cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

🇺🇿 O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlarining rasmiy kanali 📞 71-207-04-50 71-233-66-36 Facebook: www.fb.com/Yuridiktexnikum Instagram: https://www.instagram.com/yuridiktexnikum/ Murojaat uchun: @yuridiktexnikumlar_b

نمایش بیشتر
أوزبكستان21 370زبان مشخص نشده استقانونی3 079
پست‌های تبلیغاتی
2 171
مشترکین
+224 ساعت
-37 روز
-3530 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

⚡️Yuridik texnikumda o‘qishning afzalliklari haqida bilasizmi? 🔍 Quyida ular bilan tanishing... ✅ Yuridik texnikumlarda kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha ta’lim olish imkoniyati mavjud bo‘lib, o‘quvchilar davlat granti hamda to‘lov-kontrakt,  shu jumladan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishlari mumkin.   ✅ Yuridik texnikumlarga o‘quv-metodik jihatdan ko‘mak berish Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan amalga oshiriladi.  ✅ Yuridik texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 705-son qaroriga muvofiq Toshkent davlat yuridik universiteti va “yurisprudensiya”  ta’lim yo‘nalishi mavjud beshta oliy ta’lim muassasalariga, shuningdek, 17-son qaroriga muvofiq TDYUdan tashqari “yurisprudensiya”  ta’lim yo‘nalishi mavjud barcha oliy ta’lim muassasalariga test sinovlarisiz, suhbat asosida 2-kursdan o‘qishga qabul qilinadi; ✅ Yuridik texnikumlarda o‘qitish kredit-modul tizimi bo‘yicha olib boriladi. Bunday yondashuv o‘quvchilarga mutaxassislik fanlarini chuqur tahlil qilgan holda  o‘rganish imkonini beradi; ✅ Yuridik texnikumlar bitiruvchilari o‘qishni tamomlaganlaridan so‘ng o‘rta maxsus yuridik ma’lumotga ega bo‘lishadi va notarius yordamchisi, FHDY bo‘limi inspektori, davlat xizmatlari markazi mutaxassislari, advokat yordamchisi hamda davlat ijrochisi va shu kabi boshqa lavozimlarda ishlashlari mumkin bo‘ladi; ✅ Xalqaro darajadagi yuristlarni tayyorlash maqsadida yuridik texnikumlarda qo‘shma ta’lim dasturlari amalga oshirib borilmoqda; ✅ Yuridik texnikumlarda dars mashg‘ulotlari mahalliy hamda xorijiy malakali professor-o‘qituvchilar, amaliyotchi va tajribali mutaxassislar  tomonidan olib boriladi; ✅ Yuridik texnikumlarning yuqori o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarga ega o‘quvchilariga Adliya vazirligi stipendiyalari va grantlari ajratiladi; ✅ Yuridik texnikumda tahsil olayotgan o‘quvchilarning nazariy olgan bilimlarini amaliyot bilan bog‘lash mexanizmi yaratilgan. Unga ko‘ra 2 yil o‘qish davomida tanishtiruv hamda malakaviy amaliyot  olib boriladi; ✅ Yuridik texnikumlarga “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”,  “Mehribonlik uyi” va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari, I guruh nogironligi bo‘lgan, shu jumladan ko‘zi ojiz abituriyentlar, axborot  tizimida  ro‘yxatga olingan shaxslar farzandlari kirish sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda davlat granti asosida o‘qishlari mumkin. Biz ijtimoiy tarmoqlarda:    • Telegram | • Instagram
نمایش همه...
🇺🇿 O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlarining rasmiy kanali 📞 71-207-04-50 71-233-66-36 Facebook: www.fb.com/Yuridiktexnikum Instagram:

https://www.instagram.com/yuridiktexnikum/

Murojaat uchun: @yuridiktexnikumlar_b

👍 8🎉 1
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Yuridik texnikumlar o‘quvchilari uchun yangi o‘quv adabiyotlari yaratildi. ✅ Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari hamda yuridik texnikum pedagog xodimlari bilan hamkorlikda yangi avlod darsliklari yaratildi. 📚 Hozirda 11 nomdagi jami 1975 tirajda nashr etilgan darsliklar taqsimot asosida yuridik texnikumlarga yetkazilmoqda. Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | • Instagram
نمایش همه...
👍 13👏 2🤩 1
⚡️Yuridik texnikum o‘quvchilari tanishtiruv hamda malakaviy amaliyotni olib bormoqda. ✅ O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari o‘quvchilari tomonidan tanishtiruv va malakaviy amaliyotni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomiga muvofiq yuridik texnikumlarning o‘quvchilari tegishli hududdagi sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, tashkilot hamda idoralarda tanishtiruv va malakaviy amaliyotlarni o‘tab kelishmoqda. ✅ Amaliyot jarayonlarida texnikum o‘quvchilari nazariy olgan bilimlarini mustahkamlash bilan bir qatorda idoralarning faoliyat tartibi, ijro intizomi va malakali mutaxassislarning tajribalarini ham o‘rganishmoqda. Biz ijtimoiy tarmoqlarda: • Telegram | • Instagram
نمایش همه...
👍 6👏 2 1
#Adliya_xabari Adliya vaziri oʻrinbosari Muzraf Ikramov Namangan viloyati yuridik texnikumi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Texnikumda yaratilgan sharoitlar ko'zdan kechirilib, o'quv va “Idrok” intellektual xonalari, IT klub, yuridik klinika, sud zali, talabalar turar joyi, faollar zali, yozgi va qishki sport maydonlari, oshxona, axborot resurs markazidagi imkoniyatlar o'rganildi. Yuridik klinika faoliyatiga alohida to'xtalib, kelgusida mazkur bo'limni yanada rivojlantirish maqsadida moddiy qo'llab-quvvatlash zarurligi ta'kidlandi. Texnikum negizida tashkil etilayotgan akademik litsey faoliyati yuzasidan ham fikr-mulohazalar tinglandi. Xodimlar bilan suhbatlashish chog’ida mavjud muammo va kamchilik bartaraf etish lozimligi aytib o’tildi. @adliyangiliklari
نمایش همه...
👍 4🔥 2
📣Farg‘ona viloyati yuridik texnikumida "Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari" mavzusida seminar-trening  bo'lib o'tmoqda.  ✅ "Mintaqaviy muloqot" xalqaro NNT  hamda TDYU hamkorligida tashkil etilgan mazkur  seminar-treningni  Sotsiologiya  fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Abdullo Abduxalilov olib bormoqda. ✅ Seminar-treningda Andijon va Namangan viloyati yuridik texnikumi o‘quvchilari  ishtirok etib,  mamlakatimizda nogironlik modellari va yondashuvlari, nogironlar kundalik hayotida duch keladigan muammolar, bu borada xorijiy tajribani o‘rganish hamda ularga huquqiy ko‘mak berish  masalasida fikr almashildi. ✅ Qizg‘in baxs-munozaralarga boy tarzda o‘tayotgan seminar-treningda o‘quvchilar mavzuga oid o‘z fikr-mulohazalarini mutaxassislar bilan muhokama qilishmoqda. Biz ijtimoiy tarmoqlarda: • Telegram | • Instagram
نمایش همه...
👍 8 2
03:17
Video unavailableShow in Telegram
⚡️Andijon viloyati yuridik texnikumida oʻquvchilar bilan ishlash samaradorligini oshirish va ularning bandligini taʼminlash maqsadida “Karyera kuni” boʻlib o'tdi. Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | • Instagram
نمایش همه...
👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
2️⃣2️⃣2️⃣ • “Klinik huquqiy ta’lim va pedagogikaning muhim tamoyillari” mavzusida seminar-treninglar tashkil etildi 👉 Batafsil va FOTOlar... 2️⃣2️⃣2️⃣2️⃣ • Организованы семинары-тренинги на тему «Важные принципы клинического юридического образования и педагогики» 👉 Подробнее и ФОТОграфии... 2️⃣2️⃣2️⃣ • Training seminars were organized on the topic “Important principles of clinical legal education and pedagogy” 👉 More & PHOTOs... 👍 ❤️ 📩 @tsulofficial #tadbir #мероприятие #event
نمایش همه...
👍 2 1
03:17
Video unavailableShow in Telegram
⚡️Andijon viloyati yuridik texnikumida oʻquvchilar bilan ishlash samaradorligini oshirish va ularning bandligini taʼminlash maqsadida “Karyera kuni” boʻlib o'tdi. Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | • Instagram
نمایش همه...
02:33
Video unavailableShow in Telegram
#OAV_biz_haqimizda ⚡ Mintaqaviy muloqot xalqaro NNT hamda Toshkent davlat yuridik universiteti hamkorlikda Farg‘ona viloyati yuridik texnikumida "Klinik huquqiy ta'lim va pedagogikaning muhim tamoyillari" mavzusidagi seminar-trening bo'lib o'tdi. Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | • Instagram
نمایش همه...
👍 3 2
#Adliya_xabari "Klinik yuridik ta'lim va pedagogikaning muhim tamoyillari" mavzusida seminarlar tashkil etildi 👉Batafsil @adliyangiliklari
نمایش همه...
👍 2 1