Master English Academy
رفتن به کانال در Telegram
"MASTER ENGLISH ACADEMY" - IELTS - CEFR (MULTI-LEVEL) - GRAMMAR - GENERAL ENGLISH - ONLINE LESSONS Asosiy manzil: Kamarsada. MILLIY bank 2-qavat +99855 255 43 42
نمایش بیشتر3 108
مشترکین
-324 ساعت
-307 روز
-8230 روز
آرشیو پست ها
💙ening
💙ng
💙zizlarim
🎓Bugun oliygohlarda yangi o‘quv yili boshlandi. Kimdir universitet eshigidan ilk bor 1-kurs talabasi sifatida kirib bordi, kimdir esa 2-, 3- yoki 4-kursda o‘z maqsadlari sari yana bir muhim qadamni boshladi.🎓
Sizlarning har biringizning bugungi manzilingiz biz uchun alohida quvonch va faxr.
Bir vaqtlar MEA auditoriyalarida katta orzular bilan dars qilgan yoshlar bugun turli oliygohlarda o‘z kelajagini bunyod etmoqda. 🎓
Kimdir talabalikning ilk hayajonlarini his qilmoqda, kimdir tajriba orttirib bormoqda, yana kimdir esa bitiruv va katta hayot ostonasiga yaqinlashmoqda.🎓
Qaysi kursda bo‘lishingizdan qat’i nazar, bir narsani unutmang: ilmga bo‘lgan munosabatingiz kelajakdagi natijalaringizni belgilaydi.
Har bir darsdan bilim oling. Har bir imkoniyatdan foydalaning. O‘zingiz ustida ishlashdan, katta maqsadlar qo‘yishdan va orzu qilishdan hech qachon to‘xtamang.
1-kursdagilar — yangi hayotingizga xush kelibsiz!🎓
2- va 3-kursdagilar — yanada katta marralar sari dadil davom eting!🎓
4-kursdagilar — yillar davomida qilgan mehnatingizni chiroyli natijalar bilan yakunlang!🎓
Qayerda bo‘lmang, qanday bosqichda bo‘lmang — MEA sizlarning yutuqlaringizni ko‘rib quvonadi va sizlar bilan faxrlanadi. 😍😍
Yangi o‘quv yilingiz ilmga, rivojlanishga, go‘zal xotiralarga va katta muvaffaqiyatlarga boy bo‘lsin! 🚀
Muhabbat va faxr bilan,
Master English Academy — MEA oilasi 😎
✈️ Telegram ⭐️ Results
🌐 Web app
M ening
E ng
A zizlarim
Bugun oliygohlarda yangi o‘quv yili boshlandi. Kimdir universitet eshigidan ilk bor 1-kurs talabasi sifatida kirib bordi, kimdir esa 2-, 3- yoki 4-kursda o‘z maqsadlari sari yana bir muhim qadamni boshladi.
Sizlarning har biringizning bugungi manzilingiz biz uchun alohida quvonch va faxr.
Bir vaqtlar MEA auditoriyalarida katta orzular bilan dars qilgan yoshlar bugun turli oliygohlarda o‘z kelajagini bunyod etmoqda. Kimdir talabalikning ilk hayajonlarini his qilmoqda, kimdir tajriba orttirib bormoqda, yana kimdir esa bitiruv va katta hayot ostonasiga yaqinlashmoqda.
Qaysi kursda bo‘lishingizdan qat’i nazar, bir narsani unutmang: ilmga bo‘lgan munosabatingiz kelajakdagi natijalaringizni belgilaydi.
Har bir darsdan bilim oling. Har bir imkoniyatdan foydalaning. O‘zingiz ustida ishlashdan, katta maqsadlar qo‘yishdan va orzu qilishdan hech qachon to‘xtamang.
1-kursdagilar — yangi hayotingizga xush kelibsiz!
2- va 3-kursdagilar — yanada katta marralar sari dadil davom eting!
4-kursdagilar — yillar davomida qilgan mehnatingizni chiroyli natijalar bilan yakunlang!
Qaerda bo‘lmang, qanday bosqichda bo‘lmang — MEA sizlarning yutuqlaringizni ko‘rib quvonadi va sizlar bilan faxrlanadi.
Yangi o‘quv yilingiz ilmga, rivojlanishga, go‘zal xotiralarga va katta muvaffaqiyatlarga boy bo‘lsin!
Muhabbat va faxr bilan,
Master English Academy — MEA oilasi 😎
✈️ Telegram ⭐️ Results
🌐 Web app
📚 YANGI O‘QUV YILI — YANGI MAQSADLAR! 🚀
Ertadan, ya'ni 2-sentabr Chorshanba kunidan boshlab yangi o‘quv yilini birgalikda boshlaymiz! 🎓✨
Barchangizni yangi bilimlar, yangi maqsadlar va katta natijalar sari yana bir bor birga qadam tashlashga chorlaymiz! ⏱
Yangi o‘quv yili — bu shunchaki yangi sana emas. Bu o‘z ustingizda ishlash, xatolardan saboq olish va kechagidan yaxshiroq bo‘lish uchun yangi imkoniyat.✅
Yangi o‘quv yili barchamizga omadli va muvaffaqiyatli kelsin!📌
😎 Create Your Future With Us
Murojaat uchun : Admin
✈️ Telegram ⭐️ Results
🌐 Web app
🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak!
Aziz yurtdoshlar! Sizlarni yurtimizning eng ulug‘ va qadrli bayrami — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, kelajagimiz yanada porloq bo‘lsin! ✨
Har bir xonadonga fayz-u baraka, quvonch va farovonlik tilaymiz.
Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin! 🇺🇿❤️
Murojaat uchun : Admin
😎 Create Your Future With Us
✈️ Telegram ⭐️ Results
🌐 Web app
🎓 Akademik litsey natijasi | 2026
🎉 Mamurjonova Mashxura
🏛 Namangan davlat pedagogika instituti akademik litseyi
Sizni ushbu ajoyib natija bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! 👏Kelgusi ta’lim yo‘lingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🚀
Murojaat uchun : Admin
😎 Create Your Future With Us
✈️ Telegram ⭐️ Results
🌐 Web app
