuntirish xati” yozibdi”, deb qolishadi. Masalani “yopdi-yopdi” qiluvchilar ham topiladi. Afsuski, shunday vaqtda oʻsmir yoki oʻspirin bolalardagi ruhiy, maʼnaviy va jismoniy oʻzgarishlar bilan ishlashga har qanday insonni ham hafsalasi yoki bilimi ham yetmasligini yaxshi bilamiz. To’g’ri bugun maktabda ota-onalar, oʻquvchilar ruhiyati bilan ishlaydigan “psixolog” shtati bor, lekin ularning malakasi yoki bilimi professional darajadami? Ular minglab oʻquvchilar bilan ishlay olish ko’nikmalariga egami? Savollarga javob esa ko’ngildagidek emas! Mayli, oʻquv yili davrida bolalarga maktab koʻz-quloq boʻlib turar ham deylik, lekin yozgi taʼtil davrida bolaning boʻsh vaqtini yoki undagi oʻzgarishlarni kim nazorat qiladi? Bekorchi vaqt koʻp zararli illatlar va odatlarga yetaklovchi eng qulay payt. Shunday ekan, bolalarimizning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishga barchamiz birdek hissa qoʻshishimiz, mahallalarimiz qoshida turli xil fan toʻgaraklari, sport mashgʻulotlarini oʻtkazib, yoshlarni muntazam ravishda band qilib qoʻyishimiz kerak. Eng muhimi, bolani nazoratsiz qoldirgan ota-onalarning masʼuliyatini kuchaytirishga qaratilgan qonunchilikni samarali joriy etish vaqti keldi. Yoʻqsa, yana doimgidek hammasiga "maktab" yoki "mahalla" javobgar boʻlaveradi. @Shaxnoza_Xolmaxamatova
نمایش همه...
👍 7🔥 3👏 3